Telegram Web Link
Belarusda ishlayotgan yurtdoshlarimiz yashash va ish sharoitlari o‘rganildi

Mamlakatimizning Belarusdagi elchixonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi masʼul xodimlari “BELAVTOMAZ” korxonasida bo‘lib, ish beruvchi va yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Korxona mutasaddilari bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, O‘zbekiston fuqarolarini ushbu korxonaga ishga jalb qilishni yana-da ko‘paytirish, joriy yilda mo‘ljallangan tanlovlar, ishchilar uchun beriladigan imtiyozlar, qo‘shimcha ish haqini to‘lash tartibi kabi masalalar muhokama qilindi.

Yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvda ularning muammolari tinglandi va joyida hal qilish choralari ko‘rildi. Ularga huquqiy maslahatlar berildi. Korxonada yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi tushuntirildi. Ular uchun dasturxon yozilib, osh tarqatildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
#Kutilayotgan_loyihalar

Germaniyaga ketish uchun yangi loyihalarga start berilmoqda

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya federal bandlik agentligi hamkorligida O‘zbekistonda quyida ko'rsatilgan soha mutaxassislari uchun nemis tilini o'qitish loyihalariga start berilishi rejalashtirilmoqda.

✔️Malakali mutaxassislar uchun (hunarmandchilik va qurilish sohalarida kamida 1 yillik tajriba va 2 yillik diplomga ega 20-40 yoshdagi fuqarolar);

✔️ Diplomga ega bo‘lmagan yoshlar uchun (18-30 yoshdagi fuqarolar hunarmandchilik va qurilish sohalarida Ausbildung tizimi orqali Germaniyada kasbiy taʼlim oladi).

Loyihalar joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, loyihalar doirasida bo‘lib o‘tadigan tanlovlarda ishtirok etish uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Hurmatli fuqarolar!

Bugun Slovakiya Respublikasida avtomobilsozlik sohasida ishlash maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun rus tili bo‘yicha onlayn test o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Xorijda.ish platformasi belgilangan yuklamani ko‘tara olmaganligi sababli test ishlash imkoniyati texnik muammolar bartaraf etilgunga qadar bir muddat to‘xtatib turiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy telegram kanalida qo‘shimcha maʼlumot beriladi. Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
🇺🇿🇩🇪Germaniya delegatsiyasi Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Germaniyaning Leipzig shahri Hunarmandchilik palatasi va “Avestos” kompaniyasi rahbariyati Qashqadaryoga tashrif buyurdi.

Germaniya delegatsiyasi a'zolari tashrif doirasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, professional taʼlim talabalariga ishlab daromad topish imkonini beradigan Yevropa davlatlarida tan olingan sertifikat taqdim etuvchi o'quv markazlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiyasi a'zolari "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi", "Uzbekistan GTL" va "Uzshoes" zavodlari hamda kasb-hunar maktablari faoliyatlari bilan ham tanishdi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Forwarded from Bandlik Vazirligi
Slovakiyadagi avtomobil zavodida ishlash uchun 16-20-may kunlari ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar diqqatiga!

Bugun – 30-may kuni soat 16:10 dan 21:10 ga qadar rus tilidan onlayn test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun nomzodlarning anketada ko‘rsatilgan telefon raqamiga hamda platformadagi shaxsiy kabinetiga havola yuboriladi.

❗️20 ta test uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Testning kamida 11 tasini to‘g‘ri yechgan nomzodlar keyingi bosqichda ish beruvchi bilan suhbatga jalb qilinadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Husan Turdimatov: Germaniyaga ketishning qiyinchiligi bitta...

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shveysariyaning “Globogate Concept AG” tashkiloti hamkorligidagi loyiha doirasida tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan navbatdagi tinglovchilar Germaniyaga joʻnab ketmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷 E-9 vizasi asosida Koreya Respublikasidagi ishlab chiqarish sohasida ishlash maqsadida ketayotgan yurtdoshlarimiz tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorijda ishlash uchun chet tili va kasb bilish qay darajada muhim?

👉 Batafsil "Renessans tv" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Boshqirdiston Respublikasi hamda Nijnevartovskda ishlayotgan yurtdoshlarimizga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatdi.

Shuningdek, Voronejdagi “Stroykom”, “Forpost”, “Rodina”, Tuladagi “TulaJeldormash”, Permdagi “Stroy Industriya”, “RegionStroy” korxonalarida bo‘lib, yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Unda korxonalar mutasaddilariga Agentlik faoliyati haqida maʼlumot berildi. Ushbu korxonalarda fuqarolarimiz ishlayotgani, ular mehnatkash va masʼuliyatli ekanligi sababli bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tarzda jalb qilish istagi borligi bildirildi.

Fuqarolar bilan uchrashuvda xorijiy davlatlarda ishlayotgan shaxslarning haq-huquqlarini himoya qilish, qiyin ahvolda qolganlarga moddiy yordam ko‘rsatishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪Germaniya

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shveysariyaning “Globogate Concept AG” tashkiloti hamkorligidagi loyiha doirasida tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan navbatdagi tinglovchilar Germaniyaga joʻnab ketdi.

Ish turi: tibbiyot
Ish haqi: 2600 yevro

🔔 Ma'lumot o'rnida, lohiya bo'yicha o'quv kursiga qabul davom etmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sōragan_edingiz

Koreyaga ishlash uchun imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar anketasi bazaga kiritilmoqda. Tanlovga qadar anketasi bazaga kiritilmagan fuqarolar taqdiri nima bo‘ladi? Anketasidagi maʼlumotlari noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, uni to‘g‘irlasa bo‘ladimi?

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
2024/06/01 01:35:44
Back to Top
HTML Embed Code: