Telegram Web Link
Forwarded from Taxminabonu Xasanova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
18.06.2025 #Toshkent

T.A. Sarimsoqovning O‘zbekistonda matematikaning rivojida tutgan o‘rni

Muxbir Taxmina Tillazoda
Forwarded from Jadid.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dilshodbek Egamov
#Seminar

Ilmiy seminarlar davom etmoqda!


2025-yil 24-iyun kuni soat 14:00 da Matematika instituti Namangan bo'linmasi ilmiy seminarida Sattarov Iskandar Abu-Aliyevich (V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Namangan bo'linmasi katta ilmiy xodimi) "About p-adic dynamical systems" mavzusida ma'ruza qiladi.

Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/8199326102?pwd=n6nU9OVRnr0PJ7u9LDYaE8ebChHbJn.1&omn=86315752023
ID: 819 932 6102

Parol: 1

mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўз ФА президенти, академик Шавкат Аюпов Ўзбекистон Президенти ташаббуси билан бунёд этилаётган Ислом цивилизацияси маркази аҳамияти ҳақида ўз фикрини билдирди:

— Биз аждодларимизнинг цивилизацияга қўшган ҳиссасини кенг ёритиб беришимиз керак. Бу "тирик" лойиҳа! Марказда ҳам илмий иш қилинади, ҳам кутубхона бўлади, умуман олганда кенг миқёсда фойдаланадиган мажмуа бўлиши кутилмоқда. У ҳам музей вазифасини бажаради, ҳам илмий фаолият олиб бориш мумкин, шунингдек, Ислом цивилизацияси марказига ёш олимларни жалб қилиш мумкин бўлади.

Батафсил cisc.uz

Ислом цивилизацияси маркази Ахборот хизмати


Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | cisc.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Matematik ongga ega jamiyat qurishimiz kerak!

Bugun bizga nafaqat matematikani biladigan insonlar, balki matematik fikrlaydigan jamiyat kerak. Ya‘ni:

🔹 Tuyg‘ular bilan emas – dalillar bilan fikr yuritadigan shaxslar;
🔹 Shovqin bilan emas – tahlil bilan muammo hal qiladigan rahbarlar;
🔹 G‘azab bilan emas – strategiya bilan javob beradigan yoshlar shakllanadi.

Chunki matematika bu – faqat formulalar emas.
Bu aniqlik, sabab, oqibat, strukturali fikrlash demakdir!

📊 Matematika bo‘lmagan jamiyatda:
- haqiqat o‘rniga mish-mishlar hukmron bo‘ladi,
- natijalar o‘rniga bahona ustun bo‘ladi,
- raqamlar emas, “gaplar” hal qiluvchi bo‘ladi.


🇺🇿 Shunday ekan, biz raqamlar, mantiq, tahlil, ehtimol, model va yechimlar tilida fikrlaydigan jamiyatga aylanmog‘imiz kerak!

Faqat shundagina:
- iqtisodiy barqarorlik,
- adolatli boshqaruv,
- ilm-fanga asoslangan taraqqiyotga erishamiz!

Kanalga a’zo bo’lish👇
@botirov_golibjon
#BUGUN TUG’ILGAN KUN

AKADEMIK JAVVAT HOJIYEV

Matematik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Hojiyev Jovvat Hojiyevich 1938-yil 4-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan.


✔️ 1962-yilda Moskva universitetining mexanika-matematika fakultetini va 1965-yilda aspirantura bosqichini tugatgan. 1977-yilda doktorlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qilgan.
🗣️ 1965-yildan Toshkent universitetida assistent (1965—67), katta oʻqituvchi (1967—69), matematika fakulteti dekani (1971—85), algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi mudiri (1985—98) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
❗️ Ilmiy ishlari in-variantlar nazariyasi va uning tadbiqlari (xususan egri chiziqlar va sirtlar differensial geometriyasi)ga, gruppoidlar nazariyasi va ularning tadbiqlari (xususan, qator algebraik sistemalarning tub radikalining xossalarini oʻrganish)ga hamda funksional analiz topologik yarim maydonlar nazariyasiga, lokal-kompakt gruppalarning lokal qabariq fazolardagi tasvirlar nazariyalariga oid.
Akademik J.Hojiyev Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati.

Akademik Javvat Hojiyevichni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. Ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, kuch-g'ayrat, ilm-fan ravnaqida yo‘lida, yoshlarga ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini tilab qolamiz!


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 08:29:49
Back to Top
HTML Embed Code: