Telegram Web Link
Forwarded from Dilshod Axmedov
#ILMIY SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA
Assalomu aleykum ustozlar va hamkasblar Toshkent Davlat Transport Universitetinning "Informatika va KG" kafedrasida, har haftaning payshanba kuni soat 9:00 da professor X.M. Shadimetov raisligida o’tkaziladigan “Hisoblash matematikasi va informatikaning dolzarb muammolari” deb nomlangan navbatdagi seminari 02.05.2024 kuni bo'ladi. Seminarda 3-kurs tayanch doktoranti Ulikov Shukurillo Shavkatovich o'zining
" Sobolevning faktor fazosida kvadratur formula xatolik funksionalining normasi " nomli ma'ruzasi bilan ishtirok etadi. Seminar Toshkent Davlat Transport Universitetinning "Informatika va KG" kafedrasi 421 xonasida bo`ladi. Barchani shu seminarga taklif etamiz.

Hurmat bilan "Informatika va KG" kafedrasi
Forwarded from Baxtiyor Yusupov
📱Akademik Shavkat Ayupov UrDUda maʼruza oʻqidi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida boʻlib, universitetning Fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari, doktorant va magistrlariga maʼruza oʻqidi.

Akademik Shavkat Ayupov maʼruzasida Fanlar akademiyasining tashkil etilishi va mustaqillik yillarida rivojlanishi to‘g‘risida gapirib, hech bir davrda ilmga hozirgiday e’tibor qaratilmaganini ta’kidlab o‘tdi. Bugungi kunda ilm-fanni va ta’lim sohasini rivojlantirishda amalga oshirilgan islohotlar, hozirda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari haqida gapirildi.

Erkin muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda matematikaning eng soʻnggi yutuqlari, fandagi oʻzgarishlar hamda sohada yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan suhbat olib borildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Forwarded from Baxtiyor Yusupov
📱Akademik Shavkat Ayupov talabalarga algebraning zamonaviy masalalari bo‘yicha ma’ruza qildi.

Bugun, 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov Urganch davlat universitetiga tashrifi doirasida Fizika-matematika fakultetining talaba-yoshlari bilan ham uchrashdi.

Dastlab uchrashuvda bugungi kunda ilm-fan sohasini xususan, matematika sohasi rivojlantirishda amalga oshirilgan islohotlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan fondlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida talabalarga algebraning zamonaviy masalalari bo‘yicha ilmiy ma’ruza qildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
M!.pdf
261.5 KB
11-синф Математика фанидан намунавий назорат материаллари ечимлари бўйича услубий кўрсатма
Forwarded from Dilshodbek Egamov
#Seminar

Ilmiy seminarlar davom etmoqda!


2024-yil 7-may kuni soat 14:00 da Matematika instituti Namangan bo'linmasi ilmiy seminarida Turdiyev Xurshidjon Nurmahamat o'g'li  (Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti) "Boundary-value problem with Wantzell-Neumann condition for a subdiffusion equation involving Hilfer-Prabhakar fractional derivative" mavzusida ma'ruza qiladi.

Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/9087797957?pwd=dTVreXJLQXFzdVNrTUp0aVpZUzdJUT09
ID: 908 779 7957

Parol: 1

mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTubei
Илмий семинарлар давом этмоқда!

2024 йил 8 май куни соат 10:30
да В.И.Романовский номидаги Математика институтида М.С. Салахитдинов ва Т.Д. Джураев номидаги дифференциал тенгламалар ва математик физика бўйича илмий семинарида (семинар раҳбарлари профессорлар Р.Р. Ашуров, Ж.О. Тахиров ва А. Хасанов) «Обратная динамическая задача для слоистых пористо-упругих сред» мавзусида Л.Х.Хужаев (Тошкент информацион технологиялари университитенинг Қарши филиалининг ўқитувчиси) маъруза қилади.
2024/06/11 10:13:20
Back to Top
HTML Embed Code: