Telegram Web Link
Forwarded from Tolib Otaboev
Assalomu alaykum.

Hurmatli hamkasblar!

📚 Sizlarni shu yilning 📆30-31 may kunlari 🇺🇿Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar (TIFT) universitetida 🇲🇾Universiti Utara Malaysia, 🇦🇿Baki Dövlət universiteti, 🇺🇿O‘zFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va 🇺🇿Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "Algebra, analiz, topologiya va hisoblash matematikasining dolzarb muammolari" nomli xalqaro konferensiyaga lutfan taklif etamiz!

📌Konferensiyaning asosiy seksiyalari:

📙1. Algebra va analiz;
📘2. Differensial tenglamalar va dinamik sistemalar;
📗3. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika;
📕4. Hisoblash matematikasi;
📔5. Geometriya va topologiya.


🔗Konferensiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va ma‘ruza tezislarini yuborish ushbu havola orqali o‘ting.

📎TASHKILIY QO‘MITANING KONTAKT MA’LUMOTLARI

🏢TIFT universiteti Matematika kafedrasi.

📍100047, Toshkent shahri Mirobod tumani A.Temur-15.

☎️ (90) 325-67-55 Tolib Otaboyev
(97) 461-32-34 Eldor Rajabov

📧 [email protected]

Sizlarni TIFT da ko'rishdan xursand bo‘lamiz!!!

(Axborot xati ilova qilinadi)
👍4
Forwarded from Jasurbek Karimov
#seminar

🔝 Ilmiy seminarlar davom etmoqda!

📚 2025-yil 8-may kuni soat 12:00 da “Kompleks analizning zamonaviy muammolari” nomli ilmiy seminarda (seminar rahbarlari akademik A.Sadullayev va DSc K.Raximov) "On the critical boundedness index of maximal operators" mavzusida Azamat Barakayev (Samarqand davlat universiteti) ma’ruza qiladi.

👉 Zoom havolasi:
https://us02web.zoom.us/j/8022228888?pwd=b3M4cFJxUHFnZnpuU3kyWW8vNzg0QT09
ID: 80 2222 8888
Password: 1

mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Forwarded from Hilola Umarova
Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!

Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.

Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.

Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.

Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:

– fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
– 5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
– ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
– Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
– oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.


Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.

Tanlovda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarga ustuvorlik beriladi.

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, ushbu imkoniyatlar siz uchun, undan foydalaning!

@hilola_umarova
👍12👎61
Forwarded from Зайниддинович Отабек
⚡️ “GENIUS” – Matematika Olimpiadasi! ⚡️
9-sinf bitiruvchilari uchun AJOYIB IMKONIYAT!
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti akademik litseyi tomonidan 2025-yil 11-may kuni
9-sinf bitiruvchilari o‘rtasida“GENIUS” matematika olimpiadasi o‘tkaziladi!
Olimpiadada sizni :
🧠 Matematika fanidan bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish
🏫 Akademik litsey bilan yaqindan tanishish
🎁 Qimmatbaho sovg‘alar kutadi.
Mukofotlar:
🥇 1-o‘rin — TV SET
🥈 2-o‘rin — SMART WATCH
🥉 3-o‘rin — POWER BANK
📅 Sana: 2025-yil 11-may
🕘 Vaqti: Soat 09:00
📍 Manzil: Islom Karimov nomidagi TDTU akademik litseyi
🗺 Lokatsiya: Xaritada ko‘rish
🌐 Rasmiy sayt: www.tdtu-al.uz
📢 Telegram kanal: @TDTUALnews
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 50 578-19-93
+998 90 912-33-51
Olimpiadada qatnash, g‘olib bo‘l va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kirit!
ZEHNINGNI ISHGA SOL! GENIUS BO‘L!
👍1👎1👏1
🔴 CIMPA-2025 xalqaro matematiklar maktabi o‘z yakuniga yetdi!

2025-yil 28-apreldan 9-maygacha Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida o‘tkazilgan “Assotsiativ bo‘lmagan algebralarning zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy maktab o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi.

Maktabda 13 ta davlatdan 10 dan ortiq professorlar va 40 dan ziyod PhD talabalar ishtirok etdi. Maktab davomida zamonaviy algebra yo‘nalishida 8 ta xalqaro kurs tashkil etildi.

Yopilish marosimida quyidagi professorlar so‘zga chiqishdi:

- AIFU universiteti rektori, professor G‘olibjon Botirov
- Isfahon universiteti (Eron) professori, Malihe Yousofzadeh
- Antofagasta universiteti (Chili) professori, María Alejandra Alvarez
- Geometriya instituti (Germaniya) professori, Ulrich Krämer
- Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professori, Abror Xudoyberdiyev
- Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professori, Jobir Adashev

Shuningdek, maktabda ishtirok etgan PhD talabalar ham so‘zga chiqib, ushbu ilmiy maktab ularning kasbiy o‘sishi, xalqaro aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida fikr bildirishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi

Ushbu ilmiy maktab yosh tadqiqotchilar uchun tajriba almashish, yangi yondashuvlarni o‘rganish va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish imkonini berdi.

📥 CIMPA SCHOOL 2025: Dastur | Kurslar


✈️Telegram | 🌐 Sayt📷Instagram | 🖤 Youtube  | 🌐 Facebook | 🌐Linkedln
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83🔥1
🔴Matematika yo‘nalishi bo‘yicha magistratura talabalari diqqatiga!

“Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi va V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan magistratura talabalari o‘rtasida 2025 yil may oyida umumiy mukofoti 10 000 000 so‘m bo‘lgan an’anaviy “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Tanlovda qatnashish uchun 2025 yil 20 maygacha o‘z natijalaringizning (o‘zbek, ingliz yoki rus tillaridan birida 6 betdan oshmagan) qisqacha bayoni word yoki pdf formatida [email protected] elektron pochtasiga yoki @okhakimov86 telegram foydalanuvchisiga yuborishingiz mumkin. Yuborilgan fayllar maxsus hay’at tomonidan o‘rganiladi va hay’at yuqori baholagan natijalarni tinglash zoom platformasi orqali 2025 yilning 24-25 may kunlari amalga oshiriladi. Umumiy mukofot puli eng yaxshi deb topilgan ma’ruzachilar o‘rtasida taqsimlanadi.

📝Tanlovda quyidagi talablarga javob beradigan ma’ruza matnlari bilan qatnashish mumkin:

1. Ma’ruza matni talabgor tomonidan yozilgan bo‘lishi kerak.
2. Ma’ruzada talabgor tomonidan olingan ilmiy yangilik bo‘lishi zarur. Bunda yangilikning nashr etilganligi muhim emas!
3. Talabgor ma’ruzada keltirilayotgan ma’lumotlar haqida atroflicha bilimga ega bo‘lishi tavsiya etiladi.
4. Har bir talabgorga o‘z ma’ruzasini bayon etishi uchun 20 daqiqagacha vaqt beriladi. Savol-javoblarga qo‘shimcha 5 daqiqa vaqt ajratiladi.
5. Ma’ruza tilini (o‘zbek, ingliz yoki rus tilidan birini) tanlash ma’ruzachi ixtiyorida.
Imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang! Zero sizning bugungi ma’ruzangiz kelajakdagi ilmiy faoliyatingiz uchun yaxshi asos bo‘lishi mumkin.

mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Forwarded from Dilshodbek Egamov
#Seminar

Ilmiy seminarlar davom etmoqda!


2025-yil 13-may kuni soat 14:00 da Matematika instituti Namangan bo'linmasi ilmiy seminarida Oqboyev Akmaljon Baxromjonovich (“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Oliy matematika kafedrasi katta o'qituvchisi) "Applications of Lauricella hypergeometric function to solving boundary value problems for a degenerate elliptic equation" mavzusida ma'ruza qiladi.

Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/8199326102?pwd=n6nU9OVRnr0PJ7u9LDYaE8ebChHbJn.1&omn=86315752023
ID: 819 932 6102

Parol: 1

mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
👍3
Forwarded from Rahim
Илмий семинарлар давом этмоқда!
2025 йил 14 май куни соат 10:3
0 да В.И.Романовский номидаги Математика институтида М.С. Салахитдинов ва Т.Д. Джураев номидаги дифференциал тенгламалар ва математик физика бўйича илмий семинарида (семинар раҳбарлари профессорлар Р.Р. Ашуров, Ж.О. Тахиров ва А. Хасанов) «Прямые и обратные задачи для уравнений Шредингера и субдиффузии дробного порядка» мавзусида М.Д. Шакарова (Ўзбекистон Фанлар Академияси В.И. Романовский номидаги Математика институти таянч докторанти ) маъруза қилади.
👍20
2025/07/13 20:49:41
Back to Top
HTML Embed Code: