Telegram Web Link
“Fitch Ratings” “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ reytingini barqaror prognoz bilan “BB-”dan “BB” darajasiga ko‘tardi

Batafsil

—————

«Fitch Ratings» повысило рейтинг АО «Тепловые электрические станции» с уровня «BB-» до «BB» с устойчивым прогнозом


Подробнее

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xalqaro kredit reytingini “BB-” darajasidan “BB” darajaga oshirdi va “Barqaror” deb baholadi.

Batafsil

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Jazirama kunlarda yong‘in keltirib chiqaruvchi omillarni oldini olishga qaratilgan va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar

Elektr uskunalarini nazoratsiz qoldirmang. Xonadan uzoq vaqtga chiqishda barcha qurilmalarni tarmoqdan uzib qo‘ying.

Eski yoki nosoz simlardan foydalanmang. Ular yong‘in kelib chiqishi va energiya resursini ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘ladi. Simlar izolyatsiyasi buzilgan bo‘lsa, yangisiga almashtiring.

Bitta rozetka (pilot)ga ko‘p elektr jihozlarini ulamang. Yuklama ortishi simlarni qizitib, yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.

Quritgich, dazmol, mikroto‘lqinli pech, ventilyator kabi qurilmalardan foydalanayotganda ularni nazoratsiz qoldirmang. Qizib ketgan qurilma yong‘in kelib chiqish xavfini tug‘dirishi mumkin.

Konditsionerni 20–25°C oralig‘ida ishlating. Haddan tashqari past haroratga qo‘yish nafaqat elektr energiyasi sarfini oshiradi, balki inson sog‘ligi uchun ham zararli hisoblanadi.

Foydalanilmayotgan qurilmalarni to‘liq tarmoqdan uzib qo‘ying. Bu ham yong‘in kelib chiqishining oldini olish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.

Konditsioner filtrlarini tozalab turing. Bu ham energiya samaradorlikni oshiradi va yong‘in kelib chiqishining oldini oladi.

O‘t o‘chirgich (ognetushitel) va signalizatsiya vositalarining soz holda ekanligini tekshirib turing. Favqulodda holatlarga tayyor bo‘lish muhim.

Elektr qurilmalari va jihozlarini muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazing.

Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang. Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.

Ishxona va ofislarda xodimlarga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muntazam o‘quvlar tashkil qiling.

Muqobil energiya manbalari, ya’ni quyosh panellaridan foydalanish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari neft mahsulotlari to‘ldirilgan sisternalarning xavfsizligini nazorat qilish, “metan zapravkalar”da esa gaz sizib chiqish va portlash xavfini keltirib chiqaruvchi omillarga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi.

Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang. Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi. Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqishi holatlarining oldini olish, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida ayrim havo uzatish tarmoqlari yoki transformatorlar avtomatik ravishda yoxud qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot chorasidir.

Elektr tarmoqlarida nosozliklar yoki uzilishlar yuzaga kelsa, darhol 1154 qisqa raqamiga xabar bering.

Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi hamda xavfsizlik kafolatidir.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifini boshladi. Tashrif davomida davlatimiz rahbari Boku, Xonkendi, Shusha va Ag‘dam shaharlarida bo‘ladi.

Bugun ikki mamlakat yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar, “O‘zbekiston” bog‘iga tamal toshi qo‘yadilar va O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib beradilar.

Ertaga Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev muloqotni Ozarbayjonning Qorabog‘ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi va Ag‘dam shahridagi “Imorat” tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishadilar.

Tashrifga tayyorgarlik doirasida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha salmoqli kelishuvlar to‘plami shakllantirilgan.

Tashrifning tadbirlarga boy dasturi 2024-yilda ittifoqchilik maqomini olgan O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqqanini ko‘rsatadi hamda ikki davlat rahbarlarining avvalgi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir.

—————

Президент Шавкат Мирзиёев
начал свой государственный визит в Азербайджан. В ходе визита глава нашего государства посетит города Баку, Ханкенди, Шушу и Агдам.

Сегодня лидеры двух стран проведут второе заседание Высшего межгосударственного совета, заложат парк "Узбекистан" и откроют новое здание посольства Узбекистана в Баку.

Завтра Президенты Шавкат Мирзиёев и Ильхам Алиев продолжат общение в Карабахском районе Азербайджана, где посетят совместную швейную фабрику в Ханкенди и историко-архитектурный комплекс "Имарет" в городе Агдаме.

В рамках подготовки к визиту был сформирован солидный пакет соглашений по промышленной кооперации.

Такая насыщенная программа визита отражает беспрецедентно высокий уровень узбекско-азербайджанских отношений, выведенных в 2024 году на уровень союзничества, и служит логическим продолжением договорённостей, достигнутых в ходе предыдущих встреч глав двух государств.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Bokuda Ozarbayjonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

—————

В Баку прошла
церемония официальной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, совершающего государственный визит в Азербайджан.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev “Zagulba” qarorgohida tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar.

—————

В резиденции «Загульба» Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев провели встречу в узком составе и второе
заседание Высшего межгосударственного совета.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
2025/07/08 23:37:42
Back to Top
HTML Embed Code: