Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#intervyu

Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida 1500 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatida 200 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi, Buxoro viloyatida har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan ikkita va Qoraqalpog‘istonda 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyalari ishga tushirilgan.

Shuningdek, yil yakuniga qadar Parkent tumanida yirik energiya saqlash tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

“ACWA Power” bilan hamkorlikning yana bir yo‘nalishi kadrlar va mutaxassislarni tayyorlashdir. Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi energetika kollejida yangi ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi joriy etildi.

Muassasada o‘quvchilarga chet tili o‘rgatiladi va ular nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa mamlakatlardagi “ACWA Power” loyihalariga ham jalb qilinadi.

Saudiya Arabistonining “Vision Invest” va AQShning “Air Products” kompaniyalari bilan yangi havo bandargohi uchun ekologik barqaror aviatsiya yoqilg‘isi (SAF) ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yangi aeroport ekspluatatsiyasi uchun to‘liq qayta tiklanuvchi yoqilg‘i ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining “Pemco” kompaniyasi yil oxirigacha Samarqand viloyatida quvvati 200 MVt bo‘lgan yangi gaz-porshenli IES qurish ishlarini boshlaydi.

—————

#интервью

В сотрудничестве с саудовской компанией «ACWA Power» в Сырдарьинской области введена в эксплуатацию тепловая электростанция мощностью 1500 МВт.

Кроме того, в Ташкентской области введена в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 200 МВт, две ветряные электростанции мощностью 500 МВт каждая — в Бухарской области, а также станция мощностью 100 МВт — в Каракалпакстане.

До конца года планируется ввести в эксплуатацию крупную систему хранения энергии в Паркентском районе.

Еще одним направлением сотрудничества с «ACWA Power» является подготовка квалифицированных кадров. В энергетическом колледже города Ширин Сырдарьинской области внедрена новая система обучения и подготовки специалистов.

Кроме того, достигнута договоренность с саудовской компанией «Vision Invest» и американской «Air Products» о производстве экологически устойчивого авиационного топлива (SAF) для новой воздушной гавани. Для эксплуатации нового аэропорта планируется использование полностью возобновляемого топлива.

Также саудовская компания «Pemco» до конца года начнет строительство новой газопоршневой тепловой электростанции мощностью 200 МВт в Самаркандской области.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#rasmiy_xabar

Yuk mashinasi gaz quvuriga shikast yetkazishi natijasida Oʻrta Chirchiq tumanidagi ikkita mahallada gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Oʻchoqli” MFYda oʻrta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining shikast yetkazishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi.

Buning natijasida Oʻchoqli va Bunyodkor mahallalaridagi xonadonlar hamda ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya-tiklash brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Gaz taʼminoti ertaga bosqichma-bosqich va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilingan holda qayta tiklanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energo_dayjest

🗣Quyosh energetikasida “bum”: 12 ta yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati

🗣Bir vaqtning o‘zida ham elektr, ham issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan unikal loyiha

🗣Mahalliylashtirish orqali tejamkorlik: do‘ppi kiygan milliy adsorberlarning iqtisodiy samarasi

🗣Saudiya Arabistoni va AQSH bilan energetika sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda

🗣Vazirlik xodimlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish Virtual akademiyasi” kurslarida ta’lim oldilar

🗣Suyultirilgan gaz mahsuloti noqonuniy saqlanayotgan “bunker” aniqlandi

🗣Energiyani tejash — barqaror kelajak sari muhim qadam

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Энерго_дайджест

🗣«Бум» в солнечной энергетике: деятельность 12 крупных солнечных фотоэлектрических станций

🗣Уникальный проект по одновременному производству электрической и тепловой энергии

🗣 Экономия за счёт локализации: экономическая эффективность национальных адсорберов в тюбетейках

🗣Сотрудничество в энергетической сфере с Саудовской Аравией и США выходит на новый этап

🗣 Сотрудники Министерства прошли обучение на курсах «Виртуальная академия по борьбе с коррупцией»

🗣 Выявлен «бункер» с незаконным хранением продукции сжиженного газа

🗣Энергосбережение — важный шаг к устойчивому будущему

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

Is gazidan ogoh bo‘ling! Undan saqlanishda ushbu infografikadagi tavsiyalarga rioya qiling.

Is gazi — hidsiz, ta’msiz va rangsiz. Xonadoningizdagi gaz jihozlari sozligiga va dudburonlar ishchi holatda ekaniga e’tiborli bo‘ling.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#noqonuniy_holat

Zarbdor tumanida 3,5 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan, G‘allaorol tumanida esa 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

“Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Jizzax viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, Jizzax pedagogika universitetining Zarbdor tumanida joylashgan sirtqi boʻlim binosida tabiiy gazdan foydalanish holati koʻzdan kechirilganda, binoda oʻrnatilgan gaz uskunalarining quvvati gaz hisoblash uskunasining maksimal hisoblash quvvatidan ortiq ekani aniqlandi.

Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va dastlabki xulosalarga koʻra 3 milliard 520 million soʻmlik zarar hisoblandi.

Shunungdek, “Oʻzenergoinspeksiya” Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida G‘allaorol tumanida “A.U.B.” oilaviy korxonasi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 217 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#hamkorlik

Geoma’lumotlar tahlilida yangi bosqich — GenAI texnologiyasi


«O‘zbekneftgaz» AJ va AQShning SLB kompaniyasi raqamli yechimlar hamda generativ sun’iy intellekt (GenAI) texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda.

GenAI yechimlari orqali geologik va ishlab chiqarish ma’lumotlarini tahlil qilish, modellashtirish hamda ulardan samarali foydalanishning yangi imkoniyatlari yaratiladi.
Bu texnologiya qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Loyiha neft-gaz sohasidagi raqamli transformatsiya va intellektual texnologiyalar sari muhim qadam bo‘ldi.

👉Batafsil

——-
#сотрудничество

Новый этап в анализе геологических данных — технология GenAI


АО «Узбекнефтегаз» и американская компания SLB развивают сотрудничество в области цифровых решений и внедрения генеративных технологий искусственного интеллекта (GenAI).

GenAI позволит по-новому анализировать и использовать производственные и геологические данные, автоматизировать моделирование и повысить эффективность управленческих решений.

Этот проект открывает новый этап цифровой трансформации нефтегазовой отрасли и укрепляет позицию Узбекистана в сфере интеллектуальных технологий.

👉Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

🇺🇿 Til — milliy qadriyatlarni birlashtirib namoyon etib turuvchi eng mustahkam zanjir, boy va cheksiz ma’naviy xazina.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi IT-parkka tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari majmuaning ikkinchi bosqichiga start berish marosimida ishtirok etadi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari bilan tanishadi.

Shuningdek, Prezident raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

—————

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит IT-парк в Ташкенте.

Глава нашего государства примет участие в церемонии запуска второго этапа комплекса, а также ознакомится с проектами по внедрению технологий искусственного интеллекта.

Также под председательством Президента состоится видеоселекторное совещание по вопросам развития технологий искусственного интеллекта в регионах и отраслях.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda.

Bunday texnologiyalar iqtisodiyotdan tortib, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqaruv tizimigacha chuqur kirib bormoqda.

Qaysi soha bo‘lmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi
”,
– dedi davlatimiz rahbari.

Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan bo‘lsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini ko‘rsatyapti.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#ona_tilim_faxrim

🇺🇿 Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari tomonidan 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda.

Bayram munosabati bilan buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat hamda jamoat arbobi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.

Vazirlik jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 19:10:20
Back to Top
HTML Embed Code: