Telegram Web Link
Bugun, 19-iyun kuni soat 16:44 da Qozog‘iston Respublikasidagi “Ekibastuz” energetika uzelida noqulay ob-havo sharoiti tufayli 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chgan.

Buning natijasida Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham chastota tushishlari kuzatildi.

Avariyaviy holatni bartaraf etish maqsadida ayrim hududlarda qisqa muddatli majburiy cheklovlar kiritildi.

Soat 19:30 da 500 kVli elektr uzatish liniyasidagi nosozlik bartaraf etildi va iste’molchilar ta’minoti tiklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz tumanidagi “Hisorak” suv ombori yaqinida barpo etilgan kichik gidroelektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi.

—————

Президент Шавкат Мирзиёев
осмотрел новую малую гидроэлектростанцию, построенную рядом с Гиссаракским водохранилищем в Шахрисабзском районе.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shahrisabz tumanida yangi kichik GES bilan tanishdi.

—————

Президент
ознакомился с новой малой ГЭС в Шахрисабзском районе.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Siyosiy ma’rifat soati

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi Siyosiy ma’rifat soati haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

Fakt 24: Namangan viloyatining Uychi tumanida quvvati 228 MVt bo‘lgan “Norin GESlar kaskadi” qurilmoqda.

Ushbu loyiha ishga tushgach, yiliga oʻrtacha 1 mlrd 25 million kVt⋅soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu esa 430 ming xonadonni elektr bilan taʼminlash, 277 mln kub metr tabiiy gazni tejash va 130 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonini beradi.

—————

#зеленая_энергия

Факт 24: В Уйчинском районе Наманганской области строится «Каскад Нарынских ГЭС» мощностью 228 МВт.

После запуска этого проекта будет вырабатываться в среднем 1 миллиард 25 миллионов кВт⋅ч экологически чистой электроэнергии в год. Это позволит обеспечить электроэнергией 430 тысяч домохозяйств, сэкономить 277 миллионов кубометров природного газа и создать более 130 новых рабочих мест.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Birdam_jamiyat

Olis hududlar suyultirilgan gaz bilan taʼminlanmoqda

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi “Kuhsor” va “Aspiduxtar” MFYlari olis togʻli hududlarda joylashgan. Suyultirilgan gazga moslashtirilgan mazkur mahallalarga maishiy gaz ballonlari belgilangan reja-grafik asosida uzluksiz yetkazib berilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#24_soatlik_tunu_kun_navbatchilik_asosida

Issiqlik elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarish uzluksizgili ta’minlanmoqda


Xususan, Angren issiqlik elektr stansiyasida tun-u kun faoliyat yurituvchi malakali mutaxassislardan iborat maxsus brigadalar tomonidan energoqurilmalar doimiy nazorat qilinyapti.

19-iyundan 20-iyunga o‘tar kechasi stansiyaning tungi navbatchilik guruhi tomonidan teplovizor yordamida o‘tkazilgan rejali texnik ko‘rik davomida T-6 transformatoriga ulanadigan 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida qizish holati aniqlangan.

Aniqlangan nosozlik darhol maxsus tezkor brigada tomonidan bartaraf etildi va qisqa fursatlarda T-6 transformatori normal ish rejimiga qayta ulandi.

Muhimi, amalga oshirilgan texnik chora-tadbirlar asosiy ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatmagan holda, uzluksizlik tamoyillariga rioya qilgan holda bajarildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Muborakdagi Gazni qayta ishlash zavodi atrofidagi tayyor infratuzilmasi bor, temir yo‘l o‘tgan 200 gektar maydonda innovatsion sanoat zonasi tashkil etiladi.

Ushbu sanoat zonasida klaster tizimi asosida neft-kimyo, elektrotexnika, robototexnika va qurilish materiallari bo‘yicha 5 ta yirik loyihani boshlash vazifasi qo‘yildi.

Viloyat paxta yetishtirish bo‘yicha yetakchi bo‘lsada, to‘qimachilik sanoatidagi ulushi 10 foizga ham yetmaydi. Hozirda 100 ming tonna ip-kalavaning atigi 28 foizi qayta ishlanadi.

Shu maqsadda Kosondagi 40 gektarda tashkil etilgan yangi texnoparkda 200 million dollarlik 12 ta loyiha qilish rejalashtirilgan. Lekin suv tozalash inshooti va kanalizatsiya yo‘qligi uchun ishlar to‘xtab qolgan. Mutasaddilarga texnopark infratuzilmasi uchun mablag‘ ajratish topshirildi.

Umuman, 400 million dollarlik 35 ta loyihani boshlab, bu yil ip-kalavani qayta ishlashni 51 foizga, kelgusi yili 100 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Magistral elektr tarmoqlari nazorat ko‘rigida uchuvchisiz qurilmadan foydalanilmoqda

Yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda magistral elektr tarmoqlarini navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazish samaradorligini oshirish maqsadida, uchuvchisiz apparat (dron) qurilmasidan keng foydalanilmoqda.

Ushbu qurilma (dron) — 35/110/220 va 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari o‘tkazilgan murakkab relyefli hududlarni nazorat qilib boradi.

Drondan tarmoqda avariya holatlari yuz berganda qisqa vaqt ichida nosozlik sabablarini aniqlash hamda boshqa texnik-muhandislik va loyihalashtirish ishlarida foydalaniladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
2025/07/01 08:16:23
Back to Top
HTML Embed Code: