Telegram Web Link
So‘nggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.

“Biz Yangi O‘zbekistonda “xalq xizmatidagi davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishda siz kabi iqtidorli, jonkuyar va yetakchilik qobiliyatiga ega o‘g‘il-qizlarimizga tayanamiz.

Shu bois, o‘tgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish bo‘yicha muhim farmonni imzoladim.

Endi, Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitiladi”,

- dedi Prezident.

Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi.

Dasturni tamomlagan yoshlar rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Yoshlarimizni kitob o‘qishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol o‘ynamoqda.

Birgina misol, Xorazmiy maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilbar Haydarova “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olib bo‘lib, ota-onasiga Prezident sovrini – avtomobil sovg‘a qildi.

“Dilbarxon qizim, sen o‘z misolingda inson chin dildan harakat qilsa, ko‘p narsaga erisha olishini isbotlading, bu yo‘lda ko‘pchilik uchun namuna bo‘lding. Buning uchun katta rahmat senga! Rahmat seni katta qilgan ota-onangga!”,

- dedi davlatimiz rahbari.

Yoshlarni aktyorlik, musiqa, kitobxonlikka qiziqishini oshirish uchun “Turon” teatri, “Iqtidor ansambli”, “Jadidlar izidan” kabi tanlovlar o‘tkazilib, ularda 400 mingga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.

Endi tanlovlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar chekka hududlardagi maktablarga muntazam borib, o‘z chiqishlari bilan tengdoshlarini madaniyat va san’atga qiziqtiradi. Buning uchun viloyat hokimlari bittadan avtobus olib beradi.

Respublika tanlovi g‘oliblariga madaniyat va san’at oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi.

“Iqtidor” maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari bolalar va musiqa san’at maktablarida bepul o‘qitiladi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
“Yosh avlodni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli ma’lumotlarni yetkazish va targ‘ib qilish doim e’tiborimiz markazida bo‘lishi zarur”,

- dedi Prezident.

Shu maqsadda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil etilgani, markaz milliy madaniyat, san’at, adabiyot, tarix va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga mo‘ljallangan tarbiyaviy kontentlar yaratish uchun mas’ul bo‘lishi qayd etildi.

Joriy yildan boshlab mahallalarda o‘tkazilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarida 244 ming yigit-qizlar ishtirok etdi, 1 milliondan ziyod yoshlar esa ularni katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Bu bellashuvlar vatanparvarlik, jasorat va jipslikni targ‘ib etadigan muhim harakatga aylandi.

“Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ko‘z qorachig‘idek asrashda siz, aziz yoshlarimizga tayanamiz.

Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkonini beradigan buyuk ne’mat”,

- dedi Prezidentimiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Yoshlarga oid islohotlarni xalqaro hamjamiyat ham keng e’tirof etayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi.

Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz yoshlar siyosati sohasida eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi.

Buxoro shahri Turkiy dunyo yoshlari poytaxti, Toshkent shahri Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yoshlari poytaxti maqomini oldi.

Shu kunlarda yurtimizda o‘tkazilayotgan Global yoshlar festivalida 30 dan ortiq davlatdan kelgan 300 nafardan ziyod yoshlar, 10 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Prezident ushbu forum nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo yoshlari uchun samarali hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezidentimiz bugun “Kreativ iqtisodiyot”, “Raqamli yashil tashabbuslar”, “Yoshlar tadbirkorligi va startaplar” va “Yosh innovatorlar” maydonchalaridagi o‘g‘il-qizlarimiz bilan muloqot qilib, hozirgi yoshlarimiz – Yangi O‘zbekistonning haqiqiy bunyodkorlari ekaniga yana bir bor amin bo‘lganini ta’kidladi.

“Men sizlar bilan faxrlanaman! Sizlarning har bir yutug‘ingiz bu – ko‘p millatli butun xalqimizning yutug‘idir.

Azmu shijoatingiz, sog‘lom dunyoqarashingiz, baxtu iqbolingiz – millionlab ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yaqinlaringizning ham baxtu saodatidir”,

- dedi davlatimiz rahbari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Davlatimiz rahbari o‘z sohasida ilg‘or, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va g‘oyalarini tingladi.

Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, san’at, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh o‘g‘il-qizlarimiz mukofotlangan edi.

Bugungi tadbirda davlatimiz rahbari ushbu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Tadbir yakunida davlatimiz rahbari yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:

“Yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqsh, kelajak uchun poydevor degani. Poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, hayotingiz, baxtingiz binosi shunchalik muhtasham bo‘ladi.

Yoshlikdagi harakat kelajakdagi yutuq degani. Yoshlikda orttirilgan do‘st bir umrlik hamkor, tayanch va suyanch degani.

Hech qachon unutmang, farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug‘ bo‘ladi.

Men butun O‘zbekiston yoshlari ana shunday fazilatlar egasi bo‘lishini tilayman!

Ishonchim komil, biz ko‘p millatli butun xalqimiz bilan, siz, aziz farzandlarim bilan ulug‘ maqsadlarimizga, albatta, yetamiz! Yangi O‘zbekistonni barchamiz birgalikda, albatta, barpo etamiz!”.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#tavsiya

Elektr jihozlaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalari.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#yashil_energiya / #yashil_vodorod

“Tahlilnoma” tahlili: O‘zbekistonda barpo etilayotgan ilk “yashil vodorod” ishlab chiqarish mega loyihasining imkoniyatlari tahlil qilindi. Eksklyuziv reportaj.

—————

#зеленая_энергия / #зелёный_водород

Анализ из «Тахлилнома»: Были проанализированы возможности первого в Узбекистане мегапроекта по созданию производства «зеленого водорода». Эксклюзивный репортаж.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
TOP-30: Yoshlar bilan ishlashda namunali tashkilotlar aniqlandi. Energetika vazirligi TOP-30 talikdan TOP-5-o‘rinda e’tirof etildi.

⚡️Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning faolligi va salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida olib borilayotgan ishlar natijasida yurtimizdagi eng faol tashkilotlar e’tirof etildi.

150 dan ortiq vazirlik va idoralar orasidan yoshlar bilan ishlash borasida ilg‘or tajriba namoyon etgan TOP-30 tashkilot saralandi.

Yoshlar ishlari agentligi “TOP-30”likka kirgan barcha tashkilotlarga yoshlar bilan ishlashdagi faolligi, tashabbuskorligi va samarali hamkorligi uchun minnatdorlik bildiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nukus shahri va Ko‘kdala tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.-Q.” MCHJ mas’ul shaxslari yangi qurilayotgan binoda tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 165,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “F.B.” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.F. va “R.” fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi J.T.lar tijorat maqsadida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab jami 182,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#yakdilmintaqa

Qirg‘izistonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar energetika kompaniyalari ichida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi g‘olib bo‘ldi

2025-yil 29-30-iyun kunlari Qirg‘iz Respublikasi Qorako‘l shahrida turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar energetiklari o‘rtasida taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromotyorlarning navbatdagi kasb mahorati musobaqasida O‘zbekiston nomidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Musobaqada jamoalar texnik tayyorgarlik, jabrlangan xodimga birinchi yordam ko‘rsatish va elektr qurilmasida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish yuzasidan о‘zaro bahs sinashdilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi musobaqalarning barcha shartlarida yuqori natijalarni ko‘rsatib, g‘olib deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Ozarbayjonda va 2024-yilda Tataristonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda ham “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi g‘olib bo‘lgan edi.

Energetika vazirligi mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasini samimiy muborakbod etadi.

—————

Команда АО «Региональные электрические сети» стала победителем международного соревнования среди энергетических компаний тюркоязычных стран, прошедшего в Кыргызской Республике


29–30 июня 2025 года команда АО «Региональные электрические сети» представляла Узбекистан на очередном конкурсе профессионального мастерства электромонтёров, обслуживающих распределительные электрические сети, в городе Каракуль.

Участники соревновались в технической подготовке, оказании первой помощи пострадавшему сотруднику и ликвидации пожара на электроприборе.

Команда из Узбекистана продемонстрировала высокие результаты по всем направлениям и была признана победителем соревнований.

Напомним, что команда АО «Региональные электрические сети» также одержала победу на международных соревнованиях, проходивших в Азербайджане в 2023 году и в Татарстане в 2024 году.

Министерство энергетики искренне поздравляет команду АО «Региональные электрические сети», достойно участвовавшую в этом престижном соревновании и завоевавшую победу.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
2025/07/09 15:48:21
Back to Top
HTML Embed Code: