Telegram Web Link
Energetika vazirligining Toshkent viloyatida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi

Bugun, 4-iyul kuni Toshkent viloyatida aholi va tadbirkorlar uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etib, aholi hamda yuridik iste’molchilarning muammolarini, murojaatlari joyida o‘rganildi.

Sayyor qabulda Piskent, Yuqori Chirchiq, Olmaliq, Parkent, Toshkent, Zangiota tumanlari hamda Toshkent shahrining Bektemir tumanidan kelgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Murojaatchilar asosan elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdilar.

Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, qonuniy yechimlar va zarur choralar belgilandi. Joylardagi muammolarni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli vazifalar berildi.

Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari tomonidan doimiy ravishda joylarda mana shunday sayyor qabullar tashkil etib borilishi — aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini o‘z vaqtida ijobiy hal etilishiga xizmat qilmoqda.

—————

В Ташкентской области состоялся очередной выездной приём Министерства энергетики


Сегодня, 4 июля, в Ташкентской области прошёл очередной выездной приём граждан и предпринимателей. В нём приняли участие ответственные лица Министерства энергетики и подведомственных организаций. Были изучены обращения населения и юридических потребителей, а также обсуждены существующие проблемы.

В приёме приняли участие граждане и субъекты предпринимательства из Пскентского, Юкоричирчикского, Алмалыкского, Паркентского, Ташкентского, Зангиатинского районов, а также из Бектемирского района города Ташкента.

Заявители в основном поднимали вопросы, связанные с поставками электроэнергии, природного и сжиженного газа, а также вносили соответствующие предложения.

Каждое обращение было рассмотрено в индивидуальном порядке, по результатам чего были определены законные решения и необходимые меры. Ответственным организациям даны поручения по устранению проблем на местах.

Постоянное проведение выездных приёмов Министерством энергетики и организациями системы способствует своевременному и эффективному решению обращений населения и представителей бизнеса.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Energetika vazirligi xodimlari xorij tajribasi asosida bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda

Yoqilg‘i-energetika sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish, xorij tajribasini amaliyotga joriy etish maqsadida Energetika vazirligida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ish samaradorligini yanada oshirish va xalqaro tajribani sohadagi barcha mas’ul xodimlarga yetkazish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun, 4-iyul kuni vazirlik xodimining Yaponiyaga xizmat safari doirasida orttirgan bilim va tajribasi asosida “Ekoru Togoshi” — ekologik ta’lim va almashinuv markazi faoliyati misolida “Bolalar uchun ekologik ta’lim va ko‘rgazmali ZEB markazini tashkil etish” mavzusida taqdimot-seminar tashkil etildi.

Prezentatsion suhbat davomida Yaponiyadagi zamonaviy ekologik ta’lim usullari, ZEB (Zero Energy Building) konsepsiyasi hamda ularni O‘zbekiston sharoitida joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Energetika vazirligi mutaxassislarining xorij tajribasini o‘rganishi va uni amaliy jarayonlarga tatbiq etishi soha rivoji uchun muhim omil bo‘lib hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: O‘zbekistonda Yoshlar kuni keng nishonlandi. Mamlakatda IT xizmatlari eksporti qariyb 1 milliard dollarga yetdi. O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ldi.

—————

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына
шолыў: Өзбекстанда жаслар күни кең белгиленди. Мәмлекетте ІТ хызметлери экспорты дерлик 1 миллард долларға жетти. Өзбекстан Президенти мәмлекетлик сапар менен Әзербайжанда болды.

—————

Обзор важнейших событий за неделю: Узбекистан масштабно отметил День молодежи. Экспорт IT-услуг в стране вырос почти до $1 млрд. Президент Узбекистана посетил Азербайджан с государственным визитом.

—————

Weekly
review of the most important events: Uzbekistan celebrated Youth Day on a large scale. The country’s IT service exports have grown to nearly $1 billion. The President of Uzbekistan paid a state visit to Azerbaijan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
2025/07/14 00:50:52
Back to Top
HTML Embed Code: