Telegram Web Link
#kuz_qishga_tayyorgarlik

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida neft va gaz korxonalaridagi barcha texnologik qurilmalar nazoratdan o‘tkazilib ta’mirlanmoqda.


📍Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi,
📍Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi,
📍Muborak gazni qayta ishlash zavodi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#noqonuniy_holat

Quva va Farg‘ona tumanlarida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Hududlarda tabiiy gaz taʼminotida noqonuniy holatlarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Fargʻona viloyati gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilgan reydlarda noqonuniy holatlar aniqlandi.

Quva tumanidagi “Taxtakoʻprik” MFYda joylashgan umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi gaz taʼminoti korxonasi bilan tegishli shartnoma tuzmasdan “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi. Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 1 milliard 144 million soʻm miqdorida zarar hisoblandi.

Yana bir qonunbuzilish holati Fargʻona tumanida qayd etildi. “Tinchlik” MFYdagi novvoyxona egasi tabiiy gazdan loyiha-texnik hujjatlari rasmiylashtirmasdan tarmoqqa ulangan holda foydalanayotgani fosh etildi. Mazkur holat boʻyicha 733 million 428 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Yuqoridagi noqonuniy holatlar boʻyicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi. Mazkur yoʻnalishdagi nazorat tadbirlari respublikaning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#hamkorlik

O‘zbekiston va Tojikiston Energetika vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Kecha, 18-sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalariga oid masalalar muhokama qilindi. Xususan, 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumida ikki mamlakat energetika tizimlari faoliyatini muvofiqlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida qardoshlik va strategik munosabatlarni mustahkamlash haqida fikr almashdilar.
__________________
#сотрудничество

Состоялась встреча министров энергетики Узбекистана и Таджикистана


Вчера, 18 сентября, в Ташкенте состоялась встреча министра энергетики Республики Узбекистан Журабека Мирзамахмудова и министра энергетики и водных ресурсов Республики Таджикистан Далера Джумы.

На встрече были обсуждены вопросы двустороннего сотрудничества в энергетической сфере. В частности, рассмотрены возможности координации деятельности энергетических систем двух стран в осенне-зимний период 2025–2026 годов.

По итогам встречи стороны обменялись мнениями о дальнейшем укреплении братских и стратегических отношений в интересах народов двух стран.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#moddiy_yordam

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi

Joriy yil 19-sentyabr holatiga ko‘ra, “Mahalla yettiligi” tomonidan 317 698 ta qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar ro‘yxati tuzildi.

Xabaringiz bor, 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil noyabr oyida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha shakllantirilgan ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

Agar siz ushbu toifalarga mos kelib, ehtiyojmand oila bo‘lsangiz, joriy yilning 25-sentyabr kuniga qadar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qiling.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#energiya_tejamkorlik

♻️Tabiatni himoya qiling – resurslarni oqilona ishlating!


📌 Energiya samaradorligi va tejamkorlik uchun muhim tavsiyalar!


Batafsil ushbu videorolikda 👆
____________

#энергосбережение

♻️ Защищайте природу — используйте ресурсы рационально!

📌 Важные рекомендации по энергоэффективности и экономии.

Подробнее — в этом видеоролике👆

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassis_tavsiyasi

Eslatib o‘tamiz, mavsum oldidan isitish vositalarini tekshiring va ularning sozligiga e’tiborli bo‘ling.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#noqonuniy_holat

Ko‘p qavatli uy xonadonlari tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, tizimga 2,3 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Samarqand viloyatining Samarqand shahridagi “B.Q.S.” MCHJga qarashli ko‘p qavatli uyning xonadonlari tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri noqonuniy ulab foydalanib kelishi oqibatida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga qaratilgan tadbirlar doimiy olib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Blackrock” investitsiya kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesini qabul qildi.
____________

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял члена совета директоров и старшего управляющего директора инвестиционной компании «Blackrock» Адебайо Огунлеси.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida “Air Products” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes bilan uchrashdi.
___________

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел в городе Нью-Йорке встречу с главным исполнительным директором компании «Air Products» Эдуардо Менезесом.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
АҚШ Президенти Дональд Трамп "Truth Social" ижтимоий тармоғидаги саҳифасида қуйидаги постни ёзиб қолдирди:

"Шу ой бошида мен Ўзбекистон Президенти ҳурматли Шавкат Мирзиёев билан суҳбатлашган эдим. Бугун мен Президент Мирзиёевни "Boeing" билан УЛКАН битим имзолангани билан табриклайман! "Uzbekistan Airways" 8 миллиард доллардан ортиқ маблағ эвазига 22 та 787 Dreamliner самолётини харид қилади. Бу Қўшма Штатларда 35 000 дан ортиқ иш ўринларини яратади. Президент Мирзиёев - бир сўзли инсон ва биз бошқа кўплаб масалалар устида биргаликда ишлашда давом этамиз! Бу масалага эътиборингиз учун ташаккур".

Президент США Дональд Трамп написал следующий пост на своей странице в социальной сети Truth Social:

"Ранее в этом месяце я разговаривал с глубоко уважаемым Президентом Узбекистана Шавкатом Мирзиёевым. Сегодня хочу поздравить Президента Мирзиёева с подписанием ВЕЛИКОЙ сделки с Boeing! На сумму более 8 миллиардов долларов Uzbekistan Airways приобретает 22 самолета 787 Dreamliner. Это создаст более 35 000 рабочих мест в Соединённых Штатах. Президент Мирзиёев – человек слова, и мы продолжим совместную работу над многими другими вопросами! Благодарю за ваше внимание к этому делу".

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kuz_qishga_tayyorgarlik

Аholi va xoʼjalik yurituvchi subyektlarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash — eng muhim vazifa.

Shu maqsadda respublika boʼylab barcha hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal olib borilmoqda.

Energetiklar 24/7 rejimda elektr tarmoqlarini yangilash, taʼmirlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali aholi hamda tadbirkorlar uchun uzluksiz elektr taʼminotini taʼminlashga harakat qilmoqdalar.
____________
#подготовка_к_осени_и_зиме

Обеспечение населения и хозяйствующих субъектов стабильной электроэнергией является приоритетной задачей.

С этой целью во всех регионах республики активно ведутся подготовительные работы к осенне-зимнему сезону.

Энергетики в режиме 24/7 занимаются обновлением и ремонтом электрических сетей, внедрением современных технологий, чтобы обеспечить бесперебойное электроснабжение населения и предпринимателей.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kuz_qishga_tayyorgarlik

Toshkent issiqlik elektr stansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari belgilangan reja-jadval asosida davom etmoqda.

Ayni paytda stansiyaning 9-sonli energoblokida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ta’mir jarayonida generator qismida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Gaz quyish shoxobchalari va fuqarolar xavfsizligi hamda hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlovchi “UGaz” tizimi ishga tushirildi

Yurtimizda tabiiy gaz resurslaridan samarali foydalanish va iste’molchiga xavfsiz xizmat ko‘rsatish maqsadida zamonaviy axborot tizimlari joriy etilmoqda.

“Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ tomonidan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatidagi jarayonlarni real vaqt rejimida qayd etib boradigan “UGaz” tizimi joriy etildi.
👉 VMQ-387, 06.07.2024

“UGaz” tizimi orqali har bir gaz quyish shoxobchasida jarayonlar real vaqt rejimida qayd etiladi. Bu esa:

qo‘lda hisob-kitob olib borish zaruriyatini kamaytiradi;
noqonuniy holatlarning oldini oladi;
jarayon shaffofligini ta’minlaydi;
iste’molchilar uchun xavfsizlik darajasini oshiradi.

Avtomashina gaz quyish shoxobchasiga kirganda uning texnik ko‘rikdan o‘tganligi avtomatik tarzda tekshiriladi. Agar texnik ko‘rik muddati tugagan bo‘lsa — tizim operatorga xabar beradi.

⚠️Shuningdek, agar yoqilg‘i turi mos kelmasa yoki ballon ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, tizim bu haqda ham operatorni shu joyning o‘zida ogohlantiradi. AGTSHK, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlaydi.

Tizim orqali tabiiy gazni sotish jarayonlarining shaffofligi ta’minlanadi. Ya’ni, gaz quyish shoxobchasi qabul qilib olayotgan gaz hajmlarining aniq hisob-kitobi yuritiladi. Bu esa, shoxobchalarning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, AGTKSHlaridagi har bir gaz to‘ldirish kolonkasi va undagi xodim faoliyati onlayn nazorat qilinadi.

Bunda, AGTKSH xodimlarining barcha xizmat ko‘rsatish jarayonlari manfaatdor vazirlik va idoralar (Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Toshshahartransxizmat” AJ, Elektron hukumat tizimlari, “Energonazorat” platformasi va OneID) bilan integratsiya qilingan.


📞 Call-markaz bilan 712022202 (815 va 814) raqamlari orqali bog‘lanish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/31 15:24:41
Back to Top
HTML Embed Code: