#hamkorlik
🇺🇿🇰🇿🇰🇬“Qambarota GES-1” loyihasi bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yilning 25-26-sentyabr kunlari Belgiyaning Bryussel shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari Energetika vazirlarining “Qambarota GES-1 qurilishi” loyihasi bo‘yicha uchinchi davra suhbati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari Energetika vazirlari, Jahon banki vakillari, shuningdek, loyiha doirasida tashkil etilgan Donorlar kengashi a’zolari ishtirok etdi. Tadbir Jahon banki ko‘magida tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: 2024-yil 6-iyun kuni Jahon banki boshchiligida Donorlarni muvofiqlashtirish kengashi tashkil etilgan. Kengash tarkibi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB), “Cassa Depositi e Prestiti S.p.A.” (Italiya), OPEC Xalqaro rivojlanish jamg‘armasi, Yevropa investitsiya banki, Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlaridan iborat.
Yig‘ilishda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari, uning atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha dastlabki hujjatlar va ijtimoiy jihatlari, amalga oshirish mexanizmlari hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ushbu loyiha yuzasidan 2025-yilning oktyabr–noyabr oylarida belgilangan navbatdagi uchrashuv masalalari muhokama qilindi.
Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Natijada yiliga o‘rtacha 5,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Ishtirokchilar loyihani Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligi va hamkorlikni mustahkamlash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishning muhim tarkibiy qismi sifatida e’tirof etdilar.
Shuningdek, davra suhbati doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro moliya tashkilotlari – loyiha donorlari qo‘mitasi a’zolari bilan loyihani moliyalashtirishni jalb qilish shartlari va imkoniyatlarini muhokama qilish bo‘yicha bir qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Shu tariqa Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, YeTTB, OIIB, OTB, OPEC jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, bunday formatdagi birinchi uchrashuv joriy yilning 27-yanvar kuni Toshkent shahrida, ikkinchisi 26-27-may kunlari Dubayda bo‘lib o‘tgan edi. Dubaydagi uchrashuv doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Energetika vazirlari o‘rtasida Bayonnoma imzolangani loyihani amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Uch tomonlama uchrashuv yakunida birgalikdagi keyingi rejalar va loyihani tayyorlash muddatlari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#сотрудничество
🇺🇿🇰🇿🇰🇬Состоялась очередная встреча по проекту Камбаратинской ГЭС-1
25–26 сентября 2025 года в Брюсселе (Бельгия) состоялось третье заседание «круглого стола» министров энергетики Узбекистана, Казахстана и Кыргызской Республики по проекту «Строительство Камбаратинской ГЭС-1».

В нём приняли участие министры энергетики трёх стран, представители Всемирного банка, а также члены Совета доноров, созданного в рамках проекта. Мероприятие было организовано при поддержке Всемирного банка.
Для справки: 6 июня 2024 года был создан Координационный совет доноров во главе со Всемирным банком. В его состав входят Европейский банк реконструкции и развития (ЕБРР), Азиатский банк развития (АБР), Азиатский банк инфраструктурных инвестиций (АБИИ), Cassa Depositi e Prestiti S.p.A. (Италия), Международный фонд развития OPEC, Европейский инвестиционный банк, Исламский банк развития и другие международные финансовые институты.
На совещании были рассмотрены технико-экономическое обоснование проекта, первичные документы и социальные аспекты оценки его воздействия на окружающую среду, механизмы реализации, а также вопросы сотрудничества с международными финансовыми институтами. Также обсуждались вопросы подготовки очередной встречи по проекту, запланированной на октябрь–ноябрь 2025 года.
В рамках проекта будут введены в эксплуатацию водохранилище объёмом 5,4 млрд кубометров и гидроэлектростанция мощностью 1860 МВт. Это позволит вырабатывать в среднем 5,6 млрд кВт·ч электроэнергии в год.
Участники отметили проект как важную составляющую укрепления энергетической безопасности и сотрудничества, а также рационального использования водных ресурсов в Центральной Азии.
В рамках «круглого стола» делегация Узбекистана провела ряд двусторонних переговоров с членами Комитета международных финансовых организаций — доноров проекта по обсуждению условий и возможностей привлечения финансирования. Так, были проведены встречи с представителями Европейского Союза, Всемирного банка, ЕБРР, АБР, Фонда OPEC и других организаций.
Напомним, что первая встреча в таком формате состоялась 27 января 2025 года в Ташкенте, а вторая — 26–27 мая в Дубае. Важным шагом в реализации проекта стало подписание в рамках встречи в Дубае протокола между министрами энергетики Узбекистана, Кыргызстана и Казахстана.
По итогам трёхсторонней встречи достигнута договорённость о дальнейших совместных планах и сроках подготовки проекта.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Avgust oyida ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 4,1 mlrd so‘m kompensatsiya pullari moliyalashtirildi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-son qaroriga asosan ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi bo‘yicha 150 kVt va tabiiy gaz bo‘yicha esa 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yoridan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib berilmoqda.
Qarorga muvofiq, bugungi kungacha 1 mln 711 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalardan kompensatsiya olish uchun murojaatlar qabul qilindi. Ushbu arizalar 2025-yilning avgust oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha skoringdan o‘tkazish natijasida bazaviy me’yoridan ortiq iste’mol qilgan 222 887 nafar oilaga 4,1 mlrd so‘m kompensatsiya pullari tayinlandi.
Shundan:
elektr energiya uchun – 3 612,4 mln so‘m;
tabiiy gaz uchun esa – 552,7 mln so‘m miqdorida kompensatsiya pullari tayinlandi.
Ma’lumot uchun: 2025-yil may — avgust oylarida elektr energiya va tabiiy gazni bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilgan 350,6 mingta oilaga 17,3 mlrd so‘m kompensatsiya mablag‘lari to‘langan.
Barcha kompensatsiya mablag‘lari AT “Xalq banki”ga to‘liq moliyalashtirildi.
Kompensatsiya olish uchun mahalladagi ijtimoiy xodimga, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Agentlikning 1140 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#elon
Bugun, 29-sentyabr kuni Energetika vaziri yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi
Unda xorijiy davlatlarda yoqilg‘i-energetika sohasida tahsil olayotgan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha ilmiy izlanish olib borayotgan va xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etadi.
Ushbu uchrashuv onlayn tarzda o‘tkaziladi.
___
#объявление
Сегодня, 29 сентября, Министр энергетики проведет встречу с молодежью
В мероприятии примут участие студенты, обучающиеся за рубежом по направлениям топливно-энергетического комплекса, исследователи в области возобновляемых источников энергии, а также специалисты, работающие в международных компаниях.
Встреча пройдёт в онлайн-формате.
___
#announcement
Today, September 29, the Minister of Energy will hold a meeting with young people
The event will be attended by students studying abroad in the field of fuel and energy, researchers in renewable energy, as well as specialists working in international companies.
The meeting will be held online.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman
Toshkent shahrida “Jahonda va O‘zbekistonda past uglerodli rivojlanishning yangi ufqlari” mavzusida II xalqaro ilmiy-texnik anjuman o‘tkazildi.
___________
#международная_конференция
В Ташкенте состоялась II Международная научно-техническая конференция на тему «Новые горизонты низкоуглеродного развития в мире и Узбекистане».
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Toshkent shahrida “Jahonda va O‘zbekistonda past uglerodli rivojlanishning yangi ufqlari” mavzusida II xalqaro ilmiy-texnik anjuman o‘tkazildi.
Unda Energetika vazirligi, qator vazirlik va idoralar, Xalqaro moliya institutlari, mahalliy va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari, xalqaro kompaniyalar rahbariyati va mas’ullari ishtirok etdi.
Anjumanning maqsadi — O‘zbekistonda past ugrerodli iqtisodiyotga o‘tish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ilmiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash va innovatsion yechimlarni keng targ‘ib qilish hisoblanadi.
Anjuman doirasida xalqaro tajribalar o‘rganilib, O‘zbekiston energetika sohasida uglerod chiqindilarini kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar keng muhokama qilindi.
___________
#международная_конференция
В Ташкенте состоялась II Международная научно-техническая конференция на тему «Новые горизонты низкоуглеродного развития в мире и Узбекистане».
В работе конференции приняли участие руководители и ответственные лица Министерства энергетики, ряда министерств и ведомств, международных финансовых институтов, местных и зарубежных высших учебных и научно-исследовательских учреждений, а также международных компаний.
Цель конференции — переход Узбекистана к низкоуглеродной экономике, расширение использования возобновляемых источников энергии, укрепление научно-технического сотрудничества и продвижение инновационных решений.
В рамках конференции был изучен международный опыт и широко обсуждены реформы, проводимые в энергетическом секторе Узбекистана, направленные на сокращение выбросов углерода, повышение энергоэффективности и достижение целей устойчивого развития.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#yoshlar_uchrashuv
Energetika vazirining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Onlayn tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda xorijiy davlatlarda yoqilg‘i-energetika sohasida tahsil olayotgan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha ilmiy izlanish olib borayotgan va xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan 50 nafar yosh ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda yoshlarning rolini oshirish, ularga keng imkoniyatlar, yaxshi sharoitlar yaratib berish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgani, Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan doimiy ravishda o‘tkazayotgan uchrashuv va muloqotlari, sohalar rivojida yoshlarning o‘rni nihoyatda katta ekanligi alohida ta’kidlandi.
Qizg‘in va sermazmun o‘tgan ushbu muloqot yakunida bu kabi uchrashuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Oxirgi 6 yil ichida olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yurtimizda umumiy quvvati 4 682 megavatt (quyosh – 3 030 megavatt, shamol – 1 652 megavatt) bo‘lgan 12 ta quyosh va 5 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi va ular “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda. Bundan tashqari, umumiy quvvati 300 megavatt bo‘lgan 2 ta energiya saqlash tizimi hamda umumiy quvvati 3 274 megavatt bo‘lgan 8 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.
O‘zbekistondagi birgina quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilning o‘tgan davrida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 8 mlrd kVt·soatdan oshdi. Bu yurtimizda umumiy elektr energiya ishlab chiqarish hajmining 22 foizini “yashil” energiya manbalari tashkil qildi. Bu raqam 2030-yilga borib 54 foizga yetishi rejalashtirilgan.
Mazkur investitsiya loyihalari Saudiya Arabistonining “ACWA Power”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar”, “Tepelen Group AG” va “Amеa Power”, Fransiyaning “Total Energies”, “Voltalia” va “EDF”, Xitoyning “Gezhouba Overseas Investment Group”, “China Datang Overseas Investment” hamda “Universal Energy”, Germaniyaning “Hyper Partners”, “Siemens Energy”, Niderlandiyaning “Stone City Energy”, Qatarning “Nebras”, Yaponiyaning “Sojitz Corporation” va “Kyuden International Corporation”, Turkiyaning “Aksa Enerji”, “Cengiz Enerji” va “Odash Enerji” kabi yirik kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Savol-javob tarzida o‘tgan uchrashuvda Italiya, BAA, Xitoy, Buyuk Britaniya, Malayziya, AQSh, Janubiy Koreya, Polsha va Yaponiya kabi davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida energetika sohasida tahsil olayotgan va kompaniyalarda ishlayotgan yoshlar o‘z takliflari bilan bo‘lishdilar.
Xususan, energetika sohasida yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, sun’iy intellekt asosida boshqaruv samaradorligini oshirish, tabiiy gaz ishlab chiqarishda yangi metodologiyalar ishlab chiqish, iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda o‘simliklardan biogaz olish, energetika sohasida qo‘llaniladigan qurilmalarni zamonaviy modellashtirish hamda bu orqali mahalliylashtirish takliflari qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu takliflarni birgalikda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi hamda har bir yoshga soha mas’ullari biriktirildi.
Qizg‘in va sermazmun o‘tgan ushbu muloqot yakunida bu kabi uchrashuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#noqonuniy_holat
Farg‘ona viloyatida 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Farg‘ona viloyatida 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
“Oʻzenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida O‘zbekiston tumanida “A.S.S.” MChJga qarashli tosh maydalash korxonasi elektr hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 266 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#tabrik
Aziz o‘qituvchi va murabbiylar, hurmatli ustozlar!
Sizlarni kasb bayramingiz – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!
Sizlarga sihat-salomatlik, bardavom muvaffaqiyatlar va ezgu ishlaringizda yangi marralarni tilaymiz.
Yurtimiz yoqilg‘i-energetika sohasi kundan-kun taraqqiy etib borayotganida, avvalo sizning, qolaversa, siz taʼlim bergan ming-minglab mutaxassislarning o‘rni beqiyosdir.
Sizning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz va mehringiz tufayli shogirdlaringiz yuksak cho‘qqilarni zabt etmoqda. Ularning erishayotgan yutuqlari barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Kasbingizga sadoqatingiz, donoligingiz va tinimsiz sa’y-harakatlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va jamoa nomidan.

#korrupsiyaga_qarshi
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida xabar bering!
Hurmatli fuqarolar!
Agar siz yoqilg‘i-energetika sohasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, Energetika vazirligiga xabar berishingizni so‘raymiz:
📞 Ishonch telefoni: +998712311064
📱 Telegram-bot: @anticorenergetikauz_bot
📥 Elektron pochta: [email protected]
____________
#против_коррупции
Сообщите о случаях коррупции и конфликтах интересов!
Уважаемые граждане!
Если вы стали свидетелем фактов коррупции или конфликта интересов в топливно-энергетическом комплексе, просим сообщить об этом в Министерство энергетики:
📞 Телефон доверия: +998712311064
📱 Телеграм-бот: @anticorenergetikauz_bot
📥 Электронная почта: [email protected]
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida xabar bering!
Hurmatli fuqarolar!
Agar siz yoqilg‘i-energetika sohasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, Energetika vazirligiga xabar berishingizni so‘raymiz:
📞 Ishonch telefoni: +998712311064
📥 Elektron pochta: [email protected]
____________
#против_коррупции
Сообщите о случаях коррупции и конфликтах интересов!
Уважаемые граждане!
Если вы стали свидетелем фактов коррупции или конфликта интересов в топливно-энергетическом комплексе, просим сообщить об этом в Министерство энергетики:
📞 Телефон доверия: +998712311064
📥 Электронная почта: [email protected]
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#energiya_tejamkorlik
📱 Muzlatkichni gaz plitasi yoki isitish radiatori yoniga o‘rnatmang⚠️
➡️ Bu muzlatkichning elektr energiyasi iste’molini 20-30 % oshiradi.
✔️ Kam quvvat iste’molli va yuqori energiya samaradorligi bo‘lgan “A”, “A +”, “A ++” yoki “A +++” maishiy texnika va elektron jihozlarni xarid qiling.
________
#энергосбережение
📱 Не устанавливайте холодильник рядом с газовой плитой или радиатором отопления⚠️
➡️ Это увеличивает расход электрической энергии, потребляемой холодильником, на 20-30%.
✔️ Покупайте электробытовую технику и электронные приборы с низким электропотреблением и высокой энергоэффективностью класса «А», «А +», «А ++» или «А +++».
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
________
#энергосбережение
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kuz_qishga_tayyorgarlik
Energetika tizimida kuz-qish mavsumidagi rejimga o‘tildi
Energetika vazirligi va tizim korxonalarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida 24/7 rejimida navbatchilik tashkil etilgan.
💡Elektr ta’minoti bo‘yicha:
🔥 Gaz ta’minoti bo‘yicha:
Mavsumda iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilgan holda tizimli ishlar tashkil qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Energetika tizimida kuz-qish mavsumidagi rejimga o‘tildi
Energetika vazirligi va tizim korxonalarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida 24/7 rejimida navbatchilik tashkil etilgan.
💡Elektr ta’minoti bo‘yicha:
Joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimiz bo‘ylab 7 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari va 1 731 ta transformator punkti yangilandi.
Buning natijasida 954 ta mahalladagi 800 mingdan ortiq xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi.
Joriy yil yoz mavsumida respublikaning elektr energiya iste’moli soatiga 13,3 gigavatt, ya’ni kuniga 270-275 million kVt•soat bo‘lgan bo‘lsa, qish mavsumida soatiga 13,5 gigavatt, kuniga esa 290-300 million kVt·soatgacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
O‘tgan yili 81,5 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2025-yil yakuni bilan 85,5 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
2025-yil yakuni bilan umumiy quvvati 3 000 megavattdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol, 1 167 megavatt quvvatli issiqlik elektr stansiyalari, 1 500 megavattdan ortiq energiya saqlash tizimlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
🔥 Gaz ta’minoti bo‘yicha:
Shuningdek, 538 km uzunlikdagi yuqori va o‘rta bosimli gaz tarmoqlari va 951 ta gaz taqsimlash punktlari yangilandi, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
Joriy yil boshidan 464 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuning, yil yakuniga qadar yana 199 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.
Bundan tashqari, respublikaning barcha hududlarida suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun qo‘shimcha 29 mingdan ortiq maishiy gaz ballonlari zaxirasi yaratildi.
Hududlarda avariyaviy holatlarning oldini olish va ularni tezkor bartaraf etish uchun maxsus brigadalar tuzilib, ular zarur texnika, zaxira materiallari va himoya vositalari bilan ta’minlangan.