Telegram Web Link
#ona_tilim_faxrim

🇺🇿 Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari tomonidan 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda.

Bayram munosabati bilan buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat hamda jamoat arbobi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.

Vazirlik jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

O‘zbekiston – Saudiya: hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda


Energetika tizimi rivojiga qaratilgan ulkan e’tibor va investitsiyalar jalb etilishi hisobiga aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish borasida katta qadamlar tashlanmoqda.

Xususan, har bir hudud yoki tuman miqyosida elektr stansiyalar qurilayotgani tarmoqning barqaror ishlashiga ulkan hissa qo‘shyapti.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrigi.

—————

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана в связи с праздником узбекского языка.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#malaka_oshirish

O‘zbekiston energetikasi kadrlar salohiyatini mustahkamlamoqda — yangi O‘quv markazi ochildi


“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tizimida “Tezkor xodimlarni tayyorlash o‘quv markazi” ishga tushirildi.

Shuningdek, TDTU Energetika muhandisligi fakulteti “Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi filiali binosi foydalanishga topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoinfografika #energiya_tejamkorlik

Energiya tejovchi uskunalarni o‘rnatish nima uchun zarur?


Energiya tejovchi gaz uskunalari tabiiy gazdan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tejamkorlik — oila byudjetiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldi olinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#gaz_taqsimlash_stansiyasi

📍Qarshi tumanida yangi gaz taqsimlash stansiyasi ishga tushirildi


Isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash va texnologik yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida Qarshi tumanida zamonaviy gaz taqsimlash stansiyasi foydalanishga topshirildi.

Yangi stansiya 8 ta yirik hududga ajratilgan bo‘lib, u orqali har bir isteʼmolchi bo‘yicha hisob balansini monitoring qilish imkoniyati yaratildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan 23-24-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Bryussel shahrida bo‘ladi.

—————

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Европейского совета Антониу Кошты и Президента Европейской комиссии Урсулы фон дер Ляйен 23-24 октября посетит
с официальным визитом город Брюссель.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#yashil_energiya

👨‍👩‍👧‍👦👨‍👩‍👧‍👦O‘zbekistonda “yashil” energiya 9 milliard kVt·soatga yetdi📈

Bugun, 22-oktyabr soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 9 mlrd kVt·soatga yetdi.

Bu Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 20-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi hamda 2025-yil 23-sentyabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida belgilab berilgan strategik vazifalar – iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishlariga moslashtirish, uglerod neytralligiga erishish va “yashil” energetika ulushini keskin oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin ifodasidir.


Bugungi kunda mamlakatimizda umumiy quvvati 4 682 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 5 ta shamol elektr stansiyasi ishlab turibdi.

📈 “Yashil” energiya hisobidan:
2 mlrd 730 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi;
Atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan 4 mln tonna zararli moddalar oldi olindi.

⚠️ Yana bir muhim ko‘rsatkich, joriy yil boshidan 22-oktyabr soat 19:00 holatigacha O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari jami 14 mlrd 520 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu – mamlakatimizdagi umumiy generatsiyaning 23 % ini “yashil energiya” tashkil etayotganini anglatadi.

Bu esa 7,5 mln xonadonning 10 oylik yoki 6 mln xonadonning bir yillik elektr ehtiyojiga teng!

Eslatib o‘tamiz, bundan 29 kun avval, ya’ni 23-sentyabr kuni soat 14:00 da yurtimizdagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energisi 8 mlrd kVt·soatni tashkil etgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabiiy_gaz

Olib borilgan ishlar natijasida Buxoro shahrida 2 mingdan ortiq iste’molchining tabiiy gaz ta’minoti yanada yaxshilanishiga
erishildi.

—————

#природный_газ

В результате проведённой работы
удалось улучшить обеспечение природным газом более 2000 потребителей в городе Бухаре.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish qatʼiyan taqiqlanadi va noqonuniy harakat uchun javobgarlik mavjud


❗️ Unutmang! “gaz nasos” qurilmalaridan foydalanish yong‘inga va baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#noqonuniy_holat

Ko‘p qavatli
uylarga xizmat ko‘rsatuvchi MChJ 3,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan, YATT esa 173,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi

“Oʻzenergoinspeksiya” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida, Samarqand shahrida “B.Q.S.” MChJga qarashli ko‘p qavatli uy binosi (21 ta xonadon) loyiha hujjatlari rasmiylashtirmasdan tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 3 milliard 560 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.

Shuningdek, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “YATT” T.J. ga qarashli savdo do‘koni elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 173,4 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.


Hozirda ushbu holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#hamkorlik

“Yashil iqtisodiyot” va raqamli transformatsiya: Yevropa bilan yangi strategiya

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim nafaqat iqtisodiy munosabatlarni yangiladi, balki O‘zbekistonning “yashil iqtisodiyot”, raqamli transformatsiya va inson kapitali sohalaridagi rivojlanishini Yevropa bilan chambarchas bog‘ladi.

Hujjat Parij bitimi doirasidagi majburiyatlarni amalga oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va Orolbo‘yi ekotizimini tiklash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni nazarda tutadi. Yevropa Ittifoqi fondlari orqali moliyalashtirish imkoniyatlari kengayishi mamlakatning ekologik barqarorligi va energetik xavfsizligini ta’minlaydi.

Raqamli yo‘nalishda Bitim innovatsion iqtisodiyot, sun’iy intellekt va startap ekotizimlarini rivojlantirishni qamrab oladi. O‘zbekiston “Horizon Europe” va “Erasmus+” dasturlariga to‘liq qo‘shilish orqali ta’lim, ilm-fan va texnologiya sohalarida Yevropa tajribasini integratsiya qilmoqda.

Mehnat mobilligi va viza talablarini yengillashtirish masalalari inson kapitali rivojiga xizmat qiladi. Talabalar, tadbirkorlar va mutaxassislar uchun Yevropa bilan erkin aloqa imkoniyatlari bilimlar oqimini faollashtiradi.

Bitim — bu nafaqat savdo yoki siyosiy hujjat, balki O‘zbekistonning kelajak iqtisodiyoti uchun “yashil”, raqamli va innovasion yo‘nalishdagi strategik yo‘l xaritasidir. U mamlakatning xalqaro maydondagi rolini kuchaytiradi va Yevropa bilan sheriklikni yangi bosqichga olib chiqadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#elektr_energiyasi

⚡️ Energetiklar magistral elektr tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlarini davom ettirishmoqda

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari energetiklari tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Suratlarda Namangan va Toshkent viloyatlari magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislarining 500 kV kuchlanishli «L-524», «L-522» hamda «L-502» elektr uzatish tarmoqlaridagi ta’mirlash ishlari aks etgan.

⚡️ Ma’lumot uchun: ushbu elektr uzatish tarmoqlarining balandligi 40-45 metrni tashkil qiladi. Energetiklar tayanchning eng yuqori qismi — elektr uzatish tarmog‘ining izolyatorlarida ishlashmoqda.


—————

#электро_энергия

⚡️ Энергетики продолжают текущий ремонт магистральных электрических сетей

Энергетики филиалов магистральных электрических сетей, находящихся в ведении АО «Национальные электрические сети Узбекистана», продолжают ремонтные работы на высоковольтных линиях электропередачи.

На фотографиях запечатлены работы специалистов филиалов магистральных электрических сетей Наманганской и Ташкентской областей на линиях электропередачи 500 кВ — «Л-524», «Л-522» и «Л-502».

⚡️ Для справки: высота опор данных линий электропередачи составляет 40–45 метров. Энергетики выполняют работы на самой верхней части опоры — на изоляторах линии электропередачи.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/24 01:02:01
Back to Top
HTML Embed Code: