Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#suyultirilgan_gaz

Aholiga suyultirilgan gaz imtiyozli narxda yetkazib berilmoqda

⚡️ “Hududgazta’minot” AJ tomonidan iste’molchilariga reja-grafik asosida imtiyozli narxda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

👨‍👩‍👧‍👦 Tizimda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida gazni qayta ishlash korxonalaridan iste’molchilargacha yetkazib berish jarayonlari raqamlashtirildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, “Face ID” orqali biometrik tasdiqlash tizimi ishga tushirildi. Hozirda tizim Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida joriy qilingan. Joriy yil yakuniga qadar Respublikamizdagi barcha hududlarda yo‘lga qo‘yiladi.

🚛 Suyultirilgan gaz yetkazib berishga mo‘ljallangan 842 ta maxsus avtotransportning barchasida nazorat tarozisi mavjud bo‘lib, iste’molchilar yetkazib berilgan suyultirilgan gaz hajmlarini tekshirib olish imkoniyatiga ega.

Hurmatli iste’molchilar !

Yetkazib berilgan gaz ballonlarini qabul qilib olayotganda albatta uning og‘irligini tekshiring va gaz ballonida 20 kg mahsulot borligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng to‘lovni amalga oshiring.

Agar suyultirilgan gaz mahsuloti og‘irligi 20 kg dan kam chiqsa yoki yetkazib berish davriyligi 40–45 kundan oshgan hollarda, zudlik bilan 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi 1104 qisqa raqamiga yoki (71) 202-1104 jamiyatning ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Tizimning to‘g‘ri, xolis va shaffof ishlashiga hissa qo‘shing.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika ishchi guruhi tomonidan Yangiyerda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik o‘rganildi

Yangiyer shahrida Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Mamatkarimov ishtirokida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. Targ‘ibot-tushuntirish ishlari, mas’ul xodimlarga yuklangan vazifalar va tegishli hujjatlarning tayyorlanish holati yuzasidan atroflicha muhokama o‘tkazildi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi. Shu bilan birga, Yangiyer shahri mazkur jarayonni tashkil etishda boshqa hududlarga namuna bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Shu o‘rinda Bobur mahallasi misolida mahalla yettiligi faoliyatining ahamiyati hamda ularning aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonidagi ishtiroki muhim ekanligi alohida qayd etildi.

Ro‘yxatga olish tadbirlari doirasida aholini xabardor qilish, sohaga oid elektron tizimlardan samarali foydalanish va ma’lumotlarning aniqligiga erishish yuzasidan aniq choralar belgilab olindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrda “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tashkil etilgan maxsus shtablar faoliyati Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

📈 Yil yakuni bilan jami ishga tushirilgan elektr stansiyalarning o‘rnatilgan quvvati 28 GVtga yetishi kutilmoqda.

👨‍👩‍👧‍👦 Yil yakuni bilan 3 000 MVtdan ortiq quyosh va shamol, 1 167 MVt quvvatli IES, 1 500 MVtdan ortiq energiya saqlash tizimlari foydalanishga topshiriladi.

⚡️ Kuz-qish mavsumida respublikada elektr energiyasi iste’moli qariyb 47 mlrd kVt·soatni (kunlik o‘rtacha 257 mln kVt·soat yoki o‘tgan yilga nisbatan 20 mln kVt·soatga ko‘p, maksimal sutkalik 290-300 mln kVt·soat) tashkil etishi kutilmoqda.

⚡️553,8 km uzunlikdagi yuqori va o‘rta bosimli gaz tarmoqlari va 971 ta gaz taqsimlash punktlari yangilandi, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

⚡️Joriy yil boshidan 512,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, yil yakuniga qadar yana 142,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, respublikaning barcha hududlarida suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun qo‘shimcha 29 mingdan ortiq maishiy gaz ballonlari zaxirasi yaratildi.

⛽️Gaz quyish shoxobchalari va fuqarolar xavfsizligi hamda hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlovchi “UGaz” tizimi ishga tushirildi.

“UGaz” tizimi orqali har bir gaz quyish shoxobchasida jarayonlar real vaqt rejimida qayd etiladi. Joriy yil yakuniga qadar barcha AGTKSHni raqamlashtirish ishlari yakuniga yetkaziladi.

👨‍👩‍👧‍👦 Mavsum uchun jami 10 mln tonna mahalliy va 2 mln tonna import ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan.

👨‍👩‍👧‍👦 Kuz-qish davrida jami 995 ming tonna avtobenzin yetkazib berish reja qilingan. Bundan tashqari, ehtiyoj keskin oshgan holatlar uchun 65 ming tonna avtobenzin zaxirasi yaratilgan.

👨‍👩‍👧‍👦Energiya tejamkorlik: 2025-yilda jami 6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi va 4,4 mlrd kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishi rejalashtirilgan.

👨‍👩‍👧‍👦Bugungi kunga qadar birgina yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari orqali 9,1 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi natijasida 2,7 mlrd kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishildi.

👨‍👩‍👧‍👦Joriy yil yakuniga qadar yirik quyosh va shamol elektr stansiyalarida o‘tgan yilga nisbatan 5,6 mlrd kVt·soat (2025-yilda jami 10,5 mlrd kVt·soat) ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarilishi natijasida qo‘shimcha 1,7 mlrd kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.

Shuningdek, barcha hududlarda va tarmoqlarda ham energiya tejamkorlik bo‘yicha ishlar olib borilyapti.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#moddiy_yordam

Ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berilishi boshlandi

💵 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ–134-son qaroriga muvofiq, noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berilishi boshlandi.

Mazkur tashabbus orqali davlatimiz tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, isitish mavsumi oldidan ularga yengillik yaratish maqsad qilingan.

❗️ Eslatib o‘tamiz, moddiy yordam olish uchun arizalar 1-oktyabrgacha qabul qilingan bo‘lib, ular “Mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullangan.

Moddiy yordamni to’lash uchun jami 1,2 trln soʻm mablagʻ moliyalashtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Quyosh panellari o‘rnatganlarga 153 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan


2025-yilning yanvar — sentyabr oylarida 35 284 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 153 mlrd 643 mln so‘m davlat budjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
📍Xorazm viloyati – 42,6 mlrd so‘m;
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 22,4 mlrd so‘m;
📍Buxoro viloyati – 15,3 mlrd so‘m.

📱Subsidiya qanday olinadi?

💳Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasi "Keshbek va imtiyozlar" xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

📎Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt·soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

👉 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun imtiyozlar

—————
#солнечный_дом

Установившим солнечные панели выдано более 153 млрд сумов субсидии

В январе — сентябре 2025 года 35 284 физических лиц получили субсидии из Государственного бюджета в размере 153 млрд 643 млн сумов за солнечную энергию, переданную в электрические сети.

Наибольшая часть субсидий приходится на следующие регионы:
📍Хорезмская область – 42,6 млрд сумов;
📍Республика Каракалпакстан – 22,4 млрд сумов;
📍Бухарская область – 15,3 млрд сумов.

📱Как получить субсидию?

💳Субсидию можно перевести на банковскую карту в мобильном приложении Soliq через услугу «Кешбэк и льготы», раздел «Солнечный дом» в окне «Перевод на карту».

📎Напоминаем, с 1 апреля 2023 года по программе «Солнечный дом» за каждый киловатт·час электрической энергии, произведенной на солнечных панелях, установленных на принадлежащих физическим лицам объектах, излишки от собственного потребления которой переданы в единую электроэнергетическую систему, выделяется по 1 000 сумов субсидии из Государственного бюджета.

👉 Льготы за возобновляемые источники энергии

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

—————

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Эмира Государства Катар Шейха Тамима бин Хамада Аль Тани
отбыл в эту страну с рабочим визитом.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#rasmiy_xabar

“M-25” konida vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida


Kecha, 2-noyabr kuni Boysun tumanidagi “M-25” konining 202-son gaz qudug‘ida avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nish holati kuzatilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan.

Shundan so‘ng havoga zararli moddalar tarqalishini oldini olish maqsadida gaz tezkor ravishda yana yoqib qo‘yilgan.

Ushbu jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda standart yondashuv hisoblanadi va xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘la javob beradi. Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida turibdi.

Shuni alohida takidlash kerakki, bu avvaldan konni jilovlash ishlarini olib borish jarayonidagi holat bo‘lib, u yerda hech qanday kutilmagan vaziyatlar kuzatilmagan.

Ma’lumot uchun, mazkur holat 2025-yil 3-noyabr kuni soat 01:29 da qayd etilgan zilzila bilan bog‘liq emas.

—————
#официальное_сообщение

Ситуация на месторождении «М-25» стабильна и находится под контролем специалистов


2 ноября на газовой скважине №202 месторождения «М-25» в Байсунском районе наблюдалось временное затухание предварительно зажжённого факела фонтанирующего потока природного газа. По словам специалистов, данное явление произошло в результате геологических процессов, происходящих на месторождении.

После этого, с целью предотвращения выброса вредных веществ в атмосферу, природный газ был оперативно вновь подожжён.

Данный процесс является стандартным методом предотвращения загрязнения окружающей среды и полностью соответствует международным требованиям промышленной безопасности. В настоящее время ситуация стабильна и находится под контролем специалистов.

Следует особо подчеркнуть, что это штатная ситуация, связанная с проводимыми работами по регулированию месторождения, и никаких внештатных обстоятельств не зафиксировано.

Для справки: данное событие не связано с землетрясением, зафиксированным 3 ноября 2025 года в 01:29.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_xabar

Yuk avtomashinasi elektr tayanchini urib yuborishi natijasida Andijon shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda


Bugun soat 22:08 da Andijon viloyatidagi 110 kVli “L-Yayilma-2” elektr uzatish tarmog‘i tayanchiga yuk avtomashinasi kelib urilgan.

Buning natijada Andijon shahri hamda Andijon va Oltinko‘l tumanlarining ayrim iste’molchilari (13 750 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
MINENERGY.UZ
#rasmiy_xabar Yuk avtomashinasi elektr tayanchini urib yuborishi natijasida Andijon shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda Bugun soat 22:08 da Andijon viloyatidagi 110 kVli “L-Yayilma-2” elektr uzatish tarmog‘i tayanchiga yuk…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Energetiklar tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Hozirda Andijon shahrining Xursandlik, Ilg‘or, Nayzaqayrago‘och, Cho‘lpon 100 yilligi (bir qismi), Shodlik (bir qismi), Dalvarzin, Safoiy, Paxtakor, Sanoat (bir qismi) mahallalari va Oltinko‘l tumanining Uyg‘ur, Mustaqillik hamda Jalavek mahallalarining elektr ta’minoti tiklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

Hurmatli fuqarolar, is gazidan
ogoh bo‘ling!

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#suyultirilgan_gaz

Suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari raqamlashtirildi


Har bir xonadonga yetkazib berish davriyligi 40–45 kun bo‘lib, agar muddat o‘tib ketsa, bu boshqaruv tizimida ko‘rinadi va tegishli chora ko‘riladi.

Joriy yil boshidan 512,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, yil yakuniga qadar yana 142,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, respublikaning barcha hududlarida suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun qo‘shimcha 29 mingdan ortiq maishiy gaz ballonlari zaxirasi yaratildi.

—————
#сжиженный_газ

Процессы поставки сжиженного газа потребителям полностью цифровизированы


Периодичность доставки в каждое домохозяйство составляет 40–45 дней. Если срок истекает, это отображается в системе управления, после чего принимаются соответствующие меры.

С начала текущего года поставлено 512,7 тысячи тонн сжиженного газа.
До конца года планируется поставить еще 142,4 тысячи тонн.

Кроме того, создан дополнительный резерв более 29 тысяч бытовых газовых баллонов для обеспечения поставок сжиженного газа во всех регионах республики.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#noqonuniy_holat

MCHJ hech qanday hujjatsiz 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi


“Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi, “Hududgaz Andijon” GTF va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Asaka tumanida joylashgan “V. E.” MCHJga qarashli binoda hech qanday hujjatsiz, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1,4 milliard so‘m zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.


Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

—————
#правонарушение

ООО незаконно использовало природный газ на сумму 1,4 млрд сумов

В ходе контрольного мероприятия, проведённого в Асаке сотрудниками территориального управления «Ўзэнергоинспекция» в Андижанской области совместно с филиалом «Худудгаз Андижон» и правоохранительными органами, было выявлено, что в принадлежащем ООО «V. E.» здании осуществлялось незаконное использование природного газа без каких-либо разрешительных документов.

Согласно предварительным расчётам газоснабжающего предприятия, ущерб составил 1,4 млрд сумов.


В настоящее время правоохранительные органы проводят доследственную проверку.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
O‘zbekiston va Qatar yetakchilari strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

Doha shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston – Qatar strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qatar Amirini Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammiti tadbirlarining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

Turli darajalarda samarali muloqot va almashinuvlar olib borilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 45 foizga oshdi. Qatarning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Parlamentlararo va madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanmoqda.

“Yashil” energetika, transport, geologiya, to‘qimachilik, turizm, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
—————
Лидеры Узбекистана и Катара обсудили вопросы дальнейшего расширения стратегического партнерства

В рамках программы рабочего визита в город Доху состоялась встреча Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Эмиром Государства Катар Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани.

Были рассмотрены вопросы углубления узбекско-катарских отношений стратегического партнерства и наращивания многопланового практического взаимодействия.

В начале беседы глава нашего государства искренне поздравил Эмира Катара c успешным проведением мероприятий второго Всемирного саммита по социальному развитию.

С глубоким удовлетворением отмечены продуктивные контакты и обмены на разных уровнях. Товарооборот с начала года вырос на 45 процентов. С участием ведущих катарских компаний реализуются крупные инвестиционные проекты. Развиваются межпарламентские и культурно-гуманитарные связи.

Особое внимание уделено продвижению проектов кооперации в области «зеленой» энергетики, транспорта, геологии, текстиля, туризма, развития инфраструктуры и других направлениях.

Состоялся также обмен мнениями по актуальным вопросам международной и региональной повестки.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish

Pilot loyiha: tabiiy gaz bosimini masofadan onlayn tarzda boshqarish imkoniyati yarаtilmoqda.


Bu talab va iste’mol hajmlaridan kelib chiqib, tabiiy gazni bir me’yorda hamda yetarli bosimda yetkazib berish imkonini beradi.

—————
#цифровизация

Пилотный проект: создаётся возможность дистанционного управления давлением природного газа в режиме онлайн.


Это позволит обеспечивать равномерную подачу природного газа с достаточным давлением, исходя из спроса и объёмов потребления.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#infografika

Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar infografikasi.


—————
#инфографика

Инфографика о проделанной работе по обеспечению потребителей природным и сжиженным газом в осенне-зимний период.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#atrof_muhitni_asrash

Energetika va ekologiya: toza havo yo‘lida amaliy qadamlar


Yoqilg‘i-energetika korxonalari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatining poytaxtga tutash hududlarida ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

1️⃣Yirik korxonalarda havoni tozalash kuchaytirildi:

🚀 «Toshkent IES»dagi 1-sonli energoblokda yengli filtr o‘rnatildi.
🚀 «Yangi Angren IES»dagi 2- va 3-sonli energobloklarda 2 ta filtr mukammal ta’mirlandi.


2️⃣Issiqlik markazlari gazga o‘tkazilmoqda:

🚀 Toshkent shahridagi 9 ta issiqlik markazidan 4 tasida (mazut yoqishga moslashgan) mavjud mazut yoqiluvchi qozonlarga gazlarni absorbsiya usulida filtrlash tizimi joriy qilindi.
🚀 Shuningdek, mazutni qattiq mexanik birikmalardan tozalash qurilmalari o‘rnatildi.


3️⃣Issiqxonalar gazga ulandi:

🚀 Toshkent shahridagi jami 38 ta issiqxonaning 17 tasi tabiiy gazga ulandi.
🚀 Qibray tumani Qipchoq va Haydarobod mahallari hududidagi 12 ta issiqxona xo‘jaligiga tabiiy gaz yetkazib berish uchun 2,7 km gaz quvurini qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. «Hududgazta’minot» AJ quvurlarni o‘tkazish uchun trassani tayyorlash ishlarini boshlagan.


✔️ Energetika tizimi o‘z zimmasidagi ekologik vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Havo sifatiga ta’sir etuvchi omillar ko‘p bo‘lsa-da, har bir sohadagi bunday sa’y-harakatlar umumiy natijaga xizmat qiladi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Energetiklar: Tungi soatlarda ham ish jarayoni uzluksizligini ta’minlash asosiy vazifamiz.

Ayni paytda Toshkent IESda navbatchi guruhlar tomonidan tungi ko‘rik va nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.

Maqsad — ishlab chiqarish uzluksizligi hamda iste’molchilarni barqaror energiya bilan ta’minlash.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
2025/11/05 02:43:52
Back to Top
HTML Embed Code: