Telegram Web Link
#Xalqaro_hamkorlik

📍Ayni kunlarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ullaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Safarning asosiy maqsadi — liftlarga xizmat ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish, masofadan boshqarishni takomillashtirish va markazlashgan dispetcherlik tizimini joriy etish borasida ilg‘or tajribalarni o‘rganishdan iborat.

Delegatsiya vakillari kecha dunyo miqyosida liftlarni raqamli boshqarish sohasida yetakchi kompaniyalardan biri sanalgan SRH korxonasida bo‘lishdi.

Mazkur kompaniya Germaniyaning “ThyssenKrupp Elevator” texnologiyasi asosida faoliyat yuritadi va ishonchli, xavfsiz lift yechimlari bilan mashhur. Korxona yiliga 11 ming dona yo‘lovchi va yuk ko‘taruvchi liftlar, eskalator hamda harakatlanuvchi yo‘laklar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Shuningdek, kompaniya liftlarga xizmat ko‘rsatish sohasida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish, boshqaruv jarayonlarini soddalashtirish va optimallashtirish yo‘nalishida ham yetarlicha tajribaga ega.

Tashrif davomida vakillar masofaviy boshqaruv, dispetcherlik markazlarini rivojlantirish, xavfsizlik talablari va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham bir qator muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston bilan liftlarga xizmat ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish borasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.

Natijada tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🏗 Kompetensiyani rivojlantirish instituti Nukus filialida ham “Qurilishda energiya samaradorligi” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.

📚 Ushbu o‘quv kurslari qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirishga qaratilgan. Xususan, tinglovchilar energiyani tejash, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, qurilish materiallarini optimal tanlash kabi yo‘nalishlarda nazariy bilimlarni chuqurlashtirmoqda.

Kurs davomida real amaliy holatlar misolida energiya samaradorligini ta’minlashga doir yechimlar, xalqaro tajriba va dolzarb yondashuvlar muhokama qilinmoqda. Tinglovchilarga energiyani tejovchi qurilish uslublari, loyiha-smeta hujjatlarida energiya samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisobga olish bo‘yicha ko‘nikmalar ham berilmoqda.

Asosiy maqsad — energiya samaradorligi prinsiplari asosida sifatli, tejamkor va barqaror qurilish amaliyotini rivojlantirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etishdan iborat.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😄 Radio to‘lqinlarimizda!

🎧 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas’uli Elyor Kamilov ''Yoshlar'' radiokanalida jonli muloqotda ishtirok etdi.

Unda yangi uy-joylar xarid qilishda "Eskrou" tizimining ahamiyati haqida haqida soʻz bordi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🫥ENERGIYA SAMARADORLIGI: BUGUNGI KUNNING MUHIM MASALASI!

“Toshkent” telekanali Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi hamda Energiya samaradorligi milliy agentligi bilan hamkorlikda energiya samaradorligiga oid “Mening uyim” TV loyihasini taqdim etadi!

Ushbu ko‘rsatuvda:
- Soha mutaxassislarining fikrlari
- Energosamarador uy loyihasi
- Energoaudit jarayoni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Energiya samaradorligi – farovon hayot garovi!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1👍1🔥1👏1🤩1👌1
#Jarayon

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva
bugun poytaxtimizning bir necha hududlarida bo’lib, ko’p qavatli uyalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari bilan tanishdi.

Dastlabki manzil Yakkasaroy tumanida faoliyat yurituvchi “Yakkasaroy Prof” BSK bo’ldi. Tumandagi 44 ta uyga xizmat ko’rsatuvchi kompaniya bugungi kunda 10 ga yaqin uyning tom qismida mukammal ta’mirlash ishlarini olib borgan. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida hududlarda 7 ta bolalar maydonchasi tashkil etilmoqda. Shuningdek, uylarning texnik holatini yaxshilash maqsadida kirish yo’laklari va yerto’lalarda joriy ta’mirlash va profilaktik tadbirlar o’tkazilmoqda.

Ozoda Jo’rayeva kompaniya faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish lozimligini qayd etdi. Shuningdek, muhandislik tarmoqlarini kuz-qishga tayyorlashda sifatga e’tibor berish lozimligi ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1👏1
Давлатимиз раҳбари Тошкент ва Янги Тошкент шаҳри учун “Ечимлар атласи” тақдимоти билан танишди.

Глава государства ознакомился с презентацией «Атласа решений» для города Ташкента и Нового Ташкента.

#Mirziyoyev #taqdimot #shaharsozlik #atlas

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍53❤‍🔥2🕊2😇1
2025/07/13 21:02:35
Back to Top
HTML Embed Code: