Telegram Web Link
Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Men: Ey Allohning Rasuli, menga nasihat qiling, dedim. U zot: Taqvo qilgin. Chunki u barcha ishlarning boshidir, dedilar.
Men: Yana qo'shimcha qiling, dedim. U zot: Qur'on tilovatini lozim tut. Chunki u yerda nur, osmonda
sen uchun zaxiradir, dedilar.

Kim Alloh va Rasuli uni yaxshi ko'rishini xohlasa,
qarasin, agar Qur'onni yaxshi ko'rsa, demak, Alloh va Rasuli uni yaxshi ko'radi.
Kim farzandiga Qur'onni qarab o'qishni o'rgatsa, avvalu oxir qilgan gunohlari kechiriladi. Kim unga
yodlatsa, qiyomat kuni Alloh taolo uni to'lin oy suratida yuboradi va farzandiga O'qi, deydi.
Har bir oyatni oʼqigan sayin, to yodlagan joyining oxiriga yetgunicha Alloh azza va jalla otasining darajasini ko'taraveradi.
Qur'onni yodlab, halolni halol, haromni harom deb bilsa, Alloh uni jannatga kiritadi va oilasidan
do'zaxga hukm qilingan o'ntasini shafoat qilishiga Imkon beradi.
Kim Qur'on o'qisa, u o'z ichida nubuvvatni hos qilgan bo'ladi (ya'ni nubuvvat xislati va ilmini
qamrab olgan bo'ladi), faqat unga vahiy
qilinmaydi, Xolos.

@mirzaayevv
12👏2🔥1
Umr nima ey odam,
Umr uchib ketgan qush.

Armon nima ey odam,
Armon esdan chiqqan tush.

Omad nima ey odam,
ikkala sog' qo'lingdir.

Orzu nima ey odam,
Orzu yurgan yo'lingdir.

Yolg'on nima ey odam,
Yolg'on uzoq ertakdir.

Haq nimadir ey odam
Haqiqat qon yurakdir.

@mirzaayevv
🔥53
Audio
Germaniyadan mehmonlar keldi.

Ibrat farzandlari loyihasidagi nemis tili darslarini ko‘rib juda hayron qolishdi.

@mirzaayevv
6👍4
Абдуллоҳ ибн Муборак раҳматуллоҳи алайҳ айтадилар:

«Киши учун энг катта мусибат шуки, у ўзида камчиликларни кўра туриб, уларни бартараф этмайди ва қайғурмайди ҳам».

@mirzaayevv
👍71🔥1
Insonning katta dushmanlaridan biri bu bo’sh vaqtdir

***

Ne’matlar yo’qotilgandan keyingina qadrlanadi

***

O’ylab qarasam insonlarni odatda go’zal xulqlari uchun qadrlar ekanman

***

Baxt kelajakda emas, u har lahzamizda, inson o’ziga nima yaxshi yoki yomonligini vaqti kelibgina anglaydi. Alloh taolo bandasiga zulm qilmaydi

***

“Alloh va uning Rasuli shu ishimdan rozimi?”, savolini o’zimizga berish orqali ko’p xatolarni daf qila olamiz, chunki pok qalb nopok ishlarni qabul qila olmaydi

@mirzaayevv
3👍3🔥1
Plutokratiya — bu jamiyatda hokimiyat va ta’sir mablag‘ orqali sotib olinadigan tizimdir.

Bunday tuzumda insonning bilim yoki mehnati emas, balki pulining miqdori uning mavqeini belgilaydi.

Otasining boyligi yoki moliyaviy qudrati evaziga yuqori martabaga chiqish — bu plutokratiyaning aniq namunasidir.

Plutokratiya natijasida:

adolat o‘rnini manfaat egallaydi;

layoqat emas, boylik mezon bo‘ladi;

jamiyatda tengsizlik chuqurlashadi.

So‘z ildizi qadimgi yunonchadan olingan:
“ploutos” – boylik, “kratos” – hokimiyat, ya’ni “boylarning hokimiyati”.

🕊 Haqiqiy taraqqiyot faqat meritokratiyada — layoqatlilar hokimiyatida yuz beradi.

@mirzaayevv
🔥41👏1
Kun o‘tib, hatolar ko‘rinar, unutib bo‘lmas xotira, dard kabi tirnaydi qalbni.

Yonib ham, sovub ham, kelmas o‘ziga, bu ezilgan yurak.

Na bir so‘z sokinlik bermas, na ko‘z yoshing beradi malham,

Ketging kelsayu, tark etolmay yurgan sinovli dunyo derlar buni.

@mirzaayevv
5🔥2🤔2
Achchiq_haqiqatlar_va_baxt_haqida.pdf
3 KB
ChatGPT bilan suhbat,
O‘qib chiqishni tavsiya qilaman)

@mirzaayevv
4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍2
Mirzayeev✍️
Video message
Yuksalish Maktablari soni yana bittaga ko‘payibdi.
Millat uchun xizmat qilsin.
👍3🔥2
2025/10/20 03:25:51
Back to Top
HTML Embed Code: