Niyating qanday bo‘lsa, sening tanang ham shu.
Yaxshi niyat bilan, sog‘lom tana, sog‘lom fikr.
Negativ bilan esa, kasal tana va xato qarorlarga ega bo‘lasan.
O‘zing tanla.
Niyatingni to‘g‘irla, amallar ham to‘g‘ri bo‘ladi.
@mirzaayevv

❤7👏3🔥2
Гуноҳ нима деб аталмасин, барибир гуноҳлигича қолаверади!
Уларга (Иблис): «Албатта, мен сизларга насиҳат қилувчиларданман», деб қасам ичди.
(Аъроф сураси, 21-оят).
Одам ва Ҳавво алайҳиссалом Аллоҳ номи билан қасам ичиб, ёлғон гапириш мумкинлигини тасаввур ҳам қилишмасди. Бироқ Иблис бу манфур ишни қилди. Яна насиҳат қилувчи эмиш. Унинг «насиҳати» одамларни алдаш учун нарсаларга аслий номидан бошқа ном қўйишга асосланади. «Гуноҳ дарахти»ни «Боқийлик дарахти» деб атади. Ҳозирги иблисваччалар ҳам шу ишни қилмоқда. Шаробни руҳлантирувчи ичимлик, очиқ-сочиқликни мода, фаҳшни маданият, зинони замонавий муносабатлар деб номлашмоқда. Огоҳ бўлинг, гуноҳга қандай «ялтироқ» ном берилмасин, у гуноҳлигича қолаверади.
“Қуръондан мактублар” китобидан.

❤4👍4🔥1
Yolg‘on bilan yashagan, bir kun albatta yiqiladi, odamning qadrini uning halol mehnati belgilaydi.
Halollik va rostgo‘ylik - insonni yuksaltiradigan eng buyuk fazilatdir.
Yolg‘on - vaqtinchalik ovutsada, baribir yiqiladi.
Mehnat odamning qadrini belgilaydigan eng haqiqiy mezon.

❤9👍2🔥1
#Mukammal_saodat_yoʻli
Qalb xastaligi va tuzalganining alomatlari
Insonning har bir a’zosi o‘ziga xos vazifani amalga oshirishi uchun yaratilgan. O‘sha a’zo sog‘ bo‘lsa, mazkur ishni yaxshilab ado etadi. Agar a’zo xastalikka uchrasa, o‘ziga xos ishni bajarishga qiynaladi yoki butunlay bajara olmay qoladi. Qo‘l xastalansa, ushlash qiyinlashadi, ko‘z xastalansa, ko‘rish qiyinlashadi yoki mutlaqo yo‘qoladi.
Shuningdek, qalb xastalansa, uning ham o‘ziga xos ishlariga — ilm, hikmat, ma’rifat, Alloh taoloning muhabbati, ibodati va undan hosil bo‘ladigan lazzatlanishga xalal yetadi yoki u bulardan butunlay mahrum bo‘ladi.
Qalb xastaligi yashirin bo‘lib, uni bemorning o‘zi ham sezmaydi. Sezganda ham, davolash qiyinchiliklariga sabr kila olmaydi. Chunki uni davolash uchun havoyi nafsga xilof ish tutish lozim bo‘ladi. Sabr qilsa ham, hozik tabib topish kerak bo‘ladi. Qalb bemorliklarining tabiblari ulamolardir.
Qalbning bemorligi davolanib, sog‘ayishi kanday bo‘ladi? Bunda qaysi xastalikdan davolanishiga qaraladi. Misol uchun, bir qalbni baxillik xastaligidan davolash kerak. U mol-mulkni sarflashni o‘rgatish ila davolanadi. Ammo ehtiyot bo‘linmasa, sarflash haddidan oshib, isrof darajasiga o‘tib ketishi mumkin. Isrof ham dard. Demak, me’yorni bilmasa, bir darddan boshqa dardga o‘tib ketishi mumkin.
Maqsadga erishish uchun eng to‘g‘ri yo‘l moʻtadil bo‘lishdir. Ana o‘shanda qalb baxillik va isrofgarchilik dardlaridan forig‘ bo‘lib, sog‘aygan bo‘ladi.
Ikki salbiy taraf o‘rtasidagi moʻtadillik juda ham nozik narsadir. Uni aniqlab olish esa nihoyatda qiyin. U soch tolasidan ingichka va qilichning tig‘idan o‘tkirdir. Ana o‘sha sirotul mustaqiymda — to‘g‘ri yo‘lda yurgan odam bu dunyoda g‘am qilmasa ham bo‘ladi. U oxiratda inshaallox, ne’mat berilganlar bilan birga bo‘ladi. Mazkur istiqomat qiyin bo‘lgani uchun bandaga har kuni ko‘p marta «ixdinas-sirotal mustaqiym»ni takrorlash amr qilingan.
Faqatgina yaxshi axloqlardan yaxshi amallar sodir bo‘ladi. Har bir shaxs o‘zining sifatlari va axloqlariga diqqat bilan nazar solsin. Nuqsonlarini birin-ketin tuzatishga o‘tsin va bu ishning achchig‘iga azm ila sabr qilsin. Bora-bora bu ishi o‘ziga yoqib qoladi. Bu xuddi ko‘krakdan ajratilgan bola avvaliga ajrashga ko‘nmay, ajragandan keyin ko‘krak tutilsa, aftini burushtirib, qochganiga o‘xshaydi.
O‘z aybini bilish yo‘llari.
Bu faslda kishi o‘z aybini bilishi, aniqlashi, eng muhimi, uni tan olib, to‘g‘rilashga kirishishi o‘rgatiladi. Alloh taolo bandasiga yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni o‘z aybini o‘zi ko‘radigan qilib qo‘yadi. Aybni ko‘rgandan keyin uni to‘g‘rilash oson bo‘ladi.
📖 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Mukammal saodat yo‘li" kitobidan

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👏2🔥1