Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Baxodir Majidovich bilan uchrashdik.
Juda samimiy va ilmli inson ekanlar.
"Ibrat academy" mobil ilovasi orqali, vazirlik tizimidagi xodimlarning xorijiy tillarni bilish koʻnikmalarini oshirish yuzasidan kelishib oldik.
Shuningdek, vazirlik tizimidagi yoshlar uchun ilovamizning Gold kartochkalarini sovgʻa qildik va oʻzaro esdalik sovgʻalar almashdik.
@mirzaayevv

👏4🔥3❤2👍1😎1
Forwarded from Ibrat Farzandlari
🎯 Ibrat haftaligida siz o'z sohasida til bilgani sabab ham muvaffaqqiyatga erishgan eng TOP turli soha vakillari bilan olib boriladigan suhbatlarda qatnasha olasiz.
Spikerlar bilan tanishing:
• Xushnudbek Xudoyberdiyev – huquqshunos;
• Shoxrux Olimov – IELTS 8.5 va CELTA sohibi, bloger;
• Otabek Mahkamov – huquqshunos, bloger va jurnalist;
• Alisher Sa'dullayev – Yoshlar ishlari agentligi direktori;
• Rustam Qoriyev – "Ibrat Farzandlari" loyiha rahbari;
• Shohida Ibragimova – moliyachi;
• Aziz Rahimov – "Rahimov school" asoschisi
😉 Bu hali hammasi emas, siz loyihada "Eng faol targ'ibotchi" sifatida 6 million so'mgacha pul mukofotlari, yuzlab sovg'alar, premium til kurslari va qo'shimcha bonuslarga ega bo'lishingiz mumkin.
• Ha aytgancha, loyihada qatnashish – mutlaqo BEPUL
👇🏻 Ro'yxatdan o'tish uchun:
@ibrat_haftaligi_bot
@ibrat_haftaligi_bot
@ibrat_haftaligi_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3😎3❤1🔥1
‼️ Odamlarda intizom yo‘qolib borayotganining 1️⃣0️⃣ ta sababi:
1️⃣ Texnologiyaga haddan tashqari bog‘lanish.
– Smartfonlar, ijtimoiy tarmoqlar va ko‘ngilochar ilovalar odamlarni chalg‘itib, o‘ziga qat’iy rejim qo‘yishni qiyinlashtirmoqda.
2️⃣ Darhol natija kutish odati.
– Zamonaviy jamiyatda tez natija olishga o‘rganilgan odamlar sabr va izchillik talab qiladigan intizomli harakatlarga chidamsiz bo‘lib qolishgan.
3️⃣ Ota-onalar va maktabdagi nazoratning sustlashuvi.
– Tarbiya va intizomning asosiy manbalari (ota-ona va maktab) hozirgi kunda bolalarga yetarli darajada qat’iyatli talab qo‘ya olmayapti.
4️⃣ Hayot sur’atining haddan tashqari tezlashuvi.
– Doimiy shoshilish va stress fonida odamlar o‘zini boshqarish, tartibga rioya qilishga vaqt ajratmay qo‘yadi.
5️⃣ Mental salomatlik muammolarining ko‘payishi.
– Depressiya, tashvish (anxiety), motivatsiya yo‘qolishi kabi muammolar intizomli bo‘lishga to‘sqinlik qiladi.
6️⃣ Raqobatga asoslangan, lekin beqaror mehnat bozori.
– Barqaror ish va istiqbol yo‘qligi sababli, odamlar uzoq muddatli tartib va rejalarga ishonmay qo‘yishmoqda.
7️⃣ Rol model – namuna bo‘la oladigan yetakchilarning kamayishi.
– Ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilayotgan ko‘plab "yulduzlar" intizomli emas, balki mashhurlik orqali muvaffaqiyatga erishgan shaxslardir.
8️⃣ Individualizm va "xohlagancha yashash" g‘oyasining kuchayishi.
– Shaxsiy erkinlik qadriyatlari haddan ortiq bo‘rtirilganda, intizom "majburiyat" sifatida ko‘riladi va rad etiladi.
9️⃣ Tartibsiz va uzluksiz informatsiya oqimi.
– E’tiborni jamlashni qiyinlashtiradigan yangiliklar, videolar, reklama va boshqa uzluksiz kontent intizomli fikrlashga halaqit beradi.
1️⃣0️⃣ O‘zini tahlil qilish va javobgarlik hisining susayishi.
– Ko‘plab odamlar o‘z muammolari uchun atrofdagilarni yoki jamiyatni ayblashadi, bu esa o‘zini boshqarish va intizomga to‘g‘ri yondashuvni zaiflashtiradi.

❤5👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odamni jismonan davolash uchun uxlatish,
Ruhan davolash uchun uygʻotish kerak.
Lev Tolstoy✍🏻
@mirzaayevv
❤5👍3
Bu hayotda hech qachon erishmagan narsalaringizga erishmoqchi bo'lsangiz, hech qachon qilmagan ishingizni qilishingiz kerak.
📌 Robert Kiyosaki
@mirzaayevv
📌 Robert Kiyosaki
@mirzaayevv
🔥3❤2👍2
Ҳукмдор.pdf
525.3 KB
❤1👍1
7645251.pdf
7.3 MB
«Аёллар дафтари», «Ёшлар дафтари» ва «Саховат ва кўмак» жамғармалари маблағлари ҳисобидан ижтимоий ёрдам кўрсатиш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида 23.07.2025 йилда Ҳукумат қарори қабул қилинди.
@mirzaayevv
@mirzaayevv
🔥3❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Rasman: Abbosbek Fayzullayev ham "Istanbul Bashakshehir" futbolchisi
Eldor Shomurodovdan so‘ng Abbos Fayzullayev ham 🇹🇷Turkiya klubi a'zosiga aylandi. Hujumkor yarim himoyachimiz klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, u 11-raqamda o’ynaydi.
⬇️ Jahon chempionati saralashidan so‘ng yangi jamoaga o‘tgan legionerlarimiz:
➡️ Abdulla Abdullayev — "Dibba Fujayra" (🇦🇪BAA);
➡️ Rustamjon Ashurmatov — "Istiqlol Tehron" (🇮🇷Eron);
➡️ Akmal Mozgovoy — "Baniyas" (🇦🇪BAA);
➡️ Odiljon Hamrobekov — “Traktor” (🇮🇷Eron)
➡️ Eldor Shomurodov — "Istanbul Bashakshehir" (🇹🇷Turkiya);
➡️ Abbosbek Fayzullayev — "Istanbul Bashakshehir" (🇹🇷Turkiya).
Shuningdek, Muhammadali O’rinboyev "Antverpen" (🇧🇪Belgiya) jamoasiga o’tdi.
Yigitlarimizga omad tilaymiz!
@mirzaayevv
Eldor Shomurodovdan so‘ng Abbos Fayzullayev ham 🇹🇷Turkiya klubi a'zosiga aylandi. Hujumkor yarim himoyachimiz klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, u 11-raqamda o’ynaydi.
⬇️ Jahon chempionati saralashidan so‘ng yangi jamoaga o‘tgan legionerlarimiz:
Shuningdek, Muhammadali O’rinboyev "Antverpen" (🇧🇪Belgiya) jamoasiga o’tdi.
Yigitlarimizga omad tilaymiz!
@mirzaayevv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤2👏1
Forwarded from Stenford Kundaligi
Paul Graham’s essay titled “The Importance of Determination” (or parts of “What You’ll Wish You’d Known”, “How to Start a Startup”, and “The Anatomy of Determination”) explores how determination—more than talent or intelligence—often separates successful people from the rest.
UPD: Qat’iyat (mustahkam iroda) – bu muvaffaqiyatning eng muhim omilidir. Zukkolik, iste’dod yoki hatto zo‘r g‘oyalardan ham ko‘ra muhimroq. Ko‘pchilik ilk to‘siqlardayoq taslim bo‘ladi. Ammo davom etganlar – oxir-oqibat yutadi.

❤3🔥1
Forwarded from Stenford Kundaligi
#SEPnotes
Bugundan Stenford ustozlarining eng esda qolarli va e‘tiborli darslari tahlillarini yozib boraman. Fikrlaringiz hamda qo’llovingiz bu jarayonda men uchun juda muhim.
Marhamat, birinchisi — eng tajribali professorlardan biri Uilliam Barnettning “Discovering Strategy” darslaridan:
Strategiya — bu sayi-harakatlar orqasidagi mantiq
Har qanday tashkilot uchun eng muhim masalalardan biri — qayerga qarab harakat qilayotganimizni bilishdir. Rahbarlik — yo‘l ko‘rsatish, strategiya esa bu yo‘lni aniqlab beruvchi ichki kompasdir.
Hozir kuchli raqobat davri, bozorning ko‘p o‘yinchilari texnologiyalari ortda qolyapti,
ular qonunchilik talablari bilan to‘qnashmoqda. Bunda strategiya ustuvorliklar ichidan ma‘qulini tanlashni taqozo qiladi.
Strategiya shunchaki katta gap emas, balki tashkilot nima qilayotgani, qanday va nima uchun aynan shunday qilayotganini tushuntiruvchi amaliy mantiqdir. Har bir xodim uni anglab, unga muvofiq harakat qilishi kerak.
Masalan, kompaniya “mukammallik”ni ustuvor qilsa, xodim ishni puxta bajaradi, hatto kechiksa ham. Agar “tezlik” muhim bo‘lsa, kamchilik bo‘lishi mumkin, ammo mahsulot vaqtida yetkaziladi.
Strategiya statik reja emas, dinamik jarayon
Ko‘plab muvaffaqiyatli strategiyalar puxta rejalashtirilgan emas, balki yo‘lda topilgan. Facebook dastlab faqat ijtimoiy tarmoq sifatida yaratilgan. Foydalanuvchilar soni oshgach, u platformaga aylanish imkoniyatini kashf etdi va 2007-yilda API’larini ochdi. Bu orqali minglab dasturchilar o‘z ilovalarini yaratdi. Bu qaror boshidan rejalashtirilmagan bo‘lsa-da, aynan tajriba uni shakllantirdi.
Boshqa misollar: Trader Joe’s ilgari sigaret va o‘q-dorilar sotgan bo‘lsa, hozir sog‘lom ovqatlar do‘konidir. Honda AQShga katta motorollerni olib kirishni rejalashtirdi, ammo bozor kichik minibayklarni tanladi. Intel esa dastlab xotira chiplarini ishlab chiqardi, ammo chin muvaffaqiyat mikroprotsessorlar bilan keldi.
Bu shuni ko‘rsatadiki, strategiya doimiy yangilanadigan gipoteza. Intuit asoschisi Skott Kuk aytganidek: “Holatni ag‘dar-to‘ntar qilishdan qo‘rqmang.” O‘zgarish — yangi imkoniyatlar manbayidir. Alipay 2004-yilda Alibaba eBay bilan raqobat qilsin deb ishga tushirilgan edi. Lekin keyinchalik u moliyaviy texnologiyalar gigantiga aylandi.
Gohida "pivot"siz oxirigacha intilish kerak
Muvaffaqiyatsizlik har doim ham g‘oyadan voz kechish uchun asos bo‘lavermaydi. Napster musiqani obuna asosida taklif qilgan, lekin omadsizlikka uchragan. Bu model ishlamaydi degan qaror chiqarilgan. Ammo oradan o‘tgan yillarda Spotify va Apple Music aynan shu model bilan katta muvaffaqiyatga erishdi. Shunday ekan, har bir muvaffaqiyatsizlik ortida noto‘g‘ri qaror yotmaydi — balki o‘z vaqtini kutayotgan g‘oya ham bo‘lishi mumkin.
Bugungi startaplar dunyosida “pivot” — strategik yo‘nalishni o‘zgartirish — keng tarqalgan. Ba’zida bu foyda beradi, lekin har doim ham emas. HP 1990-yillarda raqamli aloqa texnologiyalariga sarmoya kiritdi. Texnologiyalar ilg‘or edi, lekin bozor hali tayyor emasdi. Shu paytda printerlar katta daromad keltirayotgan edi, yangi bo‘lim esa zarar ko‘rsatdi. Biroq vaqt o‘tib, bu texnologiyalar dolzarb bo‘lib chiqdi.
Rahbardan esa sabrli bo‘lish, strategik qarorlarida qat’iyatli qolishi talab etildi.
Rejalashtirish strategiyadan farq qiladi Masalan, Sovet Ittifoqi mix ishlab chiqarishni son asosida rag‘batlantirdi — natijada mayda mixlar ishlab chiqarildi. Keyin og‘irlik asosida baholashga o‘tildi — bu safar juda katta mixlar paydo bo‘ldi. Reja mantiqqa tayanmasa, samarasiz bo‘ladi.
Apple strategiyasi bunga yorqin misol. iTunes dastlab kompyuterlar raqobatbardosh bo‘lishi uchun yaratilgan. Keyin iPod, iTunes Store, va iTunes Windows versiyasi orqali kompaniya o‘z strategiyasini o‘zgartirdi. iPhone chiqqanda dastlab App Store yo‘q edi. Keyin bu butun mobil ekotizimni yaratdi.
Bu strategiyalar birin-ketin tajriba orqali topilgan.
Stiv Jobs aytganidek: “Nuqtalarni oldindan emas, faqat orqaga qarab bog‘lash mumkin.” Demak, strategiya bu — yo‘ldan ko‘ra, yo‘lni topish jarayoni. Reja — xarita, lekin manzilga yo‘l tajriba orqali ochiladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2🔥1👏1😎1
“Men radikalizmga qarshiman” onlayn ko‘rik-tanloviga start berildi
Yoshlar ongida radikal g‘oyalarga nisbatan immunitet shakllantirish, tinchlik, bag‘rikenglik va milliy qadriyatlarga sodiqlikni mustahkamlashga qartilgan mazkur tanlov 2 ta yo‘nalishda tashkil etiladi.
✅Tanlovda ekstremizm va radikalizm g‘oyalarini oldini olish, yurt-tinchligini asrash, yoshlarni buzg‘unchi va yot qarashlardan saqlash, diniy qadriyatlarni himoya qilishga qaratilgan insholar va video roliklar qabul qilinadi.
🔹Ishtirok etish uchun @antiradikalbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ijodiy ishlaringizni shu botga yuborishingiz kerak. Ijodiy ishlar 5-oktabrgacha qabul qilinadi.
🏆G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
📑 Batafsil: gov.uz/yoshlar
Bizning sahifalarimiz:

Forwarded from Alisher Qodirov
O‘zbekistonning dunyoviy davlat ekanligi tortishilmaydi. Dunyoviy davlat ko‘pchilik saylagan Parlament tomonidan qabul qilinib, ko‘pchilik saylagan Prezident tomonidan maqullangan qonunlarni buzmagan holda, o‘zi istaganidek yashash imkonini beradi.
Vatanimizda barcha millat va dunyoqarashdagi vatandoshlar emin-erkin, qonunlarni buzmagan holda farovonlikka intilishi uchun sharoit yaratish ustuvor maqsad ekanligi mustahkam belgilangan. Hamma teng va hech kim kamsitilmasligi kafolatlangan.
Agar biron vatandosh pivo ichmoqchi bo‘lsa, ichadi, bu uning tanlovi, ichmaydigan vatandosh ichmaydi va buning sababini har ikki toifa hech kimga izoh berishga majbur emas.
Alkogolni ichish mumkin, lekin reklama qilish mumkinmas, bu amaldagi qonunda belgilangan, albatta, parlament saylovlarini mutlaqo yutadigan biron siyosiy kuch qonunni o‘zgartirib alkogolni “milliy qadriyat”, bir jinslilarni oila qurish talabini esa erkin tanlov sifatida norma qilishi ham mumkin, bunga siz huquq berasiz…
“Milliy tiklanish” har qanday taraqqiyotni qadriyatlarga tayanishi kerak degan g‘oyasida mustahkamligini eslatib qo‘ymoqchiman.
Jenifer Lopesni konserti serdaromad ish va yopiq tadbir, narkotika tarqatib, davlatga qarshi targ‘ibot qilmasa, o‘tkazadi, tanasini ko‘rsatish uni tanlovi, ko‘rish esa tadbirga bilet olganlarniki, dunyoviylik shu!
Lekin, xuddi shunday o‘ranib yurmoqchi bo‘lgan ayol vatandoshni ham tanlovi qonun bilan himoya qilingan. Yalong‘och namoyishini dunyoviylik deb qabul qildik, endi yopinib yurish huquqiga ham dahl qilmaslik kerakligini qabul qilaylik. Lopesga qanday kiyinishni o‘rgatmaganimizdek, e’tiqodli ayollarimizga ro‘molni qanday o‘rashni o‘rgatishni, qolaversa, shu yoshga kelib e’tiqodi talabiga rioya qilgan ayollarni pasportga ro‘molini yechib tushishga majburlashni ham to‘xtatish kerak. Identifikatsiya talablari yuzni ochiq bo‘lishini taqozo qiladi, sochni emas. Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik.
Dunyoviylik ishonganga ham, ishonmaganga ham teng bo‘laolish degani, zo‘rni zaifga hayotdan dars berishi emas.
Lopes raqsini tushunish uchun Markesni dunyo falsafasini o’qigan bo’lish kerak…
@alisherQodir

👏5😎1
Forwarded from Ibrat Farzandlari
IBRATDA KATTA YANGILIK! 🎉
Texnologiya va innovatsiyalar sari dadil odim tashlayotgan yoshlarga yana bir katta imkoniyat! 🇺🇿🚀
IBRAT tashabbusi ostida, o’zining innovatsion g‘oyalari va texnologik salohiyati bilan ajralib turuvchi 10 nafar yosh muhandis va startapchilar uchun GRANT DASTURI e’lon qilinmoqda! 💡💰
🎯 Maqsad:
Yurtimizda ham Silicon Valleydagi kabi kuchli, ta’sirli va global bozorga chiqa oladigan UNICORN startaplarni yaratish!
Bu orqali O’zbekistonda texnologik ekotizimni rivojlantirish, yangi avlod ixtirochilari va IT liderlarini yuzaga chiqarish rejalashtirilgan!
📌 Kimlar uchun?
• Muhandislik, IT, dasturlash va texnologiya sohasida faol bo‘lgan yoshlar;
• O‘z startap g‘oyasi yoki MVP (minimum viable product) darajasidagi loyihasi borlar;
• Mahalliy muammoni hal qiladigan yoki global bozorga chiqish salohiyatiga ega bo‘lgan innovatsion yondashuv egalari.
📥 Ariza topshirish tartibi:
Grant uchun tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilarni taqdim etishingiz so‘raladi:
✅ To‘liq ism-sharif
✅ Loyihaning nomi
✅ Loyihaning maqsadi va qisqacha tavsifi
✅ Muammo va yechim
✅ Texnologik yechim qanday ishlaydi?
✅ Jamoa haqida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa)
✅ Loyihaning bosqichlari va rejalari
✅ Nega aynan siz ushbu grantga loyiq deb o‘ylaysiz?
🚀 Bu imkoniyat orqali sizning loyihangiz kelajakdagi yirik texnologik kompaniyaga aylanishi mumkin!
Unutmang, “Kelajakni bugun boshlaydiganlar ertaga uni boshqaradi!” 🔥
📢 Do‘stlaringizga ham ulashing ehtimol ulardan biri O‘zbekistondagi navbatdagi texnologik gigant asoschisi bo‘lishi mumkin! 💼🌐
Ma'lumotlar yuborish uchun; @ibratadmin

❤2