Telegram Web Link
“American Chambers” tadbiri doirasida Amazon Kuiper kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShning Amazon Kuiper kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida tomonlar raqamli infratuzilmani rivojlantirish va keng polosali internet xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligi va Amazon Kuiper Commercial Services LLC o‘rtasida anglashuv memorandumi (Memorandum of Understanding) imzolandi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/92281

____

Cooperation with Amazon Kuiper Established as Part of the “American Chambers” Event

The Minister of Digital Technologies, Sherzod Shermatov, held a meeting with representatives of the U.S. company Amazon Kuiper. During the discussion, the parties explored opportunities for cooperation in developing digital infrastructure and improving broadband Internet services.

Following the meeting, a Memorandum of Understanding (MoU) was signed between the Ministry of Digital Technologies and Amazon Kuiper Commercial Services LLC.

In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/92281

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгаши йиғилишида кўп томонлама ҳамкорлик самарадорлигини ошириш ҳамда мамлакатлар иқтисодиёти барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган бир қатор амалий таклифлар билан чиқди.

Жумладан:

– глобал беқарорлик шароитида МДҲ формати барқарор ва зарур тузилма сифатида ўзини намоён этаётганини таъкидлаб, эътиборни ҳамкорликнинг амалий йўналишларига қаратишни таклиф қилди;

– барча транспорт турлари билан интеграциялашган ахборот-логистика марказларини яратиш ҳамда транспорт соҳасида давлат-хусусий шериклик масалалари бўйича МДҲ мамлакатлари конференциясини Ўзбекистонда ўтказиш ташаббусини илгари сурди;

махсус иқтисодий зоналарни қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш бўйича “йўл харитаси” тайёрлашни, шунингдек, МДҲ Венчур платформасини яратиш орқали стартаплар ва инновацияларни илгари суришни таклиф қилди;

– Ўзбекистон Тошкент шаҳрида «ИННОПРОМ» кўргазмаси доирасида МДҲ инновацион саноат форумини ўтказишга тайёрлигини маълум қилди;

МДҲ энергетика секторини инновацион ривожлантириш дастурини ишлаб чиқиш ва анъанавий ҳамда “яшил” энергетика бўйича қўшма лойиҳаларни амалга ошириш таклифини билдирди;

Рақамлаштириш ва сунъий интеллект соҳасида кўп томонлама амалий ҳаракатлар режасини ишлаб чиқиш, шунингдек, фан, таълим ва маданият соҳаларида ҳамкорликни кенгайтиришни таклиф қилди;

Дипломларни ўзаро тан олиш бўйича янги давлатлараро келишувни тайёрлаш, шунингдек, Хива шаҳрида МДҲ Ёшлар форумини ўтказиб, Ёшлар инновация лабораториясини ташкил этиш ташаббусини илгари сурди;

– хавфсизлик масалаларига тўхталиб, МДҲ мамлакатлари ташқи сиёсат идоралари ва махсус хизматлар ўртасида мувофиқлаштирувни кучайтириш, шунингдек, Афғонистондаги вазиятга алоҳида эътибор қаратиб, ушбу мамлакатдаги инфратузилма лойиҳаларида биргаликда иштирок этишни таклиф қилди.

Facebook|Instagram|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Душанбе шаҳрида бўлиб ўтган Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилишида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в очередном заседании Совета глав государств Содружества Независимых Государств, состоявшемся в городе Душанбе.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Содружества Независимых Государств

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🎉TATU yana bir xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jahonning eng nufuzli akkreditatsiya tashkiloti — ABET (Accreditation Board for Engineering and Technology, Inc.) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan O‘zbekistondagi birinchi universitet bo‘ldi.

ABET — AQSHning fan, texnologiya va muhandislik yo‘nalishidagi eng nufuzli baholovchi tashkiloti bo‘lib, hozirda dunyoning atigi 44 ta mamlakati oliy ta’lim muassasalari uning akkreditatsiyasiga ega;
TATU esa MDH davlatlari orasida “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi, barcha yo‘nalishlar kesimida esa ikkinchi universitet sifatida bu yutuqqa erishdi;
Akkreditatsiya 2025–2031-yillar muddatiga berilgan.

Bu natija — ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish, talabalar bilimini baholash tizimini takomillashtirish va bitiruvchilarning global mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

🌍 Bugun TATU “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha QS reytingida yuqori o‘rinda turgan Ayova fan va texnologiyalar universiteti, Merilend universiteti va BAA universiteti kabi yetakchi ta’lim muassasalari qatorida turibdi.


Bu — O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i!

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/92488

English
Русский

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡 Xalqaro qizlar kuni bilan!

🖥 Bugun butun dunyoda 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni nishonlanmoqda. Ushbu sana – qizlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning orzularini qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni e’tirof etish kunidir.

🔠 Bir yil avval “Ayol yo‘li” nomli qisqa metrajli film tomoshabinlarga taqdim etilgan edi. Film o‘z yo‘lini topayotgan, orzular sari dadil qadam tashlayotgan qizlarning hayotiy hikoyalarini yoritib, ko‘plab tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

⚡️Endi esa ushbu loyihaning ikkinchi qismi — “Ayol yo‘li – II” taqdim etilmoqda.

“Ayol yo‘li – II” filmi “Women in Tech Uzbekistan” tashkiloti tomonidan “Uzinfocom” kompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

🤔 Filmda turli hududlardan bo‘lgan qizlarning hayot yo‘li, ularning raqamli texnologiyalar va ilm-fan sohasidagi intilishlari, shuningdek, bu yo‘ldagi eng katta tayanchi - ota-ona, oila va ustozlarning ishonchi aks etgan.

Bu hikoyalar har bir yosh qizga shuni eslatadi: hech qachon taslim bo‘lmaslik, o‘z orzulari sari qat’iyat bilan intilish va o‘z kuchiga ishonish eng muhim qadamlardir.

Sizlarga “Ayol yo‘li – II” qisqa metrajli filmning tizerini taqdim etamiz.

🔜 Filmning to‘liq versiyasi tez kunlarda e’tiboringizga havola etiladi.

#11_oktabr

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni

Raqamli texnologiyalar vazirligi barcha qizlarni bayram bilan samimiy tabriklaydi.

Bugun raqamli iqtisodiyotda faol, izlanuvchan va ijodkor qizlarimiz mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Ularning soni yildan-yilga ortib, axborot texnologiyalari sohasida qizlarning ishtiroki sezilarli ravishda kengaymoqda.

Vazirlik har bir qizning bilim olishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga intiladi.

💻 Kelajakni qizlar bilan birga quramiz!
📊 430 foizlik o‘sish: har yili AKT sohasida ayollar soni qariyb ikki baravarga ortib bormoqda

📊 Olti yil ichida besh baravar o‘sish. O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bo‘yicha oliy ma’lumot olayotgan ayollar soni shunday sur’at bilan ortib bormoqda.

📊 2018-yilda AKT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar soni 3 400 nafardan sal ko‘proq bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 18 240 nafarga yetdi. 6 yil ichida o‘sish +430 foizni tashkil etgan — bu juda yuqori raqam. Har yili o‘rtacha +71,7 foizlik o‘sish qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich shuni anglatadiki, har yili AKT sohasida ayollar soni deyarli ikki baravar ortib borgan. Bu shunchaki ijobiy o‘sish emas — bu raqamli ta’limdagi tub burilishdir.

📊 Statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018–2024-yillar davomida AKT yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar soni 4,4 baravar oshib, 17 546 nafardan 77 402 nafarga yetgan. Bu o‘sishda ayollar ulushi ham sezilarli darajada ortgan: 2018-yilda 19 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda 23 foizga yetgan.


📊 Bunday tez sur’atdagi o‘sishning sababi faqat iqtisodiyotning raqamlashtirilishida emas, balki davlat tomonidan olib borilayotgan tizimli islohotlardadir. GAP Women IT Union kabi dasturlar, xalqaro hamkorlar (UN Women, UNFPA, ADB) tomonidan taqdim etilgan stipendiyalar hamda butun mamlakat bo‘ylab ayollar uchun AT klublarining tashkil etilishi ushbu o‘zgarishlarga kuchli turtki berdi.

↪️ Toʻliq statistika

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/92615

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
Ўзбекистон Стартап экотизими ўсиши тезлиги бўйича дунёда етакчи эканлиги эътироф этилди!

Президентимизнинг АйТи соҳасига алоҳида эътиборлари туфайли Ўзбекистон дунёда энг тез ўсаётган стартап экотизимига эга эканлигини Dealroom.co халқаро таҳлилий компанияси томонидан эълон қилинди.

Бу каби янгиликлар юртимизга венчур фондлари ва бошқа стартап экотизими иштирокчиларини қизиқишини янада орттириб, ёшларимиз ўз стартап ғояларини ривожлантириб боришлари учун қўшимча имкониятлар ошиб боришига ёрдам беради. Стартапингиз бўлса, албатта уни startupbase.uz да рўйхатдан ўтказинг ва уни ривожлантириш бўйича қўшимча маълумотларга эга бўлинг!

Ўзбекистон дунёда №1 эканлиги ёритилган хар қандай ижобий маълумот албатта ҳамюртларимиз учун ўзига хос ғурур ва ифтихор белгисига айланади. Ундан аввал юртимиз дунёда одамлар ўзини энг хавфсиз ҳис этадиган мамлакат рейтингида биринчи эканлигини эшитиб ҳам жуда хурсанд бўлган эдик ва ҳозиргача чет эллик инвесторларни ва туристларни таклиф этишда ушбу фактдан фойдаланамиз: https://www.tg-me.com/shshermatov/601
🌐 Malayziyada Ookla kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
 
🟡 Malayziyaga tashrif doirasida Kuala Lumpur shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari va “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK direktori U. Shakirov va Ookla kompaniyasining katta savdo direktori Viktor Zeng o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

➡️ Muzokaralarda mavjud qo‘shma loyihalar, shuningdek, O‘zbekistonda RootMetrics tashabbusini va Ookla’ning yangi “Ookla Certified” xizmatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Ookla kompaniyasi internet infratuzilmasini rivojlantirish hamda sifat monitoringini kuchaytirishga qaratilgan yechimlarini taqdim etdi.
 
🔠 Oʻz navbatida, kompaniya vakillari O‘zbekistonning so‘nggi yillarda mobil va simli internet tezligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha katta yutuqlarga erishganini e’tirof etdilar.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/92748

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/27 03:37:01
Back to Top
HTML Embed Code: