👩🏻 Xotin-qizlar uchun bepul ta’lim loyihasida ishtirok eting!
Digital Women in Focus — bu IT sohasida boshlang'ich bilimlarga ega va o‘z salohiyatini ochishni istagan qizlar uchun bepul 7 haftalik o‘quv dasturi!
💻 Bu siz uchun texnologiyalar olamida yangi bosqichga chiqish imkoniyati! Ta'lim dasturiga faqat 5 nafar eng iqtidorli va motivatsiyaga ega ishtirokchi tanlab olinadi!
🎯 Kurs davomida siz:
📅 Dastur davomiyligi: 7 hafta
📍 Ishtirokchilar soni: 5 nafar
💸 To‘lov: BEPUL
Havola orqali ariza topshing va o'z joyingizni band qiling!
🔗 Ro'yxatdan o'ting uchun havola: https://forms.gle/TDTsJamQuwDpfpyE7
📩 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Digital Women in Focus — bu IT sohasida boshlang'ich bilimlarga ega va o‘z salohiyatini ochishni istagan qizlar uchun bepul 7 haftalik o‘quv dasturi!
🎯 Kurs davomida siz:
- Xalqaro tajribaga ega mentorlardan bevosita ta’lim olasiz;
- Ishga kirish uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni jamoaviy loyihalar orqali rivojlantirasiz;
- Portfolio va CV tayyorlash bo‘yicha bilim va maslahatlar olasiz;
- Networking;
- Kurs yakunida sertifikat va professional tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
📅 Dastur davomiyligi: 7 hafta
📍 Ishtirokchilar soni: 5 nafar
💸 To‘lov: BEPUL
Havola orqali ariza topshing va o'z joyingizni band qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oʻzbekiston olis hududlarida yoʻldosh aloqa texnologiyalari joriy etiladi
✍️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yoʻldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 21-oktabrdagi PQ-313-son qarori qabul qilindi.
❗️ Hujjat respublikada raqamli infratuzilmani jadallik bilan rivojlantirish, shahar va qishloq hududlari oʻrtasidagi raqamli tafovutni qisqartirish, olis hududlarda aloqa xizmatlari qamrovini kengaytirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.
➡️ Qarorga muvofiq, yoʻldosh aloqa texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi:
🏷 Qarorda yo‘ldosh aloqa tizimini joriy etish va yo‘ldosh internet xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari sifatida belgilandi.
Radiochastota ajratilishi va radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruhsatnomalarni rasmiylashtirish, respublika hududida yuridik shaxs tashkil etish yoki mahalliy telekommunikatsiya operatorlari bilan hamkorlik qilish, markaziy yer stansiyasi (Gateway)ni mamlakat hududida qurish va axborot xavfsizligi talablariga rioya etish va foydalanuvchi ma'lumotlarini respublika hududida saqlash talab etiladi.
❕ Qarorga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab 5 yil muddatga oʻrta va past orbitali yoʻldosh aloqa tarmoqlarini Oʻzbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bogʻliq loyihalar doirasida bir qator imtiyoz va yengilliklar belgilandi.
2030-yil 31-dekabrgacha yo‘ldosh aloqa tarmoqlariga ega telekommunikatsiya operatorlariga yo‘ldosh aloqa xizmatlarini joriy etish bo‘yicha telekommunikatsiyalar sohasida litsenziya olgan sanadan boshlab 6 oy muddatga loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini “fast-track” usuli bilan amalga oshirishga ruxsat berildi.
📩 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
✍️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yoʻldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 21-oktabrdagi PQ-313-son qarori qabul qilindi.
– oʻrta va past orbitali yoʻldosh aloqa tizimlarini joriy etish va foydalanishning normativ-huquqiy asoslarini yaratish;
– olis hududlar va yer usti tarmoqlari qamrovidan tashqari hududlarda telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun qulay sharoitlar yaratish;
– yoʻldosh aloqa orqali tarmoqlar ishonchliligini va favqulodda holatlarda zaxirali aloqani ta’minlash;
Radiochastota ajratilishi va radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruhsatnomalarni rasmiylashtirish, respublika hududida yuridik shaxs tashkil etish yoki mahalliy telekommunikatsiya operatorlari bilan hamkorlik qilish, markaziy yer stansiyasi (Gateway)ni mamlakat hududida qurish va axborot xavfsizligi talablariga rioya etish va foydalanuvchi ma'lumotlarini respublika hududida saqlash talab etiladi.
Jumladan:
- telekommunikatsiya operatorlarining yo‘ldosh aloqa tarmoqlariga tegishli qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, ehtiyot va butlovchi qismlarni sotib olish va ularga xizmatlar ko‘rsatish yo‘ldosh aloqa qurilmalari ishlab chiqaruvchilar va (yoki) yetkazib beruvchilar bilan tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan muzokaralar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali amalga oshiriladi;
- import qilinadigan qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, ehtiyot va butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno);
- telekommunikatsiya operatorlari o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tarmoqlari tomonidan radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lovlardan ozod qilinadi (harakatdagi yo‘ldosh aloqa tarmog‘ida yo‘ldoshdan bevosita yakuniy foydalanuvchi qurilmasiga (Direct-to-Device) hamda yo‘ldoshdan bevosita mobil aloqa terminaliga (Direct-to-Cellular) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishlarni, shuningdek, avtomobil va poyezdlarda harakatdagi yer stansiyasi (ESIM) tizimlarini tashkil qilish bilan bog‘liq to‘lovlar bundan mustasno);
- yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.
- markaziy yer stansiyalari, terminallar va yo‘ldosh aloqa infratuzilmasining boshqa aktiv qurilmalari joylashtirilgan telekommunikatsiya inshootlari va ularning yer maydonlari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi;
- yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatgan xizmatlari uchun foyda solig‘idan ozod qilinadi.
2030-yil 31-dekabrgacha yo‘ldosh aloqa tarmoqlariga ega telekommunikatsiya operatorlariga yo‘ldosh aloqa xizmatlarini joriy etish bo‘yicha telekommunikatsiyalar sohasida litsenziya olgan sanadan boshlab 6 oy muddatga loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini “fast-track” usuli bilan amalga oshirishga ruxsat berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonlik talabalar Xitoydagi yetakchi ta’lim loyihasida ishtirok etmoqda
⚜️ Joriy yil 19-oktyabr kuni oltita universitetdan o‘n nafar oʻzbekistonlik talaba “Seeds for the Future” ta’lim loyihasida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketdi.
✅ Bir hafta davom etadigan dasturning birinchi manzili Dongguandagi Huawei kompaniyasining bosh qarorgohi bo‘ldi.
Uch kun davomida talabalar:
❗️ Ma’lumot o‘rnida so‘nggi 10 yilda O‘zbekistondan 162 nafar talaba ushbu ta’lim tashabbusida turli formatlarda ishtirok etdi.
📩 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Uch kun davomida talabalar:
➡️ 19 ta mamlakat ishtirokchilari bilan tanishdilar;➡️ Sunʼiy intellekt, 5G va bulutli texnologiyalar boʻyicha maʼruzalarda qatnashdilar;➡️ kompaniya mutaxassislari va murabbiylar bilan muloqot qildilar;➡️ Huawei kompaniyasining e’tirofga sazovor va aqlli kampusiga tashrif buyurishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belgiyaga rasmiy tashrifi doirasida Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazdi.
—
В рамках официального визита в Бельгию Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел круглый стол с руководителями ведущих европейских компаний и банков.
#Mirziyoyev #uchrashuv #YI #ishbilarmonlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
В рамках официального визита в Бельгию Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел круглый стол с руководителями ведущих европейских компаний и банков.
#Mirziyoyev #uchrashuv #YI #ishbilarmonlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Bryusseldagi Yevropa kengashi bosh qarorgohida O‘zbekiston-Yevropa sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Yetakchilar huzurida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
—
В штаб-квартире Европейского совета в Брюсселе проходит узбекско-европейский саммит. В присутствии лидеров подписано Соглашение о расширенном партнерстве и сотрудничестве между Республикой Узбекистан и Европейским Союзом.