Telegram Web Link
⚡️-iyun – Yoshlar kuni

Bugun – yurtimizning eng faol, bilimli va fidoyi qatlamiga, ertangi kun poydevorini yaratayotgan yoshlarga bagʻishlangan bayramdir.

Yoshlar – bu orzular qanoti va millat kelajagining ishonchli suyanchig‘idir. Sizlarning tashabbuskorligingiz, g‘ayrat va salohiyatingiz, zamonaviy bilimlarga chanqoqligingiz Vatanimizni yuksak cho‘qqilarga olib chiqmoqda.

Har bir tashabbusingizga omad, qalbingizga esa doimo yurt sevgisi hamroh bo‘lsin!

Yoshlar – kelajak bunyodkorlari, bayramingiz muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Ta’limdagi raqamli o‘zgarishlar Jenevadagi vazirlar muhokamasida

🇨🇭 Jenevada bo‘lib o‘tayotgan "Ta’lim va texnologiyalar bo‘yicha Vazirlar uchrashuvi"da Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim vazirlari, Yevropa Ittifoqi, yetakchi texnologik kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.

📌 Kun tartibidagi asosiy masalalar:

– Maktablarni internet tarmog‘iga ulash
– Raqamli ta’lim vositalarini rivojlantirish
– Har bir bola uchun xavfsiz va inklyuziv o‘quv muhitini ta’minlash


O‘zbekistonda Giga loyihasi 2021-yildan boshlab amalga oshirilmoqda va hozirgacha 2000 dan ortiq maktablarning internetga ulanishi qayta ko‘rib chiqildi. 2025-yilda barcha maktablarni barqaror va tezkor internet bilan ta’minlash maqsad qilingan.

➡️O‘tgan yilgi UNICEF bilan hamkorlikda o‘tgan uchrashuvda esa yoshlarning ta’limdagi faolligi, ularning ovozi va g‘oyalari siyosiy qarorlar qabul qilishda muhim o‘rin egallashi ta’kidlangan edi.

🔵Yoshlar – raqamli kelajakni shakllantiruvchi asosiy kuchdir. Bugungi tashabbuslar ularning imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli jamiyatda faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун, Ёшлар кунида Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар билан учрашув ўтказади ҳамда бир гуруҳ йигит-қизларга давлат мукофотларини топширади.

Тадбирда ёшларни қўллаб-қувватлаш, салоҳияти ва иқтидорини юзага чиқариш бўйича янги ташаббуслар илгари сурилади, илҳомлантирувчи мисоллар, мамлакатнинг эртанги кунини белгилашга қодир ғоялар ва ечимлар тақдим этилади.

Шунингдек, давлатимиз раҳбари иқтидорли ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг инновация, "яшил" иқтисодиёт, креатив саноат, тадбиркорлик ва IT соҳаларидаги илғор ишланмалари ва ютуқлари билан танишади.  

Сегодня, в День молодежи Президент Шавкат Мирзиёев проведет встречу с молодежью и вручит государственные награды группе молодых людей.

На мероприятии будут выдвинуты новые инициативы по поддержке молодёжи, раскрытию её потенциала и способностей, а также представлены вдохновляющие примеры, идеи и решения, способные определить облик завтрашнего дня страны.

В рамках мероприятия глава нашего государства ознакомится с передовыми разработками и достижениями талантливой молодежи в области инноваций, "зеленой" экономики, креативной индустрии, предпринимательства и IT.

Facebook|Instagram|X
Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.

Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi.

Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.

Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 11:01:40
Back to Top
HTML Embed Code: