Telegram Web Link
👩‍🦰 “GAP” – ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi tadbirkor ayollarning raqamli va huquqiy ko‘nikmalarini oshirishga bag‘ishlandi

Toshkent shahrida “GAP” – ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi “Rivojlanish huquqi: raqamli ko‘nikmalar va huquqiy savodxonlik” mavzusida o‘tkazildi. Tadbir raqamli va huquqiy ko‘nikmalarni mustahkamlash orqali ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, davlat idoralari, ekspertlar va biznes doiralari o‘rtasida ochiq muloqotni rivojlantirishga qaratildi.

📌 Tadbirning asosiy maqsadi — ayollarni zamonaviy raqamli vositalardan samarali foydalanish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.


🟢 Tadbir yakunida ishtirokchilarga biznesni huquqiy himoya qilish, qonunchilik bilan tanishish, IT sohasida bilim olish, malakali yuridik xizmatlardan foydalanish va davlat xizmatlarini onlayn ko‘rinishda olish bo‘yicha quyidagi foydali manbalar tavsiya etildi:

biznesombudsman.uz — tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha rasmiy portal;
lex.uz — O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va hujjatlari bilan tanishish uchun;
it-istedod.uz — raqamli ko‘nikmalar va IT ta’lim loyihalari haqida ma’lumot olish uchun;
lertalegal.uz — malakali yuristlardan yuridik yordam olish uchun;
my.gov.uz — davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish imkoniyati.


Shuningdek, tadbir davomida taqdim etilgan prezentatsiyalarni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: http://bit.ly/444yDvZ

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/64760

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🚀 O‘zbekistonda qizlar uchun nanosun’iy yo‘ldoshlarni yig‘ish va uchirish bo‘yicha muhandislik musobaqasi

Butun mamlakat bo‘ylab 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun qiziqarli STEM-dasturga start berilmoqda. Oldinda – 4 oy o‘qish, amaliyotlar va nanosun’iy yo‘ldoshlarni uchirish.

Sizlarni nimalar kutmoqda?

— Onlayn va oflayn treninglar
— Kosmik texnologiyalar, elektronika, dasturlash va sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarni o‘rganish
— Haqiqiy “CubeSat” nanosun’iy yo‘ldoshi bilan ishlash
— 2025-yil kuzida: nanosun’iy yo‘ldoshni Orol dengizi tubidan stratosferaga uchirish.


20 nafar eng yaxshi ishtirokchi Toshkentda oflayn-stajirovkadan o‘tadi va o‘zlarining “CubeSat”ini yig‘adi.

Tashkilotchilar: “Tech4Impact”, “UNICEF”, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Uzcosmos agentligi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://unisat.uz/about/

———

👩‍🚀 Инженерное соревнование по сборке и запуску наноспутников для девушек в Узбекистане

В Узбекистане в третий раз стартует захватывающая STEM-программа для девушек от 15 до 24 лет со всей страны. Впереди — 4 месяца обучения, практики и запусков!

Что вас ждёт?

— Онлайн и офлайн-тренинги
— Изучение космических технологий, электроники, программирования и анализа спутниковых снимков
— Работа с настоящим наноспутником CubeSat
— Осенью 2025 года: запуск спутника со дна Аральского моря в стратосферу.


20 лучших участниц
пройдут офлайн-стажировку в Ташкенте и соберут собственный CubeSat.

Организаторы: Tech4Impact, UNICEF, Министерство цифрового развития и Агентство Uzcosmos

Для регистрации: https://unisat.uz/about/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SG WomenO‘zbekistonda xotin-qizlar uchun birinchi startap hamjamiyati

♾️ Startup Garage O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun ilk startap hamjamiyati – SG Women dasturining rasmiy ishga tushirilganini e’lon qiladi.

🚀 Mazkur tashabbus ayollar uchun startap jarayonining har bir bosqichida amaliy yordam berishga qaratilgan.

❗️ Dastur haqida:
- 100% bepul startap ta’limi - innovatsiyalar, mahsulot yaratish va bozorga chiqish strategiyalarini qamrab oladi;
- Mutaxassislar ishtirokidagi sessiyalar - soha yetakchilari va asoschilar bilan jonli seminarlar;
- MicroSaaS loyihalarni yaratishda amaliy yordam - texnik va startap yo‘nalishlarda mentorlik;
- Investorlar bilan aloqalar - maxsus uchrashuvlar va mahalliy hamda xalqaro investorlar ishtirokidagi yakuniy Demo Day;
- Mentor va tengdoshlar hamjamiyati - dastur tugagandan so‘ng ham doimiy yo‘l-yo‘riq va ko‘mak.


🗃 Dastur birinchi bosqichiga 10-iyul sanasida start beriladi. Butun O‘zbekiston bo‘ylab startapga qiziqqan barcha ayollar ariza topshirishi mumkin.

👉 Dasturga ro'yxatdan o'ting!

SG Women shunchaki hamjamiyat emas - bu O‘zbekistonda innovatsion kelajakni barpo etishda ayollar o‘z munosib o‘rnini egallashi uchun qaratilgan platformadir.


📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари сунъий интеллект ва IT соҳаларида ёшлар учун имкониятларни янада кенгайтириш бўйича ташаббусларни илгари сурди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ёшларимиз халқаро фан олимпиадаларида, IT соҳасида ва хорижий тилларни ўрганишда юксак натижаларга эришмоқда.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Axborot texnologiyalari sohasidagi rejalar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-iyul kuni raqamli texnologiyalari, sun’iy intellekt va telekommunikatsiya sohalaridagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

————
Представлены планы в сфере информационных технологий

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией планов в сфере цифровых технологий, искусственного интеллекта и телекоммуникаций.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” xalqaro ta’lim dasturi ishga tushirildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida so‘zlagan nutqi davomida mamlakatimizda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” global ta’lim tashabbusi yo‘lga qo‘yilishini e’lon qilgan edi.

📌Kecha, 30-iyun kuni Prezidentning yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ham BAA bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilayotganini qayd etdi hamda shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.

💻 “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” – Dubay valiahd shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maktum tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro dastur. Loyiha Dubay sun’iy intellekt markazi va Dubay kelajak jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.


Dastur O‘zbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyida BAAga rasmiy tashrifi chog‘ida BAA Sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va masofaviy ishlash vaziri Omar Sulton Al-Olama bilan muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlar natijasi bo‘ldi.

⚡️Dasturning maqsadi – sun’iy intellekt tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish etik normalari va generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy vositalarini o‘zlashtirishdan iborat. Dastur talabalar, tadbirkorlar va kelajak texnologiyalarini o‘zlashtirishga intilayotgan mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.


Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘zlashtiradilar:

• Sun’iy intellekt asoslari;
• Generativ sun’iy intellekt;
• Prompt muhandisligi;
• Sun’iy intellektdan xavfsiz va etik foydalanish;
• Ta’lim, biznes va davlat boshqaruvida sun’iy intellekt qo‘llanilishi.


“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi O‘zbekiston raqamli transformatsiyasining muhim elementiga aylanadi, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va global raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirishga hissa qo‘shadi.

➡️Kelajakda yaxshi daromad topish uchun internetdagi vaqtingizni chet tili va zamonaviy kasblarni bepul o‘rganishga sarflang! Platformaga hoziroq qo‘shiling, omp.aistudy.uz sayti orqali ma’lumotlarga ega bo‘ling hamda kurslarni bepul o‘rganing.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Raqamli hujjatlar MyGov mobil ilovasida!

💬 Bugun, 1-iyuldan MyGov mobil ilovasida raqamli servislar ishga tushirildi!

❗️Endi pasportingiz, ID-kartangiz, diplomingiz kabi hujjatlarni yoningizda olib yurishga hojat qolmaydi – ular doim qo‘l ostingizda, mobil qurilmangizda bo‘ladi!

☄️ Bu turdagi raqamli hujjatlar banklar, notarial idoralar, aeroportlar (ichki reyslar), poyezdlar, davlat va korporativ xizmat ko‘rsatish jarayonlarida va boshqa holatlarda qog‘oz hujjat o‘rnini bosadi.

Noto‘g‘ri talqinlarning oldini olish uchun quyidagilarga e’tibor bering!

Fuqaro faqat o‘z telefoni orqali rasmiy MyGov ilovasiga kiradi.
Shaxsiy kabinetidan kerakli hujjatni (masalan, pasport) tanlaydi.
Ekranda hujjatning raqamli shakli va haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod ko‘rinadi – uni taqdim etishi kerak bo‘ladi.

📱Tashkilotlar raqamli hujjatni tekshirish uchun MyGov ilovasining "MyScan" funksiyasini ochadi.
⌨️Taqdim etilgan QR-kodni skaner qiladi.
🪪 Chiqqan ma’lumotlarni fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari bilan solishtiradi.

❗️Bu muhim!
Faqat rasmiy MyGov ilovasidan foydalaning.
Boshqa shaxs tomonidan yoki o‘zga manbalardagi ma’lumotlar hamda hujjatlarning rasmlari, nusxalari qabul qilinmaydi!


🌐 Raqamli servislar asl qog‘oz hujjatlaringiz asosida shakllantiriladi.

👉 MyGov ilovasini hoziroq yuklab oling: android / iOS

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Цифровые документы — в мобильном приложении MyGov!

💬 Сегодня, с 1 июля, в мобильном приложении MyGov запущены цифровые сервисы!

❗️Теперь нет необходимости носить с собой такие документы, как паспорт, ID-карта, диплом — они всегда будут под рукой, в вашем мобильном устройстве!

☄️ Такие цифровые документы могут использоваться вместо бумажных в банках, нотариальных конторах, аэропортах (на внутренних рейсах), поездах, при получении государственных и корпоративных услуг, а также в других ситуациях.

Чтобы избежать неправильных трактовок, обратите внимание на следующее:

Гражданин заходит только через официальное приложение MyGov на своём телефоне.
В личном кабинете выбирает нужный документ (например, паспорт).
На экране отображается цифровая версия документа и QR-код, подтверждающий его подлинность — его необходимо предъявить.

📱Организации для проверки цифрового документа открывают в приложении MyGov функцию "MyScan".
⌨️ Сканируют предоставленный QR-код.
🪪 Сверяют полученные данные с личными данными гражданина.

❗️Важно!
Используйте только официальное приложение MyGov.
Информация или изображения документов, полученные от других лиц или из сторонних источников, не принимаются!


🌐 Цифровые сервисы формируются на основе ваших подлинных бумажных документов.

👉 Скачайте приложение MyGov прямо сейчас: для android / iOS

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi belgilardir. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki ular ushbu xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, Vatanning yorqin timsolidir.

Ana shunday ramzlardan biri Davlat gerbidir. Gerb – bu bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan nishoni, ramzi va timsolidir. Gerb qaysi davlatga tegishli bo‘lsa, o‘sha davlatning tarixiy an’analarini ifodalovchi ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan tasvirlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.

1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi ham O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/65231

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 “President Tech Award” tanlovi va Hakaton uchun ro‘yxatdan o‘tish muddatlari uzaytirildi

🟡 Beshta asosiy yo‘nalish bo‘yicha arizalar topshirish muddati 20-iyulgacha uzaytirildi
🔵 Hakaton uchun ro‘yxatdan o‘tish: 10-sentyabrgacha davom etadi


Ishtirokchilarga ushbu qo‘shimcha imkoniyatdan unumli foydalanib, o‘z arizalarini puxta tayyorlab topshirish tavsiya etiladi. Mazkur tashabbuslar O‘zbekiston bo‘ylab innovatsion texnologik yechimlarni va iqtidorli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishga qaratilgan.

🖥 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va mamlakatning yetakchi texnologik tanlovida ishtirok eting.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://awards.gov.uz/president-tech-award/

____________________

📢 Registration Deadlines Extended for President Tech Awards and Hackathon

🔸 Applications for the five main tracks extended until July 20
🔹 Hackathon – Registration open until September 10


Participants are encouraged to take advantage of the extended timeline to prepare and submit strong applications. The initiatives aim to support and recognize innovative tech solutions and outstanding talent across Uzbekistan.

🖥 Register now and be part of the country’s leading tech competition.

🔗 Register here: https://awards.gov.uz/president-tech-award/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛰 Uzcosmos dala yong‘inlarini kuzatish imkonini beruvchi portalni ishga tushirdi

Endilikda barcha Respublikaning qaysi hududida dala yong‘inlari sodir bo‘layotgani, uning manzili va hajmi bo‘yicha https://dalayongini.cmspace.uz ochiq portali orqali to‘liq ma’lumot olishi mumkin.

Qolaversa, Uzcosmos shu kabi salbiy holatlar bo‘yicha xabardorlikni oshirish maqsadida maxsus @UzCosmos_Yongin_bot’ni ham ishga tushirdi.

U orqali dala yong‘inlariga guvoh bo‘lganlar real vaqt rejimida suratlar va manzillarni agentlikka yuborishlari mumkin.

Dala yong’inlarini kuzatish - https://dalayongini.cmspace.uz

Dala yong’inlari haqida xabar berish - @UzCosmos_Yongin_bot

———

🛰 Uzcosmos запустил портал для мониторинга полевых пожаров

Теперь каждый может быстро и просто получить информацию о пожарах в разных регионах страны, их местоположении и площади на портале https://dalayongini.cmspace.uz.

С помощью удобного бота @UzCosmos_Yongin_bot вы можете в реальном времени сообщать о новых зонах возгорания, отправляя фото и данные о местоположении прямо в агентство.

Поддерживайте безопасность регионов, информируя о подобных случаях.

Мониторинг пожаров — https://dalayongini.cmspace.uz

Сообщить о пожаре — @UzCosmos_Yongin_bot

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 01:47:09
Back to Top
HTML Embed Code: