Telegram Web Link
“Hukumat soati”da sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish masalasi muhokama qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov javob berdi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/91841

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HealthTech AI Hackaton
Nukus | 06.10.2025



HealthTech AI Hackaton
Нукус | 06.10.2025
📨 9-oktabr – Butunjahon pochta kuni!

🔖 Hurmatli pochta xodimlari hamda soha vakillari!

Sizlarni 9-oktabr – Butunjahon pochta kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

📬 Mazkur sana butun dunyoda pochta aloqasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tirof etish, shuningdek, ushbu sohada fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassislarni qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan bir davrda ham pochta tizimi insonlar o‘rtasidagi ishonchli aloqa vositasi, xat-savod, jo‘natmalar va xizmatlarning sifatli yetkazilishini ta’minlovchi muhim soha bo‘lib qolmoqda.


➡️ Fidokorona mehnatingiz, yurtimiz aholisi va tashkilotlariga ko‘rsatayotgan xizmatlaringiz, halollik va mas’uliyat bilan bajarilayotgan ishlaringiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Barchangizga sog‘lik, farovonlik, ishlaringizda muvaffaqiyatlar va yangi zafarlarga erishish tilaymiz!

📕Bayramingiz muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛡 Toshkentda “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevrosiyo, CSS 2025” xalqaro sammiti bo‘lib o‘tdi

🔐 Joriy yilning 7–8-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevrosiyo, CSS 2025” III xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

💬 Sammit “Kiberxavfsizlik markazi” tomonidan “Dialogue Events” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda 25 dan ortiq davlatlardan 40 dan ziyod ma’ruzachi qatnashib, kiberxavfsizlik sohasidagi dolzarb masalalar, yangi yechimlar, tahdidlar va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/91912

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli texnologiyalar vaziri AQShning yetakchi kompaniyalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent shahridagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning AQSh Savdo palatasi (U.S. Chamber of Commerce) tashabbusi bilan mamlakatimizga tashrif buyurgan amerika kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda AQShning yetakchi texnologik va innovatsion kompaniyalari — Apple, Amazon Project Kuiper, Mastercard, Meta, Plug & Play Tech Center, Illumina hamda qator boshqa yirik kompaniya va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/92101
_____

Minister of Digital Technologies Holds Meeting with Leading U.S. Companies

Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with a delegation of major American companies visiting Uzbekistan under the initiative of the U.S. Chamber of Commerce. The meeting took place at the Hyatt Regency Tashkent.

The delegation included representatives from Apple, Amazon Project Kuiper, Mastercard, Meta, Plug & Play Tech Center, Illumina, and other leading U.S. technology and innovation companies.

In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/92101

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“American Chambers” tadbiri doirasida Amazon Kuiper kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShning Amazon Kuiper kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida tomonlar raqamli infratuzilmani rivojlantirish va keng polosali internet xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligi va Amazon Kuiper Commercial Services LLC o‘rtasida anglashuv memorandumi (Memorandum of Understanding) imzolandi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/92281

____

Cooperation with Amazon Kuiper Established as Part of the “American Chambers” Event

The Minister of Digital Technologies, Sherzod Shermatov, held a meeting with representatives of the U.S. company Amazon Kuiper. During the discussion, the parties explored opportunities for cooperation in developing digital infrastructure and improving broadband Internet services.

Following the meeting, a Memorandum of Understanding (MoU) was signed between the Ministry of Digital Technologies and Amazon Kuiper Commercial Services LLC.

In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/92281

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгаши йиғилишида кўп томонлама ҳамкорлик самарадорлигини ошириш ҳамда мамлакатлар иқтисодиёти барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган бир қатор амалий таклифлар билан чиқди.

Жумладан:

– глобал беқарорлик шароитида МДҲ формати барқарор ва зарур тузилма сифатида ўзини намоён этаётганини таъкидлаб, эътиборни ҳамкорликнинг амалий йўналишларига қаратишни таклиф қилди;

– барча транспорт турлари билан интеграциялашган ахборот-логистика марказларини яратиш ҳамда транспорт соҳасида давлат-хусусий шериклик масалалари бўйича МДҲ мамлакатлари конференциясини Ўзбекистонда ўтказиш ташаббусини илгари сурди;

махсус иқтисодий зоналарни қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш бўйича “йўл харитаси” тайёрлашни, шунингдек, МДҲ Венчур платформасини яратиш орқали стартаплар ва инновацияларни илгари суришни таклиф қилди;

– Ўзбекистон Тошкент шаҳрида «ИННОПРОМ» кўргазмаси доирасида МДҲ инновацион саноат форумини ўтказишга тайёрлигини маълум қилди;

МДҲ энергетика секторини инновацион ривожлантириш дастурини ишлаб чиқиш ва анъанавий ҳамда “яшил” энергетика бўйича қўшма лойиҳаларни амалга ошириш таклифини билдирди;

Рақамлаштириш ва сунъий интеллект соҳасида кўп томонлама амалий ҳаракатлар режасини ишлаб чиқиш, шунингдек, фан, таълим ва маданият соҳаларида ҳамкорликни кенгайтиришни таклиф қилди;

Дипломларни ўзаро тан олиш бўйича янги давлатлараро келишувни тайёрлаш, шунингдек, Хива шаҳрида МДҲ Ёшлар форумини ўтказиб, Ёшлар инновация лабораториясини ташкил этиш ташаббусини илгари сурди;

– хавфсизлик масалаларига тўхталиб, МДҲ мамлакатлари ташқи сиёсат идоралари ва махсус хизматлар ўртасида мувофиқлаштирувни кучайтириш, шунингдек, Афғонистондаги вазиятга алоҳида эътибор қаратиб, ушбу мамлакатдаги инфратузилма лойиҳаларида биргаликда иштирок этишни таклиф қилди.

Facebook|Instagram|X
2025/10/24 18:18:47
Back to Top
HTML Embed Code: