Telegram Web Link
✔️Tojikistonning Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar agentligi bilan raqamli transformatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Dushanbe shahriga tashrifi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar agentligi direktori Xurshed Mirzo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⚡️ Tashrif chog‘ida Agentlik rahbari tomonidan mehmonlarga mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat xizmatlarini elektron formatga o‘tkazish, ma’lumotlar almashinuvi tizimlarini yaratish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/93400

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dushanbe shahrida telekommunikatsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi

🟪Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasining Dushanbe shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Aloqa xizmati boshlig‘i Isfandiyori Sa’dullo o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🟢Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, chegaraoldi hududlarda aloqa tizimlari barqarorligini ta’minlash hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/93476

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 O‘zbekiston va Tojikiston IT Parklari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi

#️⃣Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning Dushanbe shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida Tojikiston poytaxtida joylashgan “IT-Park Dushanbe” faoliyati bilan yaqindan tanishuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida delegatsiyaga mazkur parkning tashkil etilish tarixi, uning asosiy yo‘nalishlari, rezident-kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda Tojikistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/93487

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘z o‘rnini topgan matonatli dizayner

1994-yil. Bir qarashda oddiy yildek tuyuladi. Ammo o‘sha yili dunyoga kelgan bir inson keyinchalik o‘z jasorati, mehnati va irodasi bilan ko‘pchilikka ilhom bo‘lib kelmoqda. Bu inson – Abror Sobirov.

🛡 Abror bolaligidan juda qiziquvchan, ijodkor, har narsada go‘zallik izlaydigan bola. Har bir chiziq, har bir rang uning ko‘zida ma’no kasb etadi. Uning orzusi — dunyoga o‘z ijodi orqali ta’sir o‘tkazish, odamlarni ilhomlantira oladi.

😜 Abrorning imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, u hech qachon “cheklov” degan so‘zni tan olmagan. Irodasi, mehnati va ishtiyoqi bilan u bu to‘siqlarni birma-bir yengib kelmoqda.

☄️ 2022-yili Abror o‘z orzusining navbatdagi pog‘onasiga yetdi – u Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomladi. Bu uning hayotidagi yangi davrning boshlanishi bo‘ldi.

👨‍💻 2024-yil mart oyidan boshlab u Unicon Soft MChJ jamoasiga qo‘shildi. Bu yerda u grafik dizayner sifatida o‘z salohiyatini namoyon etmoqda. Abror yaratgan har bir ish nafaqat go‘zal, balki hissiyotga boy. U uchun dizayn bu shunchaki ish emas. Bu – dunyo bilan muloqot qilish usuli.


➡️ Bugun Abror ko‘pchilik uchun namuna. Uning hayot yo‘li – kuch, sabr va o‘zini ishonch bilan topgan insonning yo‘li. U imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, bizga doim insonning irodasi hech qachon cheklanmasligini eslatib turadi.

📺O‘zbekiston 24” telekanalining “Oʻzbekiston vaqti bilan” dasturi orqali Abror Sobirov haqida lavha efirga berildi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев космик мониторинг орқали янги иқтисодий имкониятларни аниқлаш юзасидан таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по выявлению новых экономических возможностей с использованием космического мониторинга.

#Mirziyoyev #taqdimot #iqtisodiyot #kosmos

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Sherzod Shermatov
Бизнес оламида энг машҳур нашрларидан бири Bloomberg да Ўзбекистон сармоялар киритиш учун энг жозибадор маконга айланаётгани ҳақидаги мақолани кўриш, албатта, кишини хурсанд қилади.
🎮O‘zbekiston jamoasi ilk bor "PUBG MOBILE Global Championship 2025" turnirida ishtirok etadi

🎮 Tarixda ilk marotaba O‘zbekiston jamoasi dunyoning eng kuchli 40 ta jamoasi qatoriga kirib, "PUBG MOBILE Global Championship 2025" musobaqasida ishtirok etadi. Turnir Bangkok (Tailand) shahrida oflayn formatda o‘tkaziladi va umumiy mukofot jamg‘armasi 3 000 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Bu yutuq "PUBG MOBILE Super League Central & South Asia – Fall 2025" musobaqasida yorqin ishtirok etish natijasida qo‘lga kiritildi. Turnir Birlashgan Arab Amirliklari (Abu-Dabi) shahrida bo‘lib o‘tdi.

🎮PMSL CSA Fall musobaqasida jami 20 ta (Pokiston , Bangladesh, Nepal, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘istondan) jamoa qatnashdi:

Turnirda saralash bosqichidan o‘tgan hamda bevosita taklif etilgan jamoalar ishtirok etdi, bu esa mintaqadagi raqobat darajasini yanada oshirdi.

🔠 Musobaqa davomida jamoa barqaror o‘yin, jipslik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni namoyish etdi. Shuningdek, jamoaning bir a’zosi guruh bosqichining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.

Dunyo sahnasiga chiqqan ARCRED jamoasi tarkibi:

Muhammadali “EZ4BADBOY” Botirov
Alixon “GLORY” Badriddinov
Xamidulla “HARDBOY” Rustamov
Emil “RAMZES” Yarkovoy


🧩 ARCRED jamoasining "PUBG MOBILE Global Championship 2025"dagi ishtiroki 28-noyabr kuni boshlanadi, shu sanada guruh bosqichi start oladi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/26 06:50:11
Back to Top
HTML Embed Code: