Telegram Web Link
🌿Hamma haq, haqiqat hayron...

@moychechak_ifori🕊
🔥4925🤩8🤗8❤‍🔥4🕊3🎉1
🌿Hech kimga munosibidan ortiq e’tibor ko‘rsatmang...
Yo uni yo‘qotasiz... yo o‘zingizni...

@moychechak_ifori🕊
🔥61💯50❤‍🔥2015🕊61
🌿Ular urishayaptilar va igʻvo qilmoqdalar.. sen esa tabassum qil! Har kim oʻzida borini sarf qiladi.

@moychechak_ifori
72💯25🔥10
🌿Meni umuman qiziqtirmaydigan odamlar o‘zlarini menga raqib deb kurashishlari g‘alati... 😌

@moychechak_ifori
🔥50🥰24👏10😇9💋6🐳42
🌿Nima uchun kamchilik qidirishyapti?
Nimaga sizga imkon berishmayapti?
Nega sizni tan olishmayapti, bularni anglayapsizmi? Chunki siz ularga o‘xshamaysiz... Toza vijdon "illat" deb qaraladigan zamonda yashayapmiz, birodar....

@moychechak_ifori
60💯20🔥10🕊4🥰3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Kichik narsalardan quvongan qalblar ozor berishni bilmaydi, buni his eta olasizmi??? Sizga baxtlar yarashadi, beg‘uborim...

@moychechak_ifori
72🥰23😘6🔥4🐳4👏2
​​​​🌿YANGI YIL

Yana eski yilni ortda qoldirib,
Ildam qadam tashlab o'tar umrimiz,
Yangi niyat, toza baxtga ko'milib,
Orzular bag'rida oqar umrimiz...

Kimdir qadr topdi, bordir tonganlar,
Kimlardir chin orzu taftidan yondi,
Kimdir baxtin topdi, baxtli yuraklar,
Barcha xotiralar o'tmishda qoldi...

Bir yilga ulg'aydik, ildam qadamlar,
Omad yo'llarida mayoq olgaymiz,
Berilar oq qog'oz, rangli bo'yoqlar,
Yangi kunlar uchun surat chizgaymiz...

Har yil takrorlanar xuddi shu tarzda
Har yil umrimizning bir xazon bargi,
Biz chizgan suratlar so'nggi manzilda,
Yillar ko'zgusidir, umrimiz qadri...

Eski yil tashakkur barchasi uchun,
G'aming ham shodliging hayot sabog'i,
Sen bilan boshlanib, senladir yakun,
Har toza niyatning bo'lding tumori...

Yangi yil, xush kelsin niyatlar uchun,
Barcha yaxshilikni dilga jo etsin,
Eng toza niyatlar yozilsin bugun,
Baxtdan bezatilgan yil bo'lib qolsin.

Yana eski yilni ortda qoldirib,
Ildam qadam tashlab o'tar umrimiz,
Yangi niyat toza baxtga ko'milib,
Orzular bag'rida oqar umrimiz...

Yangi 2024-yil sizga, oila a'zolaringizga baxt, omad olib kelsin! Sizga dunyodagi barcha yaxshiliklar, toza qalb hamroh bo'lsin!

Hurmat ila, Mohinur Jonpo'latovna
Saidova

@moychechak_ifori
🥰39❤‍🔥64🔥4👏31🤩1
🌿Hurmatli qadri baland insonlarim!
Sizlarni va oila aʼzolaringizni kirib kelayotgan 2024-yil - Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga sogʻlik, omonlik, baxt-saodat, oilaviy tinchlik va ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman. Barcha orzu-umidlaringizni roʻyobga chiqishida Alloh oʻzi madadkor boʻlsin. Yangi 2024- yil xalqimiz, butun insoniyat qatori Sizu-biz uchun ham eng serfayz, osuda va omadli yil boʻlib xonadonimizga kirib kelsin. Asosiysi, oldinga umid bilan, orqaga shukur bilan, tepaga ishonch bilan, atrofga mehr bilan boqing, shunda hammasi yaxshi boʻladi.

@moychechak_ifori🕊
42🥰8🤩4👏1🕊1
🌿Diqqat, diqqat!!!
2024-yil sizga ulkan baxtlarni olib kelmoqda!... Orzularingiz ushalishiga tayyor turing!

@moychechak_ifori
91🥰16🔥13💯2
🌿Yangi 2024-yil siz uchun:

OMAD
BAXT
QUVONCH
SHODLIK dunyosini

... sovg'a etsin!... Unutilmas va takrorlanmas yil bo'lib kelsin... 🎁🎁

@moychechak_ifori🕊
🥰4312👏8🔥1🕊1
🌿Xush kelding, Yangi yil!!! Qadamlaringdan baxt unib chiqsin, omadli yil bo‘lgin men uchun, biz uchun....

@moychechak_ifori
70🔥10💯2🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Yiroq bo'l hasratdan

Yiroq bo‘l hasratdan, mungdan, ko‘zyoshdan,
Sha’ningga otilgan ta’nadan, toshdan.

Mag‘rur tursang agar, mag‘rur degaylar,
Mutelik izlarlar fe’li yovvoshdan.

Yupanch topoldingmi, dunyoga kelib,
Ustoz yo shogirddan yoki tengdoshdan.

Qashqir to‘dasida qolgan bir otsan,
Tuyog‘ing sinmasa basdir, bardoshdan.

Faqat muhabbatga topingil, ey qalb,
Sen mehr ko‘rgaysan o‘shal quyoshdan.

Axir bobolar ham demishlar qadim:
Muhabbat yaratgan dunyoni boshdan.


@moychechak_ifori
👏8158❤‍🔥8🥰5🤗5🔥3
🌿Qo‘lingizdagi baxtni faqat o‘zingiz saqlay olasiz... O‘zingizni dardli, og‘ir yukli his qilyapsizmi? Baxt sizni tark etayotgandekmi??? Demak qayerdadir xato qilyapsiz... O‘zingizni tahlil qiling.... Aybni birovdan emas, o‘zingizdan izlang!

@moychechak_ifori🕊
72
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#motivatsiya
#tavsiya

🌿Barchani mehrini qozonish uchun o‘zingdan voz kechishing shart emas, sen faqat o‘zingga ishon!

@moychechak_ifori
144
🌿Shunday  boylar  bor, qalbida  arzirli hech  narsa  yoʻq.
Shunday  gʻariblar  bor, qalbi toʻla  gavhar!

@moychechak_ifori🍃
102
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Sizni sevadigan insonlarni qanday bilsa bo‘ladi?

Sizni chin qalbdan sevadigan insonlar, sizga hamisha Allohimni eslatib turadiganlardir.....

Aytingchi, sizda shunday insonlar bormi?

@moychechak_ifori
124
🌿"Qalbim" deganlaring qalbing bo‘lmaydi.
"Suyanchim" deganlaring suyamaydi.
"O‘ng qo‘lim" deganlaring barmog‘ini ham qimirlatmaydi.
"Turib berganlaring" turib bermaydi.

O‘zingdan boshqa hech kimga ishonma..
.

@moychechak_ifori🍃
145
🌿​​Xohlaganingni qil va doim yodingda tut!

Nima qilgan boʻlsang, bir kun kelib, hammasi oʻzingga qaytadi!

Zulm qilsang, bir kun kelib senga ham zulm qilinadi!

Ozor bersang, bir kun kelib senga ham ozor beriladi...

🍃Bilib qoʻy, jazo gunohning oʻz jinsidan boʻladi (qaysi gunohni qilgan boʻlsang, oʻzingga ham xuddi shu gunoh qaytadi).
Har kim qilmishiga yarasha jazo oladi!

@moychechak_ifori
64
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Qiyinchiliklarga sabr qilib, nimadirga erishsangiz kerakli odamga aylanasiz, yo‘qsa sizdan oson kechib ketadilar...

@moychechak_ifori
107
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿Oshig‘ingiz olchi, qo‘lingiz kelgan,
Mendan kim nelarni istar, bilmasam....
Sirtim shu, ichimga she'r va nur to‘lgan,
Nachora, kimgadir yoqsam, yoqmasam.

@moychechak_ifori🍃
60
2025/07/14 17:41:37
Back to Top
HTML Embed Code: