Telegram Web Link
🌿Goʻzallikni oʻz oʻrnidan boshqa joyga boʻlsa ham, ekib qoʻyaver! Chunki, goʻzallik qayerga ekilsa ham, hech qachon zoye boʻlmaydi. Zamonlar har qancha oʻtmasin, baribir oʻsha goʻzallikni ekkan odamgina oʻrib oladi.

@moychechak_ifori🕊
104
🌿 ​​​​Kimdir qalbingizni sindirsa, siqilmang, imkon qadar ranjimang... Allohga yaqin boʻling...

🍃Boshqalarni qoʻying... Ularni ham, sizni ham Kuzatib turgan Robbingiz borligini unutmang...

🍃Istigʻfor ayting, gunohlaringizga tavba qiling, koʻz yosh toʻking... Oʻzidan soʻrang, xatolaringizni anglatishini, bildirishini, koʻrsatishini, holingizni yaxshi tomonga oʻzgartirishini...
Undan soʻramasangiz kimdan soʻraysiz?! Undan oʻzga iloh yoʻqdir...

🍃Siqilishingizga sabab boʻlgan holatlar oʻrnini shodlik egallab olsin. Sizni oʻz holingizga tashlab qoʻymaydigan Zot sizni qoʻllasin, xotirjamlik bersin, kuldirsin, baxtlilardan qilsin...
Robbim sizni sevsin...
Robbingizni sevgisi siz uchun kifoya emasmi?!

🍃Sevimlilardan boʻling ilohim...

@moychechak_ifori🍃
115
Insof
Dildora Niyozova
☘️...🎼

#tavsiya

Oxir oqibat bir siqim tuproq bo‘lishimizni chin yurakdan his qilganimizda edi.... Nafrat, gina, mol-u davlat uchun daqiqalarimizni qurbon qilmas edik....

@moychechak_ifori🍃
42
🌿Insonlar ovoz chiqarmay yig‘lashga o‘rgangan...
Vijdon soqov.....
Iymon ko‘r....

@moychechak_ifori🍃
87
🌿Seni kimdir qo‘rqitdimi deyishdi.... Ey barakatopgur, Meni adolat, qonun, vijdondan boshqasi qo‘rqitmaydi, qo‘rqita olmaydi... Nafasimizda g‘ubor yo‘qligidan bu, sezmayapsizmi?

@moychechak_ifori🍃
103
🌿Bir maktub oldim. Maktubda...

“Siz ongli mavjudot sifatida baxtli bo‘lishni istamas ekansiz, sizni o‘zingizdan boshqa hech kim baxtli qilolmaydi. Siz dunyoga baxtli bo‘lish uchun kelgansiz baxt uchun masofalar, manzillar, imkoniyatlar cheksiz” deyilgan edi.

O‘z qobig‘ingizga o‘ralib olmang. Otayotgan har bir tong va keladigan har bir tun yangi orzularning, yangi imkoniyatlarning, yangi baxtlarning, yangi mo’jizalarning boshlanishi uchun berilgan imkon qadrligim...

Kuningiz baxtli lahzalarga boy bo‘lsin! 🌞☕️

@moychechak_ifori🍃
92
🌿Kulib turgan yuzda farishtalar yashaydi. Shu tufayli insonlar tabassum yuzli insonlarga talpinadi.

🌱Kulib yurish - bu, Energiya!
Ilohiy neʼmat! Shuning uchun muqaddas dinimizda tabassum - hadya deyiladi.

🌱Tabassum qiling!
Zero, hayotga kulib boqqanlarni Butun Olam ham kulib qarshi oladi!

🌱Pozitiv energiyaga boy yaxshilarim!.. Doimo tabassum qilib yurishni odat qiling! 🤗🙃
🌱Chunki - hayotimiz xursand boʻlib,
tabassum qilishga million marta arziydi!

@moychechak_ifori🕊
118
🌿Alloh biladi sen charchading. U bilan bu senga oson emas. Lekin bilki, Alloh seni sen bajara olmaydigan vaziyatga solmaydi. Bu harakatlaringning natijasi bo'ladi. Bu og'riqlarning natijasi bo'ladi. Yaxshi kunlar seni kutyapti.
Inshaalloh...

@moychechak_ifori🍃
170
🌿Oʻzingiz chala yashasangiz ham, koʻnglingiz istagan ishlarni chala qoldirmang!
Siz  chala  ishlaringizga beparvo yashab yuraverasiz, lekin koʻnglingiz  oʻsha  yumush  bitmagunicha beqaror va bedor boʻlib oʻtadi.
Chunki,  koʻngil  chala ishga oʻrganmagan...

@moychechak_ifori🍃
80
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Yaxshilik qiling, zero siz qilgan yaxshilik albatta nur bo‘lib qaytadi. Yomonlik qilishga shoshilmang, falak garduni sizga qaytar dunyo bo‘lib qaytaradi...

@moychechak_ifori🍃
97
🌿Bizga qanday yashashni, qanday bo‘lishni o‘rgatmang! Haddingizni biling, o‘zimizda bori bilan yashashga o‘rganganmiz!

@moychechak_ifori🍃
83
🌿Bizdan istaganlarini olisholmasa, yoki ular xoxlagandek bo‘lolmasak yomonga aylanamiz, qolamiz... Qiziq, g‘alati emasmi? Siz aslida bizga muhabbatli emas, o‘zingizni tanlovingizni rad etilishidan qo‘rqadigan odamlar toifasidansiz!

@moychechak_ifori🍃
101
🌿Hayotning qonuni shu — qiyshiq mixni hech kim qoqmaydi.  Qancha toʻgʻri boʻlsang, boshingga bolgʻa kelib tushaveradi...

@moychechak_ifori🍃
131
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

🌿Qanday bo‘lsangiz shundayligingizcha qoling!

🍃O‘zimizni sherga, bo‘riga, burgutga qiyoslashdan oldin odam bo‘laylik!

@moychechak_ifori🍃
100
🌿Tortishib qolishsa ham, bir muddat vaqt o‘tgandan keyin hech narsa bo‘lmaganday muomala qiladigan insonlarni qadrlayman. Mehrni hirs, kibr va g‘ururdan ustun qo‘yadiganlarni sevaman...

☘️Bormi sizning shunday qadrdonlaringiz? Bo‘lsa ularni ehtiyot qiling. Sizdan ranjigan bo‘lsa-da, yosh to‘la ko‘zlariga soxta g‘azab tusi berib, nigohlari orqali: "Asabimga tegsang ham seni yaxshi ko‘raman!" deydigan kishilaringizni ko‘nglingizning to‘rida asrang!..

🌱Bundaylar tobora kamayib boryapti...

@moychechak_ifori🍃
124
DYSTINCT – Tek Tek ft. MHD (prod. YAM, Unleaded & DYSTINCT) / ديستانكت…
Avalon Music
🎼... ☘️

🌿Ma'nosini tushunmadim-u lekin yaxshi qo‘shiq ekan. 😁🙈💃🕺

@moychechak_ifori🍃
38
🌿Inson qalbida nima koʻtarib yursa,
dunyoni ham shunday koʻradi.


🌱Qalbingiz faqat samimiylikni, adolatni, tozalikni, mehrni ko‘tarib yursin. Tuningiz xayrli bo‘lsin🌙.

@moychechak_ifori🍃
108
🌿Yomonlikka chaqiruvchilar charchashmaydi, ular bu botil yo’llarida hech qanday kuch sarf qilishmaydi, aksincha, hamma charchoq va mashaqqat yaxshilikka chorlovchilarda bo’ladi.

@moychechak_ifori🍃
82
🌿Soddalik ko'chati farosat suvi bilan sug'orilmasa, go'llik daraxtiga aylanadi.

#fikrqiling

@moychechak_ifori🍃
122
🌿Baʼzan xayolda oʻylagan narsangni yuziga aytib tashlaging keladi. Ammo bu yaxshi narsalarga olib bormaydi, shu uchun ham sukut saqlaysiz!

@moychechak_ifori🍃
131
2025/07/13 20:47:46
Back to Top
HTML Embed Code: