Telegram Web Link
🍁Haqiqatni aytaymi?
Qalb aql bilan bir xil o‘ylay boshlaganida
O‘YIN TUGAYDI!


@moychechak_ifori🍂
122
🌿Kamchiliklaringiz haqida oʻylamang! Bu eng birinchi va muhim qoidalardan biri. Sizda bor muammolar boshqalarda yoʻq, deysizmi?!
🌱 Hech qachon, qanday vaziyat boʻlishidan qatʼi nazar qaddingizni egmang!!!


@moychechak_ifori🍂
84
🌿Kimdir seni taqvodor deb bilsa, kimdir gunohkor deb biladi. Kimdir seni yaxshi deb bilsa, yana kimdir yomon deb biladi, kimdir unday, yana kimdir bunday deb biladi. Lekin sen oʻzingning kimligingni boshqalardan koʻra yaxshiroq bilasan!


☘️Sendan boshqa hech kim bilmaydigan yagona sir bor. Bu Robbing bilan boʻlgan aloqangdir! Birovlarning maqtoviga gʻururlanma, haqoratiga ozorlanma!


@moychechak_ifori🍁
103
🍁Qanchalik afsusli holat....
- Nega deysizmi?
Atrofga qarang, kimdir mansab talashadi, kimdir pul, kimdir esa obro‘.... Lekin kimdir vijdonini asrab qolish uchun talashmaydi, bu uchun kurashmaydi.... Ular dunyo moddiyliklariga intilish sabab eng katta xazinalarini birin- ketin boy berishayotganlaridan zarracha xabarlari yo‘q.... Ular haliyam shodlar, yuzlarida tabassum...


@moychechak_ifori🍂
83
🍁Bu dunyoda yuragi yonib turganlarga yashash juda qiyin...


@moychechak_ifori🍂
146
Salom qish! Salom mo'jizalar fasli!☃️❄️
Qishning ilk kuni muborak bo'lsin... ❄️
Qalbingizda qordek beg'uborlik hamroh bo'lsin. Doim yaxshilik, yaxshi amallar siz bilan ergashib yursin... Siz yaxshi insonimsiz, yaxshiyam borsiz. O'zingizni ehtiyot qiling!🤗


♡Oy_Nur

@moychechak_ifori🕊
103
🌿Yoʻqotgan narsangizni topib olsangiz, xursand boʻlib ketasiz... Qalblar yoʻqolmasin. Ularni qayta topmoq ancha mushkul...

@moychechak_ifori🕊
92
🌿Shunchaki harakatdan to‘xtab qolmaslik kerak!


@moychechak_ifori🕊
123
🌿Bilganlaringning hammasi ham qalbingga huzur baxsh etavermaydi. Ayrim narsalar noaniq qolsa goʻzalroq boʻladi.


@moychechak_ifori❄️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
85
...... ❤️🌿

Ba'zi jimliklar uchun uzur so‘rayman, beg‘ubor qalblilarim...! Hayotimda hozir faqat o‘z ustimda ishlash jarayoni bilan bandman! To‘g‘ri tushanasiz deb umid qilaman! Imkon qadar qalbingizga yetib boradigan postlar qo‘yib borishga harakat qilaman❤️...

🔔
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
144
🌿Aslida, hayotimizni oʻzgartirib yoki qiziqarli qilib yashash imkonsiz emas...
Shunchaki musavvir tabiat bilan hamkorlik qilish kerak xolos!


@moychechak_ifori❄️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
117
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qalb_taskini

Qalb shunday bir dargohki, sal narsaga ham xursand bo‘ladi.... Qalblar tubiga ozor berib emas, orom berish sizni ham qalbingizga jannatni paydo qiladi.... ❤️


@moychechak_ifori🍃
195
🌿Seni uddalay olishingni kutganlardan koʻra, uddalay olmasligingni kutganlar koʻproq. Ana oʻshalar uchun ham uddalashing shart!


@moychechak_ifori🕊
99
🌿Insonga baxt berish uchun u bilan birga yashash shart emas.
Agar u anglay olsa, uni oʻylashingizning oʻzi ham aslida bir baxt...


@moychechak_ifori🕊
120
🌿ESKI YIL

Bugun soʻngi kuning.
Oxirgi marta,
Sening tonging boʻlib yorishdi falak.
Odamlar yangisin olqishlar payti,
Men seni koʻnglingni ololmay halak.

Bugun oxirgi kun,
Ertadan boshlab,
Sening bir lahzanga sigʻmaydi haddim.
Hamma yangi yilni tursa olqishlab,
Men seni kuzatib turib...
Yigʻladim!

Tugab borayapsan,
Haqdir ibtido,
Yakun bor har neda bilolmam nega?
Hatto bor davlatim qilsam ham fido,
Olib qololmayman bir daqiqaga!

Xizmating oʻtading, muhlating bitti,
Oʻrningga kelarni mushtoq kuturlar.
Sening kitobingni berkitib shartta,
Xotira yurtiga surgun eturlar.

Kimlar quvondilar sendan beqiyos,
Kimning hayotida qaro nuqtasan.
Boraqol, norizo boʻlma,iltimos,
Endi iloji yoʻq bugun ketmasang!


@moychechak_ifori
78
#2025

Hurmatli Qadrdonlarim! Sizlarni va oila aʼzolaringizni kirib kelayotgan 2025-yil - Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga sogʻlik, omonlik, baxt-saodat, oilaviy tinchlik va ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman. Barcha orzu-umidlaringizni roʻyobga chiqishida Alloh oʻzi madadkor boʻlsin. Yangi 2025- yil xalqimiz, butun insoniyat qatori Sizu-biz uchun ham eng serfayz, osuda va omadli yil boʻlib xonadonimizga kirib kelsin. Asosiysi, oldinga umid bilan, orqaga shukur bilan, tepaga ishonch bilan, atrofga mehr bilan boqing, shunda hammasi yaxshi boʻladi.


@moychechak_ifori🎁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
73
🌿Yangi 2025-yil siz uchun:

OMAD
BAXT
QUVONCH
SHODLIK dunyosini

... sovg'a etsin!... Unutilmas va takrorlanmas yil bo'lib kelsin... 🎁🎁


@moychechak_ifori🕊
49
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52
​​​​🌿YANGI YIL

Yana eski yilni ortda qoldirib,
Ildam qadam tashlab o'tar umrimiz,
Yangi niyat, toza baxtga ko'milib,
Orzular bag'rida oqar umrimiz...

Kimdir qadr topdi, bordir tonganlar,
Kimlardir chin orzu taftidan yondi,
Kimdir baxtin topdi, baxtli yuraklar,
Barcha xotiralar o'tmishda qoldi...

Bir yilga ulg'aydik, ildam qadamlar,
Omad yo'llarida mayoq olgaymiz,
Berilar oq qog'oz, rangli bo'yoqlar,
Yangi kunlar uchun surat chizgaymiz...

Har yil takrorlanar xuddi shu tarzda
Har yil umrimizning bir xazon bargi,
Biz chizgan suratlar so'nggi manzilda,
Yillar ko'zgusidir, umrimiz qadri...

Eski yil tashakkur barchasi uchun,
G'aming ham shodliging hayot sabog'i,
Sen bilan boshlanib, senladir yakun,
Har toza niyatning bo'lding tumori...

Yangi yil, xush kelsin niyatlar uchun,
Barcha yaxshilikni dilga jo etsin,
Eng toza niyatlar yozilsin bugun,
Baxtdan bezatilgan yil bo'lib qolsin.

Yana eski yilni ortda qoldirib,
Ildam qadam tashlab o'tar umrimiz,
Yangi niyat toza baxtga ko'milib,
Orzular bag'rida oqar umrimiz...


Yangi 2025-yil sizga, oila a'zolaringizga baxt, omad olib kelsin! Sizga dunyodagi barcha yaxshiliklar, toza qalb hamroh bo'lsin!

Hurmat ila, Mohinur Jonpo'latovna
Saidova

@moychechak_ifori
51
🌿Xush kelding, Yangi yil!!! Qadamlaringdan baxt unib chiqsin,  omadli yil bo‘lgin men uchun,  biz uchun....


@moychechak_ifori
94
2025/07/14 21:54:21
Back to Top
HTML Embed Code: