Telegram Web Link
🌿Yangilanish va yosharish bayrami Navroʻz ayyomi muborak boʻlsin!
Navroʻz bu – goʻzallikdir. Goʻzallik esa dillardan dilga, undan esa olamga, zaminga koʻchadi. Mana shunday sururli lahzalardan bahramand boʻlgan keksa-yu yoshning dil gʻuborlari ariydi,yurtda toʻyu tomoshalar, bayram sayillari avjiga chiqadi…
Bundan-da goʻzal baxt bormi?!
🍃Bu bayramni uyingizda, xonadoningizda yaqinlaringiz bilan birga oʻtkazish nasib qilgan ekan, oʻrtangizdagi mehr muhabbat doim bor boʻlishini, fayzu baraka hech qachon arimasligini, ENG muhimi hamma vaqt sogʻ-omon boʻlishingizni tilab qolaman. Uyingiz hamisha xursandchilikka toʻlsin!


Navroʻzingiz qutlugʻ boʻlsin!!!!🌸🌿

@moychechak_ifori🕊
39
🌸Bahor ko'rkamligi, subhidam tongi,
Beg'ubor qalbingiz hamrohi bo'lsin!
Quvonchlar tilayman yangidan yangi,
Dilingiz shodlikka, orzuga to'lsin!!! 🌸



​​ 🌸 Aziz yurtdoshim, qadrli insonim! Hamma-hammasi yangicha, oʻzgacha, avvalgisiga oʻxshamagan kunlar kutyapti bizni. Olam yasanib, gullarga burkanib, poklanib va yanada fayzu-barakotlarga toʻla sandiqlarini tuhfa etib, goʻzal tabassum ila peshvoz chiqyapti. Siz uning tashrifidan mamnunmisiz?
🌸 Har onidan zavqlaning, har damiga orzular roʻyhatini biting! Sogʻu-salomat, yangicha kuch-gʻayrat va ulkan ishonch ila olgʻa! Navroʻzi Olam muborak, Aziz insonim!


🌿Hurmat bilan, Mohinur Saidova Jonpo'latovna🌸

@moychechak_ifori🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
66
🌿Quyosh chiqdi, olam nurafshon,
Yer-u, samo nurlarga toʻlsin!
Bugun Iyd, qadrli inson,
Ayyomingiz muborak boʻlsin!

🌿Qadrligim, Ramazon hayiti muborak boʻlsin...
Barcha ezgu niyatingizga yeting..
Siz eng mukarram insonsiz,
Hamisha hamma yaqiningizga keraksiz oʻzingizni ehtiyot qiling, Robbim madadkor boʻlsin....


@moychechak_ifori🕊
56
POKLANGAN KUN MUBORAK!

🌿 Bugun nurli kun bo'lsin, qalbga mehr yetkazgan,
Saodatli yo'l bo'lsin, iymonimiz bezagan,
Ramazon eng qutlug' kun, nurli yo'ldir aslida,
Kim toza qalbli bo'lsa, har niyatga qo'l bergan!....
Sizga tilay yaxshilik, hamroh bo'lsin sof niyat,
Poklangan kun muborak, iyd- ramazon muborak!!!!....



🌿Olloh qanot bo'lgaydir, kimda bo'lsa xush tilak,
Kimgadir ko'mak berib, chin qalbdan bo'lsa tirgak,
Sabrnimas, iymonni metindayin toblagan,
Gunohlarni aritsin bu kunda nurli malak.
Sizga tilay yaxshilik, hamroh bo'lsin sof niyat,
Poklangan kun muborak, iyd- ramazon muborak!!!!....


Ey Allohim, bugun shunday Hayit bo'lsinki, kechirilmagan banda, shifo topmagan xasta, huzr qilmagan qalb, uyg'onmagan vijdon, Alloh deb so'zlamagan til qolmasin! Alloh bu kunning fazilatidan xonadoningizga O'zining xayru barokatlarini yog'dirsin...
Hayit muborak bo'lsin!...


Hurmat bilan, Mohinur Jonpo‘latovna Saidova☘️

@moychechak_ifori🍃
82
🌿Har doim minnatdor boʻlishingizga arzirli sabab boʻladi.

🍃Hayotdan, oilangizdan, yaqinlaringizdan, tasodifiy yoʻlovchidan - har kimdan. Yashaydigan uyingiz boʻlsa, qozoningiz qaynab tursa, sogʻligingniz joyida boʻlsa – demak, hammasi koʻngildagidek. Baxtli boʻlishingiz uchun biror bir nufuzli kasb egasi yoki milliarder boʻlishingiz shart emas. Kim boʻlishingizdan qatʼiy nazar, dunyoda sizdan-da yaxshi yo yomon yashaydiganlar qanchadan-qancha ekanligini unutmang!


🍃Bugungi kuningizga shukur qilishni oʻrganing va oʻzingizda yoʻq narsaga erishaman deb, borini qoʻldan boy bermang!

@moychechak_ifori🍃
133
🌿Baʼzan shukur deysan, oddiylik tanloving bo‘lganidan.... Nimani his etayotganingni anglab yashayotganing uchun....


@moychechak_ifori🍃
119
🌿Zerikmang, kuyinmang, qalbingizni qismang.... Hammasi o‘tkinchi, borar manzilimiz esa aniq....


@moychechak_ifori🍃
115
🌿Har kim qalbining rangida yashaydi hayotini va har kim qalbining rangini yuqtiradi atrofdagilarga..


@moychechak_ifori🍃
110
🌿Singan narsa asliga qaytmas, deyishadi. Gohida esa aslidan ham afzal holga kelishi mumkin. Qachonki biz isloh etish isteʼdodiga ega boʻlsak...
O‘zgalar bergan ozorlarga emas, o'zingizda bor bo'lgan kuch va iqtidorga ishoning!🍃


@moychechak_ifori🕊
88
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿Hamma insonlar biz uchun katta tajriba makoni...



@moychechak_ifori🍃
162
🌿Ba'zida erisha olmaganimiz eng xayrlisidir... Balki Alloh shunday bo'lishi kerakligini bilib bizdan xayrsiz insonlarni yoki xayrsiz moddiyliklarni uzoqlashtirar... Zero, Alloh bilguvchi zot! Siz sabr qilguvchilardan bo‘ling!


@moychechak_ifori🍃
153
🌿Ichingda rang yo'q ekan, tashqaridan kamalak qidirma....


@moychechak_ifori🍃
142
🌿Bora-bora yolg‘izlikdan qo‘rqadigan emas, huzurlanadigan bo‘lasan....

@moychechak_ifori🍃
168
🌿Bir qarasang, hammasi sarob ekanligini ko‘rasan....

@moychechak_ifori🍃
106
🌿Yana aytaman, insonda had, chegara bo‘lmasa, qolgani bir tiyin...

@moychechak_ifori🍃
147
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿Dunyo moddiyligidan ustun turadigan birgina narsa bor, bu ham bo‘lsa haqiqiy sevgi... Lekin bu hammaga ham tortiq etilmaydi...


@moychechak_ifori🍃
358
Ehtiyot bo‘ling, qalbingizdagi umid, baxt, mehr qushi jarohatlanmasin, yo‘qsa, hayotingdagi mazmunni yo‘qotib qo‘yasiz.....


@moychechak_ifori🍃
147
🌿Shunchaki baxtli boʻlish mumkinmi?

Albatta mumkin!😊 Gap shundaki baxt sizning choʻntakdagi pulingizga, yashayotgan uyingizga, kaaaattta amalingiz borligiga, osmonoʻpar shaharlarda ekaningizga, har kuni ertalab borib kechda qaytayotgan ishingizga, bolalaringiz yoningizda yoki yoningizda emasligiga, hatto sevgingizga sira bogʻliq emas.🤓 Baxt shunday narsaki, u yo bor, yo yoʻq! 😉 Baxt faqat siz va sizni qalbingiz bilan bogʻliq shodlik! 😉 Shunchaki bor boʻlishdan zavq olish Baxt!😇


Xayrli tong, baxtliiilaaar!🥰

@moychechak_ifori🍃
85
Nigina Amonqulova - Dost Nadori (Official Video)
NiginaAmonqulovaVEVO
🌿Qalbingizni asrang, undan boshqa hech nima u qadar qadrli emas...


@moychechak_ifori🍃
35
2025/07/14 17:41:11
Back to Top
HTML Embed Code: