Telegram Web Link
Mudofaa vazirligi sportchilari akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishdi

Vyetnamning Xayfon shahrida bo‘lib o‘tgan akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etib, xalqaro sport maydonida yurtimiz sha’nini munosib himoya qildi.

Quvonarlisi shundaki, qit’a miqyosidagi ushbu chempionatda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchilari ham faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishishdi. Jumladan:

🥇 Qurolli Kuchlar xizmatchisi Anna Prakaten — “W2x” dasturi bo‘yicha oltin medal sohibasi;

🥈 Qurolli Kuchlar xizmatchisi Shaxboz Xolmurzaev — “M4x” dasturida kumush medal sovrindori;

🥈 Qurolli Kuchlar xizmatchisi Shaxzod Nurmatov — “LM1x” dasturida kumush medal,🥉 hamda “LM4x” dasturida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Sportchilarimiz tomonidan erishilgan ushbu yutuqlar ularning yuksak mahorati, mashaqqatli mehnati hamda Vatanga sadoqatining amaliy ifodasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi barcha g‘olib va sovrindor sportchilarni chin dildan muborakbod etadi, ularga kelgusidagi sport faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar, yorqin g‘alabalar va xalqaro arenalarda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishda omad tilab qoladi.


↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Birdamlik va hamkorlik: Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Suhbatlar chog‘ida harbiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, tajriba va amaliy bilim almashuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil...

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Sharqiy harbiy okrugda malaka oshirgan harbiy xizmatchilarga sertifikatlar topshirildi

Dastur doirasida tinglovchilar zamonaviy harbiy boshqaruv, ilg‘or qurol-aslaha va texnik vositalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, shuningdek, psixologik tayyorgarlik kabi yo‘nalishlarda chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Batafsil...

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
🔉 Diqqat, ommaviy sayyor qabul!

🏳️ Joriy yilning 23-oktabr kuni soat 11:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani "Qiriq-qiz" (Aqsholaq) shaharchasidagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida sayyor hamda ommaviy qabul o‘tkaziladi.

Ushbu sayyor qabulda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishida yordam ko‘rsatiladi.


📞 Qo‘shimcha ma'lumot:
Nukus harbiy prokuraturasi
(99) 971-10-07

➡️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuvi o‘tkazildi

Uchrashuv avvalida ishtirokchilarining «Motamsaro ona» monumenti majmuasi bo‘ylab ekskursiyasi va delegatsiya rahbarlarining «Matonat madhiyasi» monumenti poyiga birgalikda gulchambar qo‘yish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng “Silk Road Samarkand” turizm markazida qardosh davlatlar mudofaa vazirlarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil...

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Samarqand shahrida Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun, 20-oktabr kuni Samarqand shahrida Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida ishtirokchilarining «Motamsaro ona» monumenti majmuasi bo‘ylab ekskursiyasi va delegatsiya rahbarlarining «Matonat madhiyasi» monumenti poyiga birgalikda gulchambar qo‘yish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng “Silk Road Samarkand” turizm markazida qardosh davlatlar mudofaa vazirlarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


➡️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston mudofaa vaziri ozarboyjonlik hamkasbi bilan uchrashdi

Bugun, 20-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Ozarboyjon Respublikasi mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan Samarqand shahrida ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.
Batafsil...

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
2025/10/21 02:15:11
Back to Top
HTML Embed Code: