O‘q otish sportini rivojlantirishga bag‘ishlangan uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi
↘️Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazining o‘q otish sport bazasida o‘q otish sporti faoliyatini samarali tashkil etish va uni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan mas’ul vakillar, sport bo‘limlarining mutaxassislari, shuningdek, o‘q otish bo‘yicha katta tajribaga ega murabbiylar ishtirok etdilar. Yig‘in davomida o‘q otish sportini harbiy qismlar va hududlarda keng ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar orasida ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, hamda yuqori malakali sportchilarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy chora-tadbirlar keng muhokama qilindi.
Yig‘in doirasida sportchi va murabbiylar uchun ilg‘or tajribalarni o‘rganish, mashg‘ulot jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, mavjud sport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, shuningdek, mahalliy va xalqaro musobaqalarni yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yig‘ilishda mudofaa vaziri tomonidan sohaning rivoji uchun belgilab berilgan strategik topshiriqlar taqdim etildi. Jumladan, o‘q otish sportini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sportchilar tayyorgarlik darajasini oshirish va xalqaro miqyosdagi yutuqlarni ko‘paytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan o‘q otish sportini mamlakat miqyosida keng targ‘ib qilish, yosh va istiqbolli sportchilarni tizimli ravishda tayyorlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va sohada uzluksiz rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan aniq amaliy ish rejasi ishlab chiqildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
↘️Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
“G‘oyaviy jangchi”: Harbiy xizmat sha’ni va ruhiy barqarorlik ramzi
↘️Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qismlar va bo‘linmalarda xizmat olib borayotgan shaxsiy tarkib o‘rtasida “G‘oyaviy jangchi” ko‘rik-tanlovinig yakuniy bosqichi boshlandi.
Mazkur tanlov umumqo‘shin, artilleriya, tank, havo-desant kabi bir qator bo‘linmalar, shuningdek, markazga bo‘ysunuvchi harbiy qismlar va o‘quv-jangovar brigadalarda xizmat qilayotgan kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan safarbarlik chaqiruvi rezervi askarlari ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Harbiy xizmatning ijtimoiy mavqeini yanada oshirish, shaxsiy tarkib orasida Vatanga sadoqat, kasbga muhabbat, yuksak fidoyilik va milliy ruhni mustahkamlash tanlovning asosiy maqsadidir.
Shuningdek, harbiy jamoalarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ilg‘or harbiy an’analarni joriy etish, shaxsiy tarkibning intellektual, axloqiy va ruhiy salohiyatini oshirish orqali ularning jangovar tayyorgarligini yangi bosqichga olib chiqish ham ushbu tanlovning ustuvor vazifalari sirasiga kiradi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar ijtimoiy-siyosiy bilimlar, harbiy kasb etikasi, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari, jamoat oldidagi chiqishlar, axborotdan foydalanish madaniyati, zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi mafkuraviy immunitet va kommunikativ kompetensiyalar kabi yo‘nalishlarda sinovlardan o‘tadi. Har bir bosqichda eng munosib nomzodlar saralab olinib, yakuniy respublika bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.
Tanlov jangovar shaylikni mustahkamlash, shaxsiy tarkibning intizomi va saf intizomini yuqori darajada ushlab turishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
↘️Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Millat fidoyilari unutilmaydi
Batafsil... | Подробно...
↘️Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Sharqiy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Millat fidoyilari” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Batafsil... | Подробно...
↘️Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Muborak va Nishon tumanida “Jasorat maktabi” o‘quv-yig‘iniga start berildi
Batafsil...
↘️Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Katta tayyorgarlik va yuqori kayfiyatda kutib olingan mehmonlar dastlab Qarshi harbiy gospitalining malakali harbiy shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, harbiy liboslar tarqatildi.
Batafsil...
↘️Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Temiryo‘l platformasida aniqlik va mas’uliyat
Batafsil...
↘️Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Mashg‘ulotda Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda Marg‘ilon temir yo‘l bekati mutaxassislari ishtirok etib, qorovul shaxsiy tarkibi va mas’ul xodimlarga harbiy texnikalarni temiryo‘l orqali tashishni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar, nazariy bilim hamda amaliy tajribalarni yetkazishdi.
Batafsil...
↘️Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
