Telegram Web Link
Mujik ekansiz

Shu jumalaga ko'p duch kelganman va qizlarga yoki opalarga ham bu jumlani ishlatib turishadi.

Ha bu jumla qizlarga ishlatilishi noto'g'ri lekin buni ildizidagi ma'nosi boshqa bo'lgani uchun to'g'ri kelaveradi.

"Mujik ekansiz" degan gap asl ma'nosi siz intizomlik va fidoyi ekansiz degani.

Ya'ni bir ishni oxirigacha qiladigan bo'lsangiz ha mujik deyishadi.

Opalar ham gapiga javob berib oxirigacha gapida turib ishni tugatsa, mujik ekansiz deyishadi.

Bu gap bizni kattalardan qolgan bo'lsa kerak, shu bilan birga ular doim intizomlik bo'lgani uchun mujik deyishgan agar intizomlik qila olmasdan, fidoiylik qila olmasa, mujik deyishmaydi.

Bu esa erkaklikka zid degani, demak, erkak kishi doim intizomlik bo'lishi va fidokorlik bilan ishlashi kerak bo'ladikan.

Buni tushunish biroz qiyin o'zim ham ancha vaqt davomida tushundim

Hammaga omad ))
Forwarded from Articles about anything
Tartibli_hayot..pdf
13.5 MB
tartibli yashashga harakat qilaman va bu maqolada siz uchun kerakli ma'lumotlar bor

qilayotganlarim va qilmoqchi bo'lgan usullar va tavsiyalar yozilgan

1/10
Fidoiylik (dedication) sizni qutqaradi

Agar siz natijaga erishishda qiynalayotgan boʻlsangiz, fidoiylik yordam beradi.

Dedication - bir ishni tugaguncha bajarish.

Ilm olishda ham, sport bilan shugʻullanishda ham, sogʻlom ovqatlanishda ham intizom muhim.

Lekin maqsadingiz bilan ishni boshladiz lekin yarim yoʻlda qiynalib qoldiz, tashlab ketmasdan oxirigacha tugtaishingiz sizga kuch beradi.

Intizom va dedication birgalikda nega kerakligini bu yerda yozdim.

Menda bu odatlarni ichida dedication kuchli rivojlangan.

Harakterim ichiga aynan shu odat kirib kelgan, endi intizomni qoʻshish kerak.

Intizom ba'zi joylarda bor lekin foydali paytda yoʻq boʻlib qoladi.

Dangasaman va tan olaman.

Yilni oxirigacha yomon odatlardan qutilishga harakat qilaman.

Dedication ustida ishlang hammasi yaxshi boʻlib ketadi.
Yaxshi boʻlish kerak

Hayot qiyinchiliklardan iboratdek goʻyo

Doim ham yutavermaysan lekin doim yutkazasan

Yutkazish davomida tushunib yetasan-ki, sen bu hayotda yutish uchun kelmagansan, ibrat boʻlish uchun kelgansan.

Shuning uchun oʻylab qoldim:

Baʼzida yaxshi boʻlish uchun yaxshi ishlar qilish yetmaydi.

Yaxshi boʻlish uchun yomon ishlar ham qilib turish kerak


Maʼnosi oʻzingiz bir fikr qilib koʻrarsiz.

Yozish odati shakllanib qoldi va bu menga boshqalarda yoʻq kuchni bermoqda.

Tavsiyam siz ham yozishni boshlang, albatta fikrlaringizni ifodalashga foydali boʻladi.
Forwarded from Articles about anything
Nafs bilan kurashish.pdf
8.8 MB
ancha fikrlarim ko'pligi uchun juda birlashtirishga qiynaldim

maqolalar yozishda davom etamiz, sekin o'sib, kitoblar ham yozib yuboramizov

2/10 #sentabr
Forwarded from Articles about anything
Hayotimni ozgartirgan qoidalar..pdf
58.9 KB
o'zimni analiz qilish orqali o'zim uchun hayotiy qoidalar chiqarib olganman

aynan sizga ham muhim bo'lsa kerak degan maqsadda ilindim

3/10 #sentabr
Kasbiy rivojlanish

Qilayotgan ishimizni chuqurroq o'ylasak, potensialimizdan ancha kamroq ish qilayotganimizni tushunamiz.

Ya'ni yo biz ayrim mayda ishlarga chalg'ib, muhimlarini qoldirib, kechiktirib yuboramiz yo umuman dangasalik sababidan yaxshiroq ishlamaymiz.

Bu borib borib, kasbiy rivojlanishga taqaladi.

Siz ishingizdan yoki kasbingizdan rivojlanmayapsizmi, dangasalik qilishni boshlaysiz.

Siz ko'proq ma'suliyatli ishni qilmoqchisiz lekin kichik ma'suliyatli ishni berishadi, aynan sizni qiynash uchun.

Shu kichik ishni bajarish va ma'suliyatni olish orqali hammasini isbotlab qo'yishingiz kerak bo'ladi.

Lekin isbotlab bo'lganingizdan keyin ham siz xohlagan katta topshiriqni berishmadimi, uje bo'ldi.

Sizga ishonishmadi yoki hali tayyor deb hisoblashmadi.

Kasbiy rivojlanish uchun endi siz qo'shimcha skilllar(mahoratlar)ni o'rgana boshlaysiz.

Jamoangizga boshqa kasb vakillaridan oz-ozdan skillarini o'rganib, o'zingizni unikallashtirasiz.

1 yil davomida o'rganib, unikal xodimga aylansangiz, sizni qo'yib yuborishgisi kelmay qoladi.

Biror korxonaga ishga kirmoqchi bo'lsangiz yoki ishlayotgan bo'lsangiz, 1 yilda daromadingizni 2-3xga osshira olasiz.

Ko'proq skillarni bilishingiz orqali albatta.

Men esa haliyam oshira olmadim, bilmadim qachon moliyaviy erkin bo'larkinman 😁.
Forwarded from Articles about anything
Sayohat qilishni xohliman..pdf
54 KB
sayohat qilishni ko'p yillardan beri orzu qilaman

qayerlarga borish ro'yxatini ham aniq qilib qo'yganman

sizda qanday holat, sayohat yoqadimi?

4/10 #sentabr
Tabiiylik eng go'zali

Men tabiiy narsalarni yaxshi ko'raman va ko'zim ularni yagonadek ko'radi.

Tabiatdagi barcha tabiiy narsalar men uchun yagona va ularni o'xshashi yo'q yaratilgan.

Tabiatni asrash kerak deb aynan shunga yatiladi.

Agar biz uni asramasak, tabiat nobud bo'ladi.

Biz tabiatga kerak emasmiz, tabiat bizga kerak.

Uylar qurilyapti, bu qurulishlar soxtalik deb bilaman.

Shu bilan birga kelajak avlodga tegishli bo'lgan narsalarni, ochko'zlik qilib yeb bitirib tashlayapmiz.

Ertaga tabiatsiz yashashi kerak bo'lgan avlod, bizni butun umr qarg'ab o'tmasa bo'ldi.

Tabiiylikni asrab qolishimiz kerak, men keyingi yil uchun yangi maqsad va reja qildim.

2025 yil 100 ta daraxt ekanman, va kelajakda nasib qilsa o'zimning o'rmonimni yarataman.

O'rmonda kelajak avlod uchun barcha shoirtlar mavjud bo'ladi.

Albatta hammamiz qilishim kerak bo'lgan ish deb bilaman, siz ham niyat qiling.

NIyatingizni o'zi ham yetarli bo'ladi, rahmat).
Muomala madaniyati

Doim insonlar bilan suhbatlashish jarayonida eng eʼtibor berishimiz kerak boʻlgan narsa.

Odamlar turli xil kayfiyatda boʻladi va har xil fikrlashadi.

Kayfiyati yoʻq odam bilan yoki shoshilayotgan odam bilan uzoq gaplasha olmaysiz.

Agar uzoq qolib ketsangiz u yoki siz bir-biringiz bilan tortishib qolasiz.

Fikrlashlari esa juda qiyin, ya'ni siz doim ham yaxshilikni oʻylashingiz kerak emas.

Yaxshi boʻlish uchun yomon ham boʻlib turish kerak.

Gaplashish jarayonida doim ishonch bilan xushmuomala gapiring.

Ovozni boʻgʻib, dongʻillab gapirmang!

Ovozni pastlatib eshitmaydigan darajada ham gapirmang.

Aniq va tezlik bilan gaplashishga harakat qiling.

Bu haqida yana batafsil yozishga harakat qilaman hozircha shular

Davomi bor...
Kimligingizni esdan chiqarmang

Ba'zi insonlar ozgina yutuqqa erishsa oʻzini baland sanashadi.

Toʻgʻri kimdirdan yaxshiroq va muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin.

Lekin ularga nisbatan oʻzini kuchliroq his qilishi, oʻziga qarshi ishlashi mumkin.

Agar siz kimdirdan kuchliroq boʻlsangiz, ularni kamsitish emas.

Balki ularni rivojlantirishga harakat qilishingiz kerak.

Bu albatta insonlarni oʻziga ham bogʻliq, kimdir intiluvchan kimdir esa unday emas.

Kimdandir kuchliroq va oʻsha soniyani oʻzida kimdandir kuchsizroqsiz.

Doim haddingizni biling va toʻgʻri pozitsiyada yuring.

Oʻrtada yurish sizga koʻproq kuch beradi.

Kuchsizlarga qarab yordam berasiz, kuchlilarga qarab sizga ham yordam kerakligini anglaysiz.

Oʻzi doim bizga yordam kerak boʻlgan.

Haqni esdan chiqarmang, ibodatda boʻling!
Forwarded from Articles about anything
Odatlarni shakllantirish.pdf
3.6 MB
odatlarni shakllantirish bo'yicha qisqacha bilganlarimni yozib chiqdim

balki sizga yangilikdir yoki qayta eslatma bo'lar

o'qib chiqishingizni tavsiya qilaman, albatta foydali bo'ladi))
Eng katta investitsiya

2 oy oldin marketing kursini oʻqishni boshlagan edim va boshida menga kerakmi degan savollar tugʻila boshladi.

Lekin kursni oʻqish davomida networking oldim, yangi ilmlar oldim va bilimlarni mustahkamlab, doʻstlar ortirdim.

Kurslarda oʻqib koʻrmagan edim, oʻqigan boʻlsam, workshop boʻlishi mumkin.

Katta kursda biznesmenlar bilan birga oʻtirdim, ulardan nimadir oʻrgandik, oʻrgatdik ham.

Shu yana 1 oycha vaqt qoldi, kurs ham tugayapti lekin bilim tugamaydi.

Ish ham koʻp, oʻqish ham va yashashga ham vaqt topish kerak boʻlyapti.

Undan tashqari oʻzimni loyihalarimni boshlayapman.

Uyquni amallayapmiz, ba'zi kunlar koʻproq uxlab, baʼzida uxlamaslikka toʻgʻri kelyapti

Yilni oxirigacha nechi foizga oʻsishni bilmadimu lekin aniq ancha rivojlandim deya olaman.

Kitoblar oʻqishim kerak va sport bilan doimiy shugʻullanishni yoʻlga qoʻyib olsam.

Yilni oxirigacha yana harakatdamiz.
Qadrlang!

Har doim ertangi kun haqida oʻylayveraman.

Kelajakda nima boʻladi, buni qilsam unaqa boʻlsa-chi deb kuyunib ish qilaman.

Lekin bugunni qadrlamas ekanman.

Oldin oʻylab koʻrganman lekin qattiq taʼsir qilmagan edi.

Bugun sizga sovgʻa tariqasida berildi agar bugun oʻlishingizni bilsangiz nima qilasiz?

Xuddi shunday hayotimiz qachon tugashini bilmaymiz va bugungi kunni sovgʻa sifatida qabul qilishimiz kerak.

Kecha oʻtib ketti qaytarib boʻlmaydi, ertangi kun nima boʻlishi bizga ayon emas, bugungi kun sovgʻa va sovgʻadan foydalan.

Sovgʻa olganingizda qanchalik quvonasiz, bugun tirikligizda ham quvonib yashang.

Bugunni qadrlang!
Forwarded from Articles about anything
Yozish nega kerak.pdf
44.4 KB
yozish nega kerakligi haqida bilgan ma'lumotlarimni yozib chiqdim

hammaga yozish kerakligini tushuntirib o'tdim

o'qib chiqib, feedbacklarni yozishni unutmang!

5/10 #oktabr
Oila hamma narsa

Hayotda hamma narsa boʻladi

Kimnidir yoʻqotasan, kimnidir asrab qolasan.

Nimagadir erishish uchun, nimanidir qurbon qilasan.

Oʻlmaysan, yashashda davom etasan va oilangni himoya qilib ketasan.

Oʻlib ketish kerakli payti ham oʻlmaysan, tirik qolasan.

Oilang hamma narsangdir.
Koʻprogʻi xohlaymiz

Avval koʻproq bering, keyin koʻproq qaytadi.

Har bir ishda shu formula ishlaydi.

Oʻqishga kirmoqchimisiz, koʻproq oʻqing, koʻproq olasiz.

Koʻproq daromad qilmoqchimisiz, koʻproq ishlash kerak. (tajriba)

Yaxshi hayotda yashamoqchimisiz, yomon hayotdan bezilashingiz kerak.

Xohish tugamaydi.
Birovni kamsitmang!

Kimgadir nimanidir aytish, oʻrgan deyish va kamchiligini yuziga aytish oson.

Buni aqlli yoki hamma tomonlama zoʻr boʻlmagan odam ham ayta oladi.

Lekin unga koʻrsatib bera olish va uni oldida qilgan ishi xato ekanini anglata bilish qahramonlarning ishi.

Agar siz bu ishni qilmayotgan boʻlsangiz oʻzingizni qahramon demang.

Oʻsha holat sizni hayotizdan oʻtgan boʻlsa va menda ham bu holat boʻlgan sen ham shu ishlarni qil deyishingiz uni fikrlariga umuman ta'sir qilmaydi.

Hamma ayta oladi, gapiraveradi va qilib koʻrsatib berishga kelsak, hamma jim...

Men ham shunga intilaman doim, nimadir oʻrgatmoqchi yoki xatoni koʻrsatmoqchi boʻlsam, oʻsha xatoni sunʼiy yarataman va shogirdlarga koʻrsataman.

Bu narsani yaqinda bildim, chunki men ham ustozim gapirgan gaplariga emas, qilgan ishlaridan xulosa chiqarib ish tutaman.

Kimgadir buni qil deb aytib turishiz u insonni kamsitish hisoblanib qoladi.

Sen hali yoshsan koʻproq ilm ol, bizda darajaga chiqishga hali bor degandek.

Menimcha birov kamsitish yaxshi emas.
Forwarded from Muhammad Diyor 👽
Kelajak haqida koʻp oʻylashni oʻrniga

Oʻtmishga, kechagi kuningizga koʻproq qarab xulosa qiling!

1 yil oldin qanday edingiz va hozir qandaysiz!

Kelajakda koʻproq muvaffaqiyatga erishish sizga aniq boʻlmasligi mumkin.

Lekin siz 1 yilda koʻproq o'sdingiz va agar oʻsmagan boʻlsangiz ham oʻzizni ayblamang!

Tirik qolibsizu, yana oʻsish uchun vaqt bir va harakatdan toʻxtatmang!

Harakatdan toʻxtagan kuningiz oʻlgan boʻlasiz.
Hammasi yaxshimi?

Bilmadim, balki yaxshi boʻlsa kerak, lekin qiyin davrlar kelmoqda.

Qiyin davrlar hammadan oʻtadi ammo bu payt sizni qoʻllab quvvatlaydigan insonlar yoʻq boʻlishi sindirib qoʻyishi mumkin.

Qiyin davrlar uchun yaqin insonlar yigʻishni tavsiya qilaman.

Hech boʻlmaganda bir doʻst ham kifoya.

Lekin niyatni yaxshi qiling, doim yaxshisini tilang!

Duo va niyatlar doim yordam beradi.

Sogʻliqni asrang hali yoʻlimiz uzoq.

Siz bilan birga turuvchi insonlarni doim qoʻllab-quvvatlang.

Yo hammasi yaxshilikka boʻladi, yo hammasi yaxshi boʻladi.
2025/10/19 18:13:49
Back to Top
HTML Embed Code: