Yevropa Chempionlar ligasi finali bo‘yicha TAKTIKA o‘tkazgan so‘rovnomada men “Inter” foydasiga ovoz bergandim (o‘sha so‘rovnomada qatnashgan Temur Kapadze va Server Jeparov kabi).
Nega “Inter”? Sababi oddiy va bu men “Inter” muxlisi bo‘lganim uchun emas. Yo‘q, men “Inter” muxlisi emasman - bizning oilamizda faqat ukam “Inter”ga muxlis (bir zamonlar erinmay bu klubga bag‘ishlab saytlar ham qilgan bolapaqir), men esa salkam 20 yillik “Roma” muxlisiman (ha, shunaqa – Shomurodov erasidan avval ham men bu dunyoda “Roma” borligini va u yerda Totti imperator ekanligini bilardim).
Xo‘p, “Roma” muxlisi bo‘lib turib, nega YChL finalida “Inter” g‘alabasi uchun ovoz berdim? Chunki “Inter”ning bu muvaffaqiyatidan Italiya futboliga foyda - adashmasam, haliyam qandaydir ochkolar, koeffitsiyentlar hisoblanadi, bu ochkolardan oxirgi mavsumni (kech uyg‘ongani bois) 5-o‘rinda yakunlagan bizning “Roma”ga ham naf tegishi mumkin. Mana shu oddiygina sabab bilan YChL finalida “Roma”ga, e, yo‘g‘e, “Inter” g‘alabasi tarafdoriman — u yuta oladimi-yo‘qmi, bilmadim, bilganim: u yutishi kerak. Forza Italia! (Xvicha esa hali chempion bo‘lishga ulguradi).
Agar finalga birorta Italiya jamoasi yetib kela olmaganida, men ham Ravshan aka Ermatov aytgan “jamoa”ga muxlislik qilardim 😉
UPD. “Roma”ga yana omad kulib boqmadi :)

Senatimizda O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilanishi masalasi muhokama qilinibdi. Senat xabariga ko‘ra, “2024-yilda mamlakat uchun ustuvor deb belgilangan 20 ta xalqaro reyting va indekslardan 10 tasida O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari yaxshilandi, 2 tasida holat o‘zgarmasdan qoldi, 2 tasi bo‘yicha esa natijalar hali e’lon qilinmagan”. Yana 6 tasida ahvol yomonlashgan shekilli, maydalashib o‘tirishmabdi (keyinroq bir senator odil sudlov masalasida Afrika mamlakatlaridan ham ortda ekanimizni kuyunib gapirganini ko‘rdim).
Reytinglardagi o‘rnimiz masalasini mana shunaqa katta minbarlar, yuqori darajalarda muhokama qilinishi sal g‘alati ko‘rinadi menga. Bu xuddi “yurtimizga kelayotgan chet ellik turistlar qiynalmasligi uchun butun O‘zbekiston bo‘ylab hojatxonalar quraylik”, degan gapga o‘xshaydi.
Axir o‘zimiznikilar ham o‘sha chet ellik sayyoh kabi odam, hojatxona o‘zimiznikilarga ham kerak - o‘zimizga toza va yaxshi qilib hojatxona qursak, chet ellik ham behijolat foydalanaveradi-ku, to‘g‘rimi? Yo‘q, nuqul chetdagilarning ko‘zi uchun nimadir qilishimiz kerak, go‘yoki o‘zimiznikilarga pashsha bosgan o‘ra ham bo‘laveradi.
Reytinglarni qo‘yaylik - hammamizniki bo‘lgan bir chiroyli Konstitutsiyamiz bor, shu asosda qabul qilingan bir-biridan go‘zal qonunlarimiz bor. Shularda yozilgan talablarga o‘zimiz rioya qila boshlasak, hayotimiz o‘zidan o‘zi yaxshi va farovon bo‘lib ketadi. Natijada har turli reytinglardagi o‘rinlarimiz, Senatda muhokama qilinmasa ham, yaxshilanaveradi.
Sizlarga bir sirni ochay (o‘zi aytishim kerak emasdi-yu, mayli, bilib qo‘yganingizning zarari yo‘q) - O‘zbekistonda qaysiki soha tinch qo‘yilsa, unga e’tibor berilmasa, o‘sha soha bo‘yicha xalqaro reytinglardagi o‘rnimiz doim baland bo‘lgan. Masalan, havo ifloslanishi bo‘yicha reytinglarni olaylik. Bu sohada gap ko‘p, lekin tayinli ish yo‘q. Shuning uchun Toshkentimiz dunyoning havosi eng iflos shaharlari reytingida tez-tez 1-o‘rinlarga chiqib turadi.
Tinch qo‘yilmaydigan, xalal berilaveriladigan, ishiga aralashaveriladigan sohalar bo‘yicha reytinglarda esa nuqul Shimoliy Koreyayu Turkmanistonlarning yonidamiz. Masalan, so‘z va matbuot erkinligiga aloqador har qanday reytingda quyidamiz (buni hatto Senatimizdagilar ham e’tirof etishibdi). Chunki so‘z va matbuot erkinligimiz nazorati, masalan, korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashdan-da kuchliroq. Kavlayverishadi, kavlayverishadi, “yana qayeri qolib ketdi nazoratsiz” deb yana kavlayverishadi va shu tariqa reytingda o‘smaymiz.
Havo ifloslanishi bo‘yicha reytingdan xulosa chiqaraylik va senatorning kuyunishiga sabab bo‘lgan odil sudlov sohasini ham, men hozir misol keltirgan so‘z va matbuot erkinligi sohasini ham tinch qo‘yaylik. Ko‘rasiz, nafaqat shu ikki tur reytinglarda, balki boshqa reytinglardagi o‘rinlarimiz ham birdan yaxshilanadi. Axir chinakam (hech bo‘lmasa, 2017-2018-yillardagi kabi) taraqqiyot, ijobiy o‘zgarishlar uchun matbuot erkinligi va odil sudlov bo‘lsa kifoya. Menimcha.

Muhrim / Муҳрим
Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketgan odam voqeasi haqida: https://www.youtube.com/watch?v=VNZOlctO4zE Matnli ko‘rinishi: https://www.gazeta.uz/uz/2025/05/22/canal/
Bo‘rijar kanalida cho‘kayotgan qizchalarni qutqaraman deb o‘zi cho‘kib ketgan Abdumannop Samiqovni prezident “Jasorat” medali bilan taqdirlabdi. Prezident matbuot Sherzod Asadovning yozishicha, davlat rahbari bu hodisani yuragiga yaqin olibdi, marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildiribdi.
Abdumannop Samiqov kanalning nobop betonlangani oqibatida cho‘kib ketgan edi. Prezident ushbu ayanchli hodisaning mana shu tomoniga ham e’tibor qaratgan hamda mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar bergan bo‘lsa kerak. Hali bu haqda rasmiy axborot berib qolishar.

Telegram
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Шу йил 5 май куни Тошкентдаги Бўрижар каналида бўлган машъум воқеа ҳаммамизни чуқур қайғуга солди.
Яккасарой туманида яшовчи икки нафар қизалоқ каналга тушиб кетди. Буни кўрган мард ва жасур ватандошимиз Абдуманноп Самиқов ўзини сувга ташлаб, норасидалар…

Bir futbol podkastiga chaqirishgan edi, ustozim Jamol aka bilan mehmonga borib keldim (shunaqa – mixga ilingan butsalarni asta devordan olib, yana qayta kiyyapmiz; yillab kiyilmagan poyabzal oyoqqa moslashib olgunicha odamni sal-pal qiynaydi-ku, menda ham taxminan shunaqaroq ahvol hozir).
Podkast bugun sal turib, 21:00 da chiqarkan. Tizeridan (havola) ham ko‘rib, sezib turgan bo‘lsangiz kerak maddohlik qilganimni. Bunday o‘ylab qarasa, haqiqatan ham prezidentlar qarorlar chiqarib bermasa, futbolimizga davlat pul ajratmasa, davlat tomonidan stadion va akademiyalar qurilmasa, futbolimiz rivojlanmasdi-ku, to‘g‘rimi?
O‘sha kuni podkastdan chiqib, yo‘l-yo‘lakay yana o‘ylab ketdim. Yo‘q, gapirgan gapim unchalik ham to‘g‘ri emas ekan, o‘ylab qarasam.
Ha, futbolimiz prezidentlar qarorlar chiqarib bergani uchun qandaydir muvaffaqiyatlarga erishdi. Lekin, ehtimol, ular umuman futbolga aralashmasa, faqat siyosat va iqtisodiyot bilan band bo‘lsa, futbolimizdagi rivoj tabiiyroq va chuqurroq, muvaffaqiyatlarimiz ham yanada kattaroq bo‘lardi, menimcha.
Masalan, futbolimiz tarixidagi eng katta natija – 1994-yilgi Osiyo o‘yinlaridagi chempionlik (u vaqt uchun - Osiyo chempionligi desa ham bo‘ladi) davlat futbolga tayinli e’tibor qaratmayotgan, qaratishga imkoni ham bo‘lmagan bir davrda qo‘lga kiritilgan-ku (kimdir 1993-yilgi qarorni aytishi mumkin, lekin uning Qibraydagi katta futbol bazasini “Paxtakor”ga xatlab berish va “O‘zbekiston futboli” gazetasini chiqarish bandlaridan boshqalari oxirigacha bajarilmagan ham bo‘lsa kerak).
Albatta, davlat ommaviy sport uchun sharoitlarni hozirlashi kerak, ommaviy sport bilan shug‘ullanish imkonini beradigan sport maydonchalari va majmualari qurish uchun rag‘batlar berishi zarur. Ammo professional sportga aralashishi, bunga pul ajratishi shart emas. Davlatning bundan boshqa muhim ishlari bor: u siyosatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysa, iqtisodiyotning o‘sishiga xalal bermasa, kundan-kunga, yildan-yilga o‘sib boradigan xususiy biznes har qanday professional sport va sportchiga o‘zi xohlab homiylik qilaveradi.
Kerak bo‘lsa, professional sportning o‘zi xususiy biznesga - katta biznesga aylanadi. Deylik, futbol klubi muxlislarni (ayniqsa, puldor muxlislarni) stadionga jalb qilish uchun tinimsiz ishlaydi, stadionning o‘zi jamoat makoniga aylanadi (Galitskiyning stadioni kabi), futbolchi sotib katta daromad olish uchun maktab quradi va rivojlantiradi. Umuman, har qanday muvaffaqiyatli biznes qanday rivojlansa, futbol klubi ham shunday rivojlanib, o‘sadi. Davlat alohida sport yo futbolning rivoji uchun emas, umuman biznes rivoji uchun qulay sharoitlarni yaratib, qonun ustuvorligini ta’minlab bersa bas.
Har holda, shunaqa o‘ylab qoldim-da. Balki sizning fikringiz boshqacharoqdir. Balki men baribir xato o‘ylayotgandirman. Kim bilsin. Nimadir demoqchimanu, tushuntirolmayapman. Ichimdagi senzor “o‘zingni bos” deb qo‘ymayapti, xullas.

YouTube
Islom Karimov ta'siri, qarorlar orqali boshlangan futbol va Jahon chempionati. | Anomal futbol
SPORTS.uz Премиум обунаси орқали бизни қўллаб-қувватлашингиз мумкин: https://www.tg-me.com/sportsuz_premium_bot
Видеомиз сизга ёққан бўлса лайк босинг ва каналимизга обуна бўлинг
Bizga qo‘shiling:
Веб-сайт: https://www.sports.uz
Facebook: http://facebook.com/sportsuz…

Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, deydi-ku. Shunga o‘xshab, bir masala ortidan boshqa ijtimoiy muammolar kelib chiqadi.
Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan ikki qizaloqni qutqarish vaqtida halok bo‘lgan Abdumannop Samiqov kecha prezident tomonidan “Jasorat” medali bilan mukofotlangani e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligida tadbir o‘tkazilibdi.
Abdumannop akaning hali qonuniy ajrashib ulgurmagan birinchi oilasi, shuningdek, shar’iy nikohdagi ikkinchi oilasi bo‘lgan. U qizaloqlarni qutqarish uchun o‘zini suvga tashlaganida, uning ortidan ikkinchi oilasidagi o‘gay o‘g‘li - Saidakbar Abduvaliyev ham o‘zini suvga tashlagan.
Ammo shahar hokimligida bo‘lgan tadbirga Abdumannop akaning ikkinchi oilasidagilar chaqirilmabdi (umuman, qizaloqlarni qutqarishning o‘zi fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan butun boshli operatsiya edi, ammo, aytishlaricha, ular ham eslanmagan, chaqirilmagan - nima, e’tirof etilishi uchun ular ham halok bo‘lishi kerakmidi?).
“Taqdirlash marosimiga bizni chaqirishmadi, - debdi marhum Abdumannop akaning ikkinchi rafiqasi Surayyo Mahkamova. - Mahallamizga kimdir telefon qilibdi, soat 18:00 da taqdirlash bo‘ladi, chiroyli kiyinib kelinglar, debdi. Oradan biroz o‘tib, mahalla raisi: “Qonuniy ayoli Shayxontohurda, u yetadi” deb, bizning kelmasligimizni aytdi... Lekin mening o‘g‘lim Saidakbar Abduvaliyev ham qizchani qutqarishda ishtirok etgandi, dadasining orqasidan suvga sakragandi. Lekin bizni hech kim eslamadi”.
(Rasmiylarimizdagi, vallomatlarimizdagi mana shunday sovuqqonlik (“qonuniy oilasi yetadi, sizlar kelmanglar”) - odamni pichoqsiz so‘yadi)
Shahar hokimi tadbirda “[Abdumannop akaning] farzandlarini tarbiyalash va voyaga yetkazish — sharaf. Siz (marhumning birinchi rafiqasiga qarata – tahr.) farzandlaringizni ta’lim-tarbiyasi, ularni voyaga yetkazishda ishtirok etishimizga ruxsat berasiz. Ishoning, biz, shaxsan hokim sifatida yoningizda turaman, hurmatli prezidentimizning xohishi shu”, debdi.
Lekin Abdumannop akaning ikkinchi oilasida ham uning pushtikamaridan bo‘lgan bolalar bor. Ular-chi? Qonuniy, FHDY orqali rasmiylashtirilgan nikohi bo‘lmagani - ularning aybimi? Aslida ayb mamlakatda minglab oilalarning shunday yashashiga va ularning haq-huquqsiz qolishiga qariyb jim qarab turgan, ularning holatini qonuniylashtirish yo‘llarini taklif qilmayotgan davlatda emasmi, yana bir bor?
Mana shunday chalalik, noqobillik, uquvsizlik butun bir yaxshi taassurotni buzadi, ozib-yozib oliy darajada hamdardlik izhor qilinganida, bu izhorning samimiyligini ham shubha ostida qoldiradi. Hozir qahramon Abdumannop akaning mukofotlanganiga na xursand bo‘lishni, na xafa bo‘lishni bilasan. Rasmiylarimiz qilgan ish, Chernomirdin aytmoqchi, “yaxshiroq bo‘lishini xohlagandik, ammo har doimgidek bo‘lib qoldi”, deganidek.

Qo‘y bozoridan reportaj. Ko‘rishni tavsiya qilaman.
YouTube
Qurbon Hayiti arafasida qo‘y narxi oshadimi? | Gazeta.uz
O‘zbekistonliklarning aksariyati Qurbon Hayitida qo‘y so‘yib, qurbonlik qiladi. Bu bozordagi qo‘ylar va umuman qo‘y go‘shti narxiga qanchalik ta’sir qiladi? Gazeta 2025-yilgi Qurbon Hayiti arafasida qo‘y narxlariga qiziqib, Qibray tumanidagi “Obod” mol bozoridan…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Yashil kelajak sari qadam
19–21-iyun kuni Toshkentda muhim xalqaro tadbir — “Eco Expo Central Asia 2025” o‘tkaziladi. Unda ekologik toza texnologiyalar, iqlim muhofazasi va barqaror rivojlanishga bag‘ishlangan yutuqlar namoyish etiladi.
Bu — nafaqat ko‘rgazma, balki inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatni qayta ko‘rib chiqishga chorlov.
Dunyo bo‘ylab 25+ davlatdan vakillar:
🔹 ekologik toza texnologiyalar,
🔹 barqaror rivojlanish yechimlari,
🔹 iqlim muhofazasiga oid startaplar va tashabbuslarni taqdim etadi.
Dasturda:
– “Yashil” texnologiyalar va ishlanmalar;
– Xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokamalar;
– Davlat va xususiy sektorlar bilan B2B uchrashuvlar.
Mehmonlar uchun shahar bo‘ylab bepul avtobuslar harakati tashkil qilingan.
Jadval: @ecogovuz kanalidan
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi:
👉 https://ecoexpo.uz
Atrof-muhitni muhofaza qilish — bu imon, aql va insoniy burch masalasi.
Reklama

Ozarbayjonlar Chorvoq qirg‘oqlarida to‘rt fasl foydalanish mumkin bo‘lgan 577 gektarlik kurort qurmoqchi ekani haqidagi birinchi xabarlar chiqqanida ko‘pchilik asosan bir narsadan xavotirga tushgandi - ushbu butun boshli shaharchaning (suratda) qurilishi qariyb butun Toshkent shahri va viloyatining suv ta’minoti uchun muhim hisoblangan suv omborining tozaligiga qanchalik ta’sir qiladi?
G‘isht allaqachon qolipdan ko‘chib bo‘lgan. Loyiha O‘zbekiston prezidentiga ko‘rsatilgan (va u ma’qullagan), 10 iyun kuni, Toshkent investitsiya forumi doirasida esa Sea Breeze Uzbekistan nomli kurort shaharchani qurish bo‘yicha Ozarbayjonning Agalarov Development kompaniyasi bilan O‘zbekiston hukumati kelishuv imzolangan. Ammo hali qurilish boshlangani yo‘q - hozircha Chorvoq qirg‘oqlarini tozalash va chiqindilarni yig‘ish ishlari olib borilayotgan ekan.
Kompaniya bayonotida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston hukumati, shuningdek, Toshkent viloyati va Bo‘stonliq tumanining vakolatli idoralari tomonidan ekologik ekspertiza o‘tkazilmaguncha hech qanday qurilish bo‘lmaydi. Bu ekspertiza kurort-shaharchadan chiqadigan oqova suvlar masalasini ham ko‘rib chiqsa kerak. Agalarov Development o‘zi quradigan shaharchaning oqova suvlarini Toshkent suv ta’minoti uchun suv olish nuqtasidan pastroqda joylashgan Chirchiq shahridagi tozalash inshootlariga yo‘naltirmoqchi ekan. Bu hozircha ko‘rilayotgan imkoniyatlar biri, balki boshqacharoq, bundan-da yaxshiroq yechim topilar.
Har holda, “loyihani amalga oshirish jarayonida oqova suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chorvoq suv omboriga tashlash mutlaqo istisno etilgan va ko‘rib chiqilmaydi”, deyilibdi kompaniya bayonotida. Loyiha jamoatchilik bilan muhokama qilinar ekan. Ta’kidlanishicha, jarayonga O‘zbekistonning taniqli me'morlari, muhandislari va jamoat arboblarini jalb etishni rejalashtirilgan. Mana shu jarayonda imkon qadar faolroq qatnashish kerak, shundagina hammayoqdan yashil chiroq yoqib qo‘yilgan bu loyihani jamoatchilik nazorat qilishi mumkin bo‘lar.
Hech yo‘g‘i, suvimiz yanada ifloslanmasligi uchun ham nazorat kerak.

Xudo ko‘rsatmasin, bu AESlar haqiqatan ham qurilsa-yu, keyin ularda biror nosozlik, avariya bo‘lsa, uni ham Rossiya rasmiylaridan bilsak kerak. Kamiga bular o‘zicha Xitoy, Koreya, Fransiya kompaniyalari bilan “muzokaralar” o‘tkazgan bo‘lib, “publikaga o‘ynagani”ni-chi, chichqoqlar. Hammayoqni bulg‘adi bu saylanmagan nokompetentlar, hatto Mustaqillikni ham.
Telegram
davletovuz
“Ўзатом” ва “Росатом” Ўзбекистонда АЭС қуриш лойиҳасини амалга ошириш бўйича битим имзолаган. Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда.
Россия Ўзбекистонда 2 ГВт қувватли катта АЭС ва 110 МВт қувватли кичик станция қуради. Бу ҳақда Россия ҳукумати раиси ўринбосари Александр…

GIZ bilan hamkorlikda shahar infratuzilmasini moslashtirish loyihasi boshlandi
“Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasi doirasida “Markaziy Osiyoda shaharlarning barqaror va iqlimga mos rivojlanishi” nomli mintaqaviy loyiha ishga tushirildi. U Germaniya Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti (GIZ) ko‘magida amalga oshiriladi va O‘zbekiston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston shaharlarini qamrab oladi.
Loyihaning asosiy maqsadi — iqlim o‘zgarishi sharoitida shahar muhitini moslashtirish, barqaror infratuzilma va yashil yechimlarni joriy etish. Tashabbus “Green Central Asia” mintaqaviy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston tomonidan loyiha Farg‘ona vodiysidagi beshta shahar — Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon va Marg‘ilonni qamrab oladi. Ushbu shaharlarda urbanizatsiya bosimi yuqori, shu bois infratuzilmani iqlimga mos ravishda rivojlantirish masalasi dolzarb sanaladi.
Loyiha doirasida mahalliy hokimiyatlar, aholi va biznes ishtirokida konkret amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Trampning Eronni bombardimon qilish haqidagi qarori, menimcha, Putinning Ukrainaga bostirib kirish haqidagi qaroridan ham yomonroq narsa bo‘ldi. Trampning bu qarori endi Putin va unga o‘xshash (yoki o‘xshagisi keladigan) boshqa prinsipsiz qonxo‘rlarning yanada avjiga chiqishiga bir bahonai sabab, o‘z razil xatti-harakatlarini oqlash uchun zo‘r vosita bo‘ladi.
Ha, Tramp boshqarayotgan mamlakat xalqaro huquqni birinchi marta oyoqosti qilmayapti. Dunyo siyosatining bugungidek boshi berk ko‘chaga kirib qolishi ibtidosi 1999-yilgi Yugoslaviya bombardimonlari yoki 2003-yilgi Iroqqa bosqindan boshlanadi, deganlar, ehtimol, bugun haqdir ham. Lekin shundan beri qandaydir bir muvozanat bor edi-da, go‘yo. Endi shu ham yo‘q.
Huquq ishlamayapti, madaniy qonun-qoidalar ishlamayapti. Dunyo odam qiyofasidagi maymunlar boshqaruvida qolib ketgan qandaydir jungliga aylanib qolgandek. Bu maymunlar odam tilini tushunmaydi, faqat kuchni tan oladi. Va bu aql kuchi emas, qurol kuchi. Endi, qanchalik g‘alati eshitilmasin, sen ham huv anavi Shimoliy Koreyadek “kuchli” bo‘lishga majbursan.
To‘g‘risi-da - hozir juda ko‘pchilikda bir xil xulosa: shunday bo‘lib chiqyaptiki, hozir Eronning “yagona aybi” shu vaqtgacha bitta bo‘lsa-da yadro quroliga ega bo‘lib ulgurmagani. Bitta bo‘lsa ham shunday quroli bo‘lganida, Isroil ham, AQSh ham Eronga nisbatan hozirgidek bezbetlik qila olmagan bo‘lardi.
O‘z-o‘zidan, Ukraina ham 1991-yildan keyin o‘z ixtiyorida qolgan ulkan yadroviy zaxiradan hech yo‘g‘i bitta bombani saqlab qo‘yganida, ehtimol, 2022-yildan beri davom etayotgan urush ham boshlanmagan bo‘lardi, Rossiyaning haddi sig‘masdi Ukrainaga bostirib kirishga. Axir Rossiyaning boshida o‘tirgan jinni ham baribir g‘irt jinni emas (degan umid bor).
Xullas, hozir dunyoning eng tinch mamlakati - bu Shimoliy Koreya. U shuncha sanksiyalar ostida qolib-da xalqaro maydonda bilgan rasvogarchiligini qilishi mumkin - imkoni boricha qirg‘in qurollari, kerak bo‘lsa, 15 minglab askarini ham sotadi. Birov bir narsa qila olmaydi. Aksincha, kerak bo‘lsa, AQSh prezidenti Kim Chen In bilan yana kulishib ko‘rishishi mumkin.
Shimoliy Koreyadek tinch yashashni xohlasang, Shimoliy Koreyadek kuchli bo‘l. Rossiyaga qo‘shni bo‘lishdek bebaxtlik chekingga tushgan bo‘lsayu, Ukrainadek kuymaslikni xohlasang, Shimoliy Koreyadek kuchli bo‘l. AQSh seni bombardimon qilishini xohlamasang, Shimoliy Koreyadek kuchli bo‘l. Kuchli bo‘lishga Shimoliy Koreyadek ulgurib qol.
2025-yilning 22-iyunigacha ham bunaqa fikr, bunday xulosa yo‘q edi. Afsus.
PS. Bo‘layotgan rasvo ishlar mana shunaqa rasvo fikrlarni uyg‘otadi. Yana bir rasvo fikr: O‘zbekiston ham o‘z yadroviy quroliga ega bo‘lishga intilsa, endi bu borada Rossiyadan yordam ololmasa kerak. Har holda, Rossiya o‘zi bosib olishga intiladigan mamlakatlarning yadro quroliga ega bo‘lishini xohlamasa kerak.
PPS. Qani endi hamma atom bombalar bir kechada yo‘q bo‘lib qolsa. Urushlar tugasin, urushlar bo‘lmasin!
#DivandagiXayollar

Forwarded from Muhammad Temur A'zam
9 ёшли Ширинабону оғир суяк касаллиги — рахит билан оғримоқда. Бу касаллик натижасида унинг оёқлари деформация бўлган ва юришида жиддий муаммолар бор.
Шифокорлар унга темир қўйиш орқали жарроҳлик амалиётини зудлик билан ўтказишни тавсия қилишган.
Ширинабонунунг онаси — ижарада яшовчи, ёлғиз она. Маблағ етишмаслиги сабабли
Сизнинг сахийлигингиз Ширинабонунинг соғлиги, келажаги ва умидини сақлаб қолиши мумкин!
Эҳсон қилган сахий инсонлар
Аллоҳ сиздан рози бўлсин!
“Эҳсоннинг мукофоти фақат эҳсондир”.
Платик карталар онасининг номида Исакова З.
UZCARD: 8600 3141 4740 5817
Боғланиш учун тел.: +998919905660

Hozir bir narsa kerak bo‘lib, prezident yaqinda imzolagan bir hujjatni ko‘zdan kechirayotgandim, hujjatning tuzilishi, uslubi sal noodatiydek ko‘rindi. Birinchi e’tiborimni tortgan narsa hujjatning kirish qismida “qaror qilaman” deb yozilgani bo‘ldi (prezident hujjatlarining egasi paydo bo‘libdi).
Avvallari bunday jumla qo‘llanilganini hech ko‘rmagandim. “Falon-pismadonlarni pismadon falon qilish MAQSADIDA” deyilardi-da, ikki nuqta qo‘yilib, “undoq qilinsin”, “bundoq qilinsin”, deb topshiriqlar terilardi. 1991–1992-yillardagi ayrim farmonlarda “hisoblayman” deganga o‘xshash so‘z chiqib qolmasa, farmonu qarorlarning kirish qismi odatda “... maqsadida” degan so‘z bilan tugardi.
E’tiborimni tortgan ikkinchi narsa - hujjatning mavzuli qismlarga ajratib chiqilgani bo‘ldi. Birinchi qism - “Maqsadlar” (“Asosiy maqsadlar”, “Asosiy yo‘nalishlar” bo‘lishi ham mumkin). Keyin, o‘rtada, hujjat mazmuniga qarab, har xil sarlavhachalar, oxirgi qismda esa, qoida tariqasida, nazorat va ijroga bag‘ishlanganini anglatuvchi qandaydir sarlavhacha. Avvallari bunaqasini faqat qaroru farmonlarga ilova qilingan nizomlarda ko‘rardim.
“Lex.Uz”ga kirib, qarab chiqdim — prezident hujjatlarining tuzilishi 2025-yil fevrali oxiridan beri mana shunaqa o‘zgaribdi, shundan beri prezident hujjatlarining kirish qismi “qaror qilaman” degan jumla bilan tugayotgan ekan. Buni yaxshi yo yomon demoqchi emasman, shunchaki, shunday o‘zgarish bo‘libdi, shuni bugun sezib qoldim, balki siz ham buni shu vaqtgacha bilmagandirsiz, deb yozib qo‘yay dedim.
To‘g‘ri, prezident hujjatlarini yozishdagi qariyb 30 yillik an’anachalarning qisman o‘zgarganini bilganingiz bilan hech narsa o‘zgarmaydi. Bu ham bir yangilikda endi. Shu, xolos.

Kirill Altman O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Ahmedovdan intervyu olibdi. Bu intervyu emas, bu - bomba!
Islom Karimov va oilasi haqida, Tojikistondagi fuqarolar urushi va undagi O‘zbekistonning ishtiroki haqida, Imomali Rahmon qanday qilib Tojikiston prezidenti bo‘lib qolgani haqida, umuman, juda ko‘p qiziq va yangi gaplar aytilibdi.
Hali qudratdan ketmagan amaldorlarimiz haqida ham qiziq gaplar bor. Masalan, Abdulaziz Komilov aynan Rustam Ahmedovning tavsiyasi bilan tashqi ishlar vaziri bo‘lgan ekan, ammo Islom Karimov Komilovga ishonmagan ekan, “sen Primakovning josusisan”, degan ekan.
Bunaqa shov-shuvli gaplarga to‘la intervyular anchadan beri chiqmagandi.

Первый министр обороны Республики Узбекистан - Рустам Ахмедов
Золотой фонд нашего проекта пополнился очередным интервью.
Сегодня — человек, который лично создавал силовой каркас новой республики в момент ее рождения. Первый министр обороны независимого Узбекистана, полководец, начавший службу ещё в Советской Армии и…

Rossiya Maorif vazirligi MDHning ayrim mamlakatlaridagi tarix darsliklarida Rossiyaga, ayniqsa, sovet davriga (“umumiy tariximizga”) nisbatan salbiy munosabatlar borligini aniqlabdi. Endi Rossiya Maorif vazirligi MDH mamlakatlarining turdosh vazirliklari bilan “umumiy yagona tarix”ning talqinini kelishish borasida ish olib borayotgan ekan. Bu dabbalarning qilgani boshqa ishi qolmagan shekilli.
Rossiya maorif vaziri bunda MDHning aynan qaysi mamlakatlarining Xalq ta’limi (maktab) vazirliklari bilan ish olib borilayotganini aytmabdi, lekin, uning qayd etishicha, bu davlatlar bilan Rossiya “yagona ma’rifiy, madaniy va ma’naviy makon” qurayotgan ekan. Yaramaslarning navbatdagi provokatsiyasi — asabiylashib o‘tirishing kerak endi, bu dabba qaysi davlatlarni nazarda tutdi ekan, deb.
Umid qilamanki, Rossiya maorif vaziri nazarda tutgan mamlakatlar qatorida O‘zbekiston mavjud emas, chunki O‘zbekiston Rossiya bilan hech qanday ma’rifiy, madaniy va ma’naviy makon qurishiga hojat yo‘q. Ayni vaqtda, Rossiya O‘zbekistonning ichki ishlariga, xususan, uning maktablarida foydalanilayotgan tarix darsliklariga burnini suqishiga ham hojat yo‘q.
O‘zbekiston Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi, o‘rni kelsa, Rossiya maorif vazirining gaplariga raddiya bo‘la oladigan va O‘zbekiston jamoatchiligini (ha, meni!) xotirjam qila oladigan munosabat berar hali (norasmiy kanallar orqali bo‘lsa ham).
Biz o‘z tariximizni o‘zimiz yoza olamiz, bizga Putin yoki uning malaylari yozib bergan “talqini kelishilgan” tarix shart emas. Rossiya hozirgi O‘zbekiston hududlariga bosqinchi o‘laroq kelgan, aynan Rossiya imperiyasi va Sovet Rossiyasi o‘zbek davlatlarini yo‘q qilgan. Yaqin tariximizdagi misli ko‘rilmagan ocharchilik, qahatchilik, yut, qatag‘onlar aynan sovet davrida yuz bergan.
Sovet davlati natsistlar Germaniyasi bilan birga boshlagan Jahon urushi sabab minglab o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. 1980-yillarda O‘zbekistonni butun dunyoga olabo‘ji qilib ko‘rsatib, uydirma ayblovlar bilan qilingan qatag‘onlar ham unutilmasligi kerak. Aynan Rossiya imperiyasi va sovetlar O‘zbekistonni paxta yakkahokimligiga qaram qilgan, buning ortidan butun boshli dengiz quriganini gapirmay.
Har bir davrning yomonligi yomonlik, yaxshiligi esa yaxshilik deya e’tirof etilishi kerak, urushni esa urush, qatag‘onni qatag‘on, jallodni esa jallod deb atash kerak. Buni boshqa davlatlar bilan kelishishga hech zarurat yo‘q. Urushni “maxsus harbiy operatsiya” deb atashga o‘xshash “yumshoq muqobillar”ga umuman o‘rin berilmasligi kerak.
Xullas, Rossiya va uning Maorif vazirligi yangi urushlarga bahona izlamay, qurtini shimsin!

“O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?” degan sarlavhani ko‘rib qoldim. “E, haliyam shunaqa xabarlar bormiye”, deb hayron bo‘ldim.
2021-yili, Xitoyning navbatdagi kompaniyasi (vakillari bizning rasmiylar bilan suratga tushish bahona) O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarmoqchi ekanligini e’lon qilganida, “o‘zi bu nechanchi shunaqa xabar?”, deya faqat elektromobillar haqidagi xabarlarning o‘zini alohida jamlab chiqqandik.
Mayda-chuydalarini qo‘ya turaylik, prezidentga ko‘rsatilgan loyihalarning o‘zi bir olam. Avvaliga Qo‘qonda 3 ming dollarlik elektromobillar chiqariladi, deyishgandi. 2023-yildan yana shu Qo‘qonning o‘zida Hyundai Ioniq va Hyundai Kona’lar ham yig‘ilishi kerak edi. Andijon, Buxoro, Angren va yana boshqa joylardagi loyihalar haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi.
Oddiy avtomobillar haqida ham shunaqa xabarlar ko‘p edi. Masalan, Volkswagen Amarok pikaplari chiqarilishi kerak edi (keyin o‘rniga Caddy’lar yig‘ildi-yov). Peugeot va Citroen - alohida hikoya; Fiat ham nimadir qilmoqchi edimi-yey; Namanganda esa “eng katta Hyundai zavodi quriladi”, deyishgandi (qurilishining o‘zi bir necha marta tantanali boshlangandi, shekilli; sherik kompaniya allaqachon tugab bitibdi).
Ishqilib, surishtirsangiz, oxiri Tesla va Lucid’dan boshqa hamma avtomobil ishlab chiqaruvchilar O‘zbekiston va “O‘zavtosanoat” bilan ishlash ishqida yongan bo‘lib chiqadi (balki ular ham qiziqqandir, kim bilsin).
Shu kelishuvlar, shu taqdimotlar, shu niyatlardagi barcha loyihalar amalga oshganidami, O‘zbekistonda allaqachon yiliga 1 million yengil avtomobil yig‘ilayotgan (yoki “ishlab chiqarilayotgan” yoki ishlab chiqarilayotgan) bo‘lardi, bozorimiz esa hozirgidan ham turfa, tanlov yanada kengroq bo‘lardi. Menimcha.
Qizig‘i, faqat jamoatchilikni shunday aldashsa, chalg‘itishsa ham mayliga edi (ha endi, ular shunga o‘rgangan, jamoatchilik ham bunga ko‘nikkan, nachora), qo‘rqmay eng katta rahbarlarning oldida ham aravani quruq olib qochishlariga hayron qolaman. Ular aldanayotganini sezsa, bir ishora bilan qamatvorishi ham mumkin-ku – taqdimotchilar qanday qo‘rqmas ekan-a?