Telegram Web Link
UIC Group Dilafruzni tushidagi DevOPSni izlamoqda!

Tushda ko'rgan narsalaringizni ham realizatsiya qilishga tayyor jamoaga qo'shilishga nima deysiz? 😎

Jamoaga qo'shilish uchun 👉 https://short-link.me/ZFF9
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UIC Group
UIC Group “Odoo Road Show”da

Kuni kecha tadbirkor, biznes konsultant va PM'lar uchun Odoo’ning yangi versiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🤝 UIC Group — Odoo’ning O‘zbekistondagi birinchi rasmiy hamkori sifatida ushbu tadbirda ishtirok etdi.

🎤 Tadbir davomida UIC Group rahbari Muratov Murodxo'ja Odoo'ning O‘zbekistonda joriy etilishi va mahalliy bizneslar uchun qanday ustunliklar berishi haqida nutq so‘zladi.

Odoo ERP tizimining imkoniyatlari — avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar, CRM va HR funksiyalar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir yakunida esa ishtirokchilar o‘zaro fikr almashish, yangi hamkorliklar o‘rnatish imkoniga ega bo‘lishdi.

🤩 UIC Group
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Tojiyev
Odatiy xodimlikdan texnologik biznes egasiga aylanish uchun sodda yo'l xaritasi:

1. Maqsadingizni aniqlang

O‘zingizga savol bering:
- Men o‘z mahsulotimni yaratmoqchimanmi? (masalan: mobil ilova, veb-sayt, SaaS)
- Yoki frilans, startap, xizmat ko‘rsatish agentligi ochmoqchimanmi?
- Yoki mavjud bozor muammosini texnologik yechim bilan hal qilmoqchimanmi?

Aniq maqsad – aniq harakatlarni paydo qiladi.

2. Muammo toping – g‘oya shu yerda ana o'sha yerda yashiringan bo'ladi

Texnologik biznes g‘oyadan emas, muammoni topishdan boshlanadi:
- Ishingizda yoki kundalik hayotingizda qanday muammolar bor?
- Odamlar nimadan norozi? Nega vaqt yoki pul yo‘qotishyapti?
- Bu muammoni hal qilish uchun qancha pul to‘lashmoqda?

Yaxshi g‘oya – bu hal qilinmagan muammoga yaxshi yechim hisoblanadi.

3. Ishlayotganingizda tayyorgarlik ko‘ring

Ishingizni biznesni boshlash uchun trampilin sifatida ko‘ring:
- Pul jamg‘aring (kamida 6-12 oylik xarajatlaringizga yetadigan)
- Tajriba oling (texnik ko‘nikmalar, loyiha yuritish, mijozlar bilan ishlash)
- Ilk mijoz yoki foydalanuvchini ishxonadayoq toping (shu muammo sizni o‘rab turgan muhitda bormi?)

4. Kichik loyiha yoki VMVP tayyorlang

Ilk bosqichda to‘liq mahsulot emas, minimum ishlaydigan mahsulot (MVP) yarating:
- Oddiy veb-sayt, Telegram bot, Google form, Notion sahifa ham bo‘lishi mumkin
- Maqsad: ilovangiz yoki xizmatingiz foydalimi yoki yo‘qmi, sinab ko‘rish

5. Foydalanuvchi/Mijoz to‘plashni o‘rganing

Texnologik biznes = texnologiya + mijoz. Har doim quyidagilarga e’tibor qarating:
- Qayerdan foydalanuvchi topasiz?
- Qanday qilib ularga xizmat yoki mahsulotingizni tushuntirasiz?
- Ular sizga to‘laydimi?

6. Parallel ravishda daromad topishni boshlang

Asosiy ishda ishlab turgan holda:
- Konsultatsiya
- Kichik ilova yoki bot orqali passiv daromad
*Frilans xizmatlar tavsiya etilmaydi!

Daromad kira boshlaganda ishdan chiqish uchun qulay fursat keladi. Bunda o'z ishxonangizni oldindan ogohlantirish tavsiya etiladi.

7. To‘liq o‘z biznesingizga o‘ting, to'liq!

Quyidagilar mavjud bo‘lsa, ishni tashlab o‘z yo‘lingizga o‘ting:
- Kamida 6 oy yashashga yetadigan jamg‘arma
- Ishlaydigan biznes model
- Barqaror mijozlar/foydalanuvchilar oqimi
- O‘z ustingizda ishlashga tayyorlik (sabab: endi hamma javobgarlik sizda)


Agar yuqoridagilardan bittasi sizda yo'qligini sezsangiz, iltimos qayta o'ylab ko'ring. O'zbekiston sharoitida yana bir zo'r imkoniyat bor. Bu sherikchilik, hozir ishlab turgan joyingizga hech bo'lmaganda 1% sherik bo'lish imkoniyati borligini tekshiring agar bo'lsa kompaniya ulushdori bo'ling, chunki yuqoridagi 7ta ko'rsatilgan talablar odatda kamida 10+ yil tajribaga egalarda uchrashi mumkin, bu degani 100% kafolat degani emas. Shu sababdan xizmat ko'rsatish sohasida imkon qadar o'z korxonanggizda bosh qaror qabul qiluvchilar qatoriga o'tish uchun harakat qiling.

Agar gap startap haqida ketayot bo'lsa, unga alohida keyingi postlarda to'xtalamiz.

Do'stlarga ulashing, ko'proq odamga manfaatli bo'lishi uchun harakatdaman - @AlisherAhmatovich
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Siz ham AyTi mahsulotlar sotasizmi?

🤑 Daromadingizni ko'paytirmoqchimisiz?

Unda 26-iyun kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan “ERP avtomatlashtirish tizimlarini sotish” bo’yicha bepul o’quv seminarimizda qatnashing.

Ushbu treningda siz:
🔹 Qanday qilib katta bizneslar sizning mijozingizga aylanishi mumkin
🔹 To‘g‘ri ERPni tanlash va mijoz ehtiyojiga moslashtirish sirlarini
🔹 Xalqaro yondashuvlar asosida ERPni qanday joriy qilishni
🔹 Har bir ERP loyihangizdan maksimal foyda olishni o'rganasiz

IT sotuvlaringizni yangi bosqichga olib chiqib, o'z daromadingizni oshiring!

Ro'yxatdan o'tish 👉 https://forms.gle/1dbCj3sp4UuZUsC5A

💻 @muratovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Do'stlar sizlar uchun yana bir yangiligimiz bor.
Keyingi postda to'liq tanishsangiz bo'ladi 👇
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Operatsion ishlar ichidan chiqish vaqti keldi!

Sizga ERP tizimi orqali biznesni avtomatlashtirish va nazoratga olish yo‘lini ko‘rsatamiz.

📌 26-iyun kuni soat 16:00 da Toshkent shahrida bo'lib o‘tadigan bepul seminarda Odoo ERP tizimi orqali:

🔹 ERP tizimi orqali biznesingizni qanday avtomatlashtirishni
🔹 Operatsion muammolardan qutulib, biznesingizni qanday 30% gacha o‘sishiga erishishni
🔹 Avtomatlashtirishga qanday tayyorgarlik ko‘rish va xatolardan qochishni
🔹 Xalqaro standartlar asosida tizimli boshqaruvni yo‘lga qo‘yishni

Muratov Murodxo‘ja, UIC Group rahbari 13+ yillik tajriba egasi bo‘lib, real natijalarga olib kelgan yechimlar bilan bo‘lishadi.

Ro'yxatdan o'tish 👉 https://forms.gle/vJE7VYviPmmADk3u8

Adminga yozish: @uic_support
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 26-iyun | ERP orqali biznesni avtomatlashtirish
Do’stlar, 2-seminarimiz, ya’ni tadbirkorlar uchun seminarimiz shu binoda bo’lib o’tadi.

Kechikmasdan kelishingizni so’rab qolamiz!

Soat 16:00 da boshlaymiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/28 19:23:50
Back to Top
HTML Embed Code: