Telegram Web Link
15 qadam

Piyodalar yo’lagidan ketyapman. 15 qadam tejash uchun chimni ustidan yurib tashlashgan. Tuproqli, qisqaroq yo’lak paydo bo’lib qolgan.

Uzun yo’ldan to’g’ri yurish
yoki
kesib chiqish, qisqartirish.

Shu tanlov doim oldimizdan chiqaveradi:

Ilm, tajriba orttirib, loyiq holda ishga kirish yoki qo’ng’iroq va iltimoslarni ishlatish.

Chuqur, tizimli, ustoz bilan ilm olish yoki videoda eshitganimizni ilm deb yurish.

Mutaxassis bo’lib, ustimizda ishlab, vaqt o’tib yaxshi pul topish yoki tez pul olib keladigan “тема”larni qidirib yurish.

Kasbimizni aniqlab, yo’nalish tanlab, tayyorlanib imtihonli universitetlarga topshirish yoki diplom “sotadigan” universitetlarga borish.

Qisqa yo’l o’ziga rom qiladi. “Meni tanla” deydi. Chimni ustidan kesib o’tganlar biladi, qisqa yo’l oyoqni chang yoki loy qiladi.

Qiyin bo’lsa ham uzun yo’lni tanlaganlar biladi:

Yetib borish yoki g’oliblik maqsad emas.

Yo’lni o’zi maqsad bo’ladi.

@azizrakhimov_blog
Nega, hattoki daʼvat etayotgan narsamizga amal qilmaymiz?!

@muvozanatdamisiz
Hech nima qilmaslik hech kimning qoʻlidan kelmasa kerak.

(Uxlayotganda - uxlayapman, jim oʻtirganda oʻylayapman, kutganda-kutyapman, instagram koʻrganda-instagram koʻryapman va hokazo)

Natija "hech nima" yaʼni 0 ga teng boʻlishi mumkin. Ammo, jarayon 0 ga teng boʻlolmaydi. Hech nima qilmayapman deganda ham, nafas olayotgan (yashayotgan) boʻlamiz.

@muvozanatdamisiz
Miyamizni doim bilimlar, yangi tajribalar bilan boyitishni xohlaymiz. Bu uchun tinimsiz izlanib, oʻqib-oʻrganamiz. Ammo, bundan ham muhimroq narsa bor: miyani boʻshatib turish. Keraksiz maʼlumotlar, oʻy-xayollar va hokazolardan.

@muvozanatdamisiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa videolarni yaxshi koʻraman 😊

@muvozanatdamisiz
Ajoyib kun uchun rahmat Yaratgan Egam!
Bola va katta degan ajratishlar zaif nuqtamiz boʻlsa kerak.

Ota-bobolarimiz (SSSR bosqinidan oldin) farzandlariga sizlab murojaat qilganlar, inson sifatida qattiq hurmat qilganlar.

Urush, rus istilosi ajratishga va ayirishga majbur qildi...!

@muvozanatdamisiz
Foydali odat – ongli harakatni ongli ravishda ongsizlantirishdir😁

@muvozanatdamisiz
2024/05/19 06:05:27
Back to Top
HTML Embed Code: