Telegram Web Link
Айрим давлат хизматлари бўйича онлайн ариза бериш ва почта хизмати орқали белгиланган манзилга етказиб бериш тизими жорий этилади

АОКАда Адлия вазирлиги раҳбарияти иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида давлат хизматлари ва ФҲДЁ соҳасидаги сўнгги янгиликлар, соҳада амалга оширилаётган ишлар ҳақида маълумот берилди:

⚡️ Жорий йилда тоифаларга ажратган ҳолда хизмат кўрсатиш йўлга қўйиладиган ДХМлар сонини
40 тага етказилади.

⚡️Шу билан бирга, ЯИДХП орқали никоҳ тузилганлик, никоҳдан ажралганлик ва ўлим ҳақидаги такрорий гувоҳномаларни олиш юзасидан онлайн ариза бериш ва почта хизмати орқали белгиланган манзилга етказиб бериш хизматлари жорий этилади.

⚡️Онлайн хизматлар улуши 30 фоизга оширилади.

⚡️Келгусида давлат хизматлари марказлари орқали кўрсатиладиган хизмат турларини 400 тага етказилади.

⚡️ “Лицензия” ахборот тизимида қўшимча 20 та давлат хизматини ишга туширилади.

⚡️10 та давлат хизматини композит ва проактив шаклда кўрсатишни йўлга қўйилади.

⚡️100 та давлат хизматини “3 қадам” тамойили асосида қайта кўриб чиқилади ва хизмат кўрсатиш жараёнлари соддалаштирилади (BPR).

⚡️Лицензиялаш ва рухсат бериш тусидаги ҳужжатлар камида 5 фоизга қисқартирилади.

⚡️Давлат органлари ва ташкилотлари томонидан аҳоли ва тадбиркорлик субъектларидан 10 турдаги маълумотлар (ҳужжатлар) талаб қилиниши бекор қилинади.

⚡️Тезлаштирилган тартибда ва почта хизмати орқали етказиб бериладиган хизматлар сони 10 тага оширилади.

✍️ Батафсил
🔊Hurmatli fuqarolar !

📌Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan Davlat xizmatlari markazlarining ish samaradorligini oshirish, fuqarolarga xizmat koʻrsatishda yanada qulay sharoitlar yaratish, xizmat koʻrsatish jarayonida turli xil qonun buzilishi holatlarining oldini olish boʻyicha bir qancha choralar koʻrilmoqda.

🔅Xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatish natijasida fuqarolardan davlat boji va boshqa toʻlovlarni undirish jarayonida qonuniylikni taʼminlash maqsadida ariza beruvchining mobil raqamiga SMS yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

💸Mazkur SMS xabarda Sizdan undirilishi kerak boʻlgan summa koʻrsatiladi. Bu orqali toʻlovlarni undirish jarayonida qonun buzilishi holatlari oldi olinadi.

❗️Shu sababli, Sizdan ortiqcha toʻlov undirilgan yoki SMS xabar yuborilmagan hollarda 1148 "ishonch telefoni"ga qoʻngʻiroq qilishingiz soʻraladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining tashabbusi bilan "Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish huquqiy aksiyasi" o‘tkazilmoqda


Uchqo‘rg‘on tuman 2-son kasbhunar maktabida Toshkent Davlat yuridik universiteti professor o‘qituvchilari, o‘quvchilari, tuman prokuraturasi, viloyat va tuman adliya bo‘limi bilan hamkorlikda "Men O‘zbekistonlikman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Shu bilan birga "Zakovat" intellektual o‘yini tashkillandi.

Tadbir ishtirokchilari bugungi kunda kasbhunar maktabida o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan shartsharoitlar bilan yaqindan tanishdilar va o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdilar.

Maktabdagi "Asalarichilik","Baliqchilik" tadbirkorligiga alohida e’tibor qaratdilar.

Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek:

"Bilimli avlodbuyuk kelajakning, tadbirkor xalqfarovon hayotning,do‘stona hamkorlik esa~taraqqiyotning kafolatidir!"

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori qabul qilindi.

📆Shu sababli Kosonsoy tumanidagi Buloqboshi MFY fuqarolariga qarorning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o'tkazildi.

Targ‘ibot tadbirda ushbu qarorni atroflicha tushuntirib o'tib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga oid berilayotgan imtiyozlar haqida ham ma'lumotlar berib o'tildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Joriy yilning 22-may kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.

Malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.
Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 28 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 11 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:
Jurayev Muxiddin Tajidinovich;

Qashqadaryo viloyatidan:
Ibrohimov Bahrom Baxtiyor o‘g‘li;

Namangan viloyatidan:
Zaripov Ravshanbek Raxmanovich;

Samarqand viloyatidan:
Azizov Sherzod Ilxomovich;

Toshkent shahridan:
Gulomova Sevaraxon Abdusalomovna;
Gʻulomov Javohir Gʻiyos o‘g‘li;
Ishmanov Javoxir Nurmamad o‘g‘li;
Mirkasimova Madina Bonu Maxmud qizi;
Ortiqova Zarina Shuhrat qizi;
Shaydozimova Nasiba Kudaybergenovna;
Yuldoshev Nozimbek Ilxom-o‘g‘li;

Malaka imtihoni joriy yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.
2024/05/23 07:38:33
Back to Top
HTML Embed Code: