Telegram Web Link
“Mutolaa” ўзбек тилидаги энг катта электрон китоблар манбасига айланмоқда!

Лойиҳа доирасида бир ярим йил ичида 220 000 саҳифа сифатли электрон китоб, 6000 соат сифатли аудиокитоб яратилди.

Иловада 3 млн дан ортиқ фойдаланувчи ўзбек ва жаҳон адабиётининг 3000 дан зиёд шоҳ асарларини 10 000 000 мартадан кўпроқ мутолаа қилди!

Мутолаа вақти келди!


Манба / Мутолаа иловасини юклаб олинг👍

@namdu309
👍85
#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) joriy etiladi


Vazirlar Mahkamasining 656-son (17.10.2025-y.) qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Nizom bilan:

tyutorlik faoliyatining maqsad va vazifalari;

tyutorlarning huquq va majburiyatlari;

tyutorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish hamda tyutorlarga qo‘yiladigan malaka talablari;

hamda tyutorlik faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, Chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshiriladi.

2025-yilda:
har bir kurs vakillaridan iborat “Kurs qo‘mitalari” faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning muammolari va qiziqishlari doimiy o‘rganiladi;

talabalarning bildirgan fikrlari asosida “Muammolarni bartaraf etish dasturi” ishlab chiqiladi;

talabalar uchun maxsus ijtimoiy platforma va mobil ilovalar yaratiladi;

medialaboratoriyalar faoliyati tashkil etiladi;

“Yetakchi va faol talabalar maktabi” tashkil etiladi;

“Bir ziyoli — 10 talabaga ma’naviy ustoz” tizimi joriy etiladi;

musiqa va raqs ansambllari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

2025/2026-o‘quv yili davomida “O‘zbekiston Qahramonlari” darslari tashkil etiladi

2026-yilda:

🟢“Amir Temur vorislari” sport ko‘rik-tanlovini o‘tkazish nizomi ishlab chiqiladi

🟢har bir hududdagi bitta OTMda “Harbiy sport maydonchalari” tashkil etiladi;

🟢tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash indikatorlari ishlab chiqilib, reyting tizimi joriy etiladi;

🟢eng yuqori reytingga ega tyutorlarni rag‘batlantirish, eng past ko‘rsatkichli tyutorlarga jazo choralarini qo‘llash mexanizmi joriy etiladi;

🟢eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlar xorijga tajriba almashish uchun yuboriladi;

🟢tyutorlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi raqamli platforma yaratiladi.


Bundan tashqari, har yili “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍41


👍Namangan davlat universitetida Falsafa fan sohasida ilmiy ish qilayotgan izlanuvchilar uchun OAK tomonidan belgilangan “Zamonaviy falsafaning ontologik muammolari”, “Inson falsafasi” va “Fan falsafasi. Texnika falsafasi” fanlaridan malakaviy imtihonlarga onlayn hujjatlar qabul qilish boshlandi!

📩 TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:

✍️ Pasport nusxasi (Fayl nomi: Pasport. Familiya_Ismingiz.pdf);
✍️ Diplom nusxasi (Fayl nomi: Diplom. Familiya_Ismingiz.pdf);
✍️ Shaxsiy ma’lumotnoma (obektivka) (Fayl nomi: Obektivka. Familiya_Ismingiz.pdf)
✍️ Boshqa tashkilotlardan keluvchilar uchun tadqiqot olib borayotgan muassasadan yo’llanma xat (Fayl nomi: Xat. Familiya_Ismingiz.pdf);
✍️ Ilmiy unvon olmoqchi bo’lganlar uchun (fan nomzodi, PhD yoki DSc) diplom nusxasi (Fayl nomi: Diplom Familiya_Ismingiz.pdf); ✍️ OAK blyutennida mavzu e'loni (blyuttendan kesib olingan holati) yoki mavzu muhokama qilingan Ilmiy Kengash bayonnomasidan ko'chirma (Fayl nomi: Mavzu. Familiya_Ismingiz.pdf);

📣 Asosiy ish joyi Namangan davlat universiteti bo'lmagan malakaviy imtihon jarayonlarida qatnashib, muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar 10 ish kunida har bir topshirgan fani uchun 4001 1086 0144 0170 9410 0350 004 hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 % (185 ming so'm) miqdorida to'lov amalga oshirishlari kerak(To'lov qog'ozini yuborish uchun havola).
🧠 Asos: Universitet Kengashining 2023-yil
10-maydagi 11-sonli yig'ilish qarori
.

🌀 Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2025-yil
21-oktabrdan 25-oktabrgacha (shu kuni ham).

🔴 Hujjatlarni quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin:

Ro'yxat o'tish uchun

Namangan davlat universitetining rasmiy sahifalari:

✈️ Namangan davlat universiteti
✈️ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4
⚡️ Talabalar ijara to‘lovining bir qismini qaytarish uchun my.gov.uz orqali ariza berishi mumkin bo’ladi

1-noyabrdan boshlab talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismini my.gov.uz portali orqali (hozirda kontrakt.edu.uz orqali amalga oshiriladi) qaytarish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek:

🗓 2025-yil 1-noyabrdan: transportga gaz balloni o‘rnatilganligiga oid ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.

🗓 2026-yil 1-yanvardan: o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoni bilan bog‘liq davlat xizmatlari Yagona portal orqali ko‘rsatiladi.

🗓 2026-yil 1-maydan: nogironlikni belgilash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yo‘llanmani shakllantirish va elektron navbatga qo‘yish kompozit shaklda amalga oshiriladi.

🗓 2026-yil yakunigacha: tibbiy ko‘rik jarayonida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiruvchi ovozli yordamchi hamda bemorlarga tashxis qo‘yishda ko‘maklashuvchi sun’iy intellektga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturi ishga tushiriladi.

@namdu309
3👍3
2025/10/22 19:48:23
Back to Top
HTML Embed Code: