Telegram Web Link
#so'ragan_edingiz

Namangan davlat universiteti fakultetlarida o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosarlari haqida ma'lumot


Sirtqi ta'lim shakli uchun o'quv jarayoni hamda aloqa xati olish yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.

@namdu309
👍63
🟦🟦🟦

👍 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ta'lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o'rtasida «Islohotlar bilimdoni» respublika ko'rik-tanlovining Namangan davlat universiteti bosqichi yakunlandi.

🔻 “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasida:

🥇-o‘rin – Dexkanov Narimon Burxonjonovich - Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasi professori
🥈-o‘rin – Rustamov Shaxzodbek - Jahon tillar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
🥉-o‘rin – Atamirzayev Ibroxim - Yuridik fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedrasi” nominatsiyasida:

🥇-o‘rin – Iqtisodiyot fakulteti Menejment kafedrasi
🥈-o‘rin – Jahon tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
🥉-o‘rin – San’at va sport fakulteti San’atshunoslik kafedrasi

🔻 “Eng yaxshi tyutor” nominatsiyasida:

🥇-o‘rin – Ziyatov Dilshod - Filologiya fakulteti tyutori
🥈-o‘rin – Turdimatov G‘ayrat - Biotexnologiya fakulteti tyutori
🥉-o‘rin – Dadajanova Gulmira - Jahon tillar fakulteti tyutori

🔻 “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasida:

🥇-o‘rin – Otaboyeva Feruza - Fizika-matematika fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi
🥈-o‘rin – Dedaxanova Muhayyo - Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Tursunboyevna;
🥉-o‘rin – Sharipova Munira - Jahon tillar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi

🔻 “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nomina
tsiyasida:

🥇- o‘rin - To‘xtasinov Mira’zam - Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi
🥈- o‘rin - Orifjanova Marjona - San’at va sport fakulteti talabasi
🥉- o‘rin - Jabbaraliyev Muzaffarbek - Filologiya fakulteti talabasi

💐👏Professor-o‘qituvchilar hamda talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz! G‘oliblarga respublika bosqichida omad tilaymiz

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏5👍2
Ishonch

🎓 Kolumbiya universitetining bir talabasi matematika darsida uxlab qoladi. Dars tugagach, ovozlardan uyg‘onib qarasa taxtada ikkita topshiriq yozilganini ko‘radi va “uyda yechaman”, deb o‘ylaydi. Lekin bu masalalar juda murakkabligi bois, u kutubxonaga borib, kerakli materiallarni topadi va butun vaqtini sarflaydi.

‼️Keyingi darsda esa professor bergan topshiriqlarni so‘ramaydi va talaba undan nega uy vazifasini tekshirmayotganini so‘raydi. Professor kulib, “bu umuman topshiriq emasdi. Men sizlarga shunchaki dunyoda haligacha yechimi topilmagan matematik muammolar misolini ko‘rsatgandim”, deb javob beradi. Talaba bundan hayratlanib, ”biroq men ularni yechdim“ deb aytadi. Rostdan ham uning yechimlari tan olinadi. Bu masalalar bo‘yicha yozilgan to‘rtta ilmiy ish hanuz universitetda saqlanmoqda – inson irodasining hayratlanarli kuchini isbotlovchi hujjat sifatida.

P.S. Siz qodir emassiz, deganlarga ishonmang. Inson hamma narsani qila oladi, agar o‘ziga ishonsa.

@namdu309
15👍8🔥6💯4🥰2
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi

Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlandi.


Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.

Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.

Kasbiy ta’lim agentligi:

texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;

kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.

Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.

2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek:

🟢davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.

🟢Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Kontrakt to'lovlaridan 12% pulni onlayn qaytarib olish mumkin:

OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas.

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
👉
kontrakt;
👉 ipoteka kreditlari;
👉 nodavlat bog’cha va maktablar.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉 12% qaytarilishiga oid batafsil ma’lumot!

@namdu309
5👍2
#qabul2025 #super_kontrakt

Diqqat!!! Eʼlon!!! 6 kun qoldi!!!

Namangan davlat universiteti tomonidan qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar va o'qishini ko'chirish bo'yicha hujjat topshirib yetarli ball to'play olmagan talabgorlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari belgilangan.


2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar va talabgorlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashlari so'raladi
.

@namdu309
👍41🎉1
Bir kuni Albert Eynshteyn doskada masala yechdi:
9 x 1 = 09
9 x 2 = 18
9 x 3 = 27
9 x 4 = 36
9 x 5 = 45
9 x 6 = 54
9 x 7 = 63
9 x 8 = 72
9 x 9 = 81
9 x 10 = 91

To‘satdan zalda tartibsizlik paydo bo‘ldi, chunki Albert Eynshteyn bitta masalani noto‘g‘ri yechgan edi, 9 x 10=91. Barcha o‘quvchilari uni masxara qilishdi.

Eynshteyn hamma jim bo‘lishini kutdi va shunday dedi: To‘qqizta savolni to‘g‘ri tahlil qilgan bo‘lsam ham, hech kim meni tabriklamadi, lekin men bitta savolni noto‘g‘ri yechganim uchun hamma ustimdan kuldi. Demak, agar inson juda muvaffaqiyatli bo‘lsa ham, odamlar ko‘ziga uning eng kichik xatosi ko‘rinadi va ko‘pchilik bundan «zavqlanadi».

@namdu309
👍2410💯3👏2
2-bosqich tayanch doktorantlar (PhD)dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi uchun hujjatlar qabul qilinmoqda

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, 2026-yil uchun Prezident davlat stipendiyasi tanloviga hujjatlar qabul qilinmoqda.

2-bosqich tayanch doktorantura (PhD)da tahsil olayotgan doktorantlar arizalarini my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin.

Hujjat qabul qilish muddati: 2025-yil 31-oktyabr (shu kuni ham).

@namdu309
4👍1
⚡️ Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili) yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

🎓 Ushbu bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, prоfessiоnal ta’lim muassasalari va texnikumlari, xоrijiy tillaridan tarjimоn talab etiladigan tashkilоtlar, gazeta va jurnallar tahririyati, nashriyotlar, sоhaga оid ilmiy-tadqiqоt tashkilоtlari, kutubxоnalar, turli qo‘lyozma va kitоblar saqlanadigan fоndlar; ixtisоslik sоhasiga оid bоshqa tashkilоtlarga mutaxassislarni tayyorlaydi.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyatlar asosida ishlashlari mumkin:
👉 O'qituvchilik;
👉 Tarjimonlik;
👉 Ilmiy faoliyat;
👉 Nashriyot va boshqalar.

@namdu309
4👍4👏1
📌 Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

Ushbu bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, prоfessiоnal ta’lim muassasalari va texnikumlari, xоrijiy tillaridan tarjimоn talab etiladigan tashkilоtlar, gazeta va jurnallar tahririyati, nashriyotlar, sоhaga оid ilmiy-tadqiqоt tashkilоtlari, kutubxоnalar, turli qo‘lyozma va kitоblar saqlanadigan fоndlar; ixtisоslik sоhasiga оid bоshqa tashkilоtlarga mutaxassislarni tayyorlaydi.


Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyatlar asosida ishlashlari mumkin:

👉 O'qituvchilik;
👉 Ilmiy faoliyat;
👉 Nashriyot va boshqalar.

@namdu309
👍52
📌 Matematika va informatika yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:
➡️ umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
➡️ ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarida;
➡️ davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida;
➡️ ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, ishlab chiqarish korxonalari.


Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo'yicha ishlashlari mumkin:
➡️ umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda matematika va informatika fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borishi;
➡️ o‘rta maxsus va professional ta’limda matematika va informatika fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borishi;
➡️ turli tadbirkorlik sub’yektlarida, nodavlat, notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlashi;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishi;
➡️ umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda akademik litsey, kasb-hunar maktablari direktori, kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarishi;
➡️ umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.


@namdu309
1👍1
⚡️ Tarix yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

Davlat va nodavlat tashkilotlarda:
👉 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarda tarix fani o‘qituvchisi;
👉 O‘rta maxsus va professional ta’limda tarix fani o‘qituvchisi;
👉 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
👉 Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
👉 Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.


Bakalavr kasbiy faoliyatlarining ob’yektlari:
👉 Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
👉 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
👉 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
👉 Davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

@namdu309
4👍3🔥1👏1
Forwarded from Edu.uz
#xalqaro_hamkorlik

🎓 Oliy ta’lim bitiruvchilari uchun quvonarli yangilik!

🇺🇿🇰🇷
O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi delegatsiyasi Koreya Respublikasining Geongsangbuk-do provinsiyasi gubernatori Li Chol Vu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va kadrlar almashinuvi imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida yarimo‘tkazgichlar, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, biotexnologiya, sun’iy intellekt (AI), robototexnika, kelajak mobil texnologiyalari va energetika kabi yo‘nalishlarni tamomlagan yosh mutaxassislar uchun E-7 turdagi ish vizasini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish, Koreyaga kirish va mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini yaratish yuzasidan kelishuvga erishildi.

🧾 Loyihada ishtirok etish uchun talabgorlar:

🟢bakalavr yoki magistr diplomi va kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

🟠bakalavr yoki magistr diplomi, TOPIK 2+ yoki KIIP sertifikatiga ega bo‘lish;

🟢Geongsangbuk-do provinsiyasining yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarida kamida 3 yillik rasmiy ish tajribasi va TOPIK 3 darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislar;

🟠yo‘nalishlarda bakalavr yoki magistr bosqichini tugatayotgan, shu bilan birga TOPIK 2+ yoki KIIP sertifikatiga ega bo‘lgan talabalar ham loyihada ishtirok etishlari mumkin.

🌐 “Hududiy E-7 viza sinov dasturi”
xorijiy, jumladan, O‘zbekistondan kelgan malakali mutaxassislarni Koreyaning yetakchi sanoat kompaniyalariga ishga jalb etishni maqsad qiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar malakali kadrlarni tayyorlash va ularni Koreyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1👏1
2025/10/25 17:51:45
Back to Top
HTML Embed Code: