Telegram Web Link
Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar diqqatiga!

Davlat oliygohlarining magistraturasiga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yuzasidan oliygoh rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etishlari mumkin.

Ushbu masalada batafsil ma’lumot olish uchun talaba xotin-qizlarga oliygohning Registrator ofisi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

@namdu309
👍2016🔥5👏5💯1
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️ Таълим сифатини таъминлаш миллий агентлиги фаолияти тартибга солинди


Президент қарори (ПҚ–275-сон, 08.09.2025 й.) билан “Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Таълим сифатини таъминлаш миллий агентлиги тўғрисида”ги низом тасдиқланди.

🔰 Низом Таълим сифатини таъминлаш миллий агентлиги мақоми, вазифа ва функциялари, ваколатлари, ҳуқуқ ва мажбуриятлари, фаолиятини ташкил этиш тартибини белгилайди.

📙 Агентлик ўрта махсус, касбий, олий ва олий таълимдан кейинги таълим, кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш, малакаларни баҳолаш соҳаларида ташқи сифат назоратини амалга оширувчи махсус ваколатли давлат органи ҳисобланади.

Агентликнинг асосий вазифалари қуйидагилар ҳисобланади, жумладан:

🔹 таълим ташкилотларида ички сифат назорати мезонлари ва тартибларини такомиллаштириш ҳамда самарали амалга ошириш юзасидан услубий тавсиялар бериш;

🔹 таълим ташкилотларида таълим сифатини таъминлашга қаратилган чора-тадбирлар самарадорлигини ўрганиш юзасидан илмий ва амалий тадқиқотларни олиб бориш ҳамда сўровномалар ўтказиш.

🏛 Агентлик тузилмасига Агентликнинг марказий аппарати ҳамда Миллий малака тизимини ривожлантириш институти киради.

Каналга уланиш👇👇👇
https://www.tg-me.com/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ туманига ташриф буюради ҳамда ўқитувчи ва мураббийлар билан мулоқот қилади.

Тадбирда давлатимиз раҳбари таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳига давлат мукофотларини тантанали топширади ҳамда таълим сифатини ошириш, ўқитувчи ва мураббийларни янада қўллаб-қувватлаш масалаларини муҳокама қилади.

Ташриф доирасида туманда амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишиш ҳам режалаштирилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Бостанлыкский район Ташкентской области и проведет диалог с учителями и наставниками.

В рамках мероприятия глава государства торжественно вручит государственные награды группе особо отличившихся работников системы образования и воспитания, а также обсудит вопросы повышения качества обучения и дальнейшей поддержки учителей.

В ходе поездки планируется также ознакомление с проводимой в районе созидательной работой.

Facebook|Instagram|X
8👍6
Forwarded from Edu.uz
Oliygohlarga_o'qishga_qabul_qilish_nizomlari_VMQ_578_13_09_2025.pdf
4.4 MB
2025-yil 13-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining akademik mobilligini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍105
Forwarded from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazmoqda

Tadbirga barcha hududlardan 40 mingdan ziyod pedagoglar ulangan.

So‘zining avvalida davlatimiz rahbari o‘z hayotini yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishdek dunyodagi eng ulug‘ ishga bag‘ishlab kelayotgan barcha muallim, professor va o‘qituvchilarni – bir millionlik pedagoglar jamoasini ana shu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

O‘tgan hafta jonkuyar o‘qituvchi va murabbiylar, ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlash haqida Prezident farmoni imzolandi.

Ular orasida soha xodimlari bilan bir qatorda o‘z mablag‘i hisobidan ta’lim maskanlari qurgan, ta’mirlagan saxovatpesha tadbirkorlar, ta’limdagi ilg‘or yutuqlarni joriy qilishga ko‘maklashayotgan xorijiy hamkorlarimiz, hududida ta’lim rivoji uchun zarur sharoit yaratib berayotgan hokimlar ham bor.

Davlatimiz rahbari yuksak unvon, orden va medallarni o‘z egalariga topshirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4👍4
Forwarded from Edu.uz
Iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi. Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan mamlakatda esa iqtisodiyot barqaror o‘sadi. Bu – hayot qonuni!

So‘nggi sakkiz yilda ta’lim va tarbiya sohasida ham o‘n yillarga teng keladigan ishlar amalga oshirilib, ulkan natija va yutuqlarga erishilgani ta’kidlandi.

O‘tgan davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti 2 karra o‘sdi, yil yakuni bilan jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi ham yil oxirigacha 130 milliard dollar bo‘ladi.

Barcha tarmoqlarga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar kirib kelayotgani hisobiga bu yil eksport 25 milliard dollarga olib chiqiladi. O‘tgan 8-yilda esa mamlakatimizga 130 milliard dollar xorijiy sarmoya kiritildi.

E’tiborlisi, ilgari investitsiya asosan xomashyo resurslariga kiritilgan bo‘lsa, hozir har bir sohada yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirilyapti.

“Men bu iqtisodiy ko‘rsatkichlarga nima uchun ko‘p to‘xtalyapman? Chunki iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi. Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan mamlakatda esa iqtisodiyot barqaror o‘sadi. Bu – hayot qonuni!”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31
Forwarded from Edu.uz
Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir!

O‘tgan sakkiz yilda ta’lim va ilm-fanga xarajatlar 6 karra oshirilib, 378 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz O‘zbekiston tarixida ilk bor 50 milliard dollarlik marradan oshdi.

"Iqtisodiyotimiz barqaror o‘syapti, resurs va zaxiralarimiz ham yetarli.

Bu – bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlar qurish, ta’lim va ilm dargohlarini zamonaviy jihozlash, ustoz va murabbiylarning moddiy manfaatdorligini muntazam oshirib borishning kafolati emasmi?!

Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini oshirish hamda ustoz va murabbiylarning mehnat va yashash sharoitini yaxshilash islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Zero, Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir!",

– dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍21
Forwarded from Edu.uz
Yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotli qilinadi

Hozirda 7 mingdan ortiq davlat bog‘chalarida 120 mingga yaqin pedagoglar bo‘lgani bilan ularning atigi 34 foizi oliy ma’lumotga ega. Lekin hozirda tarbiyachilarning maktab o‘qituvchilari kabi toifa olishi uchun oliygoh diplomi talab etiladi. Shu sababli oliy ma’lumotli bilan o‘rta ma’lumotli tarbiyachining oyligida farq bor.

Shu bois, davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarini ishdan ajralmagan holda oliygohlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotli qilinadi.

Yana bir yangilik. Xuddi Prezident maktablari kabi har bir viloyatda “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil qilinib, ularda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi.

Eng muhimi, yangi metodikalarni o‘rganish uchun bu maskanlarning eshigi xususiy bog‘cha tarbiyachilariga ham doimo ochiq bo‘ladi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍42
Forwarded from Edu.uz
Maktab bitiruvchilari yakuniy imtihon natijasi bilan xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan bo‘ladi

“Xalqimizning kelajagi maktabdan boshlanadi. Chunki farzandlarimizga bilim va tarbiya berishning eng uzoq davom etadigan, kerak bo‘lsa, hal qiluvchi bosqichi bu – maktab ta’limidir”,
– dedi Prezident.

Hozirda maktablarda 6,5 million o‘quvchi ta’lim olyapti. Bu yil maktablarni 400 mingga yaqin o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, 1-sinflarga 720 ming bola qabul qilindi. Shu bois, so‘nggi sakkiz yilda 500 ga yaqin yangi maktablar qurilgani, mavjudlarining kengaygani hisobiga 1 million o‘quvchi o‘rni yaratildi.

Xususiy maktablarga katta sharoit yaratilgani natijasida ota-onalar uchun tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bugun 200 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlarimiz xususiy maktablarda o‘qiyapti.

Maktab ta’limida yana bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab davrida o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy ta’limga yo‘naltirish uchun 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Shu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga qamrab olinadi.

O‘qishni maktabda davom ettirib, oliygohga kirish istagida bo‘lgan yoshlarga fanlar tanlov asosida chuqurlashtirib o‘tiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍93👏2🔥1🥰1
Forwarded from Edu.uz
Eng katta niyatim, maqsadim – ta’lim va yana bir bor ta’limga e’tibor berib, bunday iste’dodli va fidoyi yosh o‘qituvchilarimiz safini kengaytirish

Har yili o‘n minglab maktab o‘quvchilari xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar olyapti.

Masalan, 2016-yilgacha jami 2 ming nafar maktab o‘quvchisi sertifikat olgan edi. O‘tgan yili birgina xorijiy tillarning o‘zidan 150 ming yoshlarimiz xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.

Endi bunday sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishi aytildi.

“Bugungi tadbirimizda o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan, yuzlab o‘g‘il-qizlarimizni yuqori marralarga yetaklayotgan kogonlik qizimiz Billura Ikramova ham qatnashyapti.

Billura qizimiz top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirib, katta-katta idoralardan bo‘lgan takliflarni rad etib, Romitanning eng chekka qishlog‘idagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda.

Yoki Oksford universiteti doktoranti Nodira Nabiyeva eshitish qobiliyatini yo‘qotgan o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha innovatsion metodika yaratdi. Germaniya va AQSHdagi oliygohlarning professor-o‘qituvchilari bu metodikadan foydalanayotgani bizni quvontiradi.

Eng katta niyatim, maqsadim – ta’lim va yana bir bor ta’limga e’tibor berib, bunday iste’dodli va fidoyi yosh o‘qituvchilarimiz safini kengaytirish. Buning uchun har qanday sharoitlarni yaratib berishga tayyorman”,
– dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍43
⚡️Pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi

Prezidentimiz pedagoglarni yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:

yangi yildan boshlab kamida 15-yil stajga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab beriladi;

kelgusi oʻquv yilida davlat oliygohlariga oʻqishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;

oʻqituvchilar yangi taʼlim texnologiyalarini keng qoʻllashi uchun kompyuter xaridiga 10 million soʻmgacha imtiyozli kredit ajratiladi;

kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari toʻlovi 2 karra kamaytiriladi;

fan oʻqituvchilari kabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinamiz. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama toʻlanadi;

bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;

dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga oʻqishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti ajratiladi;

reytingda 100 talikka kirgan maktab va bogʻcha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.

@namdu309
👍1713👏4🔥2💯2
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga davlat mukofotlarini topshirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🕊2
Forwarded from Edu.uz
#IjtimoiyLoyihaTanlovi

Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun
ijtimoiy buyurtma berish bo‘yicha loyihalar tanlovi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalaridagi eng dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan ijtimoiy loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga kimlar ishtirok etishi mumkin?
Nodavlat notijorat tashkilotlari.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
taʼlim tizimini rivojlantirish va sifatini oshirish;
ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash;
innovatsiyalarni joriy etish va tarqatish;
taʼlim jarayonini raqamlashtirish;
yosh olimlar va talabalarning ilmiy loyihalarini qoʻllab-quvvatlash;
inklyuziv taʼlimni rivojlantirish;
taʼlim infratuzilmasini rivojlantirish.

Ishtirokchilarga quyiladigan ➡️talablar.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
♦️ariza;
🔹ijtimoiy buyurtmani bajarishning batafsil tasnifi;
🔹davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
🔹NNT ustavining nusxasi;
♦️qarzdorlik mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma;
🔹litsenziya nusxasi.

Tanlov uchun loyihalar ariza namunasi bo‘yicha 2025-yil 1-oktyabrga qadar taqdim etiladi.

▶️Batafsil tanlov nizomida.

Hujjatlarni yuborish manzili:
[email protected]

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
Forwarded from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning bir millionlik pedagoglar jamoasini yaqinlashib kelayotgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi.

2017-yilda 4 mingdan ortiq mahallada birorta ham bog‘cha yo‘q edi, qamrov 27 foizdan oshmasdi. Bugungi kunda bog‘chalar soni 38 mingdan, qamrovi esa 78 foizdan oshdi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi.

Texnikumlarda “Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida dual ta’lim yo‘lga qo‘yilib, uning qamrovi 5 barobar oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍5👏1
Forwarded from Namangantoday.uz
Юксак эътибор ва шарафли масъулият

Давлатимиз раҳбаринингжорий йил 15 сентябрдаги ўқитувчи ва мураббийлар билан мулоқоти мамлакатда таълимга берилаётган устувор эътиборнинг амалий исботи бўлди. Бир миллионлик педагоглар жамоасига йўлланган самимий табрик– бу соҳанинг энг муҳим даражада эканини яна бир бор тасдиқлади.


Наримон ДЕҲҚОНОВ,
Наманган давлат университети профессори, Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутати
.

Батафсил ўқиш
➡️ https://namangantoday.uz/2025/09/15/yuksak-jetibor-va-sharafli-masuliyat/

📝 Namangantoday

➡️ Обуна бўлинг ➡️https://www.tg-me.com/namangantoday
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26👍20👏82💯2👌1
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Наманган вилоятига ташриф буюради.

Икки кунлик сафар дастуридан саноат, қишлоқ хўжалиги, энергетика ва ижтимоий соҳада ишга туширилган янги объектлар билан танишиш ҳамда вилоятни комплекс ривожлантириш масалалари юзасидан йиғилиш ўтказиш ўрин олган.

Шунингдек, давлатимиз раҳбари "Камбағалликдан фаровонлик сари" III халқаро форумининг очилиш маросимида иштирок этади ва нутқ сўзлайди.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Наманганскую область.

В программе двухдневной поездки – ознакомление с новыми объектами в промышленности, сельском хозяйстве, энергетике и социальной сфере, а также проведение совещания по вопросам комплексного развития области.

Глава государства также выступит на церемонии открытия III международного форума "От бедности к благополучию".

Facebook|Instagram|X
👍119👏3🥰1
2025/10/25 14:48:54
Back to Top
HTML Embed Code: