Telegram Web Link
Президент Шавкат Мирзиёев Чуст туманидаги “Мегатон” корхонасининг газ-бетон блоки ишлаб чиқариш мажмуасида бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил завод по выпуску газобетонных блоков предприятия “Мегатон” в Чустском районе.

@namdu309
👍167🔥4👏1👌1
Жаҳон банки билан Ўрта шаҳарларни ривожлантириш лойиҳаси доирасида жорий йилда “Фурқат” боғи реконструкция қилиниб, ҳудуди қарийб 2 баробар кенгайтирилади, Чортоқсой бўйлаб 11 километр узунликда пиёдалар ва велосипед эко-йўлаклари қурилади.

Жадал комплекс ривожлантириш дастури доирасида Чортоқсой ва Катта Наманган канали қирғоқларининг 7 километри бетонлаштирилиб, 30 гектар ер фойдали майдонга айлантирилади.

Бу ердаги кўп йиллик боғлар билан уйғун ҳолда санаторий типидаги йирик сервис объектлари барпо этилади. “Чортоқ” сув омбори атрофида туризм комплекси, меҳмонхона, ресторан, дам олиш ва кўнгилочар масканлар ташкил қилинади.

Яна бир йирик лойиҳа – Поп туманидаги Арашан кўли атрофида 1 минг 200 гектар майдонда йилига 1 миллион сайёҳни қабул қиладиган йирик туризм комплекси барпо этилади.

Туризм соҳасидаги катта лойиҳалар учун кадрлар тайёрлаш мақсадида кейинги ўқув йилидан Австриянинг Кремс университети билан Наманган давлат университетида қўшма факультет ташкил қилинади.

Facebook|Instagram|X
👍2016🔥2
#Rasmiy_xabar

⚡️Masofaviy ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga
!

2025/2026 o‘quv yili Namangan davlat universiteti masofaviy ta’lim shaklida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

🟣 Uchrashuv 19-sentyabr kuni soat 11:00 da universitetning Namangan shahar, Boburshoh ko‘chasi 161-uyda joylashgan “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” da bo‘lib o‘tadi (Joylashuv).

ESLATMA:

Abituriyentlar o‘zlari bilan quyidagilarni olib kelishlari so‘raladi:
— Onlayn ariza;
— Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
— Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
— Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
— 3,5 x 4,5 foto 8 ta;
— Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
— Konvert A5 formatida;
— Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).
— To‘lov-kontrakt uchun qabul qilingan talabalar uchun yuqoridagilarga qo‘shimcha shartnoma va to‘lov kvitansiyasi
@namdu309
4👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #Munosabat

Prezident Namanganda ta’lim va yoshlar masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi

Turizm sohasidagi yirik loyihalar uchun kadrlar tayyorlash maqsadida kelgusi o‘quv yilidan Namangan davlat universitetida Avstriyaning Krems universiteti bilan qo‘shma fakultet tashkil etiladi.

Ushbu tashabbus boʻyicha universitet birinchi prorektori Islomjon Odilov fikr va mulohazalarini bildirdi.

@namdu309
3👍3🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar diqqatiga!!!

Joriy yilning 20-sentyabridan noyabr oyiga qadar Talaba yoshlar o‘rtasida 🖐 «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sport musobaqalari o‘tkaziladi.

⭐️Musobaqalar 5 ta sport turi:

🟢 Yengil atletika,
🟢 Volleybol,
🟢 Stritbol,
🟢 Stol tennisi,
🟢 Mini futbol boʻyicha oʻtkaziladi.


📑 Ma’lumot uchun: 4-bosqichda (fakultet-oliy ta’lim-hududiy-respublika) o‘tkaziladigan musobaqada ishtirokchilari o‘zlari tahsil olayotgan ta’lim muassasasidan ishtirok etishadi.


Barcha talabalar olimpiadada ishtirok etishi uchun o‘zlari biriktirilgan tyutorlarga murojaat qilishi va ular ko‘magida 5 turdagi sport musobaqalarda faol ishtirok etishlari mumkin.

@namdu309
👍61
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davom etmoqda

Kecha yurtboshimiz raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Ushbu yig‘ilishda ilgari surilgan tashabbuslarni keng jamoatchilik vakillarining e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

Jumladan, Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti dekani o‘rinbosari Nodirbek Kodirov ham yig‘ilishda ilgari surilgan tashabbuslar hamda vazifalar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

@namdu309
👍62
Forwarded from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoev Namangan shahrida 30 dan ortiq nufuzli tashkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar ishtirokidagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forumining ochilishida nutq so‘zlamoqda.

Xususan, sifatli ta’lim inson kapitalini rivojlantirish, uzoq muddatli istiqbolda kambag‘allikni qisqartirishning asosiy “drayveri” ekanini qayd etdi.

Birgina misol, bolalarning bog‘cha bilan qamrab olingani 27 foizdan 78 foizga oshgani natijasida 1 million ayollar ta’lim olish, kasb-hunar o‘rganish va daromad topish imkoniga ega bo‘ldi.

Bu ishlar davom ettirilib, kambag‘al oila farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Bunday oilalar farzandlari uchun xorijiy til va kasb-hunar o‘rganishga  ketadigan xarajatlarning 80 foizi qoplab beriladi va bu orqali 100 ming kambag‘al oila farzandlari qamrab olinadi.

Har bir kambag‘al oilada kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun imtiyozli ta’lim krediti va davlat grantlari ko‘paytiriladi.

Xalqaro standartlar asosida Kasbga tayyorlash xalqaro markazlari tashkil etilib, ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar berish yo‘lga qo‘yiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7👍2
Forwarded from Edu.uz
Mamlakatimizda xotin-qizlarni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish masalasi ham davlat siyosati darajasiga olib chiqildi.

Xotin-qizlarga oliygohda o‘qish uchun foizsiz kredit ajratish, magistraturada bepul ta’lim olish tizimi joriy etildi. Bugun talabalarning 53 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda, shu yilning o‘zida 1 million 700 ming ayol ishli bo‘ldi.

Buni davom ettirib, “Raqamli avlod qizlari” dasturi doirasida 50 ming nafar qizlar axborot va moliya texnologiyalari, sun’iy intellektga o‘qitiladi.

“Xotin-qizlar jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Kelgusi yildan mehnat bozorida ayollar uchun teng sharoit yaratish maqsadida ijtimoiy sug‘urta tizimi qamrovini keskin oshiramiz. Bu ularning kambag‘allikka tushib qolmasligini kafolatlaydi”,


- dedi Prezident va barchani kelgusi yilda Namanganda o‘tadigan Osiyo ishbilarmon ayollar forumiga taklif qildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍7
Farovonlik sari yo‘l: inson kapitali va inson qadri uyg‘unligi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forumida aytgan fikrlari jamiyatimiz uchun bir haqiqatni yana bir bor tasdiqladi: xalqning farovonligi – odamning bilimida, kasbida, sog‘ligida, imkoniyatida.

So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar bunga yorqin misoldir. Agar bundan besh yil avval bolalarimizning bog‘chalarga qamrovi atigi 27 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib bu ko‘rsatkich 78 foizga yetdi. Natijada 1 milliondan ortiq ayollar ta’lim olish, kasb-hunar o‘rganish va o‘z daromadini topish imkoniga ega bo‘ldi. Bu – o‘z navbatida, oila farovonligiga xizmat qilmoqda.

Maqolani batafsil o'qish 👉 https://telegra.ph/KAMBAGALLIKDAN-FAROVONLIK-SARI-INSON-KAPITALI--TARAQQIYOT-KALITI-09-18

@namdu309
👍98🔥1
#tayinlov
Narimon Dexkanov universitetning Registrator ofis boshligʻi lavozimiga tayinlandi

Narimon Burxonjonovichni ushbu mas’uliyatli lavozim bilan muborakbod etib, kelgusi ishlarida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

@namdu309
👏82👍4216🏆52
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Universitetning chempion qizlari!

Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l shahrida o‘tkazilgan III Turkiy davlatlar universiadasi doirasida voleybol bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan universitet sportchi-qizlarini universiada haqida fikrlarini videolavhada ko‘rishingiz mumkin.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
16👍9
#Bilasizmi?

Namangan davlat universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida “Registrator ofis” faoliyat yuritmoqda.

Bu markazda 70ga yaqin turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.

📚 Talabalar uchun imkoniyatlar:
O‘qish jarayoniga oid hujjatlarni tez va qulay olish
Akademik maʼlumotnomalar rasmiylashtirish
Talabalik guvohnomasi, kontrakt shartnomalari, ariza va so‘rovnomalar bilan ishlash
Bitiruvchilar uchun diplom ilovalarini olishda ko‘mak
O‘quv jarayonida zarur bo‘ladigan boshqa hujjatlar va boshqa xizmatlar koʼrsatiladi.

Ofis registrator talabalarning vaqtini tejash va barcha xizmatlarni “bir darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishni maqsad qiladi.

✈️Telegram: @Namdu_murojaat
☎️ Call-markaz: +998692395006

@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍12🔥6🎉1
Ta’lim krediti ajratadigan banklar

Talabalar rasmda ko'rsatilgan banklarning istalgan biriga borib, imtiyozli ta’lim krediti olishlari mumkin.

1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (14%) ko'ra ajratiladi.

2. Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi.

3. Ta'lim krediti faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi.

4. Joriy yildan ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi.

5. Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi (hozirda 14%) ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

6. Ta'lim kreditini har yili olish mumkin.

7. “Super-kontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.

8. Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin.

9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi.

10. Taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va my.gov.uz orqali topshirish mumkin boʻladi.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👏83👍3💯2
#Soʼragan_edingiz

Registrator Ofis bo'limiga eng koʼp berilayotgan savollarga javob

Xorijiy hamda nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan oʼqishini koʼchirgan talabalar uchun aloqa xati qachon beriladi?

Javob: Aloqa xati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

davlat oliy taʼlim muassasasidan oʼqishini koʼchirgan talabalar +998942755745 (Muzaffar Turgʼunov) raqami bilan bogʼlanib olib olishlari mumkin.

xorijiy hamda nodavlat oliy taʼlim muassasasalaridan oʼqishini Namangan davlat universitetiga koʼchirib oʼtgan talabalar fakultet dekanatlariga murojaat qilishlari mumkin. Ular uchun aloqa xatlari tayyorlab qoʼyilgan.

Super-kontrakt uchun arizalar qabuli qachon boshlanadi?

Javob: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yaqin kunlarda rasmiy xabar chiqishi kutilmoqda. Yangilik boʼlishi bilan bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar beriladi.

Kontraktdan grantga oʼtganman, stipendiyamiz qachon tushadi?

Javob: hozirda vaqtda kontraktdan grantga oʼtgan talabalarning buyruqlarini chiqarish jarayoni oxirgi bosqichda. Yaqin kunlarda stipendiyalar tushishi maʼlum qilinadi.

Sirtqi taʼlim hamda ikkinchi mutaxassisliklar uchun oʼqish qachondan boshlanadi?

Javob: sirtqi taʼlim talabalari uchun oʼquv jarayonini tashkil etish muddati fakultet rahbariyati tomonidan belgilanadi. Shu boisdan fakultet dekanati bilan bogʼlanib aniq muddatini bilib olishingiz mumkin.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏52🔥2💯2👌1
#Bilasizmi ?

Kontrakt toʻlovining 12%ni qaytarib olishda 26 yosh chegarasi bekor qilingan
.

Professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritilgan.

Avvalgi tartibda, ota-onalar oʻzlarining 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul toʻlaganda, toʻlangan qismidan 12 foizlik daromad soligʻi hisoblanmas edi va qaytarib berilar edi. Endi bu yosh bu yosh chegarasi bekor qilindi.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍9👏3🎉2
Taqdimot.pdf
1.4 MB
#Bilib_oling

Masofaviy ta'lim platformasidan foydalanish bo‘yicha taqdimot

Hurmatli talabalar! Yuqoridagi taqdimotda masofaviy ta'lim platformasidan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha muhim ma’lumotlar jamlangan. Ushbu material orqali siz:

Platformaga qanday kirish
Asosiy funksiyalaridan foydalanish
Darslarga ulanish tartibi
Topshiriqlarni yuborish va baholanish jarayonlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lasiz.

📎 Faylni yuklab olib, diqqat bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz. Agar savollar tug‘ilsa, izohlarda yozib qoldiring yoki murojaat qiling.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96👏2🤝1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat! Ogohlik davr talabi

🖊 Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm gʼoyalari bilan yoʼgʼrilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish TАQIQLАNGАN MАTERIАLLАR roʼyxati e’lon qilindi.

📆 2025-yil 2-sentyabr holatiga koʼra Roʼyxat👈

Manba: Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
2025/10/24 10:49:47
Back to Top
HTML Embed Code: