Telegram Web Link
Biotexnologiya fakulteti dars jadvali.rar
8.8 MB
#Soʼragan_edingiz

2025/2026 oʼquv yili Biotexnologiya fakulteti 1-yarim yillik dars jadvali



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#qabul2025 #imkoniyat

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

🟢davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;

🟢roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;

🟢ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;

🟢tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64
#qabul2025 #super_kontrakt

Joriy yil tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi


Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi:

qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;

qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Barcha oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentyabrga qadar 2025/2026-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

@namdu309
14👍4
filologiya dars jadvali.zip
15.7 MB
#Soʼragan_edingiz

2025/2026 oʼquv yili Filologiya fakulteti 1-yarim yillik dars jadvali



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍1
Super-kontrakt bo‘yicha tushuntirish
#abituriyent

Avval xabar berganimizdek, Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.

Abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yo’q), unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

💰Narxi qancha “super”ni, ayting?

Super-kontrakt narxlari endi rektorlar tomonidan belgilanadi, shu sababli avvalgi yillardagi kabi yagona jadval chiqmaydi. Masalan, bitta oliygohning iqtisod yo’nalishi bilan, boshqasidagi iqtisod yo’nalishi narxlari ham farq qilishi mumkin.

Aniq miqdorlar 25-sentyabrgacha ma’lum bo’ladi. Shu sababli “unga qancha ekan, bunga qancha ekan” deb so’rashdan foyda yo’q. Barcha oliygohlar o’z saytida va Telegram kanalida miqdorlarni e’lon qiladi. Keyinchalik hamma tasdiqlangan miqdorlar kontrakt.edu.uz saytiga joylanadi va siz onlayn shartnoma olayotganda narxi avtomatik chiqadi.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?

Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.

Ammo super-kontraktga kirgan talaba 2-kursdan boshlab oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin - Xushnudbek.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1211
#bazaviy_kontrakt2025

Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari (bakalavriat, magistratura)




@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍11🔥2👏1
#imkoniyat #1_kurs #kontrakt

1-kurslar kontrakt toʻlov miqdorining kamida 25 foizini 30-oktyabrgacha toʻlashi mumkin

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yilida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini toʻlash muddati 2025-yil 30-oktyabrgacha uzaytirildi.

Shuningdek, respublika oliy taʼlim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026-oʻquv yili uchun belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107🔥2👏2🎉1
#Ochiq_muloqot

Namangan davlat universiteti hamda Milliy bank Namangan viloyat boshqarmasi bilan hamkorligida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda Registrator ofisi Xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Jalolov Ravshanbek, Oʻzbekiston Milliy banki Namangan viloyat boshqarmasi «Kelajakka qadam» markazi menejerlari va talabalar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida bitiruvchi talabalarni ish bilan taʼminlash masalalari ham alohida muhokama qilindi. Mehnat bozoridagi dolzarb yo‘nalishlar, sohada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ish beruvchilarning talab va takliflari hamda bitiruvchilarda bo‘lishi lozim bo‘lgan kasbiy va shaxsiy kompetensiyalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.


Ishtirokchilarga zamonaviy rezyume tuzish, samarali suhbatdan o‘tish, amaliyot jarayonlaridan unumli foydalanish va mehnat bozoriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📎“Kelajakka qadam” dasturi bilan tanishish

@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍2👏1💯1
#Bilasizmi?

Mahalliy hokimliklar talaba-qizlarning kontraktini to‘lab beradi

Prezidentning 05.03.2021 yildagi PQ-5020-sonli qaroriga muvofiq:

Har yili hokimliklar tomonidan o‘qishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan bazaviy to‘lov-kontrakt summasini to‘lab beriadi.

Qaysi toifadagi talaba-qizlar?


“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar;
yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.

❗️Shu toifaga kirsa ham, lekin:

ikkinchi mutaxassislikda;
O‘zbekistondagi xorijiy, xususiy OTMlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berilmaydi.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍6🔥2🤝2👏1
#qabul2025 #imkoniyat #qoraqalpoq_yoshlari

Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi


Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy taʼlimga qabulda quyidagi 3 ta qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi.

1-imkoniyat. 2025-yil 24–30-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.

Tavsiya etilganlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.

2-imkoniyat. 2025-yil 29-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar (shu kuni ham) Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, jumladan, muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun 200 ta maqsadli qabul parametrlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Bunda:

roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi;

roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi;

oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlov natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.

❗️Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.

‼️Muhim. 2025-yil 15-noyabrga qadar yuqoridagi 1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant oʻrinlariga qabul qilingan talabalar bilan oliy taʼlim tashkilotini tamomlagandan keyin tegishli hududda 3 yil ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi toʻrt tomonlama (hududiy hokimlik, sohaviy davlat organi (tashkiloti), talaba va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida) shartnomalar rasmiylashtiriladi.

3-imkoniyat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 7 225 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional (kasbiy) taʼlim muassasalarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.

Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍5👏1
📌 Vakant o‘rinlariga qo’shimcha qabul bo‘yicha so‘ralayotgan savollarga javoblar

Qo‘shimcha vakant o‘rinlar uchun tanlov - bu hamma aytayotgan “6-yo‘nalishni tanlash”mi?


JAVOB: Ha, bu o‘sha.

Nega unda bu “6-yo‘nalishni tanlash” deb nomlanmadi?


JAVOB: Chunki siz bitta emas, fan blokingizga mos 5 tagacha yo‘nalish tanlashingiz mumkin.

Vakant o‘rinlar ro‘yxati qachondan e’lon qilinadi?


JAVOB: Vakant o‘rinlar ro‘yxati 25-sentyabrgacha Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Ushbu qabulda imtiyozi bor ammo talabalikka tavsiya etilmaganlar imtiyozi bilan qatnasha oladimi ya’ni imtiyoz o‘tadimi?


JAVOB: Yo‘q, to‘plagan baliga qarab, ketma-ketlikda aniqlanadi. Hech qanday imtiyoz amal qilmaydi.

Qo‘shimcha vakant o‘ringa talabalikka tavsiya etilganlar oddiy kontrakt hisobida qabul qilinadimi yoki oshirilgan to‘lov kontraktdami?

JAVOB:
Ushbu vakant o‘rinlarga qabul qilinganlar oddiy kontrakt (bazaviy to‘lov-kontrakt) asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?


JAVOB: ikki xil toifadagi o‘qishga kirolmaganlar:

1-toifa — 2025-yilgi test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo kvota doirasida o‘qishga kirolmagan abituriyentlar.

2-toifa — 2025-yilgi test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlar. Ya’ni o‘tgan safar turli sabablarga ko‘ra yo‘nalish tanlashni esdan chiqarib qo‘ygan yoki ulgurmaganlar.

Ro‘yxatdan qachon va qayerda o‘tiladi?


JAVOB: 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
114🔥3👍2👏1
Kunduzgi 6-yo‘nalish.pdf
770.5 KB
📌 KVOTA-2025

BAKALAVR.
KUNDUZGI. 6-YO‘NALISH

Jami: 19 279 ta.

2025–2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar haqida ma’lumot bilan tanishishingiz mumkin.

@namdu309
👍54
Kechki 6-yo‘nalish.pdf
335.1 KB
📌 KVOTA-2025

BAKALAVR.
KECHKI. 6-YO‘NALISH

Jami: 7 058 ta.

2025–2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar haqida ma’lumot bilan tanishishingiz mumkin.

@namdu309
👍41
2025/10/28 06:06:07
Back to Top
HTML Embed Code: