Telegram Web Link
#Rasmiy

Namangan davlat universiteti Buxgalteriya bo‘limi yangi manzilga ko‘chib o‘tdi!


📌 Yangi manzil: Namangan davlat universiteti Yuksalish massividagi binosi, 2-qavat.
Ish vaqti: Dushanba–Juma, soat 09:00 dan – 18:00 gacha.

Endilikda barcha moliyaviy hujjatlar, hisob-kitoblar va boshqa murojaatlar shu manzilda amalga oshiriladi.


📱 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @Namdu_hisobxona

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍51
Hurmatli ilm-fan ixlosmandlari va yosh olimlar!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar va ilm-fan” ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik va ma’naviy-ma’rifiy jurnalining 2025-yil 4-soniga maqolalar qabul qilish boshlandi.

Ushbu ilmiy jurnalning 2025-yil 4-soni uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:

➡️Tabiiy fanlar
➡️Gumanitar fanlari
➡️Texnika fanlar
➡️Yoshlar va ilm-fan yo‘nalishi

➡️Maqola talablarini ko‘rish

🕊Maqolalar 2025-yil 1-dekabr sanasiga qadar Telegramdagi @yoshlar_va_ilmfan_bot manzili orqali qabul qilinadi.

O‘z ilmiy izlanishlaringiz natijalarini biz bilan bo‘lishing va ularni ilmiy jamoatchilikka yetkazishga shoshiling!

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
6👍2🎉1
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

ℹ️ Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi


💬Prezident qarori (328-son, 03.11.2025 y.) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61 son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🛡 Qarorga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 2 yillik imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratish belgilandi.

💸 Bunda imtiyozli kredit tadbirkorlarga har bir mlrd so‘m qiymatgacha bo‘lgan mablag‘ uchun kamida 1 nafar bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan ajratiladi.

Kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarga asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladi.

⏭️ Tadbirkor uning imtiyozli kredit olishiga sabab bo‘lgan bitiruvchi o‘rtasida 2 yil davomida mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan taqdirda, kredit foizi mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan sanadan tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi.

🟢 Biroq, bundan ushbu xodim o‘rniga 1 oy muddatda boshqa bitiruvchi ishga qabul qilingan hollar mustasno.

☑️ Shuningdek, bitiruvchilar o‘rtasida eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etiladi.

💵 Tanlov g‘oliblariga kamida 2 nafar bitiruvchini ishga olish majburiyati bilan 1 mlrd so‘mgacha grant ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
#O‘rganish

Kuz–qish mavsumi oldidan talabalar turar joyi holati o‘rganildi

Namangan davlat universitetiga Yoshlar siyosati va ma’naviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i Nodir Kasimov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitetda talabalarning yashash sharoitlari, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, talabalar turar joylarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Talabalar bilan samimiy muloqot olib borilib, ularning taklif va mulohazalari atroflicha tinglandi. Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar yuqori darajada ekani, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Shuningdek, talabalarning taʼlim olish jarayoni va turmush sifati yanada yaxshilanishi uchun qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
👍54👏1
KUN TARIXI

Bugun 5-noyabr, haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳BMT – Butunjahon sunamidan xabardorlik kuni.
🌏Xalqaro volontyor menejerlar kuni.
🇧🇾Belarus – Fuqaro aviatsiyasi xodimlari kuni.
🇺🇦Ukraina – Ijtimoiy ishchilar kuni.

#muhim_voqealar
🔹1912 – Xiva shahrida pochta va telegraf ochildi.
🔹1929 – Toshkentda maʼrifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 38 nafar kishi qamoqqa olindi.
🔹1956 – Oʻzbekistonda televideniye tashkil topgan kun.
🔹1999 – Urganchda Jaloliddin Manguberdi tavalluning 800 yilliga bag‘ishlangan katta tantanalar bo‘lib o‘tdi.
🔹2016 – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov vafot etdi.

#tavalludlar
🔹1854 – Pol Sabatyer – fransuz kimyogari, Nobel mukofoti sohibi.
🔹1917 – Saidmag‘ruf A’zamxo‘jayev – jarroh, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
🔹1920 – Duglas Nort – amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi.
🔹1937 – Sulton Otajonov – kulol, O‘zbekiston xalq ustasi.
🔹1983 – Alexa Chung – britaniyalik yozuvchi, modelyer, teleboshlovchi va model.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
4👍2
#kun_hikmati

🎤 Ilm – insonni zulmatdan nurning tomon olib boradi.

🪶 Imom G‘azzoliy

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍81
#Bilasizmi

⚡️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?

JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.

OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Bunda muddatlar quyidagicha:

25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;

50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;

75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;

100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.

To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi.

kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
3👍2
Namangan davlat universiteti huzuridagi OMKPRQTMda noyabr oyi uchun 7 oylik Ingliz tili yo‘nalishiga qayta tayyorlov kursi uchun 3 nafar tinglovchiga bo‘sh o‘rin mavjud.
To’lov summasi 7 898 000 so‘m. zudlik bilan +998939121800 yoki +998931749700 raqamiga bog‘laning va o‘zingizni o‘rningizni band qiling.
Oxirgi muddat 6-noyabr soat 15:00.
Izoh: 7 oylik Ingliz tili yo‘nalishiga qayta tayyorlov kursida o‘qimoqchi bo‘lgan talabgorlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bo‘lishlari kerak.
1. Ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi (tillar bo‘yicha)
2. Xorijiy til va adabiyoti o‘qituvchisi (tillar bo‘yicha)
3. Rus tili (o‘zga tilli guruhlar uchun)
4. Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)
5. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
5👍3
DIQQAT EʼLON!!!

Namangan davlat universiteti huzuridagi OMKPRQTMda dekabr oyi uchun quyidagi yo‘nalishlarga qabul bo‘lmoqda:

1. Matematika yo‘nalishi bo‘yicha 11 oylik pedagogik-kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 13.822.600 so‘m.
2. Logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 5 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.382.000 so‘m.
3. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 6 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7.888.000 so‘m.
4. Tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha 7 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.888.000 so‘m.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
3👍1
⚡️Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida

Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.

Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:

👉 erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;

👉 dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzogʼi 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
6👍2🤗1
7809405.pdf
1.4 MB
“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etiladi!

“Kelajak merosi” xalqaro mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–330-son, 03.11.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etiladi.

✔️ Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab har yili quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazib boriladi:

▪️ adabiyot;
▪️ madaniy meros;
▪️ teatr va kino;
▪️ musiqa va raqs;
▪️ tasviriy va amaliy san’at;
▪️ moda va dizayn;
▪️ ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar.

💸 Xalqaro mukofotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSH dollari miqdoridagi 1 martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

❇️ Gʻoliblarga Xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍51
2025/11/10 09:12:50
Back to Top
HTML Embed Code: