Telegram Web Link
#kun_hikmati

🎤 Ilm – insonni zulmatdan nurning tomon olib boradi.

🪶 Imom G‘azzoliy

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍81
#Bilasizmi

⚡️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?

JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.

OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Bunda muddatlar quyidagicha:

25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;

50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;

75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;

100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.

To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi.

kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
3👍2
Namangan davlat universiteti huzuridagi OMKPRQTMda noyabr oyi uchun 7 oylik Ingliz tili yo‘nalishiga qayta tayyorlov kursi uchun 3 nafar tinglovchiga bo‘sh o‘rin mavjud.
To’lov summasi 7 898 000 so‘m. zudlik bilan +998939121800 yoki +998931749700 raqamiga bog‘laning va o‘zingizni o‘rningizni band qiling.
Oxirgi muddat 6-noyabr soat 15:00.
Izoh: 7 oylik Ingliz tili yo‘nalishiga qayta tayyorlov kursida o‘qimoqchi bo‘lgan talabgorlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bo‘lishlari kerak.
1. Ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi (tillar bo‘yicha)
2. Xorijiy til va adabiyoti o‘qituvchisi (tillar bo‘yicha)
3. Rus tili (o‘zga tilli guruhlar uchun)
4. Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)
5. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
4👍3
DIQQAT EʼLON!!!

Namangan davlat universiteti huzuridagi OMKPRQTMda dekabr oyi uchun quyidagi yo‘nalishlarga qabul bo‘lmoqda:

1. Matematika yo‘nalishi bo‘yicha 11 oylik pedagogik-kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 13.822.600 so‘m.
2. Logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 5 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.382.000 so‘m.
3. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 6 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7.888.000 so‘m.
4. Tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha 7 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to’lov miqdori 7.888.000 so‘m.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
3👍1
⚡️Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida

Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.

Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:

👉 erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;

👉 dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzogʼi 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
6👍2🤗1
7809405.pdf
1.4 MB
“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etiladi!

“Kelajak merosi” xalqaro mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–330-son, 03.11.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etiladi.

✔️ Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab har yili quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazib boriladi:

▪️ adabiyot;
▪️ madaniy meros;
▪️ teatr va kino;
▪️ musiqa va raqs;
▪️ tasviriy va amaliy san’at;
▪️ moda va dizayn;
▪️ ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar.

💸 Xalqaro mukofotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSH dollari miqdoridagi 1 martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

❇️ Gʻoliblarga Xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍51
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi butunjahon sammitidagi nutqidan:

Barcha uchun ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish orqali ijtimoiy muammolarga samarali yechim topish mumkin.


#Mirziyoyev #sammit #Qatar #Ijtimoiyrivojlanish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Soliq mobil ilovasi orqali "kontrakt"dan to‘langan soliqni qaytarib oling

Jismoniy shaxslar "kontrakt" to‘loviga yo‘naltirilgan 12% daromad solig‘ini masofadan qaytarib olishi mumkin.

📲Buning uchun soliq organlariga bormasdan Soliq mobil ilova orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini (bitta pdf faylda skanerlangan holda) 📎 ilova qilib deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq imtiyozini qaytarish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

📲Deklaratsiya yuborilganidan keyingi qadam – Keshbek va imtiyozlar bo‘limida "Ortiqcha to‘lovni qaytarish" xizmati orqali ariza yuboriladi.

🟣Face ID orqali shaxsingizni tasdiqlang.

Bu haqda batafsil videoqo‘llanmada.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍21
#Qayta_tayyorlov #Qabul

Qayta tayyorlov kurslariga marhamat!

Namangan davlat universiteti huzuridagi Oliy ma’lumotli kadrlarni pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash markazida dekabr oyi uchun quyidagi yo‘nalishlarga qabul davom etmoqda:

Matematika yo‘nalishi bo‘yicha 11 oylik pedagogik-kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 13 822 600 so‘m.
Logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 5 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7 382 000 so‘m.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 6 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7 898 000 so‘m.
Tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha 7 oylik kasbiy qayta tayyorlov kursi, shartnoma to‘lov miqdori 7 898 000 so‘m.

Murojaat uchun:
+998931749700 , +998939121800
Telegram:
@namdu_qtm_qabul

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
4👍2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_soati

⚡️ Salom! Mening ismim kiberxavf


Kiberxavf sizlarga o‘zi haqida aytib bermoqchi. Uni yaxshilab tanib oling va undan doim ehtiyot bo‘ling.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.


⭐️“Ma’rifat darslari” materiallarini muntazam ravishda milliytarbiya.uz sayti orqali yuklab olishingi hamda darslarni onlayn o‘rganish imkoniyatiga egasiz.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍32
#hafta_kitobi #mutolaa

👍 Namangan davlat universitetida «Bir haftada – bir kitob» loyihasi muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Bu hafta siz bilan birgalikda detektiv janrining mashhur namunasidan biri — Abdulla Qahhorning Dahshat asarini o‘qiymiz.

😊 Abdulla Qahhorning «Dahshat» asarini Mutolaa ilovasi orqali o‘qishingiz hamda audio shaklda tinglashingiz mumkin.

🪙 G‘oliblar yakuniy test natijalariga ko‘ra:
🥇- o‘rin - 300 ming so‘m
🥈- o‘rin - 200 ming so‘m
🥉- o‘rin - 100 ming so‘m
📝4-o‘rindan 10-o‘ringacha yuqori natijalarni ko‘rsatgan talabalar ham maxsus sertifikat bilan taqdirlanishadi.


☑️ Tanlov 9-noyabr soat 20:30 da universitetning rasmiy kanalida bo‘lib o‘tadi!

“Dahshat” – bir insonning erki va ozodligi misolida butun jamiyatning hayotini tasvirlagan asar. O‘qish davomida siz o‘zingizga bir savolni berasiz: Unsinning o‘rnida siz nima qilgan bo‘lardingiz? Kurashish yoki taqdirga tan berish?

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
NamDU kuzgi malakaviy imtihon sanalari.pdf
754.5 KB
👏👏👏👏

Namangan davlat universitetiga malakaviy imtihonlar uchun ariza bergan talabgorlarga imtihonlar jadvali taqdim etilmoqda.

🔻 Imtihonlar 8-noyabrdan 6-14-noyabr sanasigacha bo‘lib o‘tadi, jadvaldan talabgorlar o‘z ixtisosliklari, fani va familiya ism sharifi orqali imtihon kuni, vaqti hamda joyini aniqlab olishlari mumkin, imtihonga vaqtidan 10 – 20 minut oldin belgilangan joyga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) olib kelishlari so’raladi.

🔹 “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” ning 1-bandiga asosan belgilangan darajadagi til bilish sertifikatga ega bo‘lgan izlanuvchilar chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonni topshirishdan ozod etilgan (ularga guvohnoma tayyorlab beriladi). Sertifikatlarni tasdiqlanganligi va imtihondan ozod etilganligini izlanuvchilar ro’yxatdagi F.I.SH.laridan aniqlab olishlari mumkin.

🔹Barcha talabgorlarga omad tilaymiz.

👨‍💻Qo’shimcha ma’lumot va savollar bo’yicha quyidagi telegram orqali yozma murojaat qilishlari mumkin: @sardorbek9423
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🎉2
Malakaviy imtihonlar dasturlari.zip
44.5 MB
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning kirish imtihonlari, suhbat natijalaridan va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, qabul komissiyasi va (yoki) Kollegial organ tomonidan 30-noyabrgacha boʻlgan muddatda qabul qilinganlardan tanlanadi.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
5👍2
Noyabr oyi VAKANSIYA 05.11.2025.xlsx
54.1 KB
⚡️ Namangan shahri hamda Yangi Namangan tumanidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan noyabr oyidagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida maʼlumot

@namdu309
👍71🥰1🎉1
вакансия 06.11.2025 Уйчи т.xlsx
60.3 KB
⚡️ Uychi tumanidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan noyabr oyidagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida maʼlumot

@namdu309
👍41
👏👏👏

👍 Hurmatli izlanuvchilar! 09.00.04-Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon kuni 15-noyabr soat 09:00 ga ko'chirildi.

✍️ Imtihon Namangan shahar, Boburshoh ko‘chasi, 161 uy. Namangan davlat universiteti, Jahon tillar fakulteti, 1-qavat, 109-xonada o'tkaziladi.

Falsafa fan sohasidan "Zamonaviy falsafaning ontologik muammolari", "Fan falsafasi. Texnika falsafasi" va "Inson falsafasi" qo‘shimcha fan imtihonlaridan yuqoridagi grafika asosida 14-noyabr kuni o'tkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
Forwarded from NAMDU ILMIY BO'LIM YANGILIKLARI (Mira’zam To’xtasinov)
#Ilmiy_amaliy_konferensiya

Namangan davlat universiteti Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limlari tomonidan «Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati: muammolar, imkoniyatlar va istiqbollar» mavzusida ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tishini ma'lum qilamiz.

🔹 Konferensiyaning asosiy maqsadi:

🔺 Bugungi globallashuv sharoitida yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy taraqqiyot bilan uyg‘unlashtirish masalalariga bag‘ishlanadi. Yoshlar ongida milliy o‘zlik, mustahkam hayotiy pozitsiya va axloqiy mas’uliyatni rivojlantirish, zamonaviy informatsion oqimlar ta’sirida yuzaga kelayotgan ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish yo‘llarini ilmiy asosda tahlil qilishdan iborat.


🔹 Konferensiyaning vazifalari:

🔺 Globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlarini yoshlar ma’naviy hayoti kontekstida tahlil qilish;
🔺 Milliy g‘oya, ma’naviyat va mafkuraning yoshlar ongidagi o‘rnini belgilash;
🔺 Ma’naviy tarbiyada oila, ta’lim muassasalari va ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
🔺 Yoshlarni axborot xurujlari, yot g‘oyalardan himoya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish;
🔺 Ilmiy va pedagogik hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajriba almashish.


🔹 Maqolalar quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:

✔️ Globallashuv va yoshlar ma’naviy qadriyatlari: milliy o‘zlik, g‘oyaviy immunitet, madaniy transformatsiya jarayonlari;
✔️ Axborot makoni va raqamli madaniyat: internet, ijtimoiy tarmoqlar va ularning yoshlar ongiga ta’siri;
✔️ Oila va ta’lim tizimi: yoshlar ma’naviy tarbiyasida pedagogik, psixologik va sotsiologik yondashuvlar;
✔️ Yoshlar va diniy bag‘rikenglik: millatlararo totuvlik va ma’naviy barqarorlik masalalari;
✔️ Milliy g‘urur, tarixiy xotira va zamonaviy tafakkur uyg‘unligi;
✔️ Globallashuv davrida yoshlar o‘rtasida ma’naviy inqirozning oldini olish omillari;
✔️ Zamonaviy yoshlar madaniyati: innovatsiyalar va milliy qadriyatlar uyg‘unligi;
✔️ Globallashuv va ma’naviyat: zamonaviy jarayonlarning yoshlar ongiga ta’siri;
✔️ Axborot xavfsizligi va yoshlar: internet madaniyati, ijtimoiy tarmoqlar va ma’naviy immunitet masalalari;
✔️ Milliy g‘oya va qadriyatlar tizimida yoshlarning o‘rni;
✔️ Ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya: yangicha yondashuvlar va innovatsion metodlar;
✔️ Globallashuv sharoitida oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi;
✔️ Yoshlarning ma’naviy barkamolligini ta’minlashda madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalarining roli;
✔️ Globallashuv sharoitida ekologik ong va ekologik madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy zaruriyati;

🔻 Ilmiy amaliy konferensiyada ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar, o‘qituvchilar, psixologlar, sotsiologlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishlari mumkin.


✍️Maqolalarga qo'yilgan talablar

📥 Maqolalar joriy yilning 25-noyabr kuniga qadar (shu kuni ham) quyidagi manzil orqali qabul qilinadi. Ilmiy amaliy konferensiya 27-noyabr kuni NamDUda bo‘lib o‘tadi.

🛫Mira'zam To‘xtasinov 😎

🔺 Konferensiya materiallari elektron to‘plam shaklida chop etilib, http://journal.namdu.uz/ saytiga yuklanadi. Konferensiya ishtirokchilariga sertifikatlar (onlayn ishtirok uchun) hamda diplomlar (offlayn ishtirok uchun) topshiriladi.

#NamDU #Konferensiya #YoshlarMa’naviyati #IlmiyTadbir

🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🌐Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1🥰1👌1
KUN TARIXI

Bugun 7-noyabr, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳Xalqaro fan va tinchlik haftaligi.
🇦🇷Argentina – Sport muxbirlari kuni.
🇺🇸AQSh – Notariuslar kuni.
🇰🇬Qirg‘iziston – Axborot va matbuot kuni.

#muhim_voqealar
🔹1631 – Pyer Gassendi birinchi marta Merkuriyning Quyosh diski orqali o‘tishini kuzatgan, buni Yoxannes Kepler ilmiy bashorat qilgan.
🔹1891 – Amerikalik Uitkomb Leo Jadson molniyaning birinchi ma’lum prototipini patentladi.
🔹1994 – “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
🔹1995 – Asakabank tashkil topdi.

#tavalludlar
🔹1414 – Jomiy – fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili.
🔹1867 – Mariya Skladovska-Kyuri – fransuz fizigi va kimyogari, ikki marotaba Nobel mukofoti laureati.
🔹1891 – Dmitriy Furmanov – yozuvchi, “Chapaev” romanining muallifi.
🔹1908 – Maqsud Shayxzoda – shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog.
🔹1911 – Nabi Rahimov – O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1913 – Alber Kamyu – fransuz yozuvchisi va jurnalisti, Nobel mukofoti sohibi.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
3👍3
Forwarded from Talaba-yoshlar | Rasmiy
🟦🟦🟦 🟦🟦

🎓 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan yangi “Talabalar tanlovi” loyihasini e'lon qilamiz!

🔄Tanlovda shunchaki yutuqli barabanni aylantirib, omadingiz kelsa sovg‘a egasiga aylanishingiz mumkin!

🎁 Sovg‘alar bilan tanishing:

🔴2 ta – zamonaviy smartfon;
🔴2 million qiymatdagi pul yutuqlari;
🔴4 ta – Smart Google qurilmasi;
🔴4 ta – Karaoke kalonka;
🔴20 ta – Smartwatch Pro;
🔴20 ta – Quloqchin Pro Max;
🔴20 ta – Airpods Pro (original).

Loyiha 17-noyabr kuni 20:00 ga qadar davom etadi va 8-, 10-, 12-, 14-, 16- va 17-noyabr kunlari @talabatanlov sahifasida jonli efirlar o‘ynaladi!


➡️Batafsil tanlov shartlari

Tanlovda ishtirok eting va ko‘plab sovg‘alardan birini yoki bir nechtasini yutib oling. Harakat sizdan, sovg‘alar esa bizdan!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#40_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soatining bu galgi sonini taqdim etmoqdamiz.

https://www.tg-me.com/siyosiy_marifat_soati
3👍2
2025/11/08 01:35:25
Back to Top
HTML Embed Code: