Telegram Web Link
Germaniyada bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan 8 haftalik tadqiqot dasturi

Berlinning Helmholtz-Zentrum Berlin (HZB) universiteti tomonidan bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun 8 haftalik yozgi tadqiqot dasturi eʼlon qilindi.
 
Dastur fizika, kimyo, materialshunoslik, strukturaviy biologiya, matematika, atrof-muhit fanlari, muhandislik hamda shunga tegishli sohalarda oʻqiyotgan talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, bunda dasturga qabul qilingan ishtirokchilar olimlar bilan yaqin hamkorlikda oʻzlarining ilmiy loyihalari ustida ishlash, Berlin-Vansi yoki Berlin-Adlershofdagi HZB kampuslarida joylashgan laboratoriyalarida yoki eksperimental maydonlarida tadqiqot guruhlarning kundalik ishlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Dastur 2026-yil 6-iyuldan 28-avgustgacha davom etadi hamda ishtirokchilar dastur yakunida tadqiqot yuzasidan taqdimot qilishlari kerak boʻladi.
 
Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 14-dekabrgacha davom etadi.
 
Olib boriladigan tadqiqot jarayoni bilan ushbu havola (https://www.helmholtz-berlin.de/forschung/index_en.html) orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
 
Maqbullik shartlari
 
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
 
– barcha davlat fuqarolari qatnasha oladilar;
 
– nomzod fizika, kimyo, materialshunoslik, struktural biologiya, muhandislik, hayot yoki atrof-muhit fanlari yoki shunga tegishli yoʻnalishlarda bakalavr yoki magistratura talabasi boʻlishi (PhD emas);
 
– universitetda toʻliq shtat asosida kamida ikki yilni oʻqib tugatgan boʻlishi, yaʼni kamida ikkinchi kursni tugatgan boʻlishi kerak;
 
– ingliz tilini yaxshi bilishi, nemis tilini ham bilishi ustunlik beradi;
 
– dasturga qabul qilinganlar HZB da amaliyot tugaguncha oʻzlari oʻqiyotgan universitet talabalar safida qolishlari shart (2026-yil 6-iyuldan 28-avgustgacha);
 
– ariza topshirish muddati tugagunga qadar bitta tavsiyanoma topshirishlari kerak.
 
Dastur talablari bilan ushbu havola (https://www.helmholtz-berlin.de/jobskarriere/schule-und-studium/summer-schools/sommerstudierende/index_en.html#c525973) orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
 
Foydali tomonlari
 
Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻlishadi:
 
– dasturga qabul qilinganlar bilan 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi;
 
– Berlin va Potsdamdagi universitet talabalari uchun €1000, Germaniyadan tashqari boshqa davlat universitet talabalari uchun €1900 mablagʻ ajratiladi;
 
– borib-kelish xarajatlari uchun — €800.
 
Hujjat topshirish
 
Hujjat topshirishda quyidagilar talab qilinadi:
 
– 2 betdan oshmagan CV (Tabular formatda);
– universitetda olingan eng oxirgi baholari va fanlari tarjimasi;
– talaba ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
– pasport nusxasi (ingliz tilida).
 
Eslatma: ushbu (https://www.arbeitsagentur.de/datei/b-immatrikulation-en_ba036170.pdf) hujjatni yuklab olib, uni universitetdan tasdiqlatib topshirish kerak.
 
Dasturga hujjat topshirish boʻyicha yoʻriqnomalar bilan ushbu havola (https://www.helmholtz-berlin.de/jobskarriere/schule-und-studium/summer-schools/sommerstudierende/index_en.html#c525973) orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
 
Dasturga ushbu havola (https://www.helmholtz-berlin.de/jobskarriere/schule-und-studium/summer-schools/sommerstudierende/application-form_en.html) orqali ariza topshirish mumkin.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
4👍1
Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev 27-oktabrdan 1-noyabrgacha rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladi.

Ректор Наманганского государственного университета Абдугаффор Киргизбоев с 27 октября по 1 ноября посетит с официальным визитом Китайскую Народную Республику.

#tashrif #xalqaro_hamkorlik #uzbekistan #xitoy

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
5👍4👏1
#qabul2025 #super_kontrakt

Diqqat!!! Eʼlon!!! 4 kun qoldi!!!

Namangan davlat universiteti tomonidan qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar va o'qishini ko'chirish bo'yicha hujjat topshirib yetarli ball to'play olmagan talabgorlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari belgilangan.


2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar va talabgorlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashlari so'raladi
.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
4👍1
#Tanlov #Kecha_va_Kunduz

🔵 Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi tomonidan Abdulhamid Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romani mavzusida Insholar tanlovi o‘tkazilmoqda.

🪙 G‘oliblar quyidagi yutuqlarga ega bo‘ladilar:
🥇- o‘rin 5 000 000 (besh million) so‘m;
🥈- o‘rin 3 000 000 (uch million) so‘m;
🥉- o‘rin 2 000 000 (ikki million) so‘m.


❗️Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
✔️ ijodiy ish insho yozuvchi shaxsning oʼzi tomonidan yozilishi (qoʼlyozma shaklida)
✔️ insho kamida 5 betda yozilishi (belgilangan tartibdagi hajmda va kattalikda)
✔️ sunʼiy intellektdan foydalanmaslik;
✔️ insho o'zbek tilida yozilishi kerak;
✔️ muallifning pasporti nusxasi;
✔️ muallifning manzili, o'qish (ish) joyi va bogʼlanish telefonlari;
✔️ yosh chegarasi 16-25 yoshgacha boʼlishi;


📥 Hujjatlar 22-oktabrdan 12-noyabrgacha insholartanlovi.uz platformasida qabul qilinadi.

📲 Qo'shimcha ma'lumot uchun: +99894 682 41 60


@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
6👍1
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Sun’iy intellekt bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi startap”, vazirlik va idoralar o‘rtasida “Eng yaxshi loyiha” tanlovlari o‘tkaziladi

“Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–189-son, 22.10.2025 y.) qabul qilindi.

📌 Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

▶️2026-yil yakuniga qadar davlat boshqaruvi organlari, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha kamida 100 ta loyihani amalga oshirish;

▶️2030-yil yakuniga qadar zamonaviy sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga 1 milliard AQSH dollaridan ortiq miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

▶️2026-yil yakuniga qadar mamlakatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida 15 ta sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirish.

🗓 2025-yil yakuniga qadar sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, dasturlar, startaplar va bepul onlayn kurslar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi ai.gov.uz” milliy portali ishga tushiriladi.

📝 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

➡️yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi;

➡️davlat organlari, ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqamli transformatsiya holatini baholashda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish ko‘rsatkichlari inobatga olinadi.

🔗 Reyting natijasiga asosan 2026-yil 1-martdan boshlab yiliga ikki marotaba eng yaxshi sun’iy intellekt loyihalarini joriy etgan vazirlik va idoralar o‘rtasida “Sun’iy intellekt bo‘yicha eng yaxshi loyiha” tanlovi o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
#qabul2025 #super_kontrakt

Diqqat!!! Eʼlon!!! 3 kun qoldi!!!

Namangan davlat universiteti tomonidan qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar va o'qishini ko'chirish bo'yicha hujjat topshirib yetarli ball to'play olmagan talabgorlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari belgilangan.


2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar va talabgorlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashlari so'raladi
.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍42
Oliy ta’limning “Huquq” ta’lim sohasiga oid yo‘nalishi - “60420100 – Yurisprudensiya”

Ushbu yo‘nalishda ta’lim oluvchilarga kunduzgi ta’lim shaklida (8 semestr) yoki sirtqi, masofaviy, kechki (9 semestr) o‘qish yakuniga ko‘ra huquq bakalavri akademik darajasi, shuningdek (2 yoki 4 semestr) o‘qish yakuniga ko‘ra huquq magistri akademik darajasi olgani to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Huquq bakalavri yoki huquq magistri akademik darajasiga ega oliy ma’lumotli mutaxassis quyidagi sohalarda faoliyat olib borish huquqiga ega bo‘ladi:
- Davlat va ho‘jalik boshqaruv organlarida - yuridik xizmat va boshqaruv xodimi;
- Sud idoralarida - sudya yordamchisi, devonxona mudiri, arxiv mudiri, mutaxassis, sudya;
- Advokaturada – advokat yordamchisi, advokat;
- Davlat xavfsizlik xizmati idoralarida - tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi sub’yekt, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi sub’yekt, tergovchi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida - tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi sub’yekt;
- Adliya idoralarida – mutaxassis, yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis;
- Notariatda – notarius yordamchisi, notarius;
- Prokuraturada - inspektor, tergovchi, prokuror;
- Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti idoralarida - inspektor, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi sub’yekt, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi sub’yekt, surishtiruvchi, tergovchi;
- Majburiy ijro byurosi idoralarida - tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi sub’yekt, davlat ijrochisi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi sub’yekt, surishtiruvchi;
- Ichki ishlar idoralarida - tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi sub’yekt, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi sub’yekt, surishtiruvchi, tergovchi;
- Bojxona idoralarida - tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi sub’yekt, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi sub’yekt, surishtiruvchi;
- Milliy gvardiya idoralarida – surishtiruvchi;
- Davlat soliq qo‘mitasi idoralarida – tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi sub’yekt;
- Shuningdek, qonun bilan tezkor-qidiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish vakolati berilgan idoralarda ushbu vazifani amalga oshiruvchi mansabdor shaxs;
- Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida, shuningdek boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarda, nodavlat va boshqa jamoat tuzilmalarida yuridik (huquq) sohada.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍63
60420100 – Yurisprudensiya - huquq bakalavri akademik darajasini olgan shaxs quyidagi magistratura yo‘nalishlarida o‘qishlari mumkin:

- Advokatlik faoliyati;
- Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish;
- Xalqaro huquq;
- Diplomatik va konsullik huquqi;
- Sport huquqi;
- Davlat boshqaruvi huquqi;
- Soliq va bojxona huquqi;
- Biznes huquqi;
- Xalqaro biznes huquqi;
- Korporativ huquq;
- Tabiiy resurslar huquqi;
- Mehnat huquqi;
- Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti;
- Moliyaviy-huquqiy monitoring;
- Sud faoliyati;
- Prokurorlik faoliyati;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish;
- Tibbiyot huquqi;
- Qurilish huquqi;
- Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi;
- Islom huquqi;
- Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati;
- Ommaviy axborot vositalari huquqi;
- Transchegaraviy suv va yer munosabatlari huquqi;
- Xalqaro tijorat huquqi;
- Kiber huquq;
- Xalqaro huquq va inson huquqlari.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍5
#DIQQAT!!!

Xizmat tanloviga marhamat!

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 02 noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.

Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;

- doimiy yashash joyi bo‘yicha Namangan viloyati hududida ro‘yxatda turishi;

- harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi (muddatli yoki SCHR);

- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmasligi;

- bo‘yi 170 (bir yuz yetmish) santimetrdan past bo‘lmasligi;

- oliy pedagogik va yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi.

Quyidagi imtiyozlarga ega bo‘lgan nomzodlar, istisno tariqasida, test sinovi va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan ozod qilinadi:

- ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan nomzodlar;

- oliy ta’lim tashkilotlarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;

- professor-o‘qituvchi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar;

- sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 - 3 o‘rin) individual turlarida g‘olib chiqqan nomzodlar;

- talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan nomzodlar.

- xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari (faqat test sinovidan ozod etiladi).

Lavozim faoliyat yo‘nalishi va vazifalari:

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, ularning hayoti va sog‘lig‘ini jinoiy hamda boshqa tajovuzlardan himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, ularni sodir etgan shaxslarni ushlash choralarini ko‘rish maqsadida ko‘chalar, mahallalar, turar joy massivlari, dahalar, mikrohududlar, ko‘ngilochar maskanlar, shuningdek, maydonlar, istirohat bog‘lari va hiyobonlarning atrof hududlari va boshqa jamoat joylarida patrullikni amalga oshirish; bedarak yo‘qolgan shaxslarni aniqlash, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga olib borish, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligi ta’minlash, huquqbuzarliklardan jabrlargan fuqarolarga yordam ko‘rsatish, ularning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotgan tahdidlarni bartaraf etish (oliy pedagogik va yuridik ma’lumot talab etiladi).

Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati 2025 yilning 25 oktyabr kunidan 5 noyabr kuniga qadar.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni kb.iiv.uz sayti, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sayti, viloyatdagi boshqa ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda telegram messendjeridagi @nomzod2020 manzili yoki 69-210-32-06 va 95-707-85-86 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

©️Namangan viloyati IIB MMIvaKBTX

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
3👍1
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 1–3-noyabr va 8–9-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 13:00 dan 14:30 ga qadar kiritiladi.

⚠️Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:30dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
тақиқланган_материаллар_рўйхати.pdf
1.6 MB
#Bu_muhim

🇺🇿O‘zbekistonda taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.

Oliy sud ushbu materiallarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topgan.


@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
5👍1
#qabul2025 #super_kontrakt

Diqqat!!! Eʼlon!!! 2 kun qoldi!!!

Namangan davlat universiteti tomonidan qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar va o'qishini ko'chirish bo'yicha hujjat topshirib yetarli ball to'play olmagan talabgorlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari belgilangan.


2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar va talabgorlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashlari so'raladi
.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
1👍1
#Tashrif #Xitoy #Xalqarohamkorlik

Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi boshlandi

Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi boshlandi. Delegatsiyaning mazkur safari 27-oktyabrdan 1-noyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, tashrif doirasida universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda ilm-fan sohasida yangi istiqbolli yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Bugun tashrifning birinchi kunida delegatsiyamiz a’zolari Xitoyning Changchun shahrida joylashgan Xitoy–Rossiya texnoparkiga tashrif buyurdilar. Ushbu texnopark 2006-yil 20-sentyabrda Xitoy Fanlar akademiyasi, Rossiya Fanlar Akademiyasining Sibir bo‘limi, Jilin viloyati hukumati va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va fan-texnika integratsiyasini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.

Delegatsiyamizni texnopark direktori Li Yun Pin kutib olib, markaz faoliyati, ilmiy yo‘nalishlari, mavjud laboratoriya bazalari va xalqaro loyihalar bilan batafsil tanishtirdi.

Shundan so‘ng, texnopark direktori va mas’ul vakillari bilan universitetimiz delegatsiyasi a’zolari rasmiy uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda ilmiy-innovatsion ishlanmalar almashinuvi, ta’lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, texnopark ko‘magida Xitoydagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro konferensiyalar, forumlar va amaliy seminarlarni tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida Namangan davlat universiteti va Xitoy–Rossiya texnoparki o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

Delegatsiyamizning Xitoy Xalq Respublikasidagi rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Batafsil: https://namdu.uz/post=929

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
👍5👏21🥰1
#qonunchilik_yangiliklari

⚡️ 5-may – “Kasb va mehnat kuni” sifatida nishonlanadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarori (23.10.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, kasbiy ta’lim tizimini 2030-yilgacha isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi, jumladan:

xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga yetkazish;
9-sinf bitiruvchilarining kasbiy ta’lim bilan qamrovini amaldagi 29 foizdan 50 foizga yetkazish;
kasbiy ta’lim tizimida dual ta’lim ulushini amaldagi 9 foizdan 40 foizga yetkazish;
kasbiy sertifikatga ega ishlab chiqarish ta’limi ustalari ulushini 30 foizga yetkazish;
xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini 100 nafardan 2 500 nafargacha oshirish.

Endilikda 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi.

📝 2026-yildan boshlab 5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlanadi. Uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy ta’limni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda o‘tkaziladi.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
4👍2
⚡️ Nomdor stipendiyalar soni 13 ta

📋 Ularning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:
pedagogika yo‘nalishida — Abdulla Avloniy;
tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;
texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;
tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;
gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;
tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;
kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;
Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;
barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.

✔️ Bundan tashqari Prezident stipendiyasi va Prezident granti ham bor.


@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
2🔥2
⚡️Yangi o‘quv yilidan 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda bepul o‘qiydi, dual ta’lim kengayadi

“Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 23.10.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2030-yilgacha 9-sinf bitiruvchilarining texnikumlar bilan qamrovi 29 foizdan 50 foizga, dual ta’lim (ish joyida o‘qitish) ulushi esa 9 foizdan 40 foizga yetkaziladi.

Kasbga yo‘naltirish tizimi


2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish tizimi joriy etiladi. 5 yoshdan “Atrofimizdagi kasblar” o‘yinlari, 1–4-sinflarda “Kasblar alifbosi”, 5–6-sinflarda “Kasblar olami”, 7–9-sinflarda esa “Mening kelajakdagi kasbim” fanlari joriy qilinadi. 2028-yildan 9-sinf yakuniy imtihonlari natijasiga ko‘ra o‘quvchilar texnikumlarga yo‘naltiriladi.

O‘qituvchi va ustalarni qo‘llab-quvvatlash


2026-yildan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining maoshi birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar darajasiga tenglashtiriladi. Har bir ustaga 20 nafar o‘quvchidan ortiq bo‘lmasligi belgilandi. Texnikum direktorlariga ustalar uchun ajratilgan ish haqi fondi doirasida EKOIHning 15 baravarigacha oylik belgilash vakolati beriladi. Har yili eng yaxshi 50 nafar usta va o‘qituvchi xorijda malaka oshiradi.

Dual ta’limdagi imtiyozlar


Dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarga har oy bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Ushbu davr mehnat stajiga qo‘shiladi. Dual ta’limni tashkil etgan ish beruvchilarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Milliy tanlov va reyting


2026-yildan boshlab Prezident sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” o‘tkaziladi. Milliy reytingda eng yuqori 50 talikka kirgan texnikumlarning har biri BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.

Moratoriy va moliyalashtirish tartibi


2030-yilgacha texnikumlarni tugatish, ularning yer maydonlari va binolarini xususiylashtirishga moratoriy e’lon qilinadi. 2026-yil 1-sentyabrdan 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda to‘liq davlat budjeti hisobidan o‘qiydi, 11-sinfni bitirgan talabgorlar esa to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
1
2025/10/29 07:44:55
Back to Top
HTML Embed Code: