Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʼlov shartnomasiga onlayn ariza yuborish boʼyicha videoyoʼriqnoma

Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun

@namdu309
5👍3🔥1
⚡️ Oʻzbekistonda taqiqlangan diniy materiallar roʻyxati (rasm)

Ushbu ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tasdiqlangan.

2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan mazkur manba va kontent (material)lar Internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan.

@namdu309
👍64🔥1👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat

Biz telefonni qo‘limizdan tushirmaymiz, lekin asta-sekin o‘zimizni yo‘qotib boryapmiz. Har bir bildirishnoma — e’tiborimizdan bir parcha, har bir scroll — hayotimizdan bir daqiqa. Onlar bizning vaqtimizni emas, ongimizni o‘g‘irlayapti. Ko‘zimiz ekranga qadalgan, atrofimizdagi go‘zallik esa ko‘zdan g‘oyib. Inson miyasi jimjitlikda o‘sadi, lekin biz uni uzluksiz shovqin bilan bo‘g‘yapmiz. Dam olishni unutdik, fikrlashni unutdik, yashashni unutdik. Chunki biz ekranning narigi tomonida emas, ichida yashayapmiz. Lekin eslang: telefon — faqat vosita, hayot esa sizning qo‘lingizda. Uni qo‘ying. Nafas oling. Atrofga qarang. Suhbatlashing. Sezing. Haqiqiy hayot sizni kutyapti.


@namdu309
👍125❤‍🔥1🔥1👏1🎉1
#diqqat_tanlov

Amalda davom etayotgan tanlovlar⬇️


📥AQShda stajirovka o‘tang!
Muddat: 15.11.2025

📥Innovatsion tumanlar uchun yangi texnologiyalar tanlovi
Muddat: 31.10.2025

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1👏1👌1
7774756.pdf
1.4 MB
Tyutorlarning qanday huquq va majburiyatlari bor?

Bularning barchasi 17.10.2025 yilda tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda ko‘rsatilgan.

@namdu309
👍62
⚡️Har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkaziladi, gʻoliblar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

👉 2026-yildan boshlab:

taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobi yaratiladi;

bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;

👉 Qarorga asosan:


umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovi;

oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar hamkorligida har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkazib boriladi;

Mazkur olimpiada gʻoliblari respublika oliy taʼlim muassasalarining “filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

@namdu309
5👍2
⚡️Oʻzmilliybank sirtqi va super-kontrakt uchun taʼlim kredit ajratmoqda

Bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun taʼlim krediti foiz stavkasi:
36 oygacha boʻlgan muddatga yillik 22%;
— 60 oygacha boʻlgan muddatga yillik 24%.

Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarga:
36 oygacha boʻlgan muddatga yillik 22% beriladi.

Kredit miqdori – toʻlov shartnomasi summasi miqdorida (bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha boʻlgan kreditlar uchinchi shaxs kafilligi yoki kredit qaytmaslik xatarini sugurta polisi, undan yuqori miqdordagi kreditlar mol-mulk garovi bilan ajratiladi).

Ushbu kredit oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarining kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlariga bakalavriat va magistraturaga, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super kontrakt) asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar, shuningdek oʻqishini koʻchirgan talabalar uchun ajratiladi

@namdu309
4👍2
Musiqa va jismoniy tarbiya o’qituvchilariga sertifikat.pdf
2 MB
⚡️ Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilandi

Bu haqda Hukumat qarori asosida Nizom qabul qilindi.

Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron shaklda beriladi.

Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra:

70 va undan yuqori ball olgan talabgorga — A+ darajali;
65 — 69,9 ballga — A darajali;
60 — 64,9 ballga — B+ darajali;
55 — 59,9 ballga — B darajali;
50 — 54,9 ballga — C+ darajali;
46 — 49,9 ball olgan talabgorga — C darajali sertifikat beriladi.

B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.

@namdu309
5👍3
“Mutolaa” ўзбек тилидаги энг катта электрон китоблар манбасига айланмоқда!

Лойиҳа доирасида бир ярим йил ичида 220 000 саҳифа сифатли электрон китоб, 6000 соат сифатли аудиокитоб яратилди.

Иловада 3 млн дан ортиқ фойдаланувчи ўзбек ва жаҳон адабиётининг 3000 дан зиёд шоҳ асарларини 10 000 000 мартадан кўпроқ мутолаа қилди!

Мутолаа вақти келди!


Манба / Мутолаа иловасини юклаб олинг👍

@namdu309
👍85
#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) joriy etiladi


Vazirlar Mahkamasining 656-son (17.10.2025-y.) qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Nizom bilan:

tyutorlik faoliyatining maqsad va vazifalari;

tyutorlarning huquq va majburiyatlari;

tyutorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish hamda tyutorlarga qo‘yiladigan malaka talablari;

hamda tyutorlik faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, Chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshiriladi.

2025-yilda:
har bir kurs vakillaridan iborat “Kurs qo‘mitalari” faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning muammolari va qiziqishlari doimiy o‘rganiladi;

talabalarning bildirgan fikrlari asosida “Muammolarni bartaraf etish dasturi” ishlab chiqiladi;

talabalar uchun maxsus ijtimoiy platforma va mobil ilovalar yaratiladi;

medialaboratoriyalar faoliyati tashkil etiladi;

“Yetakchi va faol talabalar maktabi” tashkil etiladi;

“Bir ziyoli — 10 talabaga ma’naviy ustoz” tizimi joriy etiladi;

musiqa va raqs ansambllari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

2025/2026-o‘quv yili davomida “O‘zbekiston Qahramonlari” darslari tashkil etiladi

2026-yilda:

🟢“Amir Temur vorislari” sport ko‘rik-tanlovini o‘tkazish nizomi ishlab chiqiladi

🟢har bir hududdagi bitta OTMda “Harbiy sport maydonchalari” tashkil etiladi;

🟢tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash indikatorlari ishlab chiqilib, reyting tizimi joriy etiladi;

🟢eng yuqori reytingga ega tyutorlarni rag‘batlantirish, eng past ko‘rsatkichli tyutorlarga jazo choralarini qo‘llash mexanizmi joriy etiladi;

🟢eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlar xorijga tajriba almashish uchun yuboriladi;

🟢tyutorlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi raqamli platforma yaratiladi.


Bundan tashqari, har yili “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31


👍Namangan davlat universitetida Falsafa fan sohasida ilmiy ish qilayotgan izlanuvchilar uchun OAK tomonidan belgilangan “Zamonaviy falsafaning ontologik muammolari”, “Inson falsafasi” va “Fan falsafasi. Texnika falsafasi” fanlaridan malakaviy imtihonlarga onlayn hujjatlar qabul qilish boshlandi!

📩 TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:

✍️ Pasport nusxasi (Fayl nomi: Pasport. Familiya_Ismingiz.pdf);
✍️ Diplom nusxasi (Fayl nomi: Diplom. Familiya_Ismingiz.pdf);
✍️ Shaxsiy ma’lumotnoma (obektivka) (Fayl nomi: Obektivka. Familiya_Ismingiz.pdf)
✍️ Boshqa tashkilotlardan keluvchilar uchun tadqiqot olib borayotgan muassasadan yo’llanma xat (Fayl nomi: Xat. Familiya_Ismingiz.pdf);
✍️ Ilmiy unvon olmoqchi bo’lganlar uchun (fan nomzodi, PhD yoki DSc) diplom nusxasi (Fayl nomi: Diplom Familiya_Ismingiz.pdf); ✍️ OAK blyutennida mavzu e'loni (blyuttendan kesib olingan holati) yoki mavzu muhokama qilingan Ilmiy Kengash bayonnomasidan ko'chirma (Fayl nomi: Mavzu. Familiya_Ismingiz.pdf);

📣 Asosiy ish joyi Namangan davlat universiteti bo'lmagan malakaviy imtihon jarayonlarida qatnashib, muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar 10 ish kunida har bir topshirgan fani uchun 4001 1086 0144 0170 9410 0350 004 hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 % (185 ming so'm) miqdorida to'lov amalga oshirishlari kerak(To'lov qog'ozini yuborish uchun havola).
🧠 Asos: Universitet Kengashining 2023-yil
10-maydagi 11-sonli yig'ilish qarori
.

🌀 Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2025-yil
21-oktabrdan 25-oktabrgacha (shu kuni ham).

🔴 Hujjatlarni quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin:

Ro'yxat o'tish uchun

Namangan davlat universitetining rasmiy sahifalari:

✈️ Namangan davlat universiteti
✈️ Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
2025/10/22 02:27:16
Back to Top
HTML Embed Code: