Магистратура 2-босқичда ўқиётган талаба мактабдан неча соат дарс олиш ҳуқуқига эга?

4455-савол:

Assalomu alaykum. Magistraturada 2-bosqichda oʻqiyotgan talaba maktabda necha soat dars olish huquqiga ega? Magistraturada oʻqish haftasiga 2 kun.

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

❗️Магистрантнинг асосий вазифаси таълим олиш ҳисобланади. Шу туфайли магистрант фақат дарсдан бўш вақтларидагина ишлашга ҳақли. Анъанавий ёки масофавий шаклда ўқишнинг аҳамияти йўқ. Ҳар икки ҳолатда ҳам асосий вазифа ўқиш.

Меҳнат кодексининг 184-моддасига мувофиқ иши юқори даражадаги руҳий, ақлий ва асабий зўриқиш билан боғлиқ бўлган, яъни алоҳида хусусиятга эга бўлган тиббиёт ходимлари, педагоглар ва бошқа тоифадаги ходимлар учун иш вақтининг давомийлиги ҳафтасига кўпи билан ўттиз олти соат қилиб белгиланади.

Шунга кўра барча педагог ходимлар учун ҳафталик иш соати 36 соатдан ошмайди, бунда қонун чиқарувчи 1 ставка учун мазкур меёрни белгилайди.

☝️Мана шу қоидага кўра магистрант таълим олиш вақтида бу соатларни бажара олмайди, шу туфайли у мактабда тўлиқ ставкада ишлай олмайди. Бунда магистрант ОТМдаги дарслари қўйилган соатларга қараб 0.50дан 0.75 ставкагача ишлаши мумкин.

Ҳафталик иш юкламасини бажариш учун бир кунда 7 соат вақт сарфланади. Магистратурада бир кунда камида 2 пара дарс ўтилганда ҳам магистрант деярли уч соат вақт кетади. Ёки ҳафтасига 2 кун ўқиш бўлганда ҳам МК 184-моддасидаги меёрни бажариб бўлмайди.

Шунга кўра сиз тўлиқ ставкада ишлай олмайсиз.

Бу вазиятда сиз бўш вақтингизга қараб 0.5 ёки 0.75 ставкада ишлашга ҳақлисиз.

@namdu309
👍128🔥1🥰1
#Yil_talabasi2025

Uzoq kutilgan va har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Yil talabasi” tanlovining universitet bosqichiga start beramiz!

Tanlov jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, oliy o‘quv yurtlaridagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

☑️Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2,3,4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

💢 “Yil talabasi” tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

📝 “Yilning eng faol bilimdon talabasi” — talabaning fanlarni o‘zlashtirishi va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;

📣 “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” — talabaning oliy ta’lim muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ‘ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

🚀 “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” — joriy yilda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi;

🏆 “Yilning eng faol sportchi talabasi” — joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqyosidagi o‘tkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

🎨 “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha) — talabaning joriy yilda mustaqil ravishda yaratgan ijodiy asarlari, erishgan yutuqlari hamda turli tanlov va ko‘rgazmalardagi ishtiroki ko‘rib chiqiladi;

🕺💃 “Yilning eng faol ijodkor talabasi” — talabaning joriy yilda o‘z ijodiy badiiy asarlari, maqola, joriy yilda chop etilgan risola, kitob, musiqa, kino va teatr sohasidagi qiziqishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlardagi ishtiroki va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

🧮 “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun) — joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan talaba-qizlarning erishgan yutuqlari hamda yoshlarni ish bilan ta’minlaganlik darajasi ko‘rib chiqiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar to’plami joriy yilning 20-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich - Fakultet bosqichi;
2-bosqich - Universitet bosqichi;
3-bosqich - Respublika bosqichi

📆 Tanlovning fakultet bosqichi 23-24-oktabr kunlarida bo‘lib o‘tadi.

⬇️Tanlovning birinchi turi (fakultet bosqichi) da ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘zlari tahsil olayotgan fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat etishlari mumkin.

Tanlov nizomi

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
9👍4🎉1
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 “Ibn Sino” tarixiy-badiiy filmi uchun ijodiy tanlov boshlandi

“Ulug‘lar bolaligi” turkumidagi navbatdagi loyiha buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning bolalik davriga bag‘ishlanadi. Mazkur film uchun ssenariy va badiiy g‘oyalar yo‘nalishida ijodiy tanlov e’lon qilindi.

Aytilishicha, tanlovdan yosh va professional ijodkorlarni tarixiy merosni yoritishga, buyuk ajdodlar hayotini zamonaviy badiiy talqinda aks ettirishga jalb etish koʻzlangan. Unda tarixiy mavzuga qiziquvchi istalgan ijodkor ishtirok etishi mumkin.

Hujjatlar 18-oktyabrdan 3-noyabrgacha qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 2-“A” uy.
Telefon: +998555111505 (ichki 1005).

Tanlov shartlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
8👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʼlov shartnomasiga onlayn ariza yuborish boʼyicha videoyoʼriqnoma

Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun

@namdu309
5👍3🔥1
⚡️ Oʻzbekistonda taqiqlangan diniy materiallar roʻyxati (rasm)

Ushbu ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tasdiqlangan.

2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan mazkur manba va kontent (material)lar Internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan.

@namdu309
👍54🔥1👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat

Biz telefonni qo‘limizdan tushirmaymiz, lekin asta-sekin o‘zimizni yo‘qotib boryapmiz. Har bir bildirishnoma — e’tiborimizdan bir parcha, har bir scroll — hayotimizdan bir daqiqa. Onlar bizning vaqtimizni emas, ongimizni o‘g‘irlayapti. Ko‘zimiz ekranga qadalgan, atrofimizdagi go‘zallik esa ko‘zdan g‘oyib. Inson miyasi jimjitlikda o‘sadi, lekin biz uni uzluksiz shovqin bilan bo‘g‘yapmiz. Dam olishni unutdik, fikrlashni unutdik, yashashni unutdik. Chunki biz ekranning narigi tomonida emas, ichida yashayapmiz. Lekin eslang: telefon — faqat vosita, hayot esa sizning qo‘lingizda. Uni qo‘ying. Nafas oling. Atrofga qarang. Suhbatlashing. Sezing. Haqiqiy hayot sizni kutyapti.


@namdu309
👍125❤‍🔥1🔥1👏1🎉1
#diqqat_tanlov

Amalda davom etayotgan tanlovlar⬇️


📥AQShda stajirovka o‘tang!
Muddat: 15.11.2025

📥Innovatsion tumanlar uchun yangi texnologiyalar tanlovi
Muddat: 31.10.2025

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1👏1👌1
7774756.pdf
1.4 MB
Tyutorlarning qanday huquq va majburiyatlari bor?

Bularning barchasi 17.10.2025 yilda tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda ko‘rsatilgan.

@namdu309
👍61
⚡️Har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkaziladi, gʻoliblar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

👉 2026-yildan boshlab:

taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobi yaratiladi;

bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;

👉 Qarorga asosan:


umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovi;

oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar hamkorligida har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkazib boriladi;

Mazkur olimpiada gʻoliblari respublika oliy taʼlim muassasalarining “filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

@namdu309
4👍2
⚡️Oʻzmilliybank sirtqi va super-kontrakt uchun taʼlim kredit ajratmoqda

Bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun taʼlim krediti foiz stavkasi:
36 oygacha boʻlgan muddatga yillik 22%;
— 60 oygacha boʻlgan muddatga yillik 24%.

Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarga:
36 oygacha boʻlgan muddatga yillik 22% beriladi.

Kredit miqdori – toʻlov shartnomasi summasi miqdorida (bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha boʻlgan kreditlar uchinchi shaxs kafilligi yoki kredit qaytmaslik xatarini sugurta polisi, undan yuqori miqdordagi kreditlar mol-mulk garovi bilan ajratiladi).

Ushbu kredit oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarining kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlariga bakalavriat va magistraturaga, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super kontrakt) asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar, shuningdek oʻqishini koʻchirgan talabalar uchun ajratiladi

@namdu309
2👍2
Musiqa va jismoniy tarbiya o’qituvchilariga sertifikat.pdf
2 MB
⚡️ Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilandi

Bu haqda Hukumat qarori asosida Nizom qabul qilindi.

Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron shaklda beriladi.

Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra:

70 va undan yuqori ball olgan talabgorga — A+ darajali;
65 — 69,9 ballga — A darajali;
60 — 64,9 ballga — B+ darajali;
55 — 59,9 ballga — B darajali;
50 — 54,9 ballga — C+ darajali;
46 — 49,9 ball olgan talabgorga — C darajali sertifikat beriladi.

B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.

@namdu309
4👍3
2025/10/21 02:55:21
Back to Top
HTML Embed Code: