Telegram Web Link
Yangi Namangan tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Joriy yilning 16-may payshanba kuni 10:00 dan 18:00 gacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali elektr qurilmalari va tarmoqlarini joriy ta’mirlash yillik rejasiga asosan va ularda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish maqsadida:

Yangi Namangan tumanidagi 110/6 kVli "Sherbuloq" T-2, 2-SSH joriy ta'mirlash va "Buloq" hаvo tarmog‘ida ta'mirlash ishlari olib boriladi.

Buning natijasida, Yangi Namangan tumanining "Sherbuloq" mahalla fuqarolar yig'inlari hududlarida ayrim joylarida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iste’molchilardan keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
(69)-228 79 04, 1154
Davlatobod tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Joriy yilning 16-may kuni soat 12:00 dan 18:00 gacha Davlatobod tumanidagi 35/6 kVli "Davlatobod" podstansiyasidan chiquvchi 6 kVli "Rohat" tаrmog'ida 241-sonli quvvati 250 kVAli transfarmator punktlarida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. 

Buning natijasida, tumanda Yangi tong Istiqlol MFYlar hududida 5a-kichik noxiyadagi ko’p qavatli uylar hamda boshqa noturar inshootlarinig bir qismida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iste’molchilardan keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
Murojaat uchun
+998692320555, 1154
💡⚡️ Chortoq tumaniga keltirilgan quvvati 40 000 kVA bo‘lgan transformatorlarni o‘rnatish ishlari boshlandi.

"Chortoq" podstansiyasidagi quvvati 16000 va 25000 kVA bo‘lgan 2 ta transformatorni yangisiga almashtirilishi hisobiga quvvat 2 barobarga oshiriladi.

Bu o‘z navbatida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlari, kichik sanoat zonalari, tadbirkorlik sub’yektlarining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga, shuningdek, elektr qurilmalari va tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Yangi transformatorlarni o‘rnatish va montaj qilish oldidan jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi. Tuman hokimi Ilhomjon Sattarov, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mas’ul xodimlari, nuroniylar ishtirokida yurtimiz tinchligi va bu kabi xayrli ishlar bardavom bo‘lishini so‘rab duoga qo‘l ochildi.
UYCHI TUMANIDAGI ISTE’MOLCHILAR DIQQATIGA.

Joriy yil 16 may kuni 110/10 kVli "Axsi" nimstantciyasi VT 1 yacheykasida favqulotda avariya sodir bo'lgan,   podstansiyada ta’mirlash va favqulotda avariya holatining oldini olish maqsadida, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan filialining podstansiyalar xizmati xodimlari tomonidan joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan avariya bartaraf etilguncha Axsi, Shaftoli, Pastguzar MFYlarida iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iste’molchilardan keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

“Ishonch telefoni” 1154 +998692287583, +998993131154, +998694821755

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
📌 Mukammal ta’mirlash. 

KOSONSOY TUMANIDAGI ISHLAR DAVOM ETMOQDA.

Kosonsoy tumani elektr ta’minoti ishchi xodimlari tomonidan aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, ishlari davom etmoqda.

Kosonsoy tumani "Buloqboshi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi quvvati 100 kVA bo‘lgan 146-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
Chortoq tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Joriy yilning 17-18 may kunlari 110/35/10 kVli "Chortoq" podstansiyasidagi transformatorlarni quvvati 40000 kVA bo‘lgan yangi transformatorlarga almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari xududilarida iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iste’molchilardan keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

“Ishonch telefoni” 69 412- 11-05
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#elektr_energiyasini_tejang

ELEKTR ENERGIYASIDAN OQILONA VA TEJAMKORLIK BILAN FOYDALANING

Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz. Deyarli har kuni elektr energiyasidan foydalanar ekanmiz bu ne’matni iste’molimizga yetib kelguniga qadar qanchalar mashaqqatli mehnat va mablag‘ sarf etilishini anglashimiz lozim.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tayyorlangan mazkur rolikda har birimizni elektr energiyasidan tejamkorlik va oqilona foydalanishga undaydi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter | het.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
19 mayidan boshlab 23 iyuniga qadar bo‘lib o‘tadigan 63-xalqaro “Gullar festivali”ga marhamat!

Namanganda bo‘dib o‘tadigan gullar festivalida sizni ham kutamiz...

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Азизлар!

Гуллар фестивалига ҳам саноқли кун қолди.

Хўш бу йил қандай янги композицияларни учратишимиз мумкин?

Эътиборимизни Мингбулоқ тумани павилени тортди. Бу ерда туманнинг ўзига хос рамзи — нефт кони акс эттирилган. Ушбу гўзал майдон учун 120 мингдан ортиқ гуллар экилган.
2024/05/17 21:15:32
Back to Top
HTML Embed Code: