Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ENERGETIKA BO'YICHA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH

Energetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash о‘ta dolzarb masala hisoblanadi.

Mamlakatimiz oliy о‘quv yurtlarida ayni tizim uchun mutaxassislar tayyorlash, moddiy texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Chortoq tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Joriy yilning 1 iyun, shanba kuni soat 10:30 dan 14:00ga qadar 110/35/10 kVli "Chortoq" podstansiyasidagi quvvati 40000 kVA bo‘lgan yangi transformatorlarga kuchlanish berish ishlari olib borilishi munosabati bilan "Dildosh", "Namangan", "Baynalmilal", "Komillik", "Turkiston", "Oyqiron", "Yangiobod", "O'rikzor", "Chig'atoy", "Bag'rikenlik", "A.Navoiy", "Do'stlik", "Z.Diyor", "Oromgoh", "Sohibkor", "Xayirli" va "Beshkapa" mahalla fuqarolar yig'inlari hamda (Oqtikan massivi), sanoat zonasi hududilarida iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iste’molchilardan keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

“Ishonch telefoni” 694121-05
BITIRUVCHI TALABALAR BILAN OCHIQ MULOQOT.

"Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Namangan hududiy filiali rahbari yosh xodimlar bilan ishlash hamda zaxira kadrlar masalasiga ham alohida e'tibor qaratib, Namangan viloyatidagi oliy ta'lim muassasalarda taxsil olayotgan bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarni energetika yo‘nalishidagi bilimlari, qiziqishlari va kelajakdagi rejalari bilan tanishdi.

"Yoshlar o‘zining bilimi va salohidati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishi kerak" - deydi, Adhamjon Karabayev.


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⛅️ ⛅️ Assalomu Alaykum! Shanba tongi muborak bo‘lsin 🌱

☘️ Qalbingiz iymonga
☘️ Uyingiz quvonchga
☘️ Yuzingiz nurga
☘️ Kuningiz xayrli va solih amallarga to‘la bo‘lsin.

☝️ Yangi kunni hadya qilgan Allohga hamdlar bo‘lsin!

https://www.tg-me.com/namhetk/22445
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятида йирик саноат, энергетика ва транспорт иншоотлари қурилишини бошлаб берди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#yashil_energetika

Bugun soat 15:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 1 mlrd kVt⋅soatga yetdi


Aytish joizki, bugungi kunda yurtimizning 6 ta viloyatida umumiy quvvati 1717 MVt boʻlgan 8 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda quvvati 100 MVt boʻlgan bitta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Xususan, Navoiy viloyatida 2021-yil avgust oyida 100 MVt quvvatli quyosh va 2023-yil dekabrda 100 MVt quvvatli shamol, Samarqand viloyatida 2022-yil may oyida 100 MVt, 2023-yil dekabr oyida 220 MVt+20 MVt quvvatli quyosh, Jizzax viloyatida 2023-yil dekabr oyida 220 MVt quvvatli quyosh, Buxoroda 2023-yil dekabr oyida 200 MVt, 2024-yil 2-may kuni yana 100 MVt quvvatli quyosh, Qashqadaryoda 2023-yil dekabr oyida 200 MVt, 2024-yil 2-may kuni yana 100 MVt quvvatli quyosh va Surxondaryo viloyatida 2023-yil dekabr oyida 457 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari foydalanishga topshirilgan.

Ushbu “yashil” elektr stansiyalar tomonidan 2024-yilning 1-yanvaridan 31-may soat 15:00 ga qadar 1 mlrd kVt·soat miqdorida elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Xususan:

quyosh elektr stansiyalari tomonidan 869,3 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyalari tomonidan esa 130,7 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi;

buning natijasida 330,1 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

atmosferaga 420,2 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.

Maʼlumot uchun, mazkur hajmdagi elektr energiyasi 1 millionta xonadonning 5 oylik yoki 416 ming 667 ta xonadonning bir yillik ijtimoiy normasini tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari 2022-yilda 434 mln kVt⋅soat, 2023-yilda esa 576,9 mln kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqargan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2024/06/01 15:41:58
Back to Top
HTML Embed Code: