Telegram Web Link
#jarayon

Qurbon hayiti namozini tinch va osoyishta oʻtishi hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan xodimlar oʻzlariga biriktirilgan hududlarda xizmatni boshlashdi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
3👍1🔥1💯1🫡1
#jarayon

Pop tumanidagi Guzar mahallasida joylashgan Toshxo‘ja Eshon jome masjidi kirish-chiqish yo‘llarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus beton to‘siqlar o‘rnatildi.

Ushbu chora-tadbir Qurbon hayiti namozi oʻqilish vaqtida jamoat tartibini saqlash, transport vositalarining harakatini to‘g‘ri yo‘naltirish va favqulodda holatlarni oldini olishga qaratilgan.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
👍2🔥1👏1💯1
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan xodimlarga xizmat yo‘riqnomasi berildi

Namangan viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan viloyat hududidagi postlarga biriktirilgan xodimlarning xizmat faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida xodimlarga mas’uliyatni ikki karra oshirgan holda xizmatni tashkil etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Yo‘riqnoma davomida post xodimlariga bayram kunlari fuqarolar bilan muomala madaniyatiga qat’iy rioya qilish, har qanday favqulodda holatlarni oldini olish va xizmat vaqtida yuqori hushyorlikni saqlash zarurligi yana bir bor eslatildi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmatit
👍31🔥1💯1🫡1
#jarayon

Qurbon hayiti namozi vaqtida masjidlar atrofida avtomashinalar harakatini cheklashga jalb etilgan yuk mashinalari haydovchilariga YPX inspektorlari tomonidan yoʻriqnoma berilmoqda

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmatit
👍3💯2🔥1😎1
2025/07/14 18:31:42
Back to Top
HTML Embed Code: