Haydovchilar hushyorligini oshirish maqsadida shahar bo'ylab avtokarvon harakatlantirildi
Yuqori tezlik, quvib o'tish qoidalarini buzish, mast holda avtomashina boshqarish, texnik nosoz transport vositasini haydash, belgilangan tartib-qoidalarni mensimaslik holatlarining yakuni afsuski ayanchli hodisa bilan nihoyalanishi mumkin. Namangan shahar IIB JXX YHXB tomonidan shahar hududida ana shunday halokatlarni oldini olish haydovchilarni hushyorlikka chaqirish maqsadida aholi gavjum joylarda targ'ibot avtokarvoni harakatlantirildi. Ushbu avtokarvonga YTH sabab ayanchli ko'rinishga kelib qolgan transport vositalari jalb etilib, haydovchilarga mazkur avtomashinalar ishtirokida sodir etilgan avtohalokatlar hamda ularning oqibatlari to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, xodimlar tomonidan haydovchilarga yo'llardagi harakat mobaynida amal qilish shart bo'lgan tartib-qoidalar yana bir bor eslatilib, kelgusida YTH qurboni yoki sababchisi bo'lib qolmaslik uchun, yo'llarda mas'uliyat bilan harakatlanish talab etildi.
Bu kabi targ'ibotlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

👍2🔥1👏1💯1🫡1
Yo‘l harakati xavfsizligi – umumiy mas’uliyat
Norin tumanida joylashgan yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtostansiyada yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, haydovchilarda mas’uliyatni oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida profilaktik suhbat tashkil etildi.
Unda haydovchilarga yoʻlovchi tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash, transport vositalarining texnik holatini muntazam nazorat qilish, belgilangan yo‘nalish va jadvalga rioya etish, haydovchilik madaniyatini shakllantirish borasida atroflicha tushuntirishlar berildi.

🫡2❤1👍1🔥1👏1
Barchasi xavfsiz harakat uchun
Yangi Namangan shaharchasi chorrahasi zamonaviy koʻrinishdagi svetofor bilan jihozlandi. Ayni kunlarda hududlarni bosqichma-bosqich mazkur turdagi svetoforlar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Yangi Namangan shaharchasi chorrahasi zamonaviy koʻrinishdagi svetofor bilan jihozlandi. Ayni kunlarda hududlarni bosqichma-bosqich mazkur turdagi svetoforlar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
❤3👍2🔥2👏2💯1
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi Namangan viloyat filialiga qarashli transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi
Namangan viloyati IIB JXX YHXB Texnika nazorati bo'limi xodimlari tomonidan Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi Namangan viloyat filialiga qarashli transport vositalari navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Texnik ko‘rik davomida avtomobillarning dvigatellari, tormoz tizimi, yoritish chiroqlari, shinalari hamda boshqa muhim texnik qismlar sinchkovlik bilan nazoratdan o‘tkazildi. Xodimlar har bir transport vositasining yo‘l harakati qoidalariga va ekologik me’yorlarga muvofiqligini baholab, zarur ta’mirlash va profilaktik tadbirlarni belgilab berishdi.

❤3👍3🔥1👏1💯1🫡1