Telegram Web Link
Namangan viloyatida svetoforlar raqamlashtirilmoqda

Namangan viloyati IIB JXX YHXB va hamkor idoralar tomonidan yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda.
Ayni paytda Telecom soft kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda viloyat hududidagi svetoforlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilib, chorrahalardagi vaziyat o'rganilmoqda.
O‘rganish jarayonida mavjud svetoforlarning texnik holati, ularni zamonaviy boshqaruv tizimlariga ulash imkoniyatlari tahlil qilindi. Ushbu loyiha orqali harakatni avtomatik tartibga solish, tirbandliklarni oldini olish va yo‘l harakati qatnashchilariga qulaylik yaratish ko‘zda tutilgan.

Kelgusida esa chorrahalarga intellektual kuzatuv tizimlari, tezlikni nazorat qiluvchi qurilmalar va boshqa raqamli texnologiyalarni joriy etish ham rejalashtirilgan.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Ustaxona egalaridan tilxatlar olinib, avariya o‘choqlarida reydlar o‘tkazilmoqda

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida hududlarda keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, avtomobil ustaxonalari ko‘zdan kechirilib, ularning faoliyati bo‘yicha nazorat kuchaytirildi. Sababi, ayrim holatlarda ustaxonalarga o‘g‘irlangan, avariya sodir etib voqea joyidan yashiringan shaxslar tomonidan transport vositalari olib kelinishi mumkin. Shu boisdan, nosoz transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ustalardan tegishli tartibda tilxatlar olindi.

Shuningdek, avariya o‘choqlari sifatida belgilangan hududlarda reyd tadbirlari o‘tkazilib, harakat ishtirokchilari orasida tushuntirish ishlari olib borildi. Qo'pol qoidabuzarlarga nisbatan esa keskin choralar ko'rildi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Савол_жавоб

Ҳайдовчилик ҳуқуқидан маҳрум бўлганман. Ҳайдовчилик гувоҳномаси қайта олиш учун яна имтиҳон топшираманми?

Батафсил видеода👆📹

👉 @YHXX_UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoidalarni buzishni targʻib qilgan “shovvoz” boshqaruvidagi avtomashina jarima maydonidan joy egalladi

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
28-sonli DMTTda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Yangi Namangan tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida YHXB xodimlari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Bolajonlarga yo‘l harakati qoidalari sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi. Ularga yo‘l belgilarining vazifasi, piyodalar qanday harakatlanishi kerakligi, svetofor chiroqlarining ma’nosi oʻrgatildi.

Amaliy mashg‘ulotlarda ham bolalar faol ishtirok etib, bilimlarini yanada mustahkamlashdi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
2025/07/04 07:25:58
Back to Top
HTML Embed Code: