🦺Velosipedchilarning tartibli harakatini ta'minlash maqsadida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda
O’tkazilayotgan targ'ibotlar davomida velosiped boshqaruvchilariga harakat vaqtida velosipedlar uchun belgilangan yo‘laklardan yurishlari bu orqali ko'ngilsiz hodisalardan o'zlarini asrashlari tushuntirildi. Shuningdek, velosipedchilar tungi vaqtda harakatlanganda nur qaytaruvchi nimcha yoki nur qaytarish xususiyatiga ega matolardan tikilgan ust-bosh kiyishlari tavsiya etildi. Velosipedlarning old va orqa qismi ham huddi shunday nur qaytaruvchi vositalar bilan jihozlangan bo'lishi shartligi fuqarolarga yana bir bor eslatildi.
Targ'ibotlar yakunida velosipedchilarga maxsus nimchalar tarqatildi.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Yo‘l-transport hodisalarini oldini olish yuzasidan seminar o‘tkazildi
Namangan viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida “Qamchiq” dovonida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda YHXB rahbariyati, Namangan davlat texnika universiteti Transport fakultetining professor-o‘qituvchilari, Namangan viloyat transport boshqarmasi, Avtomobil yo‘llari boshqarmasi, Yo‘lloyiha byurosi mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminar davomida yuk avtomobillari ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish masalasi muhokama markazida bo‘ldi. Yig‘ilish davomida YHXB boshlig‘i 2024-yilda sodir bo‘lgan holatlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni taqdim etdi.
Shuningdek, “Qamchiq” dovoni hududida mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Seminar doirasida yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.